1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning muhim sharti hisoblangan samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish boʻyicha keng koʻlamli maʼmuriy islohotlar amalga oshirildi.
Jumladan, davlat organlarining sohaga oid boʻlmagan vazifalarini qisqartirish va faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ularning tuzilmasi oʻrtacha 15 foizga maqbullashtirildi, shuningdek, 26 ta davlat organlari va tashkilotlarida 40 ta rahbar oʻrinbosarlari lavozimlari qisqartirildi.
Davlat organlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish hisobidan byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish va aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yaxshilash maqsadida 30 ga yaqin turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, 70 dan ziyod davlat xizmatlari soddalashtirildi, davlat tashkilotlari tomonidan 60 dan ortiq hujjatlarni talab qilish bekor qilindi.
“Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilari soni 4 milliondan oshib, u orqali davlat idoralarining 130 dan ortiq axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari yaratildi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida qariyb 350 turdagi xizmatlar onlayn shaklda koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyildi.
Yangi Oʻzbekiston sharoitida zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani koʻrib chiqish jarayonlarini soddalashtirish orqali davlat organlari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yoʻnaltirish, shuningdek, Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]
1. 2023-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi/Hukumat) aʼzosi boʻlgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlashi tizimi joriy etilsin.
Belgilansinki, Hukumat aʼzosi boʻlgan ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari:
tegishli sohada yagona davlat siyosatini olib borish va uni rivojlantirish boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun masʼul va javobgar hisoblanadi;
tizimdagi kadrlar siyosatining Vazirlar Mahkamasi apparatidan mustaqil ravishda davlat xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq yuritilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
2. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar boʻyicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi boʻlimlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻlimi tugatilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish]
3. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:
Bosh vazirning 4 nafargacha oʻrinbosarlari lavozimi;
Hukumat rahbari faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan taʼminlaydigan Bosh vazir kotibiyati tashkil qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish]
4. Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
5. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda Hukumat vakolatlariga oid boshqa dolzarb masalalarni (keyingi oʻrinlarda — masalalar) Vazirlar Mahkamasiga kiritish, koʻrib chiqish va axborot berishning quyidagi tartibi joriy qilinsin:
a) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va masalalar Hukumatga bevosita vazirlar va boshqa mustaqil ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari tomonidan belgilangan tartibda kiritiladi.
Bunda, davlat ishtirokidagi tashkilotlar va xoʻjalik birlashmalari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa masalalar tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirayotgan vazir yoki boshqa mustaqil ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari orqali kiritiladi;
b) kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamentiga koʻrib chiqish, moliyaviy-iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, tartibga solish taʼsiri va manfaatlar toʻqnashuvini baholash hamda axborot berish uchun kiritiladi;
v) axborot berishga tayyor boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa masalalar Vazirlar Mahkamasida kollegial tarzda maʼqullanadi yoki rad qilinadi;
g) maʼqullangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda, zarur hollarda, boshqa masalalar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi (yoki qabul qilinadi);
d) Vazirlar Mahkamasida masalalarni kollegial tarzda koʻrib chiqishda, zaruratga koʻra, ommaviy axborot vositalari taklif qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) bir oy muddatda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kiritish, koʻrib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishishning aniq tartibi va muddatlarini, ularning ijrosini nazorat qilishni nazarda tutuvchi Hukumatning yangilangan reglamentini kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish]
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Bosh vazirning amaldagi oʻrinbosarlari va maslahatchilari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari yangi tizim ishga tushgunga qadar yuklatilgan vazifalarning toʻliq hajmda va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tuzilmalarini maqbullashtirish munosabati bilan boʻshayotgan mablagʻlar Bosh vazir kotibiyati oʻrnak koʻrsatgan boshqaruv xodimlarining natijadorligi asosida qoʻshimcha ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Adliya vazirligi masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Vazirlar Mahkamasida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibi;
amalga oshirilayotgan maʼmuriy islohotlardan kelib chiqib komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar va boshqa kollegial organlarga rahbarlarni qayta taqsimlash boʻyicha taklif kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan ustuvor vazifalarni hal qilishning muhimligi va natijadorligini hisobga olgan holda, Vazirlar Mahkamasi xodimlarining umumiy shtatlari soni doirasida uning ijro etuvchi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning dolzarb yoʻnalishlarini oʻrganish va ular boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun ishchi guruhlar va kelishuv komissiyalari tashkil qilish;
Vazirlar Mahkamasining oʻrnak koʻrsatgan boshqaruv xodimlarini natijadorlik asosida qoʻshimcha ragʻbatlantirish uchun mablagʻlar miqdorlarini belgilash.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
8. Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) bir oy muddatda:
Bosh vazir oʻrinbosarlarining funksional vazifalarini tasdiqlash;
Bosh vazir kotibiyatining shtat jadvalini tasdiqlash;
Bosh vazir kotibiyati toʻgʻrisidagi, uning barcha boʻlinmalari funksiyalari, vakolatlari, huquqlari, majburiyatlari va masʼuliyatini batafsil belgilab beruvchi nizomni ishlab chiqish;
Bosh vazir kotibiyatining yangi tashkil etilgan tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash;
