1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida foizlarni hisoblash toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 30-yanvarda 1306-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 23-avgustdagi 27/4-sonli “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3460, 29.09.2023-y.) asosan 2024-yil 4-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3, 7, 17 va 51-moddalariga asosan, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998-yil 2-noyabrdagi 16/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarning kredit va depozitlar boʻyicha foizlar hisoblash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (1998-yil 2-dekabr 558-sonli roʻyxat raqami).
Markaziy bank Boshqaruvining raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-oktabr,
25/8-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 4-son, 51-modda)