toggle_night_mode
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining ““O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2019-yil 11-noyabrdagi O‘RQ-582-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Huquqiy maqomi
Markaziy bankning huquqiy maqomi, vazifalari, vakolatlari, tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Markaziy bank yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir.
Markaziy bank — o‘z sarf-xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir.
Markaziy bank va uning muassasalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhriga ega.
2-modda. Mol-mulki
Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa moddiy boyliklaridan iborat bo‘lib, ularning qiymati Markaziy bank balansida aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank o‘z balansida aks ettirilgan mol-mulkka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining II bo‘limi va “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
3-modda. Bosh maqsadi va asosiy vazifalari
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:
monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolarini nazorat qilish, qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
(3-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qo‘shgan holda, saqlash va tasarruf etish;
davlat budjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir.
4-modda. Markaziy bank uchun taqiqlangan faoliyat turlari
Markaziy bank:
moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanishga;
tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishga;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining, valyuta birjasining, shuningdek Markaziy bank faoliyat yuritishini ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishini istisno etganda, banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitallarida qatnashishga haqli emas.
(4-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
5-modda. Hisobdorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdordir. Oliy Majlisning Senati:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga ko‘ra Markaziy bank Boshqaruvining raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
yillik hisobotni, shuningdek auditorning xulosasini ko‘rib chiqadi.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Markaziy bank pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida har yili matbuotda ma’ruza e’lon qiladi.
6-modda. Markaziy bankning mustaqilligi
Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir.
Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, basharti, ular o‘z zimmalariga bunday majburiyatlarni olmagan bo‘lsalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa.
7-modda. Normativ hujjatlar
Markaziy bank o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar ijro etishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlar chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning normativ hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
8-modda. Tashkiliy tuzilishi
Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimidir.
Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar tashkil etadi.
Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti, viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan bosh boshqarmalar tuzadi.
Markaziy bankka qarashli xizmatlar va muassasalar Markaziy bank Boshqaruvi (bundan buyon matnda — Boshqaruv) tasdiqlaydigan nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatadi.
9-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat
Markaziy bank:
boshqa davlatlarning markaziy banklari, xalqaro banklar va boshqa moliya-kredit muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilishga;
moliya operatsiyalari bajarishga, shu jumladan chet el hukumatlari, chet el markaziy banklari va pul-kreditni tartibga solish organlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga bank xizmati ko‘rsatishga;
xorijiy davlatlarda vakolatxonalar ochishga;
O‘zbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1883, 23.12.2008-y.).
Markaziy bankning boshqa davlatlar banklari va kredit muassasalari bilan o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek banklararo bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
II. BANKNING MOLIYAVIY AHVOLI
10-modda. Markaziy bankning ustav kapitali
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning ustav kapitali miqdori ikki milliard so‘mdan iborat. Ustav kapitali miqdori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga muvofiq oshiriladi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Markaziy bankning ustav kapitali boshqa shaxslarga berilishi yoki undan zakalat sifatida foydalanilishi mumkin emas.
11-modda. Foydani aniqlash va taqsimlash
Markaziy bankning foydasi har bir moliya yili uchun:
ishonchsiz, shubhali qarzlar va boshqa aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash rezervlari shakllantirilgandan so‘ng;
umumiy qabul qilingan buxgalterlik amaliyotiga muvofiq barcha daromadlar va chiqimlar hisoblanganidan, shuningdek aktivlar va passivlar amalda baholanganidan so‘ng aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning chet el valyutasi kursining yoki qimmatbaho metallar qiymatining o‘zgarishi natijasida oltin-valyuta rezervlarini qayta baholashdan hosil bo‘ladigan realizatsiya qilinmagan daromadlari va xarajatlari oltin-valyuta rezervlariga oid operatsiyalar bo‘yicha qayta baholash fondiga kiradi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Markaziy bankning foydasi Boshqaruv belgilagan tartibda, yillik hisobotni tasdiqlash bilan bir paytda taqsimlanadi.
Boshqaruvning qaroriga muvofiq aniq maqsadli turli rezervlar va fondlar shakllantirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Aniq maqsadga yo‘naltirilgan rezervlar va fondlar belgilangan tartibda to‘ldirilganidan keyin foydaning qolgan qismi respublika budjeti daromadiga yo‘naltiriladi.
(11-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Yillik hisobot ko‘rib chiqilmaguncha foydaning respublika budjetiga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
13-modda. Hisobot berish
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning hisobot davri 1-yanvar — 31-dekabr qilib belgilanadi. Yillik hisobot 15-maydan kechiktirilmay Oliy Majlis Senati ko‘rib chiqishi uchun taqdim etiladi.
(13-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
14-modda. Markaziy bankda auditorlik tekshiruvi
Markaziy bankda auditorlik tekshiruvi mustaqil auditor tashkilotlar tomonidan har yili o‘tkaziladi.
III. MARKAZIY BANKNI BOShQARISh
15-modda. Markaziy bank Boshqaruvi
Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi.
16-modda. Boshqaruv tarkibi
Boshqaruv (o‘n bir) kishidan iborat bo‘ladi. Boshqaruv tarkibiga Markaziy bank Raisi, uning o‘rinbosarlari, shuningdek bankning asosiy bo‘linmalari rahbarlari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank Raisi Boshqaruvning Raisi hisoblanadi. Boshqaruv a’zolarini (Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bundan mustasno) Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga ko‘ra Oliy Majlis Senatining Kengashi tasdiqlaydi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
17-modda. Boshqaruvning vakolatlari
Boshqaruv quyidagi vakolatlarga ega:
monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini, shu jumladan Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari ko‘lami, Markaziy bankning hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdagi majburiy rezervlari normasini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuniga muvofiq uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi;
banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shuningdek pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va shartlarini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar uchun iqtisodiy normativlarni hamda banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun moliyaviy va kassa operatsiyalarini o‘tkazish, buxgalteriya hisobi hamda hisobotini yuritish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini ko‘rib chiqadi;
(17-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
bank faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish va ularni chaqirib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta birjasi va kredit byurolari faoliyati, shuningdek qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi;
(17-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;
Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi, qayta tuzadi va tugatadi;
Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi;
Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko‘rib chiqadi;
Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari, muassasalari va korxonalari rahbarlarini tasdiqlaydi;
Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalari, uning muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda ma’ruzalarini tinglaydi;
Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, ishdan bo‘shatish, ularning mehnatiga haq to‘lash shartlarini, shuningdek ularning kreditlar olishi va aksiyalar sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi;
Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va hal qiladi.
18-modda. Boshqaruvning majlislari
Boshqaruvning majlislari oyiga kamida bir marta o‘tkazib turiladi.
Boshqaruv majlislarini Markaziy bank Raisi chaqiradi. Majlislar, shuningdek Boshqaruvning kamida uchta a’zosining talabnomasi bo‘yicha chaqirilishi mumkin.
Boshqaruv majlislariga Markaziy bank Raisi, u bo‘lmagan paytlarda esa, o‘rinbosarlaridan biri raislik qiladi.
Boshqaruv a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan Boshqaruv majlisi haqiqiy hisoblanadi. Boshqaruv qarorlari qatnashayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelgan taqdirda Markaziy bank Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Boshqaruv majlislari, qoida tariqasida, yopiq tarzda o‘tadi.
19-modda. Boshqaruvning qarori
Boshqaruvning to‘xtami qaror shaklida qabul qilinadi.
20-modda. Markaziy bank Raisi
Markaziy bank Raisi:
Markaziy bank va uning Boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi;
Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, ushbu Qonunga binoan Boshqaruv vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno;
Boshqaruv qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda boshqaradi;
Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar bo‘yicha Markaziy bank nomidan ish ko‘radi;
ayrim masalalarni hal qilishni o‘zining o‘rinbosarlariga, markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlariga, hududiy muassasalarning rahbarlariga topshiradi.
Markaziy bank Raisining vakolat muddati — besh yil.
Markaziy bank Raisi bo‘lmagan paytda uning vazifalarini o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
21-modda. Markaziy bank Raisini egallab turgan lavozimidan ozod qilish uchun asoslar
Markaziy bank Raisi quyidagi asoslar bo‘yicha:
vakolat muddati tugaganida;
iste’foga chiqishni so‘rab, sabablarini ko‘rsatgan holda yozgan shaxsiy arizasiga ko‘ra;
jinoyat sodir qilishda qonunda belgilangan tartibda aybdor deb topilganda;
o‘zining xizmat vazifalarini salomatligiga ko‘ra bajara olmaganda, davlat tibbiy komissiyasining xulosasi asosida;
egallab turgan lavozimiga munosib bo‘lmagan xatti-harakatlar qilganida, shu jumladan ushbu Qonunni qo‘pol ravishda buzganida va Markaziy bank manfaatlariga katta zarar yetkazganida egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Markaziy bank Raisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
22-modda. Markaziy bank Raisining o‘rinbosarlari
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 12--son, 23-modda)
IV. MARKAZIY BANKNING PUL-KREDIT OPERATSIYALARI
23-modda. Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlari
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi monetar siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishidan kamida o‘ttiz kun oldin Oliy Majlisning Senatiga bu haqda axborot beradi.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlari:
iqtisodiy konyunkturaning tahlili va istiqbol ko‘rsatkichlarini;
muomalada bo‘lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini;
pul massasi yillik o‘sish sur’atining aniq maqsadli ko‘rsatkichlarini, shu jumladan Markaziy bank ichki aktivlarining o‘zgarishini;
valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo‘nalishlarini;
pul-kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli asosiy ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Monetar ko‘rsatkichlar o‘zgarishining aniq maqsadli mo‘ljallari
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasidagi pul-kredit, moliya, valyuta va narx munosabatlari holatidan kelib chiqib, bitta yoki bir qancha monetar ko‘rsatkichlar o‘zgarishlarining aniq maqsadli mo‘ljallarini belgilashi mumkin.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
25-modda. Ochiq bozordagi operatsiyalar
Markaziy bank davlatning qimmatli qog‘ozlari, shuningdek Markaziy bankning o‘zi chiqargan qarz majburiyatlarini xarid qilishi va ochiq bozorda sotishi mumkin.
Markaziy bank har qanday darajadagi budjetlarni moliyaviy ta’minlash uchun ochiq bozordagi operatsiyalardan foydalanishi, shuningdek davlat qimmatli qog‘ozlari birlamchi joylashtirilganda ularni sotib olishi mumkin emas.
Ochiq bozordagi operatsiyalar limitini boshqaruv tasdiqlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1829, 18.06.2008-y.).
26-modda. Markaziy bankning hisob operatsiyalari
Markaziy bank qiymati to‘lanishini banklar kafolatlagan qisqa muddatli xazina veksellari, shuningdek tijorat veksellari hisobini yuritishi mumkin.
Hisob operatsiyalarini o‘tkazish shartlarini, shu jumladan hisob stavkasi miqdorlarini Markaziy bank belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Markaziy bank operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari
Markaziy bank o‘z operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
28-modda. Majburiy rezerv talablari
Markaziy bank o‘zi belgilagan eng kam miqdorda rezervlar saqlash to‘g‘risida banklarga ko‘rsatma beradi. Markaziy bankda depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlarning eng kam miqdori Markaziy bankning normativ hujjatlari bilan belgilanib, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga, banklarning boshqa majburiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Majburiy rezervlarning miqdorlari jalb etilgan mablag‘lar va omonatlarning har bir toifasi bo‘yicha barcha banklar uchun bir xildir.
Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd pul yoki omonatlar ko‘rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda depozitga o‘tkaziladi.
Majburiy rezerv talablarining normativlari yoki tarkibi belgilangani yoki o‘zgartirilgani to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarda kamida bir oylik muddat ko‘rsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki miqdoriga doir yangi normativlarni banklar ana shu muddatgacha bajarishlari shart.
Markaziy bank majburiy rezervlar bo‘yicha foizlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
29-modda. Majburiy rezerv talablari normasini bajarmaganlik uchun sanksiyalar
Bank majburiy rezerv talablarining eng kam miqdorini saqlab turish to‘g‘risidagi 28-modda qoidalarini bajarmagan taqdirda Markaziy bank qat’iy tartibda bu bankdan yetishmayotgan mablag‘ summasini, shuningdek qayta moliyaviy ta’minlashning ikki stavkasidan oshmaydigan miqdorda jarima undirib oladi.