faoliyati tugatilayotgan tarkibiy boʻlinmalarning xodimlarini vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarda rahbar va masʼul lavozimlarga tayinlash boʻyicha choralar koʻrsin, zarur hollarda, taklif kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi kengashining Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarining birinchi bosqichi doirasida 2023-yil 1-yanvardan boshlab ixcham, professional boshqaruv tamoyillariga asoslangan va samaradorlikka yoʻnaltirilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalarni oʻz ichiga oladigan yaxlit tizimini shakllantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
10. Belgilansinki:
vazirlik — tegishli sohalarda yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, muayyan yoʻnalishda ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni yakkaboshchilik asosida tashkil etadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
qoʻmita — tegishli soha ichidagi tarmoq faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va tartibga soluvchi hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni kollegial asosda tashkil etadigan, shuningdek, vazirlikning tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
agentlik — asosiy vazifasi sifatida tegishli sohada davlat xizmatlarini koʻrsatish va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqni qoʻllash funksiyalarini amalga oshiruvchi, shuningdek, vazirlik tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
inspeksiya — asosiy vazifasi sifatida tegishli soha va tarmoqlarda davlat nazorati va tekshiruvni amalga oshiruvchi, shuningdek, vazirlik tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq alohida maqomga ega hamda bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadigan qoʻmita, agentlik va inspeksiyalar tashkil etilishi mumkin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi kengashining Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarining birinchi bosqichi doirasida 2023-yil 1-yanvardan boshlab mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining sonini 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar sonini 25 tadan 21 tagacha qisqartirish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish]
12. Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasi tizimini quyidagi vazirliklar tashkil etadi:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi;
(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
(12-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 06/24/18/0054-son)
(12-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Mudofaa vazirligi;
Energetika vazirligi;
Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Tashqi ishlar vazirligi;
Ichki ishlar vazirligi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]
13. Quyidagilar:
2023-yil 1-yanvardan boshlab qayta tashkil etilayotgan respublika davlat boshqaruvi organlarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
2023-yil 1-yanvardan boshlab vazifa va funksiyalari tegishli vazirlik va idoralarga oʻtkazilgan holda tugatilayotgan respublika davlat boshqaruvi organlarining roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
2023-yil 1-yanvardan boshlab tashkiliy boʻysunuvi oʻzgarayotgan respublika davlat boshqaruvi organlarining roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, mazkur Farmon doirasida shtat birliklarini maqbullashtirish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar ijtimoiy masalalarni hal etishga yoʻnaltiriladi.
14. Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) bir hafta muddatda:
ushbu Farmonga muvofiq qayta tashkil etilayotgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar reja-grafigi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tartibga soluvchi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish]
Bunda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari va uning oʻrinbosarlari masʼuliyat doirasi hamda respublika, viloyat va tuman darajasidagi boʻlinmalarning vazifa va funksiyalarini aniq chegaralash, shuningdek, hududlar kesimida faoliyat samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ish koʻrsatkichlari (indikatorlari) belgilansin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish]
16. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining institutsional mustaqilligini oshirish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashkiliy tuzilmasi, shtat birliklari va rahbar oʻrinbosarlarining soni, shuningdek, faoliyat yoʻnalishlari belgilab beriladi.
Bunda:
markaziy apparat va hududiy boʻlinmalar tuzilmalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash amaliyoti bekor qilinadi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga ajratilgan mablagʻlar doirasida hamda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda markaziy apparat va hududiy boʻlinmalarning tuzilmasi va shtat birliklarini tasdiqlash huquqi taqdim etiladi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga hududdagi ehtiyoj va sharoitlardan kelib chiqib, muayyan viloyat yoki tuman (shahar) boʻlinmalarini tashkil etish yoki ularni tumanlararo (viloyatlararo) shaklda tuzish vakolati beriladi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tuzilmasida tashkil etilishi majburiy boʻlgan boʻlinma va lavozimlar roʻyxati, ularga boʻlgan mezonlar hamda rahbar va ijrochi xodimlar oʻrtasidagi nisbat boʻyicha meʼyorlarni belgilashni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengashi mazkur Farmon amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda quyidagi maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash uchun masʼul etib belgilansin:
ijro etuvchi hokimiyat organlari shtat birliklari, shu jumladan rahbar lavozimlarini 30 foizgacha maqbullashtirish va adolatli mehnatga haq toʻlash tizimini joriy etish;
maʼmuriy islohotlar doirasida transformatsiya qilinayotgan ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur Farmonda belgilangan yangi talablardan kelib chiqqan holda samarali faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
rahbarlarning moliyaviy va institutsional mustaqilligini oshirish orqali hududlar bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalarini tartibga solish orqali ularni kamida 10 foizga qisqartirish;
xususiy sektorga oʻtkaziladigan davlat funksiyalari sonini kamida 3 barobarga oshirish, davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy etish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining tizimida rahbar va ijrochi xodimlarning munosib nisbatiga erishish;
rahbarlarning aholi takliflari asosida faoliyatini yoʻlga qoʻyish va jamoatchilik oldida hisobdorligini kuchaytirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengashi (S.U. Umurzakov) mazkur Farmondan kelib chiqqan holda maʼmuriy islohotlar birinchi bosqichida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini 2023-yil 1-yanvarga qadar, ikkinchi bosqichida esa mahalliy davlat hokimiyati organlarini 2023-yil 1-aprelga qadar isloh qilish boʻyicha choralar koʻrilishini taʼminlasin.
18. Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) 2023-yil 1-fevralga qadar mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi yangi qonun loyihasini kiritsin:
Hukumat aʼzolarining Bosh vazir bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlash mexanizmlarini belgilash, ularning Vazirlar Mahkamasida qarorlar qabul qilish jarayonidagi maqomini oshirish;
hududlar, infratuzilma, iqtisodiyot, moliya, pul-kredit, shuningdek, ijtimoiy sohaning rivojlanishini taʼminlashda Hukumatning masʼuliyatini tubdan oshirish;
Hukumat aʼzolarining boshqaruv, kadr, moliya va boshqa yoʻnalishlardagi mustaqilligini oshirish va masʼuliyatini kuchaytirish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, shu jumladan hududiy boʻlinmalar kesimidagi har birining maqomi, ularni tashkil etish va tugatishning aniq tartibi hamda bir-biridan farqlovchi mezonlarni belgilash.
19. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalari keng yoritilishini tashkil etsin.
20. Adliya vazirligi bir oy muddatda ushbu Farmondan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar kiritsin.
21. Farmon ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashkil etilmoqda
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashkil etilmoqda
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etilmoqda
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashkil etilmoqda
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tashkil etilmoqda
6.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
7.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashkil etilmoqda
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etilmoqda
10.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tashkil etilmoqda
11.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi
Negizida Madaniyat va turizm vazirligi tashkil etilmoqda
12.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
13.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurida Maktabgacha taʼlim agentligi tashkil etilmoqda
14.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Innovatsion rivojlanish agentligi tashkil etilmoqda
15.
Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etilmoqda
Qoʻmitalar
16.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashkil etilmoqda
17.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tashkil etilmoqda
18.
Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tashkil etilmoqda
Agentliklar
19.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi tashkil etilmoqda
Inspeksiyalar
20.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilmoqda
21.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
22.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi
23.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasihuzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilmoqda
24.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi
25.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilmoqda
26.
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
Boshqa organlar
27.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tashkil etilmoqda
28.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etilmoqda
29.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tashkil etilmoqda
30.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi
Negizida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tashkil etilmoqda
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-118-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/118/0642-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga 3-ILOVA
2023-yil 1-yanvardan boshlab vazifa va funksiyalari tegishli vazirlik va idoralarga oʻtkazilgan holda tugatilayotgan respublika davlat boshqaruvi organlarining
ROʻYXATI
T/r
Organ nomi
Izoh
Agentliklar
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
Qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, sanoatni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga oʻtkazilmoqda
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi
Vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi
Vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga oʻtkazilmoqda
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi
Vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazilmoqda
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi
Vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazilmoqda
6.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi
Vazifa va funksiyalari Suv xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazilmoqda
7.
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
Vazifa va funksiyalari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga oʻtkazilmoqda
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
Vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga oʻtkazilmoqda
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligi
Vazifa va funksiyalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga oʻtkazilmoqda
Inspeksiyalar
10.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi
Vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda
Boshqa organlar
11.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi
Vazifa va funksiyalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga oʻtkazilmoqda
12.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi
Vazifa va funksiyalari Sogʻliqni saqlash vazirligiga oʻtkazilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga 4-ILOVA
2023-yil 1-yanvardan boshlab tashkiliy boʻysunuvi oʻzgarayotgan respublika davlat boshqaruvi organlarining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi
Statistika agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuriga oʻtkazilmoqda
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi
Mudofaa sanoati agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Mudofaa vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
6.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Soliq qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
7.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Bojxona qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi shaklida qayta tashkil etilib, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
10.
Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
Agentliklar
11.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi
Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
12.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezident taʼlim muassasalari agentligi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
13.
Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi
Madaniyat vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
14.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
15.
“Oʻzarxiv” agentligi
Adliya vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
16.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
18.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
19.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Dori-darmon va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari Sogʻliqni saqlash vazirligiga oʻtkazilgan holda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
20.
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
Inspeksiyalar
21.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
22.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
Boshqa organlar
24.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga oʻtkazilmoqda
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)