toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
BYUROKRATIK TO‘SIQLARNI BARTARAF ETISH VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINI YANADA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-sonli Farmoniga muvofiq hamda xususiy mulkchilikni rivojlantirish yo‘lida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda tadbirkorlik faoliyati ko‘lamlarini kengaytirish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirishda kichik biznes subyektlarining faol ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
1. Hukumat qarorlari bilan belgilangan tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berishga doir 1-ilovaga muvofiq hujjatlarning amal qilishi 2011-yilning 1-sentabridan boshlab bekor qilinsin.
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan ruxsatnomalar va ruxsat berish tartibotlarining yangi turlarini joriy etish taqiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi ishtirokida bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni puxta xatlovdan o‘tkazsin hamda bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga doir zamonaviy shart-sharoit va talablarga javob bermaydigan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklaydigan ruxsat berish tartibotlarini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
2. 2011-yil 1-oktabridan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
kichik sanoat ishlab chiqarishlarni joylashtirish uchun yer uchastkalarini ajratishga doir murojaatlarning vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqish va kelishish muddati bir oydan oshmasligi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining davlat mulki bo‘lgan, vaqtincha bo‘shab yotgan va ishlatilmaydigan xonalarni ularda ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish uchun ijaraga berish bo‘yicha murojaatlarini 7 kun mobaynida ko‘rib chiqilishini ta’minlashga majburdirlar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, shu jumladan ishlab chiqarish obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun zarur bo‘lgan ruxsat etuvchi hujjatlarni berish “bir darcha” tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda vakolatli davlat organlariga ularni zarur hollarda kelishishni ta’minlash vazifasi yuklatiladi;
ruxsat etuvchi hujjatlarni berish muddati tadbirkorlik subyektlari ariza bergan vaqtdan boshlab, 30 ish kunidan oshmagan holda chegaralanadi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan alohida xususiyatli faoliyat turlari bundan mustasno.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari uchun ishlab chiqarish obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga doir hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tartibotlarni tubdan soddalashtirish va arzonlashtirish bo‘yicha aniq takliflarni 2011-yil 1-oktabrigacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2700-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 9-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2011-yil 1-oktabrdan boshlab, tajriba tariqasida, eksportga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan tartibotlarni bojxona rasmiylashtiruvi, deklaratsiya qilish, sertifikatlashtirish, sanitariya-epidemiologiya nazorati va tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida qatnashadigan boshqa tashkilotlar faoliyatini bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishini ta’minlaydigan “bir darcha” tamoyili asosida bajarish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda bojxona va sertifikatsiyalash jarayonlarini soddalashtirishni, ularning muddatlari va narxlarini qisqartirishni nazarda tutgan holda eksport operatsiyalarini “bir darcha” tamoyili bo‘yicha amalga oshirish to‘g‘risidagi vaqtincha nizomni tasdiqlasin.
6. Tovarlarni eksport qilishda to‘lanadigan bojxona rasmiylashtiruvi yig‘inlarining amaldagiga qaraganda o‘rtacha 2 marotabaga kamaytirishni nazarda tutuvchi yangi stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3009-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 422-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3009-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 422-modda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-avgust,
PQ-1604-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga
1-ILOVA
2011-yil 1-sentabrdan bekor qilinayotgan ruxsat berish tartibotlari
RO‘YXATI

T/r‎

Bekor qilinayotgan ruxsat berish tartibotlari‎

Ruxsat berish tartiboti belgilangan normativ-huquqiy hujjat‎

1.‎ Kapital qurilish sohasida yer uchastkasi tanlash to‘g‘risidagi arizani ijroga yuborish haqidagi qaror‎ Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 27-maydagi 248-son qarori
2.‎ Yangi avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari qurishga ruxsat olish va qurilishni kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarori
3.‎ Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni o‘rnatish uchun qurilish yoki maydonchalarga yer uchastkalari tanlashni kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori
4.‎ Bo‘lajak qurilish uchastkalari ostida foydali qazilmalar yo‘qligi to‘g‘risida xulosa‎ Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 5-fevraldagi 26-son qarori ‎

