Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Import kontraktlari boʻyicha mablagʻlarni konvertatsiya qilishni tartibga solish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 1-oktabrdagi 342-son
qarorini qisman oʻzgartirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1997-yil 1-fevraldan boshlab isteʼmol tovarlari olib kelishga tuzilgan import kontraktlari, ular tuzilgan sanadan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida va vakolatli banklarda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak;
vakolatli banklar Markaziy bank tomonidan isteʼmol tovarlarini import qiluvchilarga berilgan litsenziyalar egalariga soʻmlardagi mablagʻlarni roʻyxatdan oʻtkazilgan import kontraktlari taqdim etilgan taqdirdagina erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi 1997-yil 1-fevraldan boshlab import isteʼmol tovarlarini bojxonada rasmiylashtirishni faqat roʻyxatdan oʻtkazilgan import kontraktlari boʻyicha amalga oshirsin.
2. Vakolatli banklar ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni olib kelishga va xizmatlar importiga oid import kontraktlari boʻyicha soʻmlardagi mablagʻlarni erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qilishga berilgan buyurtmanomalarni, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda koʻrib chiqsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mazkur qaror mazmunini barcha manfaatdor tashkilotlar va tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga yetkazsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 1-oktabrdagi 342-son qarori
2-bandining isteʼmol tovarlari keltirishga doir import kontraktlariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.