1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Koʻrgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish;
2.Moliya / Birja faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDA SAVDONI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birja va yarmarka savdosining samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”1999-yil 15-apreldagi 174-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Bozor infrastrukturasini yanada takomillashtirish hamda savdoni erkinlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlariga 1-ilovaga muvofiq roʻyxatga kiruvchi oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali yetakchi tovar birjalarida amalda boʻlgan talablar va narxlarga muvofiq faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotishga ruxsat etilsin.
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi savdolarida tovarlarni erkin yoʻnaltiriladigan valyutaga sotish tartibi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi boj chegarasi orqali oʻtadigan erkin almashtiriladigan valyutaga xarid qilingan birja tovarlarini oʻtkazib yuborish va ularga deklaratsiya toʻldirish tartibi 3-ilovaga muvofiq.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
birja va yarmarka savdolarida mahsulot va tovarlarning barcha turlari sotilishi mumkin, kvotalanishi kerak boʻlgan mahsulot va tovarlar bundan mustasno;
Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali paxta tolasini sotishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan birja savdolari uchun belgilangan kvotalar hajmida yoʻl qoʻyiladi;
Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali faqat omborlarda mavjud boʻlgan hamda Oʻzbekistonda eʼtirof etilgan mustaqil xalqaro vakolatli tashkilotlar tomonidan berilgan sertifikatlarga ega boʻlgan paxta tolasi sotiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Moliya vazirligi va “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi bilan birgalikda har bir savdo oldidan yetakchi tovar birjalarida amalda boʻlgan kotirovkalarni hisobga olgan holda erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlarning boshlangʻich narxini tavsiya etadi.
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi zarur hollarda vujudga kelayotgan bozor konʼyunkturasini hisobga olib oʻzlariga ajratilgan kvotalar doirasida paxta tolasini Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda sotsinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-sentabrdagi 375-son qarori 1-bandining 2-xatboshi va qarorga 1-ilova 1-bandining 2-xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-oktabrdagi 499-son qarori 1-bandining 1-xatboshi va 2-bandining 1-xatboshi “qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 20-sentabr,
329-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-sentabrdagi 329-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasi orqali faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar
Paxta chiqindilari (shu jumladan, kalava chiqindisi, uzilgan xomashyo)
5202
8.
Yigirilgan ip
5205-5207
9.
Ip-gazlama
5208 5212
10.
Izolyatsiyalangan sim
8544
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-avgustdagi 366-sonli qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-sentabrdagi 329-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi savdolarida tovarlarni erkin almashtiriladigan valyutaga sotish
TARTIBI
1. Mazkur Tartib erkin sotish uchun korxonalar va xoʻjaliklar ixtiyorida qolgan tovarlarni Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (keyingi oʻrinlarda birja deb ataladi) orqali faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotishga ruxsat etilgan tovarlarni sotishning asosiy shartlarini, shuningdek savdolarni tayyorlash, bitishuvlar va ular boʻyicha hisob-kitoblarni rasmiylashtirish tartibotini belgilaydi.
2. Birja savdolarida har qanday yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar mazkur Tartibga muvofiq mazkur qarorning 1-ilovasiga kiritilgan tovarlarni sotib olishlari mumkin. Birja savdolarida sotib olingan va respublika tashqarisiga olib chiqib ketiladigan tovarlar tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda litsenziyalanmaydi va ularga boj solinmaydi.
3. Birjada faqat naqd (jismoniy) tovar hajmiga bitishuvlar tuzilishi mumkin.
4. Tovarlarni sotishga taklif etishda sotuvchi birjaga quyidagilarni taqdim etadi:
tovar egasining tovarning bu hajmi haqiqatdan ham sotuvchi tomonidan ishlab chiqarilganligi, erkin sotish uchun ixtiyorida qolgan qismi uning xususiy mulki hisoblanishini tasdiqlovchi hujjat;
omborxonalarda sotuvchiga tegishli tovarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
kvota (kvotalanadigan tovarlar uchun) mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjat;
Oʻzbekistonda eʼtirof etilgan mustaqil xalqaro vakolatli tashkilotlar tomonidan berilgan sifat sertifikati;
Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida roʻyxatga olingan broker bilan tuzilgan shartnoma-topshiriq.
5. Xaridor birjaga Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida roʻyxatga olingan broker bilan tuzilgan shartnoma-topshiriq bilan birga xaridorning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasini, toʻlov topshiriqnomasini taqdim etadi.
6. Taqdim etiladigan axborot va hujjatlarning toʻgʻriligi va ishonchliligi, shuningdek tovarning mavjudligi va sifati yuzasidan oʻzlariga tegishli qismi uchun Sotuvchi va Xaridor javob beradilar.
7. Birja savdolarini oʻtkazish kuni va vaqti Birja boshqaruvining qarori bilan belgilanadi.
8. Birjaning savdo zali birja savdolarini oʻtkazish joyi hisoblanadi.
9. Birja savdolariga tegishli savdo kunidan kamida 48 soat oldin buyurtma berilgan tovarlar qoʻyiladi.
10. Buyurtma broker tomonidan savdoni tayyorlash va oʻtkazish guruhiga beriladi, u yerda buyurtmanomalarning toʻgʻri toʻldirilganligi, tegishli hujjatlarning mavjudligi tekshiriladi.
