toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
QARORI
Mikrokredit tashkilotlari VA LOMBARDLAR TOMONIDAN KASSA OPERATSIYALARINI AMALGA OSHIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-1, 14.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 7-son, 94-modda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 24-sentabrda 1719-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/16-sonli ““Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1719-4, 23.07.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) qonunlariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-1, 14.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 7-son, 94-modda)
1. Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-1, 14.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 7-son, 94-modda)
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-iyul,
20/3-son
Markaziy banki Boshqaruvining
2007-yil 21-iyuldagi 20/3-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish
QOIDALARI
(qoida nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-1, 14.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 7-son, 94-modda)
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 402-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida lombardlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 17-18-son, 149-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar (keyingi o‘rinlarda — nobank kredit tashkilotlari) tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish, naqd pullarni va boyliklarni saqlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-1, 14.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 7-son, 94-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Barcha nobank kredit tashkilotlari o‘z pul mablag‘larini banklarda saqlashlari shart.
2. Nobank kredit tashkilotlari va yuridik shaxslar o‘rtasida hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda banklar orqali amalga oshiriladi.
3. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan banklardan olingan naqd pullar ular qanday maqsadlar uchun olingan bo‘lsa, faqat o‘sha maqsad uchungina sarflanadi.
Nobank kredit tashkilotlari o‘z kassasida naqd pullarni kassadagi naqd pul qoldig‘ining belgilangan limiti doirasida saqlashlari mumkin. Kassalardagi naqd pullar qoldig‘i limitlari ularning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklar tomonidan ushbu nobank kredit tashkilotlari rahbarlari bilan har yili kelishilgan tartibda belgilanadi. Zarur bo‘lgan hollarda ko‘rsatilgan limitlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
4. Nobank kredit tashkilotlari kassadagi naqd pullar qoldig‘ining limitini aniqlash maqsadida unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq kassasidagi naqd pul qoldig‘i limitlarini belgilash uchun hisob-kitob taqdim etadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-avgustdagi 22/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-2, 09.09.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 36-son, 481-modda)
Kassadagi limit qoldig‘i hisob-kitobini o‘rnatilgan tartibda taqdim etmagan nobank kredit tashkilotlarining kassa qoldig‘i limiti nolga teng, bankka topshirilmagan kassadagi naqd pul mablag‘lari esa limitdan ortiq deb hisoblanadi.
Nobank kredit tashkilotlarining kassasidagi naqd pullar qoldig‘ining limiti xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan uning keyingi kun davomidagi normal ish faoliyatini tashkil etish uchun yetarli miqdorda o‘rnatiladi.
5. Kassasidagi naqd pullar nobank kredit tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
6. Nobank kredit tashkilotlari kassadagi naqd pul qoldig‘ining belgilangan limitidan ortiqcha bo‘lgan qismini bankdagi hisobvaraqlariga kiritish uchun inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda bank kassalariga topshiradilar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-3, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1719-3/3999-son)
7. Nobank kredit tashkilotlari o‘z kassalarida belgilangan limitlardan ortiqcha naqd pulni faqat ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lash uchun, bankdan olingan kunni qo‘shib hisoblagan holda 3 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddat mobaynida saqlash huquqiga egalar.
8. Xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun, shuningdek boshqa mayda xo‘jalik xarajatlariga naqd pul berish xizmat safarlariga yuborilayotgan shaxslarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq shu maqsadlar uchun berilishi lozim bo‘lgan miqdorda, keyin hisobot berish sharti bilan amalga oshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizom.
Keyin hisobot berish sharti bilan berilgan naqd pullarning sarflanmagan qismi ularga berilgan muddat tugaganidan keyin 3 kundan kechiktirilmasdan nobank kredit tashkilotlari kassasiga qaytarilishi shart.
Hisobot berish sharti bilan naqd pulni olgan shaxslar nobank kredit tashkilotlarining buxgalteriyasiga sarflangan summa to‘g‘risida hisobot berishlari zarur. Ushbu shaxslar keyin hisobot berish sharti bilan beriladigan naqd pul faqat oldingi hisobot berish sharti bilan berilgan summalar bo‘yicha mazkur shaxslar tomonidan to‘liq hisobot berilganidan keyin amalga oshiriladi.
9. Naqd pulni qabul qilish va topshirish bo‘yicha kassa operatsiyalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan birlamchi hisob hujjat shakllari bilan rasmiylashtiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
II. Naqd pullarni qabul qilish va berish hamda kassa hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi
10. Naqd pullarni qabul qilish vaqtida nobank kredit tashkilotlarining kassiri so‘mning to‘lovga yaroqlilik belgilarini aniqlashda mazkur Qoidalarning 1a-ilovasiga amal qilishi shart.