Yer ostidan foydalanish sohasida

5.‎ Konlarni ishga tushirish tizimini kelishish‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-son qarori ‎
6.‎ Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida xulosa‎ Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 5-fevraldagi 26-son qarori ‎
7.‎ Ishlab chiqarish quvvatlarining ishdan chiqish munosabati bilan foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalar (ularning bir qismi) hamda foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatishni kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarori ‎
8.‎ Foydali qazilmalar qazib oluvchi korxonalar va foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini tugatish yoki konservatsiya qilishga ruxsat olish‎ Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarori ‎
9.‎ Foydali qazilmalar joylashgan maydonlardagi qurilishlar munosabati bilan sanoat inshootlari, uy-joylar va jamoat binolari, tarixiy va madaniy yodgorliklar, suv havzalari hamda boshqa tabiiy obyektlar uchun tabiatni muhofaza qilish maqsadida sanoat ahamiyatini yo‘qotgan kon zaxiralarini qoldirish to‘g‘risidagi xulosani kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-noyabrdagi 232-son qarori ‎

Tabiatdan foydalanish sohasida

10.‎ Binolar va inshootlarga tutashgan (ajratilgan) yer uchastkalarida daraxtlarni kesishga ruxsat olish‎ Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son qarori ‎

Ishlab chiqarish sohasida

11.‎ Xalq iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan rangli metallar parchalari va chiqindilari sanitariya me’yorlariga va standartlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-martdagi PF-2559-son Farmoni‎

Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida

12.‎ Import va eksport kontraktini hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomalar‎ Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori‎
13.‎ Subyektning import operatsiyalarini hisobga olish kartochkasi‎ Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-avgustdagi 387-son qarori
‎Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori
14.‎ Xorijda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat spirti olib kirishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori‎
15.‎ Ilmiy-tadqiqot ishlari, nou-xau, ixtirolar natijalarini eksport qilishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori ‎
16.‎ Yuqori likvidli hisoblanmagan tovarlarni eksport qilishga barter kontraktlari tuzishga ruxsat olish to‘g‘risidagi qaror‎ Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-avgustdagi 280-son qarori

Avtomobil, temir yo‘l, daryo va havo transporti

17.‎ Tashqi reklamani joylashtirish joyini kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-son qarori ‎
18.‎ Yuklar tashishning kengaytirilgan rejasi‎ Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori ‎
19.‎ Yuklarni tashish hajmi‎ Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori
20.‎ Asosiy oylik yuk ortish rejasini bajarish tartibini kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori
21.‎ Yuklarni asosiy oylik yuk ortish rejasi yoki rejadan tashqari yuklashga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori
22.‎ Yuklarni stansiya ichida (bitta tarif punkti doirasida) tashishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori
23‎. Temir yo‘l stansiyasi rejasida nazarda tutilgan yuk jo‘natishni temir yo‘l doirasida o‘zgartirishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori
24.‎ Reja nomenklaturasida nazarda tutilgan yuklarning ayrim guruhlari doirasida bir turdagi yukni boshqa turdagi yuk bilan almashtirishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori
25.‎ Ichki yo‘llarda tashish bo‘yicha asosiy oylik rejada nazarda tutilgan qabul qilish temir yo‘l stansiyasini o‘zgartirishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori
26.‎ Yuk jo‘natuvchi tomonidan temir yo‘llarda yuk tashish to‘lovlarini qabul qilish temir yo‘l stansiyasida to‘lashga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori
27.? Temir yo‘llarning shoxobcha yo‘llariga xizmat ko‘rsatishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori
28.‎ Ichki tashishlar yoki ularda yuklarni saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llari hamda boshqa davlatlar temir yo‘llarining umumiy tarmoq inventar parki vagonlaridan foydalanishga, shuningdek ushbu vagonlarga yuk ortishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori
29.‎ Lokomotivning tutashgan temir yo‘l stansiyasiga chiqishiga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori
30.‎ Yo‘nalishli taksilar harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori
31.‎ Yo‘nalishli taksilar harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror‎ Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori
32.‎ Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish yo‘nalishi sxemasini kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori
33.‎ Yo‘nalishli avtobus harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida qaror‎ Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori
34.‎ Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish yo‘nalishining pasportini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror‎ Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori
35.‎ Yo‘nalishli avtobus harakati jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori

Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida

36.‎ O‘zaro majburiyatlar to‘g‘risidagi amaldagi bitimlarda va faoliyat yuritish shartlarida muayyan tugamagan davrda korxona ixtisoslashuvini saqlab turish majburiyati mavjud bo‘lgan taqdirda, xususiylashtirilgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarining faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirishni (ixtisoslashuvni o‘zgartirish) kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-noyabrdagi 402-son qarori ‎
37.‎ Yakka tartibdagi tadbirkorlarga turg‘un savdo shoxobchalari orqali yoki buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi‎ Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori
38.‎ Oziq-ovqat (qishloq xo‘jaligi) mahsulotlari sifatini tasdiqlovchi xulosa‎ Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyuldagi 330-son qarori
39.‎ Sifatni tasdiqlash (barcha dehqon bozorlarida, shaharlar va qishloqlar do‘konlarida sovutilgan, termik qayta ishlangan (pasterizatsiya qilingan) sutni sotish uchun)‎ Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-noyabrdagi 379-son qarori ‎
40.‎ Ovqatlar retsepturasini kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori

Boshqa sohalarda‎‎

41.‎ Poligrafiya korxonasi ochish va faoliyat yuritishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori
42.‎ Tamg‘a-o‘ymakorlik ustaxonalari ochish va faoliyat yuritishiga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori
43.‎ Poligrafiya asbob-uskunalari xarid qilishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori ‎
44.‎ Poligrafiya korxonasi ishlab chiqarish binosining sanitariya talablariga muvofiqligi to‘g‘risida dalolatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-dekabrdagi 454-son qarori ‎
45.‎ Poligrafiya korxonasi ishlab chiqarish binosining yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida dalolatnoma, texnik (qurilmalar) vositalar va yong‘indan muhofaza qilish signalizatsiyalari bilan ta’minlash‎ Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-dekabrdagi 454-son qarori ‎
46.‎ Poligrafiya korxonasi ishlab chiqarish binosining ekologiya talablariga muvofiqligi to‘g‘risida dalolatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-dekabrdagi 454-son qarori ‎
47.‎ Qazilayotgan konlar ustida joylashgan binolar va inshootlardan foydalanishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarori ‎
48.‎ Korxonalarda geodeziya punktlarining koordinatlari va balandliklari, texnik hisobotlar, topografiya xaritalari va rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planishini kelishish‎ Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori ‎
49.‎ Geodeziya punktlari va jug‘rofiy obyektlar koordinatlarini, kosmik va aerofoto-suratlar, xaritalar, atlaslar, joylarning maketlari va boshqa kartografiya materiallarini ochiq e’lon qilish yoki ko‘rgazmalarda va televideniyeda namoyish qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosalar‎ Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori ‎
50.‎ O‘zbekiston hududida qadimiy hujjatli yodgorliklarni yig‘ishga ruxsatnoma‎ Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori ‎
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga
2-ILOVA
Tovarlar va xizmatlarni eksport qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lanadigan yig‘imlar
STAVKALARI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r‎

Bojxona yig‘imi turi‎

Yig‘imlar stavkalari‎

1.‎

Bojxona rasmiylashtiruvi uchun:‎

“eksport” bojxona rejimidagi tovarlar va transport vositalari‎

Bojxona qiymatidan 0,1 foiz, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ‎

“bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimidagi tovarlar‎

Tovarlarni qayta ishlash xizmatlari qiymatidan 0,1 foiz, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ‎

2.‎

“Eksport” bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarning bojxona rasmiylashtiruvini xodim tomonidan buni rasmiylashtirish joyidan va (yoki) bojxona organlarining ishlamaydigan vaqtida boshqa joyda amalga oshirish, bir xodimning bir soat ishlashi hisobidan

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori 4-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda):
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“belgilangan muddatlari o‘tgandan keyin xorijiy valyuta tushumi tushishini 30 bank kunidan ko‘proq (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 bank kuni) kechikishiga yo‘l qo‘ygan yuridik shaxs-rezidentlar respublika budjeti foydasiga jarima to‘laydilar:
valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablag‘lari summasiga nisbatan 10 foiz ekvivalentida;
valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablag‘lari summasiga nisbatan 20 foiz ekvivalentida;
valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 365 kundan ortiq muddatga kechikkanda — tushmagan valyuta mablag‘lari summasiga nisbatan qo‘shimcha ravishda 70 foiz ekvivalentida”;
b) to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Chet eldan valyuta tushumi tushishini belgilangan muddatlari o‘tgandan keyin 30 bank kunidan ko‘proq muddatga kechikishiga yo‘l qo‘ygan eksportchiga (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 bank kuni) nisbatan soliq organlari tomonidan quyidagi sanksiyalar qo‘llaniladi”:
valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablag‘lari summasiga nisbatan 10 foiz ekvivalentida;
valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablag‘lari summasiga nisbatan 20 foiz ekvivalentida;
valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 365 kundan ortiq muddatga kechikkanda — tushmagan valyuta mablag‘lari summasiga nisbatan qo‘shimcha ravishda 70 foiz ekvivalentida”;
b) uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 34-35-son, 345-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; 2016-y., 48-son, 547-modda; 2017-y., 1-son, 9-modda, 22-son, 422-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)