30-modda. Markaziy bankning banklarni qayta moliyaviy ta’minlashi
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank o‘zi belgilagan shartlarda banklarga kredit berishga haqli, bunda quyidagi aktivlar garovga qo‘yilishi mumkin:
(30-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari va boshqa boyliklar;
davlat qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari;
Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan yoki Markaziy bank ular bilan ushbu Qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aktivlar;
to‘lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari.
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2201, 23.02.2011-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Banklarda likvidlilik tanqisligi yuzaga kelgan va ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan garov aktivlari mavjud bo‘lmagan hollarda, Markaziy bank banklarga Markaziy bank tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda qisqa muddatli ta’minotsiz kreditlar berishga haqli.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank banklarni kreditlash shartlarini ommaviy axborot vositalarida va o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
31-modda. Markaziy bankning mijozlarga xizmat ko‘rsatishi
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ularning muassasalari va tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, shuningdek Markaziy bankka qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning asosiy hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
V. PUL TIZIMI HAMDA PUL MUOMALASINI TAShKIL ETISh
32-modda. Pul tizimi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi O‘zbekiston Respublikasining pul birligini, pul muomalasi tashkil etilishini va uni tartibga solishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘mdir. Bir so‘m yuz tiyindan iborat.
(32-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
So‘m O‘zbekiston Respublikasida yagona, cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi.
33-modda. Markaziy bankning pul belgilarini chiqarishdagi vakolatlari
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega. Ularni qalbakilashtirish va noqonuniy tarzda tayyorlash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Muomalada bo‘lgan banknotlar va tangalar Markaziy bankning qat’iy majburiyatlari hisoblanadi va uning jamiki aktivlari bilan ta’minlanadi.
Markaziy bank yo‘q qilib yuborilgan, yo‘qotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yo‘qotgan banknotlar va tangalarning o‘rnini qoplamaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini, shuningdek ularning dizaynini Oliy Majlis Senatining Kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Banknot va tangalarning dizayni Markaziy bankning mulki hisoblanadi. Markaziy bank yangi namunalardagi banknot va tangalar muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
(33-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Markaziy bank va u vakolat bergan banklar talabga ko‘ra bir nominal qiymatdagi banknot va tangalarni boshqasiga hech qanday to‘lovsiz yoki vositachilik haqisiz ayirboshlab beradi.
34-modda. Pul belgilarini tayyorlash va saqlash
Markaziy bank banknotlar bosilishi va tangalar zarb qilinishi, muomalaga chiqarilmagan pul belgilari saqlanishini, shuningdek bosma qoliplar va bo‘yoqlar saqlanishi hamda yo‘q qilinishini ta’minlaydi, naqd pullarni saqlash, tashish va inkasso qilish, shuningdek ularni yo‘q qilib yuborish qoidalarini belgilaydi.
35-modda. Muomaladagi pul belgilaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar
Markaziy bank muomalaga chiqargan banknot va tangalar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida to‘lovlarning barcha turlarida yozilgan qiymati bo‘yicha qabul qilinishi, shuningdek hisobvaraqqa, omonatga o‘tkazish va jo‘natma sifatida o‘tkazish uchun qabul qilinishi majburiydir.
36-modda. To‘lovlarni amalga oshirish
To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pul bilan yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi hududida banklar orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllari va qoidalarini belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllari va qoidalari O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2465, 03.06.2013-y.) bilan belgilangan.
Markaziy bank yuridik shaxslarning kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” (ro‘yxat raqami 2687, 22.06.2015-y.), “O`ZBEKISTON POCNTASI” AJning pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va obyektlarida kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari” (ro‘yxat raqami 904, 01.03.2000-y.), “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” (ro‘yxat raqami 1719, 24.09.2007-y.).
