Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublika qurilish kompleksining eksport bazasini kengaytirish va korxonalarning chet elda “komplekt obyekt” shartlarida pudrat ishlari hamda xizmatlarni amalga oshirish faoliyatlarini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-martdagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport va import qilishni kvotalash va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
Nizom quyidagi tahrirdagi 16-band bilan toʻldirilsin:
“16. “Komplekt obyekt” shartlarida tuzilgan kontrakt (bitishuv)larning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida roʻyxatga olinishi komplekt vedomostga muvofiq pudrat ishlari va xizmatlarning bajarilishini taʼminlash uchun yuklarni, ular orasida litsenziyalanishi lozim boʻlgan tovarlar bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, Davlat chegarasi orqali oʻtkazib yuborish uchun asos boʻlib hisoblanadi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “komplekt obyekt” shartlaridagi kontraktlarni amalga oshirish uchun olib chiqib ketilayotgan yuklar hajmlari hamda nomenklaturasining loyiha-smeta hujjatlariga koʻra komplekt vedomostlarga muvofiqligi ustida qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.