Nobank kredit tashkiloti kassiri naqd pullarni bosh buxgalter (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) tomonidan imzolangan kirim kassa orderlari bo‘yicha qabul qiladi.
Naqd pullar qabul qilinganda nobank kredit tashkiloti bosh buxgalteri (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) va kassiri tomonidan imzolangan, kassir muhri qo‘yilgan yoki kassa apparatining izi (otteski) tushirilgan kvitansiya beriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-avgustdagi 22/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-2, 09.09.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 36-son, 481-modda)
11. Nobank kredit tashkilotlarining kassasidan naqd pullarni boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar ehtiyojlari uchun berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Nobank kredit tashkilotlarining kassasidan naqd pullarni bir martalik berilishi chiqim kassa orderlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu chiqim kassa orderlari nobank kredit tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) tomonidan imzolanishi shart.
13. Chiqim kassa orderi bo‘yicha pul berish paytida kassir pul oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (pasport, identifikatsiya ID-karta, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari yoki ID-kartalari, harbiy bilet yoki harbiy qismlar yoxud harbiy muassasalar tomonidan beriladigan shaxsini tasdiqlovchi hujjat) ko‘rsatishni talab qiladi, hujjatning nomi va raqamini, kim tomonidan va qachon berilganligini yozib qo‘yadi va pul oluvchidan imzosini qo‘ydiradi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 31-dekabrdagi 28/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3285, 26.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son)
Nobank kredit tashkilotlarida uning xodimlariga pul berilishi mazkur nobank kredit tashkiloti tomonidan berilgan guvohnoma bo‘yicha, unda egasining surati mavjud bo‘lgan holda, amalga oshirilishi mumkin.
Pul olinganligi to‘g‘risidagi tilxat faqat oluvchi dastxati bilan binafsha, ko‘k yoki qora siyohli sharikli ruchkada olingan summa: ______ so‘m (so‘zlar bilan), ______ tiyin (raqamlar bilan) ko‘rsatilgan holdagina yozilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 31-dekabrdagi 28/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3285, 26.01.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son)
14. Kassir pullarni faqat chiqim kassa orderida yoki ishonchnomada ko‘rsatilgan shaxsga beradi. Agar pullar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘yicha berilsa, order matnida pul oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismidan keyin buxgalteriya tomonidan pul olishiga ishonchnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi. Agar pul qaydnoma bo‘yicha berilsa, pul olinganligi haqidagi imzodan oldin kassir “Ishonchnoma bo‘yicha” deb yozib qo‘yadi.
Ishonchnoma bo‘yicha naqd pullarni faqat ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiya va nafaqalar to‘lovi berishga ruxsat etiladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-1, 14.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 7-son, 94-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi.
15. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar kassir tomonidan to‘lov qaydnomalari bo‘yicha har bir pul oluvchiga chiqim kassa orderi tuzilmasdan amalga oshiriladi.
To‘lov qaydnomasining sarvarag‘i (titul varag‘i)da pul berishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida, pul berish muddatlari va summasi yozuv bilan ko‘rsatilgan hamda nobank kredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalterining (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) imzolari qo‘yilgan holda, ruxsat yozuvi amalga oshiriladi.
16. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash uchun 8-bandida belgilangan muddat tugagandan keyin kassir quyidagilarni amalga oshirishi shart:
to‘lov qaydnomasida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash amalga oshirilmagan shaxslarning familiyasi qarshisiga “Deponentlandi” degan shtamp qo‘yishi yoki qo‘lda yozib qo‘yishi;
deponentlangan summalar reyestrini tuzishi;
qaydnoma oxirida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalda to‘langan summasi hamda ularning olinmagan summasi, deponentga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summani yozib qo‘yishi, ushbu summalarni to‘lov qaydnomasi bo‘yicha jami summa bilan solishtirishi va yozuvni o‘z imzosi bilan tasdiqlashi;
kassa daftariga amalda to‘langan summani yozishi va qaydnomaga “….-sonli chiqim kassa orderi” shtampini qo‘yishi shart.
Buxgalteriya to‘lov qaydnomalarida kassir tomonidan qayd qilingan yozuvlarni tekshiradi va ular bo‘yicha berilgan hamda deponentga o‘tkazilgan summalarni jamlab chiqadi.
Deponentga o‘tkazilgan summalar bankka topshiriladi va topshirilgan summalarga bitta umumiy chiqim kassa orderi tuziladi.
17. Kirim kassa orderlari va ularning kvitansiyalari, shuningdek chiqim kassa orderlari buxgalteriya tomonidan binafsha, ko‘k yoki qora sharikli ruchka bilan yoki yozuv mashinkasida (kompyuterda) aniq va ravshan yozilib to‘ldirilishi shart. Ushbu hujjatlarda ustidan o‘chirib yozishga, tuzatishlar kiritishga, izoh berilgan holda ham, yo‘l qo‘yilmaydi.
Kirim va chiqim kassa orderlarida ularni tuzish uchun asos ko‘rsatiladi va ularga ilova qilingan hujjatlar sanab o‘tiladi.
Kirim va chiqim kassa orderlarini pul topshirayotgan yoki olayotgan shaxslar qo‘liga berish taqiqlanadi.
Pullarni kassa orderlari bo‘yicha qabul qilish va topshirish faqat ular tuzilgan kuni amalga oshirilishi mumkin.
18. Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlarni olish vaqtida kassir quyidagilarni tekshirishi shart:
hujjatlarda bosh buxgalter imzosi mavjudligi va uning haqiqiyligini, chiqim kassa orderida nobank kredit tashkiloti rahbarining ruxsat berganligi to‘g‘risida imzosi mavjudligini;
hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini;
hujjatlarda sanab o‘tilgan ilovalarning mavjudligini.
Ushbu talablarning birortasiga rioya qilinmagan taqdirda kassir hujjatlarni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytaradi.
Kirim va chiqim kassa orderlari, ular asosida pul olingani yoki berilganidan keyin, darhol kassir tomonidan imzolanadi, ularga ilova qilingan hujjatlar ustiga sanasi (kun, oy, yil) ko‘rsatilgan holda, “To‘landi” degan shtamp bosiladi yoki shunday yozuv qayd etiladi.
19. Kirim va chiqim kassa orderlari kassaga topshirilguniga qadar buxgalteriya tomonidan kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnalida ro‘yxatga olinadi. Ish haqini to‘loviga doir to‘lov qaydnomalariga rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderlari u berilgandan keyin ro‘yxatga olinadi.
III. Kassa daftarini yuritish va pullarni saqlash tartibi
20. Nobank kredit tashkilotlarining barcha tushumlari va naqd pullar berilishi kassa daftarida hisobga olinadi.
21. Kassa daftarining varaqlari raqamlangan, tikilgan bo‘lishi lozim. Kassa daftaridagi varaqlar soni nobank kredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalterning (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) imzolari bilan tasdiqlanadi.
Kassa daftarida o‘chirib-yozish va izohsiz tuzatishlar qilish man etiladi. Qilingan tuzatishlar kassir, shuningdek nobank kredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalteri (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) imzolari bilan tasdiqlanadi.
22. Har bir order yoki uning o‘rniga o‘tadigan boshqa hujjat bo‘yicha pul berilganidan yoki pul olingandan keyin kassir tomonidan darhol kassa daftariga yozib qo‘yiladi. Har kuni, ish kuni oxirida kassir kun davomidagi operatsiyalar yakunini hisoblaydi, keyingi kunga kassadagi pullar qoldig‘ini hisoblab chiqaradi va buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida yirtib olingan ikkinchi varaqni (kassa daftaridagi bir kunlik yozuvlar nusxasini) kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birgalikda kassa daftariga imzo chektirib topshiradi.
23. Kassa daftari to‘g‘ri yuritilishini nazorat etish nobank kredit tashkiloti rahbari, bosh buxgalter (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) zimmasiga yuklanadi.
24. To‘lov qaydnomasida yoki chiqim kassa orderida oluvchining imzosi bilan tasdiqlanmagan holda kassadan berilgan pul kassada naqd pullar qoldig‘ini hisoblashda e’tiborga olinmaydi. Ushbu summa kamomad hisoblanadi va kassirdan undirib olinadi. Kassadagi kirim kassa orderlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar kassadagi ortiqcha pul hisoblanadi va nobank kredit tashkilotlarining daromadiga kiritiladi.
IV. Kassada pullar va boshqa qimmatliklarni saqlash
25. Har bir nobank kredit tashkiloti naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun o‘z kassasiga ega bo‘lishi lozim. Naqd pullarni qabul qilish, berish hamda vaqtinchalik saqlash, shuningdek boshqa qimmatliklarni vaqtinchalik saqlash uchun mo‘ljallanib, alohida ajratilgan hamda maxsus jihozlangan xona kassa deb ataladi.
26. Nobank kredit tashkilotlarining kassa xonalari mazkur Qoidalarning 1b-ilovasiga muvofiq texnik jihatdan mustahkamlanishi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanishi lozim.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-avgustdagi 22/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-2, 09.09.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 36-son, 481-modda)
Nobank kredit tashkilotlarining rahbarlari kassani tegishli ravishda jihozlanishi va pullarning kassa xonasida saqlanishini, shuningdek, ularni bankdan olib yetkazib berishda hamda bankka topshirishda pullarni but saqlanishini ta’minlashlari shart. Rahbarlarning aybi bilan pul mablag‘larini saqlash va tashish vaqtida pullarining but saqlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan hollarda, ular qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Pul mablag‘larini saqlash va tashish paytida ularning but saqlanishini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan.
(26-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-avgustdagi 22/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-2, 09.09.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 36-son, 481-modda)
27. Barcha naqd pullar nobank kredit tashkilotlarida yonmaydigan seyflarda saqlanadi, ular kassa ishi tugaganidan keyin kalit bilan qulflanadi va kassirning surg‘uchli muhri bilan muhrlanadi. Seyf kalitlari va muhrlar kassirlar (kassir)da saqlanadi va ularni shartlangan joylarda qoldirish, begona shaxslarga berish yoki hisobda turmagan dublikatlarini tayyorlash taqiqlanadi. Seyflar va metall javonlar turgan xonalarning eshigini ochiq qoldirish, shuningdek, ushbu seyflar va javonlar eshigida kalitlarni qoldirish qat’iyan man etiladi.
Kalitlarning hisobga olingan dublikatlari kassirlar tomonidan surg‘uchlangan xaltalarda nobank kredit tashkilotlarning rahbarlarida saqlanadi. Kamida har chorakda bir marta ularning nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi. Kalit yo‘qolgani aniqlangan hollarda nobank kredit tashkiloti rahbari ichki ishlar organlariga bu haqda xabar beradi va zudlik bilan seyflarning qulfini almashtirish uchun choralar ko‘radi.