37-modda. Shikastlangan pul belgilari
Markaziy bank pul belgilarining foydalanishga yaroqliligini aniqlash hamda putur yetgan banknotlar va tangalarni almashtirish tartibini belgilaydi. Pul belgilari yaroqliligini aniqlash va ularni almashtirib berish tartibi e’lon qilinishi lozim.
Banklar putur yetgan banknotlar va tangalarni belgilangan qoidalarga muvofiq cheklovsiz ayirboshlab beradi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir Yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami 3028, 29.06.2018-y.).
38-modda. Naqd pul mablag‘larini muomalaga chiqarish
Naqd pul mablag‘larini muomalaga chiqarish va qaytarib olishni faqat Markaziy bank amalga oshiradi.
39-modda. Pul belgilarini muomaladan qaytarib olish
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida har qanday banknot va tangalarni muomaladan qaytarib olishga haqli. Bunga Markaziy bankning ayirboshlash tartibi va muddati ko‘rsatilgan normativ hujjat asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
(39-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Markaziy bank ayirboshlash uchun belgilagan muddat tugaganida ayirboshlanishi kerak bo‘lgan banknot va tangalar qonuniy to‘lov vositasi sifatidagi o‘z kuchini yo‘qotadi.
VI. VALYUTANI TARTIBGA SOLISh VA XALQARO REZERVLARNI BOShQARISh
40-modda. Valyutani tartibga solish
Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir.
Markaziy bank:
ijro etish O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar uchun majburiy bo‘lgan valyutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar chiqaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
banklarga chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazish uchun litsenziyalar beradi va litsenziyalarni qaytarib oladi, ularning faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi;
(40-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
valyuta birjasini litsenziyalashni amalga oshiradi va uning faoliyatini tartibga soladi;
(40-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
banklar uchun ochiq valyuta mavqeyi chegaralarini va boshqa iqtisodiy normativlarni belgilaydi;
milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash tartibini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini tasarruf etadi va boshqaradi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasi.
41-modda. Xalqaro kliring va to‘lov bitimlari
Markaziy bank o‘z nomidan yoki Hukumat topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet elda joylashgan kliring muassasalari bilan kliring hamda to‘lov bitimlari, shuningdek har qanday shartnomalar tuzishga haqlidir.
42-modda. Xalqaro rezervlar
Markaziy bank o‘zining balans hisobvaraqlarida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. Bu rezervlar quyidagilarni:
oltin va boshqa qimmatbaho metallarni;
naqd chet el valyutasini;
chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisobvaraqlar va depozitlarda bo‘lgan chet el valyutasi qoldiqlarini;
chet el hukumatlari, banklari va xalqaro moliya tashkilotlari chiqargan yoki kafolatlagan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni o‘z ichiga oladi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasining monetar hamda valyuta siyosatini amalga oshirish uchun, shuningdek xalqaro operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan darajada xalqaro rezervlar saqlab turilishiga yordam beradi.
43-modda. Chet el valyutasidagi operatsiyalar
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududi va uning tashqarisida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga hamda xalqaro amaliyotga muvofiq chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidir.
VII. MARKAZIY BANKNING HUKUMAT BILAN MUNOSABATLARI
44-modda. Markaziy bankning vazifalari
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi.
Markaziy bank hukumatga Markaziy bankning vazifalariga hamda vakolatlariga daxldor barcha muhim masalalar bo‘yicha maslahat beradi.
Markaziy bank har yili hukumatga iqtisodiy va moliyaviy masalalar, shuningdek monetar va valyuta siyosati bo‘yicha davlat budjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan ma’ruzani taqdim etadi.
45-modda. Davlat sektoriga qarz ajratish masalalarida maslahatlar berish
Hukumat kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan qarz ajratish, shu jumladan ushbu qarz doirasida to‘lanadigan summalarni berish rejalari, shuningdek kredit berishning taklif etilayotgan muddatlari va shartlari to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi. Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi va uning davlat organlari olayotgan barcha qarzlar to‘g‘risida Markaziy bankka xabar beradi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang O‘zbekiston Respublikasining “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasi.
46-modda. Depozitariy va kassirning vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank hukumatning, shuningdek Moliya vazirligining ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda boshqa davlat organlarining pul mablag‘larini va valyuta qimmatliklarini depozitga qabul qilishi mumkin. Markaziy bank depozitariy sifatida pul mablag‘larini va valyuta qimmatliklarini oladi va beradi, ularning hisobini yuritadi. Markaziy bank ko‘rsatib o‘tilgan depozitlar yuzasidan foizlar to‘lashi mumkin.
(46-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
47-modda. Fiskal agentning vazifalari
Markaziy bank Moliya vazirligi bilan kelishilgan shartlarda ish tutib, O‘zbekiston Respublikasi va davlat organlarining fiskal agenti sifatida:
Moliya vazirligi va boshqa davlat organlari chiqargan qarz majburiyatlarini joylashtirish, bu joylashtirishlarni ro‘yxatga olish va ularni topshirishda agent rolini bajarish;
ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymatini, ular bo‘yicha foizlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash;
ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisobvaraqlari yuritish va ularga doir to‘lov operatsiyalarini bajarish;
ko‘rsatib o‘tilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish borasida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Markaziy bank Moliya vazirligiga davlatning qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va davlat qarzini qaytarish jadvali hamda hajmi masalalari yuzasidan ularning bank tizimi likvidliligiga ta’siri va monetar siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda maslahat beradi.
48-modda. Hukumatga kredit berish
Oldingi tahrirga qarang.
Kreditlar hukumatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda ushbu Qonun 30-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan va bir yil ichida qiymati to‘lanadigan aktivlar garovga qo‘yilishi sharti bilan beriladi.
(48-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Kredit berish hukumat va Markaziy bank o‘rtasida alohida kredit shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari, to‘lanadigan foizlar normasi va ssudani uzish tartibi kelishib olinadi.
Markaziy bank hukumatga obuna bo‘yicha badallar uchun yoki respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga a’zoligidan kelib chiquvchi boshqa to‘lovlar uchun ancha uzoq muddatli kreditlar berishga haqli.
Markaziy bank hukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlaridan tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga haqli emas.
49-modda. Hukumat bilan Markaziy bank o‘rtasida axborot almashuvi
Hukumat bilan Markaziy bank iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni nazorat qilish uchun doimiy ravishda statistik axborot almashib turadilar.
Hukumat, vazirliklar va idoralar Markaziy bankka u o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy, iqtisodiy axborot va hujjatlarni taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
VIII. BANKLAR, MIKROKREDIT TAShKILOTLARI LOMBARDLAR VA KREDIT BYuROLARI FAOLIYATINI, ShUNINGDEK QIMMATLI QOG‘OZLAR BLANKALARI IShLAB ChIQARIShNI TARTIBGA SOLISh HAMDA NAZORAT QILISh
(VIII bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
50-modda. Banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolari faoliyatini, shuningdek qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi vazifalar
(50-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, shuningdek ular tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring hamda nazorat qiladi.
(50-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank banklarni, kredit byurolarini ro‘yxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolari faoliyatini va qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.
(50-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Banklarni, kredit byurolarini ro‘yxatga olish, banklarga, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziya berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Berilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi axborot e’lon qilinishi, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi kerak hamda tanishib chiqish uchun ochiqdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 2014, 08.10.2009-y.), “Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1291, 10.12.2003-y.).
(50-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank Banklarni davlat ro‘yxatiga olish daftari, banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolariga hamda qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi.
(50-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
51-modda. Markaziy bankning nazorat vazifalarini bajarishga doir vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank:
bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni;
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar Rejasi” (ro‘yxat raqami 773-17, 13.08.2004-y.), “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1834, 11.07.2008-y.) va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1419, 25.10.2004-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan mikrokredit tashkilotlari uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni;
(51-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan lombardlar va kredit byurolari uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni belgilaydi.
(51-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Lombard tomonidan o‘z faoliyatini va operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” qoidalar (ro‘yxat raqami 1290, 10.12.2003-y.).
Markaziy bank:
Oldingi tahrirga qarang.
banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolarining hisoboti va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari to‘g‘risida axborot so‘rash hamda olish;
(51-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar va mikrokredit tashkilotlarining, ularning filiallari va ular bilan uzviy bog‘langan shaxslarning, shuningdek lombardlar va kredit byurolarining faoliyatini tekshirish, qoidabuzarlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash;
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2217, 14.04.2011-y.) va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2209, 14.03.2011-y.).
