toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.04.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 4-iyundagi PQ-4351-son qarori)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 4-iyundagi PQ-4351-son qaroriga muvofiq Vazirlir Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 6-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-dekabr,
978-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-dekabrdagi 978-son qaroriga

ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“hududlarni obodonlashtirish sohasidagi muammolarni o‘rganish va metodologik ta’minlash”;
oltinchi–to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi–o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 10-bandga quyidagi mazmundagi “i” kichik band qo‘shilsin:
“i) hududlarni obodonlashtirish sohasidagi muammolarni o‘rganish va metodologik ta’minlash sohasida:
hududlarni obodonlashtirish sohasidagi muammolarni o‘rganadi va umumlashtiradi hamda ularni normativ tartibga solish bo‘yicha takliflar kiritadi;
“Obod hudud” tizimini (elektron onlayn-maydoncha) ishlab chiqadi, joriy etadi va axborot bilan ta’minlashni amalga oshiradi;
davlat mablag‘laridan foydalanish samaradorligini va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini obodonlashtirish sohasiga bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflar kiritadi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 09/19/978/4125-son)