Mazkur nobank kredit tashkilotiga tegishli bo‘lmagan naqd pullar va boshqa boyliklarni kassada saqlash taqiqlanadi.
28. Kassa xonasini va seyfni ochishdan oldin kassir qulflar, eshiklar, deraza panjaralari va muhrlar butligini ko‘zdan kechirishi, qo‘riqlash signalizatsiyasining soz holatda ekanligini tekshirib, bunga ishonch hosil qilishi shart.
Muhrning yo‘qligi yoki shikastlanganligi, qulf, eshik yoki panjaralar shikastlanganligi hollarida kassir zudlik bilan bu haqda nobank kredit tashkiloti rahbarini xabardor qilishi lozim, rahbar esa sodir bo‘lgan voqea to‘g‘risida ichki ishlar organlariga xabar beradi va ushbu organ xodimlari yetib kelgunga qadar kassani qo‘riqlash choralarini ko‘radi.
Bunday hollarda nobank kredit tashkiloti rahbari, bosh buxgalteri (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) hamda kassir ichki ishlar organining ruxsatini olganidan so‘ng, kassada saqlanayotgan pul mablag‘lari va boshqa qimmatliklar mavjudligini tekshiradi. Ushbu tekshiruv kassa operatsiyalari boshlangunga qadar amalga oshirilishi lozim. Tekshiruv natijalari to‘g‘risida 3 nusxada dalolatnoma tuziladi va u tekshiruvda qatnashgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi — ichki ishlar organlariga, ikkinchi nusxasi — yuqori nobank kredit tashkilotiga (agar u mavjud bo‘lsa) yuboriladi, uchinchi nusxasi esa nobank kredit tashkilotining o‘zida qoladi.
29. Moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, kassir o‘zi qabul qilib olgan barcha qimmatliklarning but saqlanishi uchun hamda nobank kredit tashkilotiga o‘zining qasddan qilingan harakatlari, shuningdek, o‘z vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashi natijasida yetkazilgan zarar uchun to‘la moddiy javobgar hisoblanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Soliq kodeksining 28-bobi.
30. Kassirning ishga tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq chiqarilganidan keyin, nobank kredit tashkiloti rahbari kassirni Kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari bilan unga imzo chektirgan holda tanishtirishi lozim. Shundan keyin kassir bilan uning to‘liq moddiy javobgarligi to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
31. Kassirga o‘ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib topshirish man etiladi.
32. Kassir bitta bo‘lgan nobank kredit tashkilotlarda, u vaqtincha almashtirilishi zarur bo‘lgan hollarda, kassir vazifasini bajarish nobank kredit tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. Bu xodim bilan 30-bandda ko‘zda tutilgan shartnoma tuziladi.
Kassir o‘z ish joyini to‘satdan qoldirgan (kasal bo‘lishi va b.) hollarda uning hisobidagi qimmatliklar darhol nobank kredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalteri (agar buxgalter mavjud bo‘lsa) ishtirokida yoki nobank kredit tashkiloti rahbari tayinlangan shaxslardan tarkib topgan komissiyaning ishtirokida boshqa kassir tomonidan qayta sanaladi va unga ushbu qimmatliklar topshiriladi. Qimmatliklarni qayta sanash va topshirish natijalari to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi va unga yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar imzo chekadi.
V. Garovga qo‘yilgan ashyolarni lombard tomonidan saqlash xususiyatlari
33. Lombardda garovga olingan ashyolarni saqlash, ularning but saqlanishini ta’minlash, ularga zararli ta’sir ko‘rsatilishi hamda begona shaxslar kirishini istisno etadigan shart-sharoitlar ta’minlangan bo‘lishi lozim.
34. Garovga qo‘yilgan ashyolarni saqlash joylarida boshqa ashyolarni saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
35. Lombardlar, kassadan tashqari, lombard tomonidan garovga olingan ashyolarni saqlash uchun alohida xonaga ega bo‘lishi kerak.
36. Ushbu xonada deraza o‘rinlari bo‘lmasligi va xona mazkur Qoidalar talablariga javob berishi lozim.
IV. Kassani taftish qilish va kassa intizomiga rioya etilishini nazorat qilish
37. Nobank kredit tashkiloti rahbari tomonidan belgilangan muddatlarda, lekin kamida har chorakda bir marta, kassa to‘satdan taftish qilinib, kassadagi barcha pullar birma-bir sanaladi va boshqa qimmatliklar tekshiriladi. Kassada taftish o‘tkazish uchun nobank kredit tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan komissiya tayinlanadi. Mazkur komissiya taftish o‘tkazib, bu to‘g‘rida dalolatnoma tuzadi. Taftish natijasida kassadagi boyliklar kam yoki ortiqcha chiqqanligi aniqlansa, kamomad yoki ortiqcha summa miqdori va ular vujudga kelgan vaziyatlar dalolatnomada ko‘rsatiladi.
Pul mablag‘lari mavjudligini tekshirish dalolatnomasining namunaviy shakli mazkur Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-avgustdagi 22/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-2, 09.09.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 36-son, 481-modda)
38. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki nobank kredit tashkilotlari tomonidan ushbu Qoidalar talablariga rioya etilishini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradilar.
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Resbpulikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni.
Mazkur Qoidalar talablari buzilganligi aniqlanganda nobank kredit tashkilotlari rahbaridan aniqlangan qoidabuzarlik va kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etilishi talab qilinadi.
39. Kassa intizomining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Soliq kodeksining 28-bobi.
Kassa intizomiga rioya etish uchun javobgarlik nobank kredit tashkilotlari zimmasiga yuklanadi.
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga
1-ILOVA
Kassasidagi naqd pul qoldig‘i limitlarini, naqd pul tushumlarini topshirish tartibi va muddatlarini belgilash uchun
HISOB-KITOB