(51-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
banklar va kredit byurolarining ichki auditiga doir talablarni belgilash;
(51-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom (yangi tahrirda) (ro‘yxat raqami 992-1, 20.04.2004-y.).
bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar o‘rnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash;
 LexUZ sharhi
Qarang: “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2696, 14.07.2015-y.).
ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va taomilini aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborish;
(51-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
bank aksiyadorlari ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiqroq qismini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli hamda obro‘-e’tibori haqida axborot so‘rash va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
banklarning va ular filiallarining rahbarlari, boshqaruv a’zolari hamda bosh buxgalterlariga, mikrokredit tashkilotlari va kredit byurolari ijro organlarining rahbarlariga nisbatan malaka talablarini qo‘yish huquqiga ega.
(51-modda ikkinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
(51-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-54-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 373-modda)
Tekshirishlar Markaziy bankning vakolatli vakillari va Markaziy bank belgilaydigan auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda bank aksiyalarini sotib olish uchun oldindan Markaziy bankning roziligini olish talab qilinadi. Markaziy bank aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlangan taqdirda bank aksiyalari xarid qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank o‘z qarori to‘g‘risida ariza beruvchiga iltimosnoma olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmay yozma ravishda xabar beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bankning ustav fondi miqdorini, aksiyadorlari tarkibini, nomlanishi va joylashgan joyini o‘zgartirish, ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 573, 19.12.1998-y.) 3-bo‘limi.
(51-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Markaziy bank auditorlardan Markaziy bankning normativ hujjatlariga, shu jumladan tartib va uslubiyotlariga rioya etishlarini talab qilishga, shuningdek ulardan bank auditi bilan bog‘liq har qanday ma’lumotlarni bevosita olishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy bo‘lgan ichki nazorat qoidalarini tasdiqlaydi.
(51-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
52-modda. Iqtisodiy normativlar
Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan:
kapitalning monandlik koeffitsiyentini;
 LexUZ sharhi
Qarang: “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2693, 06.07.2015-y.).
bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorlari to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2707, 05.08.2015-y.).
yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdorini;
likvidlilik koeffitsiyentlarini;
aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va harakatsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;
 LexUZ sharhi
Qarang: “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2696, 14.07.2015-y.).
qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni;
 LexUZ sharhi
Qarang: “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1306, 30.01.2004-y.).
ochiq valyuta mavqeyi limitlarini belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalari” (ro‘yxat raqami 1497, 15.07.2005 g.)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bank mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy iqtisodiy normativlarni belgilaydi.
(52-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Markaziy bank iqtisodiy normativlarning o‘zgarishi to‘g‘risida kamida bir oy oldin e’lon qiladi.
53-modda. Markaziy bank qo‘llaydigan choralar va sanksiyalar
Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, Markaziy bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan 0,1 foizgacha jarima undirish yoxud ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yish huquqiga ega.
Agar yo‘l qo‘yilgan tartib buzilishlar yoki bank o‘tkazayotgan operatsiyalar omonatchilar va kreditorlarning manfaatlariga aniq xavf tug‘dirgan bo‘lsa, Markaziy bank:
banklardan ustav kapitali eng kam miqdorining bir foizidan oshmagan summada jarima undirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
bankdan bankni moliyaviy sog‘lomlashtirish, shu jumladan aktivlar tuzilmasini o‘zgartirish, bank xarajatlarini kamaytirish va aksiyadorlarga dividendlar to‘lashni to‘xtatish tadbirlarini ko‘rishni, bank yoki uning filiali rahbarlarini, shu jumladan bank kengashi rahbarlari va a’zolarini almashtirishni, bankni qayta tashkil etishni, filialni tugatishni talab qilishga;
(53-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
bank uchun iqtisodiy normativlarni olti oylik muddatgacha o‘zgartirishga;
bankning ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishini bir yilgacha bo‘lgan muddatga, shuningdek filiallar ochishni ham shuncha muddatga taqiqlab qo‘yishga;
bankni moliyaviy sog‘lomlashtirish yoki Markaziy bank ko‘rsatmalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan davrda mansabdor shaxslar va aksiyadorlar ega bo‘lgan barcha vakolatlarni vasiyga berib, bankka vasiylik qilish tartibini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilishga;
 LexUZ sharhi
Tijorat banklarga vasiylik qilish shartlari, asoslari va tartibi “Banklarga vasiylik qilish to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 570, 19.12.1998-y.) bilan belgilangan.
bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qaytarib olishga haqlidir.
