toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5392-son Farmoniga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi tashkil qilinsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazishni taʼminlash;
arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik yechimlari darajasini oshirish;
loyiha ishi va qurilish ishlab chiqarishini takomillashtirish, loyihalash va qurilish sohasida ilgʻor tajribani oʻrganish va ommalashtirish;
shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda markazning ustavini ishlab chiqsin va uning oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziriga:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Vazirlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan Vazirlikning qoʻshimcha xodimlar shtat birliklarini kiritish;
Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va chet el kompaniyalarining yuqori malakali mutaxassislarini maslahatchi sifatida jalb etish;
yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ularga ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini belgilash huquqi berilsin.
5. Belgilansinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda xodimlar maʼlumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari boʻyicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan tegishli yoʻnalishda xorijiy oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan mutaxassislarga nisbatan Vazirlikda qoʻllanilishi, istisno tariqasida. tavsiyaviy xarakterga ega.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, shuningdek, uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik tizimidagi xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustama haqlari va qoʻshimcha toʻlovlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadigan qurilish sohasi xodimlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadigan mehnatdagi yuqori natijalari uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorlarda ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar amalga oshiriladi:
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
lavozim maoshiga nisbatan 50 foiz — 70 balldan 80 ballgacha toʻplagan xodimlarga;
lavozim maoshiga nisbatan 100 foiz — 80 balldan 90 ballgacha toʻplagan xodimlarga;
lavozim maoshiga nisbatan 200 foiz — 90 balldan 100 ballgacha toʻplagan xodimlarga.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 414-son qarorining budjetdan tashqari mablagʻlarni ishlatish qismidagi talablari Vazirlikka nisbatan joriy etilmasligi koʻrsatib oʻtilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Vazirlik va Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizomlarni, jumladan Jamgʻarmaning daromad manbalarini aniqlashtirgan holda, shuningdek, Vazirlik huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining tuzilmasini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlikning buyurtmalari boʻyicha yuklatilgan vazifalarni ijro etish uchun jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlikning buyurtmalari boʻyicha yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun respublikaga chet el mutaxassislarini jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-aprel,
PQ-3646-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2137-son qarorining 1, 2, 6 va 7-bandlari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2936-son qarorining 3-bandi hamda 1 — 7-ilovalari.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 07/18/3646/0981-son; 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)