toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda koʻrsatilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, nou-xau, ixtirolar natijalarini eksport qilishga ruxsatnoma‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tovarlar eksportini ragʻbatlantirish va import operatsiyalarini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmonlarini bajarish yuzasidan, shuningdek eksportga mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va sotishni ragʻbatlantirish, tashqi savdo hisobot tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 102-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son)
2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga “Oʻzdavstandart” markazi va vakolatli organlar tomonidan sertifikatsiya qilingan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi laboratoriyalarida qoʻshimcha ravishda ekspertizadan oʻtkazmasdan eksportga yuklab joʻnatish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda respublika xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida savdo uylari, savdo vakolatxonalari, shuʼba korxonalar, firma doʻkonlari, dilerlik tarmoqlari va konsignatsiya omborlarini ochish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “Oʻzdavstandart” markazi bilan birgalikda idoralararo ishchi guruh tuzsinlar va tashqi savdoga oid davlat va bojxona statistikasi maʼlumotlarini toʻplash va qayta ishlashning yagona uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, import qiluvchilarga tarif imtiyozlari va preferensiyalar berish amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 25-son, 308-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 25-son, 308-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 25-son, 308-modda)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-martdagi 71-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 11-son, 143-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Amaldagi qonunchilikda belgilangan import boj stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng qulay rejim yaratadigan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PQ-3818-son “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng qulay rejim yaratish toʻgʻrisida bitimlarga ega boʻlmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan import bojining ikki baravar oshirilgan stavkalari qoʻllaniladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 12-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlaydi;
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 24-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi qonunchilikda belgilangan tarif imtiyozlarini qoʻllash maqsadida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotlarni sertifikatlaydi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda:
import qilinadigan tovarlar va ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida bojxona rasmiylashtiruvi tartibini;
eksport va import kontraktlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida roʻyxatdan oʻtkazish tartibini, shuningdek eksport-import yuklarini rasmiylashtirishda bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatini;
Oʻzbekiston Respublikasida maxsus tovarlar eksporti va importini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalarning oʻzi ishlab chiqargan eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlarni, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar oʻz ehtiyojlari uchun import qiladigan mahsulotlarni aniqlash qoidalarini;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 994-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 09/19/994/4151-son)
erkin savdo rejimi belgilangan yoki savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng qulay rejim belgilanadigan davlatlar roʻyxatini tasdiqlasinlar.
10. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-sentabrdagi 329-son qaroriga 1-ilova — “Oʻzbekiston tovar-xom ashyo birjasi orqali faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar roʻyxati”ning 6-bandi “Ipak chiqindilari TIF TN kodi 5003” tovar nomi bilan toʻldirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari oʻz normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 31-mart,
137-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
31-martdagi 137-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar)
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r‎

Qisqacha nomi ‎

Ruxsatnoma berish vakolati boʻlgan organlar‎

1.‎

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet mamlakatlardagi va xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻz kasbi boʻyicha faoliyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

5.‎

Sanʼat asarlarini eksport qilish‎ Madaniyat vazirligi‎

6.‎

Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklarni, ‎ularning qismlari va mahsullarini eksport qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
‎Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlari va mahsullari, botanika kolleksiyalari importi, shuningdek yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, ular hayotiy faoliyatining mahsullari, kolleksiyalar va oʻljalar eksporti va importi ‎Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
 LexUZ sharhi
2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 20-sonli qaroriga muvofiq 7-band bilan toʻldirilgan. 2-ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
31-martdagi 137-son qaroriga
3-ILOVA
Hukumatning oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-oktabrdagi 485-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-martdagi 163-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-iyundagi 315-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-dekabrdagi 625-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-oktabrdagi 389-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 110-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-iyundagi 219-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 1-oktabrdagi 342-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-noyabrdagi 405-son qaroriga 2-ilova 9-bandining 9-xatboshi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-dekabrdagi 438-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 15-yanvardagi 28-son qarori.