Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tizimi xodimlari kasblarining jozibadorligini oshirish va ularni ijtimoiy muhofaza qilishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
1. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-iyun,
409-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 409-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) markaziy apparati, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan hududiy boʻlinmalari, tasarrufidagi tashkilotlar va budjetdan mablagʻ oluvchi buyurtmachi tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda budjet tashkilotlari deb ataladi) xodimlari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
Vazirlik tizimiga kiradigan va oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan (xoʻjalik hisobida faoliyat yuritadigan) tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — tizim tashkilotlari) xodimlari.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
2. Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, jamoaviy shartnomalarga, shuningdek boshqa mahalliy normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi va u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
3. Tizim tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshimchalar va ustamalar, shuningdek mukofotlar mazkur tashkilotlarning rahbarlari tomonidan, belgilangan tartibda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
2-bob. Lavozim maoshlarini (tarif stavkalarini) belgilash tartibi
4. Boshqaruv xodimlarining, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning lavozim maoshlari, shuningdek ishchilarning tarif stavkalari qonun hujjatlariga muvofiq Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi asosida belgilanadi.
Xodimning lavozim maoshi belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini yagona tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi (oshirilgan va ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni inobatga olgan holda).
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
Soatbay tarif setkasi miqdori xodimning lavozim maoshini (tarif stavkasini) besh kunlik ish haftasi asosida, ish vaqti normal davom etgan taqdirda ish soatlarining oʻrtacha oylik miqdoriga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Vazirlik, budjet tashkilotlari va uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshi, lavozim maoshiga ustama haqlar, bayram puli, choraklik mukofot puli hamda boshqa toʻlovlar va ustamalarni belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Tizim tashkilotlari xodimlariga Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi, shuningdek, zarur hollarda boshqacha shartlar qoʻllanishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
6. Xodimlarning lavozim maoshlarini oʻzgartirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga muvofiq ish haqi miqdorlari oshirilganda;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-sonli “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
xodim ushbu tashkilotda boshqa lavozimga oʻtganda yoki xodimga yanada yuqori malaka razryadi berilganda.
7. Vazirlik va budjet tashkilotlari xodimlariga mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan lavozim maoshiga quyidagi qoʻshimchalar va ustamalar toʻlanadi (oshirilgan va ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni inobatga olgan holda).
ish vaqtidan boshqa vaqtlarda, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda 2 baravar miqdorida;
tungi vaqtda ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda 1,5 baravar miqdorida;
uzoq muddat ishlaganlik uchun har oylik ustamalar (oshirilgan va ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentlarni inobatga olgan holda) lavozim maoshiga foiz miqdorida toʻlanadi (toʻlash shartlari, miqdori va tartibi mahalliy hujjatlar bilan belgilanadi).
Jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasida belgilangan boshqa qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, ragʻbatlantirish, bayram va mukofot pullari toʻlanadi hamda moddiy yordamlar koʻrsatiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
8. Tizim tashkilotlari xodimlariga tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan lavozim maoshiga (oshirilgan va ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni inobatga olgan holda) quyidagi qoʻshimchalar va ustamalar belgilanishi mumkin:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
kasblarni (lavozimlarni) qoʻshib bajarganlik va xizmat koʻrsatish hududini kengaytirganlik uchun — amalda bajarilgan ishlar uchun;
dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda ikki baravar miqdorda;
uzoq muddat ishlaganlik uchun lavozim maoshiga foizlar hisobida — har oyda ushbu Nizomning 7-bandidanazarda tutilgan miqdorlarda va shartlarda.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Shuningdek, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasida belgilangan boshqa qoʻshimchalar, ustamalar, ragʻbatlantirish, bayram va mukofot pullari toʻlanadi hamda moddiy yordamlar koʻrsatiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
4-bob. Vazirlik xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish tartibi
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
10. Vazirlik xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish Davlat budjeti va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Budjet tashkilotlari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
11. Vazirlik va budjet tashkilotlari xodimlariga bayram kunlari uchun shtat jadvaliga muvofiq lavozim maoshining ikki baravari miqdorida mukofot toʻlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
12. Mukofotlarning aniq miqdorlarini belgilash uchun Vazirlikda budjet tashkilotlari xodimlarini mukofotlash tartibini belgilash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tashkil etiladi.
Aʼzolari soni kamida 6 kishidan iborat boʻlgan komissiyaning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri tomonidan tuziladi.
