toggle_night_mode
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarda inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2217]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarda inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 22-mayda 227-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inspeksiya o‘tkazuvchi tarkibiy bo‘linmalari tomonidan tijorat banklari va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom” (yangi tahrirda) (ro‘yxat raqami 889, 2000-yil 4-fevral) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-mart,
8/1-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 12-martdagi 8/1-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarda inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan banklar, shu jumladan ularning filiallari, bank xizmatlari ofislari hamda bank xizmatlari markazlarida (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) inspeksiya (tekshiruv) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, banklar faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun banklarda inspeksiya (tekshiruv)lar o‘tkazadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Banklarda inspeksiya (tekshirish) o‘tkazishni Markaziy bank tomonidan inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish vakolati berilgan uning tegishli tarkibiy tuzilmasi (bundan buyon matnda tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilma deb yuritiladi) amalga oshiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) — banklarning haqiqiy moliyaviy ahvolini va bank faoliyatiga xos bo‘lgan xavf-xatarlarni bevosita joyiga chiqish orqali o‘rgangan holda ularning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilishini ko‘zda tutuvchi nazorat turi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish) — banklarda ayrim bank operatsiyalarini inspeksiya qilish (tekshirish)ni ko‘zda tutuvchi nazorat turi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
masofadan nazorat qilish — muammolarni boshlang‘ich davrida aniqlash maqsadida banklar tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlar tahlili, shu jumladan, ularning moliyaviy holatining monitoringiga asoslangan nazorat turi;
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat tartibidagi inspeksiya qilish (tekshirish) — banklarda tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan oxirgi inspeksiya (tekshirish)da aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishi ahvolini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladigan tekshirish.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilma tomonidan banklar faoliyatini tekshirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
banklarni moliyaviy holatiga baho berish, ularning faoliyatida mavjud bo‘lgan xavf-xatarlarni, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlar manfaatlari himoyasi ta’minlanganligini aniqlash va baho berish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
banklar faoliyatiga xos tavakkalchilikni baholash, iqtisodiy normativlarga rioya qilinishi, ularga belgilangan me’yorlarning to‘g‘ri hisoblanishi ahvolini tekshirish. Bunda tashqi omillarning bank moliyaviy holatiga ta’sirini aniqlash nuqtai nazaridan hamda bank kapitali, aktivlari sifati, boshqaruvi, daromadlari hamda likvidliligini tekshirish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
banklarda buxgalteriya apparatining tuzilishi, buxgalteriya ishi va hujjat aylanishini tashkil etilishi, buxgalteriya hisobining umumiy qoidalariga rioya etilishi, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini to‘g‘ri yuritilishi va haqqoniyligi, kapital, aktivlar, majburiyatlar, pul oqimi, asosiy vositalar hisobining va balansdan tashqari hisobvaraqlarning buxgalteriya andozalari tamoyillariga mos ravishda yuritilishi hamda bank moliyaviy holatiga foiz stavkasi, chet el valyuta kursi, kredit, likvidlilik, tavakkalchilik va boshqa omillarning ta’sirini alohida tekshirish;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oxirgi inspeksiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishini ta’minlash hamda bank reytingini belgilash yuzasidan takliflar berish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
banklarda ichki nazoratni joriy etish hamda amalga oshirilishi ahvolini tekshirish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
banklar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilinishi ahvolini tekshirish.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilma banklar faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda tekshiradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilmaning banklarda o‘tkazilgan inspeksiya (tekshirish) hisoboti faqat Markaziy bank tomonidan o‘zining tarkibiy bo‘linmalariga banklar faoliyatini nazorat qilish maqsadida beriladi, inspeksiya (tekshirish) hisobotini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uchinchi shaxslar e’tiboriga yetkazish hollari bundan mustasno.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Banklarda o‘tkazilgan inspeksiya (tekshirish) hisoboti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlangan taftishlarni hamda moliyaviy hisobotlarning tashqi audit tekshiruvini o‘tkazish majburiyatidan ozod etmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
II. Inspeksiya (tekshiruv)larning turlari, davriyligi va muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Banklarni inspeksiya qilish (tekshirish) quyidagi turlarga bo‘linadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
kompleks inspeksiya qilish (tekshirish);
nazorat tartibida inspeksiya qilish (tekshirish);
alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish).