‎‎_____ yil
‎_______________________________________________

‎‎(nobank kredit tashkilotining nomi)

t/r Ko‘rsatkichlar‎ Nobank kredit tashkiloti tomonidan loyihalashtirilgan‎ Bank tomonidan tasdiqlangan‎
1.‎ Naqd pul mablag‘larining kunlik kirimi‎
2.‎ Ish haqi, vaqtinchalik ishga layoqatsizligi bo‘yicha nafaqalar, stipendiyalar va safar xarajatlaridan tashqari, hisobot oyida boshqa ehtiyojlarga to‘langan jami naqd pullar, jumladan:‎
2.1.‎ Jismoniy shaxslarga kreditlar va mikroqarzlar berish‎
2.2.‎ Qarz mablag‘larini qaytarish va ular bo‘yicha foizlarni to‘lash
2.3.‎ Jami to‘langan naqd pul mablag‘lari (2.1-satr + 2.2-satr) ‎
3.‎ Kreditlar, mikroqarzlar va qarz mablag‘lari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun kassadan amalga oshirilgan kunlik o‘rtacha xarajat (2.3-satr/tashkilot ish kunlari soni)‎
4.‎ Kassa qoldig‘ining limiti ‎
5.‎ Naqd pul mablag‘larini topshirish tartibi‎
6.‎ Naqd pul mablag‘larini topshirish muddatlari ‎

‎Nobank kredit tashkilotining rahbari ‎



‎_________________________________

‎‎(ismi-sharifi, imzo)


‎Bosh buxgalter (agar mavjud bo‘lsa) ‎



‎_________________________________

‎‎(ismi-sharifi, imzo)


‎Bankning rahbari‎

‎‎
‎_________________________________

(ismi-sharifi, imzo)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-1, 14.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 7-son, 94-modda)
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga
1a-ILOVA
So‘mning to‘lovga yaroqlilik belgilarini aniqlash
qoidalari
1. Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan haqiqiyligi shubhalantirmaydigan hamda ular qiymatini belgilaydigan so‘zlar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, seriyasi va raqamlari to‘liq saqlangan banknotlar, ular umumiy o‘lchamining 55 foizi mavjud bo‘lsa hamda shikastlanish darajasidan qat’iy nazar, to‘liq hajmini va yuz tomonida qiymat tasvirini saqlagan metall tangalar to‘lovga qabul qilinadi.
2. Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar:
istalgan qismi, jumladan to‘lovlilik alomatlari belgilanishiga ta’sir etadigan darajada teshilgan, yirtilgan siyqalangan joylari, dog‘lari bo‘lgan, siyohda yozilgan;
ayrim qismlari shak-shubhasiz bitta biletga tegishli bo‘lgan yirtilgan va yelimlangan;
qiymatini ko‘rsatadigan raqamlar, yozuvlar bo‘lgan qismlardan tashqari, o‘z rangini o‘zgartirgan, kuygan (ko‘proq kuygan);
to‘liq hajmini saqlamagan banknotlarni to‘lovga qabul qilishi va pul tushumi tarkibida banklarga topshirishi lozim.
Ushbu talablarga muvofiq kelmaydigan banknotlar va tangalar to‘lovga yaroqsiz hisoblanadi va banklar tomonidan ekspertizaga qabul qilinadi.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-avgustdagi 22/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1719-2, 09.09.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 36-son, 481-modda)
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga
1b-ILOVA
Nobank kredit tashkilotlarining kassa xonalarini texnik jihatdan mustahkamlash va qo‘riqlash — yong‘indan ogoh etish vositalari bilan jihozlash bo‘yicha
TALABLAR
1. Mazkur talablar nobank kredit tashkilotlarida kassa xonalarini texnik jihatdan mustahkamlash va qo‘riqlash — yong‘indan ogoh etish vositalari bilan jihozlash bo‘yicha me’yorlarini belgilaydi.
2. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan kassalar g‘ishtli yoki temir beton devorlarga, mustahkam eshiklarga, pol va shiftlarga ega bo‘lishi lozim.
3. Kassa xonalari pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun yonmaydigan seyflar bilan jihozlangan, shuningdek ular devorga yoki polga qotirilgan bo‘lishi lozim.
4. Nobank kredit tashkilotlari kassalarining qurilish-montaj, texnik jihatdan mustahkamligi va xavfsizligi, ularda qimmatliklarning butligi, daxlsizligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyat ushbu tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
5. Kassa xonalariga nobank kredit tashkilotlari ixtiyoriga ko‘ra zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan, dasturiy ta’minotga asoslangan vositalar yordamida moddiy javobgar shaxslarning biometrik (“barmoq izi”, “ko‘z gavhari”, “tovush diapazoni” va boshqa) belgilariga qarab identifikatsiya qilishga qodir bo‘lgan eshiklar o‘rnatilishi mumkin.
6. Yong‘in yoki favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda insonlarni va moddiy boyliklarni saqlash maqsadida, binoning deraza romlariga panjaralar xonaning ichki tomonidan yengil ochiladigan qilib o‘rnatilishi lozim.
7. Kassa xonalari qo‘riqlash signalizatsiyasining ikkita himoya to‘sig‘i bilan jihozlanishi shart:
a) birinchi himoya to‘sig‘i — xonaning perimetrini himoya qiladi. Kassa xonalarida derazalar mavjud bo‘lganda, ular deraza ochilishi va oyna sinishini qayd etish qurilmalari bilan jihozlanadi;
b) ikkinchi himoya to‘sig‘i — xonaning hajmini himoya qiladi. Buning uchun hajmni qo‘riqlash (ultratovush, infraqizil, optik-elektron, radioto‘lqin rusumli) qurilmalari qo‘llaniladi.
8. Kassa xonalarida kassirlarning ish joylari tashvish tugmalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
9. Kassa xonalaridagi qo‘riqlash signalizatsiyasiining ikkita himoya to‘sig‘i ishdan tashqari vaqtda qabul-nazorat uskunasi orqali texnik qo‘riqlash punktiga qo‘riqlashga topshiriladi. Kassa xonalaridagi tashvish tugmalari ish vaqti davomida texnik qo‘riqlash punktiga ulanadi.
10. Kassa xonalaridagi qo‘riqlash signalizatsiyasining ikkita himoya to‘sig‘i alohida shleyflar bilan qabul-nazorat uskunalariga ulanib, uning chiqishi bitta shleyf orqali texnik qo‘riqlash punktiga va kassaning navbatchilik xonasidagi xabar berish uskunasiga ulanadi, shuningdek elektr energiyasi bo‘lmagan taqdirda qo‘riqlash signalizatsiyasining o‘n ikki soat ishlab turishini ta’minlovchi zaxira elektr manbai bilan ta’minlanishi lozim.