11. Savdoni tayyorlash va oʻtkazish guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi tavsiyalari asosida har bir savdoga axborot varaqalarini (belgilangan shakl boʻyicha) tuzadi, ular savdo qatnashchilariga tegishli savdo kuni boshlanishidan 24 soat oldin beriladi. Axborot varaqasida mazkur savdo kunida savdoga qoʻyiladigan tovarning nomi, narxi, miqdori, oʻrab-joylanishi, ishlab chiqaruvchining nomi, tovarning turgan joyi, oʻlchov birligi, hisob-kitoblar tartibi, yetkazib berish muddatlari, sifat sertifikati hamda tovarning kelib chiqishi haqidagi hujjatlarning mavjudligi koʻrsatiladi.
12. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida tuzilgan kontraktlar boʻyicha toʻlov shakli haqini oldindan toʻlash yoki tasdiqlangan akkreditiv.
Kontrakt shartlarida haqi oldindan toʻlanganda valyuta mablagʻlarining yoki birinchi darajali bank tomonidan tasdiqlangan akkreditivning kelib tushish shartlari aniq kelishib olinishi kerak.
13. Birja “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga sotilgan tovarning miqdorini, uning tavsiflarini, tovarning narxini, umumiy qiymatini, toʻlov shaklini va tovar sotilgan mamlakatni koʻrsatgan holda sodir etilgan bitishuvlar toʻgʻrisida axborot yuboradi.
14. Birja, shuningdek joʻnatilayotgan yukni sugʻurtalashda va tarqatishda koʻmaklashadi.
15. Rasmiylashtirilgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan kontrakt olinganda mazkur kontrakt barcha bandlarining bajarilishi yuzasidan javobgarlik sotib oluvchi va sotuvchi mijozlarga yuklanadi. Mazkur kontrakt shartlari buzilgan taqdirda aybdor tomon kontrakt shartlariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradi.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-sentabrdagi 329-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi boj chegarasi orqali oʻtadigan erkin almashtiriladigan valyutaga xarid qilingan birja tovarlarini oʻtkazib yuborish va ularga deklaratsiya toʻldirish
TARTIBI
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi boj chegarasi orqali oʻtadigan erkin almashtiriladigan valyutaga xarid qilingan birja tovarlarini oʻtkazib yuborish va ularga deklaratsiya toʻldirish tartibotini belgilaydi.
2. Respublika tashqarisiga olib chiqib ketish moʻljallanayotgan mahsulotlar boʻyicha bitishuvlar tuzilgandan soʻng birja kontraktni birja muhri hamda “Poshlinasiz va litsenziyasiz Oʻzbekistondan chetga olib chiqib ketish” shtampi bilan tasdiqlaydi va hisobga qoʻyish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasiga yuboradi.
3 Bojxona organlari kelishilgan jadvalga muvofiq birja choparidan tasdiqlangan kontraktlarni reyestr boʻyicha qabul qiladigan, ularni hisobga qoʻyadigan, imzolab, muhr bilan tasdiqlab birja chopariga qaytaradigan masʼul xodimlarni belgilaydilar.
4. Bosh bojxona boshqarmasi bitta reyestr boʻyicha kontraktlarni kontrakt kelgan paytdan boshlab 3 sutka davomida koʻrib chiqishi shart.
5. Bosh bojxona boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan kontraktlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar birjaning oʻzgartirishlarning sabablari koʻrsatilgan yozma arizasiga koʻra kiritiladi.
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish kontraktlarni tasdiqlashdagi kabi tartibda hal etiladi.
6. Birja Bosh bojxona boshqarmasida tasdiqlangan kontraktlarni olgan paytdan boshlab bir ish kuni davomida ularni brokerlarga beradi.
Koʻrsatib oʻtilgan kontraktlar yuk-transport deklaratsiyasini toʻldirish uchun asos hisoblanadi.
7. Bosh bojxona boshqarmasida rasmiylashtirilgan eksport kontraktlar boʻyicha tovarlarni olib chiqib ketishda tovarlarni joʻnatish joyidagi bojxona boʻlinmalariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
kvotaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (kvotalanadigan tovarlar uchun);
Oʻzbekistonda eʼtirof etilgan mustaqil xalqaro vakolatli tashkilotlar tomonidan berilgan sifat sertifikati;
fito-sanitariya sertifikati (zarur hollarda);
tovarning kelib chiqishini tasdiqlovchi sertifikat;
yuk-transport bojxona deklaratsiyasi.
8. Bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligi uchun yuk joʻnatuvchi javob beradi.
9. Tovarlarni olib chiqib ketish uchun kontraktlarni rasmiylashtiruvchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar xaridordan va sotuvchidan bitishuvni rasmiylashtirishga taalluqli boʻlmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga haqli emaslar.
10. Yuk joʻnatuvchi yuk qiymatining 0,15 foizi miqdorida bojxona yigʻimi toʻlaydi.
11. Sotuvchi har oyda Bosh bojxona boshqarmasiga tuzilgan kontraktning bajarilishi toʻgʻrisida axborot beradi.