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Banklarda kompleks inspeksiya (tekshirish) masofadan nazorat qilish natijalaridan kelib chiqib, Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi qaroriga asosan o‘tkaziladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Kompleks inspeksiya qilish (tekshirish)lar yoki alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni banklar tomonidan bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish masofadan nazorat qilish natijalariga ko‘ra ilgarigi tekshirishda ko‘rsatilgan qoidabuzarliklarning bartaraf etilmaganligi yoki ularning bartaraf etilganligi haqidagi ma’lumotlar taqdim etilmaganligi yoxud haqqoniy bo‘lmagan ma’lumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi qaroriga asosan o‘tkazilishi mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Quyidagi hollarda alohida masalalar yuzasidan inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilishi mumkin:
tijorat banklarining tavakkalchiliklarini baholash natijalari asosida;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning so‘rovlari asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
15. Inspeksiya (tekshirish) muddati 30 kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda inspeksiya (tekshirish) muddati Markaziy bank farmoyishi asosida uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Inspeksiya (tekshirish) muddati bank tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmi, uning bo‘linmalari tarmog‘ining kengligini inobatga olgan holda belgilanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
IV. Inspeksiya (tekshirish)ni tashkil etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
20. Banklarda kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) Markaziy bankning farmoyishi asosida tayinlanadi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda banklarni kompleks inspeksiya qilish (tekshirish) Markaziy bankning farmoyishiga ilova qilinadigan tegishli inspeksiya (tekshirish) savolnomasiga muvofiq bank operatsiyalari tanlov asosida amalga oshiriladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Nazorat tartibidagi va alohida masalalar yuzasidan inspeksiya qilish (tekshirish)lar Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmalarining farmoyishlari asosida tayinlanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-oktabrdagi 32/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-1, 09.12.2011y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 49-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Banklarni inspeksiya (tekshirish)dan o‘tkazuvchi tekshiruv guruhining tarkibi va uning rahbari, bajariladigan ishlar hajmi va xususiyati, bo‘linmalar tarmog‘ining kengligi inobatga olingan holda Markaziy bank yoki uning hududiy bosh boshqarmalarining farmoyishiga ilova tariqasida tasdiqlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
23. Zarur hollarda inspeksiya (tekshirish) o‘tkazuvchi tekshiruv guruhi tarkibiga banklar va boshqa tashkilotlarning malakali mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
24. Tekshiruv guruhi rahbari ushbu guruhga rahbarlik qiladi, uning ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, tekshiruv guruhi a’zolarining bilimi va tajribasini hisobga olgan holda, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi.
25. Tekshiruv guruhi rahbari ushbu guruh a’zolari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi va inspeksiya (tekshirish) hisobotini tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tekshiruv guruhining inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank tomonidan mazkur Nizomda belgilangan talablarni o‘z vaqtida yoki umuman bajarmaslik inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilishiga qarshilik ko‘rsatilgan deb hisoblanadi va bunday holat dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Dalolatnoma tekshiruv guruhi rahbari hamda inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank rahbari, shtat jadvalida bosh buxgalter nazarda tutilgan hollarda bosh buxgalter yoki boshqa xodimlar tomonidan imzolanadi.
Bunda, bank rahbari, bosh buxgalter yoki boshqa xodimlar dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan hollarda, dalolatnoma tekshiruv guruhi rahbari va tekshiruv guruhining kamida bir a’zosi tomonidan imzolanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va bir nusxasi inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bankka ma’lumot uchun, ikkinchisi esa inspeksiya (tekshirish)ni tayinlagan Markaziy bankka yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi boshlig‘iga tegishli choralar ko‘rish uchun topshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
V. Banklarni inspeksiya (tekshirish)dan o‘tkazuvchi tekshiruv guruhining huquq va majburiyatlari
(5-bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
29. Tekshiruv guruhi quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilayotgan bank faoliyati bilan bog‘liq binolarga va xizmat xonalariga erkin kirib chiqish;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
avtomatlashtirilgan bank va axborot tizimlaridan zarur ma’lumotlarni tanlash rejimida foydalanish hamda ushbu ma’lumotlarning elektron nusxalarini olish;
inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlarning asl nusxalari va boshqa axborotlarni talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
bank rahbari va xodimlaridan inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur har qanday hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa olish, lozim bo‘lganda esa hujjatlar nusxalarini imzolangan, raqamlangan va tikilgan holda taqdim etilishini talab qilish;
(29-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bank rahbari va xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazishga, ulardan inspeksiya (tekshirish) davomida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar va tushuntirishlar olish, shuningdek qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmaganlik yoki ularni talab darajasida bajarmaslik holatlari yuzasidan yozma tushuntirishlar talab qilish;
(29-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) hisobotini bank rahbari yoki xodimlari imzolashdan bosh tortganda yoki uni imzolash asossiz kechiktirilganda tekshiruv guruhi rahbari va a’zolari tomonidan imzo qo‘yilib, bu haqda Markaziy bank rahbariyatiga bildirishnoma kiritish.
(29-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
30. Tekshiruv guruhi quyidagilarga majburdir:
inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish huquqini beruvchi barcha zarur hujjatlarni taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) davomida tekshirilayotgan bankka uning joriy faoliyatini amalga oshirishiga xalaqit bermaslik;
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshiruv) hisobotining bir nusxasini tekshirilayotgan bank ixtiyorida qoldirish;
(30-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
inspeksiya (tekshirish)ni o‘z vaqtida hamda sifatli o‘tkazilishini ta’minlash;
inspeksiya (tekshirish) davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan bank, tijorat va xizmat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yozuv kiritish;
(30-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) davomida bankdan foydalanish uchun olingan hujjatlar va mulklarni but saqlanishini hamda inspeksiya (tekshirish) yakunlangandan so‘ng qaytarilishini ta’minlash.
(30-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshiruv guruhi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga olishi mumkin.
(30-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
VI. Inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bankning huquq va majburiyatlari
(6-bob nomiO‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank quyidagi huquqlarga ega:
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
tekshiruv guruhidan Markaziy bankning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishini hamda ularning xizmat guvohnomalarini ko‘rsatishni talab qilish va tanishish;
inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarning inspeksiya (tekshirish) o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;
o‘z faoliyatlari inspeksiya qilinishi (tekshirilishi) to‘g‘risidagi tegishli axborotga ega bo‘lish;
inspeksiya (tekshiruv) hisobotining bir nusxasini olish;
qonunda belgilangan tartibda inspeksiya (tekshirish) natijalari ustidan shikoyat qilish.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(31-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Inspeksiya (tekshirish) tayinlangan bank quyidagilarga majbur:
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
tekshiruv guruhiga inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish;
tekshiruv guruhiga amaliy yordam ko‘rsatish uchun biriktiriladigan xodimlarni tayinlash;
inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlarning asl nusxalari va boshqa axborotlarni berish;
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur har qanday hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa berish, lozim bo‘lganda esa hujjatlar nusxalarini imzolangan, raqamlangan va tikilgan holda taqdim etish.
(32-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2217-3, 19.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 10/20/2217-3/0787)
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham o‘z zimmalariga olishlari mumkin.
(32-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
VII. Inspeksiya (tekshirish) natijalarini rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
33. Bankda o‘tkazilgan inspeksiya (tekshiruv) natijasi inspeksiya (tekshirish) hisobotida aks ettiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Inspeksiya (tekshirish) hisoboti uch nusxada tuzilib, ularning har biri tekshiruv guruhi rahbari va a’zolari, inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilgan bank rahbari, shuningdek shtat jadvalida bosh buxgalter nazarda tutilgan hollarda bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilgan bank rahbari va (yoki) bosh buxgalteri inspeksiya (tekshirish) hisobotini imzolashni rad etgan taqdirda, ularning bu haqdagi asoslantirilgan fikr va e’tirozlari bayon etilgan tushuntirish xati taqdim etilishi shart.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Inspeksiya (tekshirish) hisobotini bank rahbari va (yoki) bosh buxgalteri tomonidan imzolashning rad etilishi inspeksiya (tekshirish) hisobotini Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasiga taqdim etilmasligiga asos bo‘lmaydi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi imzolanmagan inspeksiya (tekshirish) hisobotini ko‘rib chiqish jarayonida bank rahbari va (yoki) bosh buxgalteri tushuntirish xatida keltirilgan asoslangan fikr va e’tirozlarni inobatga olishi shart.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Markaziy bankning farmoyishi asosida o‘tkazilgan banklardagi inspeksiya (tekshirish) hisoboti quyidagilarga taqdim etiladi:
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilgan bankka — inspeksiya (tekshirish) davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun;
(38-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Markaziy bankning Banklarda o‘tkazilgan tekshirish hisobotlarini ko‘rib chiquvchi ishchi organiga — inspeksiya (tekshirish) natijasi bo‘yicha aniqlangan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sabablarini o‘rganish, ularni bartaraf qilish hamda kelgusida takrorlanmaslik choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilmasiga ma’lumot uchun.
(38-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasining farmoyishi asosida o‘tkazilgan inspeksiya (tekshirish) o‘tkazilgan filial, bank xizmatlari ofisi yoki bank xizmatlari markaziga inspeksiya (tekshirish) hisoboti quyidagilarga taqdim etiladi:
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
banka — inspeksiya (tekshirish) davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda ularga kelgusida yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun;
(39-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga — o‘tkazilgan tekshirishlar natijalarini ko‘rib chiquvchi ishchi organ yig‘ilishida xato va kamchiliklarni kelib chiqish sabablarini muhokama qilish, ularni bartaraf qilish hamda kelgusida takrorlanmaslik choralarini ko‘rish uchun;
(39-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankning tekshirish o‘tkazuvchi tarkibiy tuzilmasiga ma’lumot uchun.
(39-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2217-2, 26.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish davomida banka zudlik bilan tegishli choralar qo‘llanilishini taqozo qiladigan holatlar aniqlanganda, tekshiruv guruhi tomonidan inspeksiya (tekshirish) muddati tugashini kutmagan holda oraliq dalolatnoma tuziladi va Markaziy bankka taqdim etiladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/9-son qarori (ro‘yxat raqami 2217-4, 03.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)
VIII. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
41. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 15-son, 157-modda, 49-son, 506-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2217-2/1104-son; 19.06.2020-y., 10/20/2217-3/0787; — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 06.10.2025-y., 10/25/2217-4/0896-son)