11. Kassa xonalari normativ hujjatlarda belgilangan tartibda yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalar (tutunli, issiqli va h. k.) bilan jihozlanadi va ular texnik qo‘riqlash punktiga yoki navbatchi xodimlar postidagi yong‘indan xabar beruvchi nazorat qilish uskunasiga ulanadi.
12. Qo‘riqlash signalizatsiyasi va yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalar tizimi va kassani yoritish tizimi alohida-alohida montaj qilinadi hamda ularning uzluksiz ishlashi ta’minlanishi lozim. Simlarning barcha turlari plastmassa quvurlarda yashirilgan holda o‘tkaziladi.
13. Kassa xonalarining yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalari tizimi SHNQ 2.04.09-2007 “Bino va inshootlarning yong‘in avtomatikasi” talablariga muvofiq kelishi va doimo ishchi holatda bo‘lishi lozim.
14. Kassa xonalarini qo‘riqlash signalizatsiya vositalari va yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalar bilan jihozlashga doir ishlar ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
15. Kassa xonalarida montaj qilingan qo‘riqlash va yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalarni montaj tashkilotidan foydalanishga qabul qilish va dalolatnomani imzolash O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘linmalari va nobank kredit tashkilotlarining vakillari bilan birgalikda tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Montaj tashkiloti majburiy tartibda qo‘riqlash va yong‘indan avtomatik xabar beruvchi qurilmalar montajining ijro chizmasi va montaj qilingan signalizatsiya apparatlarini ishlatish yo‘riqnomasini taqdim etadi.
(1b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-3, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1719-3/3999-son)
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-1, 14.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 7-son, 94-modda)
Pul mablag‘larini saqlash va tashish paytida ularning butligini ta’minlash bo‘yicha
TAVSIYALAR
1. Nobank kredit tashkilotlari rahbarlariga kassa operatsiyalarini yuritish, qo‘riqlash — yong‘indan ogohlantirish vositalariga qarash, pul mablag‘larini qo‘riqlash va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishga qabul qilishda yoki lavozimlarga tayinlashda yoki yuqorida ko‘rsatilgan ishlarga vaqti-vaqti bilan jalb etishda ushbu shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar olish uchun ichki ishlar organlari va tibbiyot muassasalariga murojaat etish tavsiya qilinadi. Bunda kassa operatsiyalarini yuritish, qo‘riqlash — yong‘indan ogohlantirish vositalariga qarash, pul mablag‘larini qo‘riqlash va tashish ishlariga quyidagi shaxslarni jalb etishga ruxsat etilmaydi:
qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ilgari jinoiy javobgarlikka tortilgan, sudlanganligi belgilangan tartibda bekor qilinmagan yoki sud tomonidan belgilangan zararlarning qiymatini to‘lab bo‘lmagan shaxslar;
surunkali yuqumli kasalligi bor shaxslar;
jamoat tartibini muntazam ravishda buzib turuvchilar;
spirtli ichimliklar yoki shifokor ruxsatisiz giyohvandlik vositalarini iste’mol qiluvchilar.
2. Nobank kredit tashkilotlarining pul mablag‘lari va boyliklarini bank muassasalaridan olib kelish yoki ularga topshirishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati tomonidan shartnoma asosida transportda kuzatib borilishi mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-3, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1719-3/3999-son)
3. Pul mablag‘larini tashish vaqtida kassir va unga hamrohlik qiluvchi shaxsga hamda transport vositasi haydovchisiga quyidagilar taqiqlanadi:
harakat yo‘nalishi va yetkazib boriladigan pul mablag‘lari hamda qimmatliklar summasi miqdorini oshkor etish;
transport vositasiga nobank kredit tashkiloti rahbari tomonidan pul mablag‘lari hamda boyliklarni yetkazish uchun tayinlanmagan shaxslarni kiritish;
piyoda, yo‘lovchi yoki jamoat transportida yurish;
do‘konlar, bozorlar va shu singari joylarga kirish;
biron-bir topshiriqni bajarish va har qanday boshqa yo‘l bilan pul va qimmatliklarni belgilangan joyga yetkazishdan chalg‘ish.
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga
3-ILOVA
(3-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1719-1, 14.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 7-son, 94-modda)