Bank filiallari to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazmagan va ularning vakillik hisobvaraqlari qoniqarsiz ahvolda bo‘lgan hollarda Markaziy bank bank filiali ushbu harakat natijasida olgan daromadini qat’iy tartibda undirib oladi, shuningdek shunday miqdorda jarima soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda, Markaziy bank ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar hamda sanksiyalar qo‘llashga haqli.
(53-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotlari, ularning filiallari, shuningdek lombardlar tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, Markaziy bank:
mikrokredit tashkilotidan ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan bir foizgacha jarima undirishga;
lombarddan belgilangan eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima undirishga haqlidir.
Banklarga, mikrokredit tashkilotlariga, lombardlarga va kredit byurolariga, shuningdek qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qo‘llash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
(53-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
54-modda. Xalqaro hamkorlik
Markaziy bank xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazoratining boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi va axborot ayirboshlaydi.
(54-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
IX. BANKLAR BILAN O‘ZARO MUNOSABATLAR
55-modda. Javobgarlikni cheklash
Markaziy bank va banklar bir-birlarining majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas, ular shunday javobgarlikni o‘z zimmasiga o‘zlari olgan hollar bundan mustasno.
56-modda. Banklarning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari
Markaziy bankka banklarning hisobvaraqlarini yuritish va depozitlarini qabul qilishga ruxsat etiladi.
57-modda. Kliring va hisob-kitoblarni tashkil etish
Markaziy bank banklarga banklararo to‘lovlarga hisob-kitob-kliring xizmatini, shu jumladan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari orqali haq to‘lashni tashkil etishda yordam ko‘rsatish, shunday operatsiyalarni o‘tkazish tartibini o‘z ixtiyoriga ko‘ra belgilash va tegishli ko‘rsatmalar berishga haqlidir.
58-modda. Bank axborot tarmog‘i va statistik axborot yig‘ish
Markaziy bank bank tizimi ehtiyojlari uchun axborot tarmog‘ini yaratadi va saqlab turadi.
Markaziy bank statistik axborotni tegishli organlardan yoki bevosita iqtisodiy faoliyat yurituvchi subyektlardan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oladi.
Markaziy bank statistik axborotni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tarqatish qoidalari hamda amaliyotini tegishli tashkilotlar bilan kelishib olishda o‘z vakolatlari doirasida qatnashadi.
59-modda. Markaziy bankning imtiyozli huquqi
Markaziy bankka qarzdorning hisobvaraqlaridagi qoldiqlari hamda uning Markaziy bankdagi boshqa aktivlari hisobidan o‘zining barcha talablarini qondirishdan iborat qat’iy imtiyozli huquq berilgan, majburiy rezervlar sifatida Markaziy bank depozitida turgan banklar mablag‘i bu aktivlarga kirmaydi.
Markaziy bank o‘zining imtiyozli huquqini hisobvaraqlardagi qoldiqlarni ushlab qolish yoki boshqa aktivlarni maqbul narxlarda sotish va tushumdan sotish xarajatlarini chegirib tashlagandan keyin o‘ziga tegishli bo‘lgan miqdordagi to‘lovni ushlab qolish orqali amalga oshirishi mumkin.
60-modda. Markaziy bankning qarorlari ustidan shikoyat qilish
Markaziy bankning qarorlari va harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-dekabr,
154-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda; 1998-y., 9-son, 181-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2006-y., 37-38-son, 373-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2009-y., 15-son, 176-modda, 37-son, 403-modda, 39-son, 423-modda, 52-son, 553-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 2019-y., 2-son, 47-modda)