Komissiya qarori koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va tegishli bayon bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
13. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik tizimi xodimlari faoliyatini baholashning tarmoq reyting tizimiga muvofiq lavozim maoshiga quyidagi miqdorlarda har oylik shaxsiy ustamalar toʻlanadi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-yanvardagi 3-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2022-y., 09/22/3/0002-son)
Budjet tashkilotlari va tizim tashkilotlari tomonidan tuziladigan Komissiyalar hamda ishlab chiqilgan reyting ballari shkalasiga muvofiq budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari (budjetdan mablagʻ oluvchi buyurtmachi tashkilotlarda — buyurtmachining saqlash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar) va tizim tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobidan xodimlar faoliyatini baholashning reyting tizimiga muvofiq lavozim maoshiga har oylik ustamalar toʻlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
yoʻlkira va ovqatlanish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida har oylik kompensatsiya;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va qand-shakar xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam;
vazirlik va tizim tashkiloti xodimlariga jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra qabul qilinadigan ichki hujjatlarida, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasida belgilangan boshqa qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, ragʻbatlantirish, bayram va mukofot pullari, moddiy yordam va boshqa turdagi toʻlovlar budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari (budjetdan mablagʻ oluvchi buyurtmachi tashkilotlarida — buyurtmachining saqlash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar) va tizim tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobidan.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
5-bob. Tizim tashkilotlari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish tartibi
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
15. Tizim tashkilotlari xodimlarini mukofotlash umuman tashkilot boʻyicha belgilangan asosiy koʻrsatkichlarni bajarilganda, shuningdek ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga va ishlab chiqarishning ichki rezervlaridan foydalanishga yoʻnaltirilgan tadbirlar oʻz vaqtida bajarilganda hamda kutilayotgan samaraga erishilganda hisobot davridagi ishlarning natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Oʻzining funksional vazifalarini oʻz vaqtida, sifatli bajarish va tashkilot faoliyati natijalariga shaxsiy ulush qoʻshish tizim tashkilotlari xodimlariga alohida shaxsiy oʻrnak koʻrsatganlik uchun mukofot belgilash uchun asosiy koʻrsatkichlar hisoblanadi. Tizim tashkilotlari xodimlarini mukofotlashning aniq koʻrsatkichlari tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan kasaba uyushma qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
17. Tizim tashkilotlari xodimlarini bayram kunlarida mukofotlash miqdorlari tegishli tashkilotlarning rahbarlari tomonidan, moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
18. Tizim tashkilotlari xodimlariga moddiy yordam toʻlash ushbu Nizomning 15-bandidanazarda tutilgan miqdorlarda va shartlarda amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
(51-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
51-bob. Vazirlik huzuridagi davlat muassasasi shaklidagi Issiqlik taʼminoti obyektlari boʻyicha injiniring kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Injiniring kompaniyasi) xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi
181. Injiniring kompaniyasi xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish doirasida buyurtmachini saqlash xarajatlarini belgilangan tartibda nazarda tutadigan Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
182. Injiniring kompaniyasi xodimlariga:
ish vaqtidan boshqa vaqtlarda, dam olish va bayram kunlarida, tungi vaqtda ishlaganlik, shuningdek, uzoq muddat ishlaganlik uchun ushbu Nizomning 7-8-bandlarida nazarda tutilgan tartibda lavozim maoshiga ustamalar;
ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida har oylik toʻlov;
yoʻlkira xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida har oylik toʻlov, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlar bundan mustasno;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam puli toʻlanadi;
183. Mukofotlar va ustamalarning aniq miqdorini belgilash uchun Injiniring kompaniyalarida xodimlarni mukofotlash tartibini belgilash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tashkil etiladi.
Komissiya Injiniring kompaniyasi rahbarining qarori bilan 7 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya qarori koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
(51-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
(6-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
(7-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
8-bob. Vazirlik va tizim tashkilotlarining xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni taʼminlash yuzasidan masʼuliyat
(8-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
23. Vazirlik va tizim tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari xodimlar mehnatini normalash va hisobga olishning tashkil etilishi, lavozim maoshlari va tarif stavkalarining toʻgʻri belgilanganligi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan qoʻshimchalar, ustamalar va mukofotlarning toʻgʻri hisoblab chiqilganligi uchun shaxsan javob beradilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 550-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son; 27.10.2018-y., 09/18/869/2107-son; 29.11.2019-y., 09/19/957/4089-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 09.11.2020-y., 09/20/697/1485-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2022-y., 09/22/3/0002-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son; 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son)