‎‎‎___________________________________________________

(nobank kredit tashkiloti)

‎‎______________________________________________ sexi
‎______________________________________da joylashgan

‎Mavjud naqd pullarni mavjudligini tekshirish
‎DALOLATNOMASI

‎‎ _____ -son 200___ yil “____” _____________

‎Tilxat

‎‎
‎‎Tekshirish boshlanishidan oldin pul mablag‘lariga doir barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriyaga topshirildi, mening javobgarligimga kelib tushgan barcha pul mablag‘lari kirim qilindi, chiqib ketganlari esa chiqimga kiritildi.

‎Moddiy javobgar shaxs

_________________

‎‎____________

_____________________

‎‎lavozimi

‎‎imzosi

‎‎ismi-sharifi

‎‎200____ yil “____” ________dagi ____ -sonli buyruq (farmoyish) ga asosan 200 ___ yil “____” _________dagi holatidagi pul mablag‘larining mavjudligi tekshirildi.
‎‎
‎Tekshirish natijasida quyidagilar aniqlandi:

‎‎naqd pullar

‎‎_____________so‘m

‎‎______ tiyin‎


‎Jami amalda mavjud bo‘lgan mablag‘lar __________ so‘m ____ tiyin
‎_______________________________________________________________

‎‎yozuv bilan

‎‎Hisob ma’lumotiga ko‘ra‎‎‎_____________so‘m‎ ‎‎______ tiyin‎
‎‎Tekshirish natijalari:‎
‎‎ortiqchalik __________________________________________________
‎kamomad _____________________________________________________
‎‎
‎‎kassa orderlarining oxirgi raqamlari:‎‎‎
‎‎kirim orderi № _______ chiqim orderi № _____________
‎‎
‎Komissiya raisi:


‎_________________


‎____________


‎_____________________

lavozimi

‎‎imzosi‎

‎‎ismi-sharifi‎


‎Komissiya a’zolari

‎‎_________________

‎‎____________‎

‎‎_____________________‎

‎‎lavozimi

‎‎‎‎imzosi‎

‎‎ismi-sharifi‎

_________________‎‎‎

____________‎‎‎

_____________________‎‎‎

‎‎lavozimi ‎‎‎

‎‎‎‎imzosi‎ ‎‎‎

‎‎ismi-sharifi‎ ‎‎‎

_________________‎‎‎ ‎‎‎

____________‎‎‎

_____________________‎‎‎

‎‎lavozimi ‎‎‎

‎‎‎‎imzosi‎ ‎‎‎

‎‎ismi-sharifi‎ ‎‎‎

‎‎Dalolatnomada ko‘rsatilgan pul mablag‘larini saqlash mening zimmamda ekanligini tasdiqlayman.
‎‎
‎‎Dalolatnomaning orqa tomoni.
‎‎
‎‎Ortiqcha yoki kamomad sabablarini tushuntirish ____________________
‎________________________________________________________________
‎________________________________________________________________
‎________________________________________________________________
‎________________________________________________________________
‎‎
‎‎Moddiy javobgar shaxs
‎Nobank kredit tashkiloti
‎rahbarining qarori ______________________________________________
‎________________________________________________________________
‎________________________________________________________________
‎________________________________________________________________‎
‎‎________________________________

‎‎___________________

‎‎(imzo)

‎‎20___ yil “____” _______________
Dalolatnoma kassada amalda mavjud bo‘lgan pul mablag‘lari (naqd pullar va boshqalar)ni tekshirish natijalarini aks ettirish uchun qo‘llaniladi.
Komissiya kassadagi barcha pullar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatliklarni to‘liq qayta sanash yo‘li bilan mavjud pullarni tekshiradi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va ro‘yxatga olish komissiyasi hamda moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi nobank kredit tashkiloti buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsda qoladi.
Tekshirish boshlangunga qadar har bir moddiy javobgar shaxsdan yoki pul mablag‘larining saqlanishi uchun javobgar shaxslar guruhidan tilxat olinadi. Tilxat mazkur shaklning sarlavha qismiga kiritilgan.
Moddiy javobgar shaxslar almashganida dalolatnoma uch nusxada tuziladi (boyliklarni topshirgan moddiy javobgar shaxsga, boyliklarni qabul qilib olgan moddiy javobgar shaxsga va buxgalteriyaga berish uchun).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 39-son, 405-modda; 2013-y., 7-son, 94-modda; 2015-y., 36-son, 481-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1719-3/3999-son; 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)