1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IMPORT BOJ POShLINALARINI QO‘LLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish to‘g‘risida”gi Farmonni bajarish yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq import (chetdan keltirish) boj poshlinalarini qo‘llashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Import boj poshlinalari stavkalari joriy etilgan paytdan boshlab 1-ilovaga muvofiq mamlakatlar boj hududidan kelib chiqqan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining boj hududiga keltirilgan tovarlardan boj poshlinalari olinmaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng qulay shart-sharoitlar tartibini o‘rnatadigan mamlakatlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda, imzolangan xalqaro shartnomalar asosida, 1 va 2-ilovalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarori 3-bandining 3 xatboshi va 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 7-oktabr,
389-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-oktabrdagi 389-son qaroriga 1-ILOVA
Erkin savdo tartibini nazarda tutuvchi bitimlar imzolangan erkin savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar