toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son Farmoni hamda “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi negizida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Sport vazirligi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
Sport vazirligining huquqlari va javobgarligi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi;
Sport vazirligi rahbariyatining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
Sport vazirligi faoliyatini moliyalashtirish, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Apellyatsiya boʻyicha komissiya toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
4. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-avgust,
465-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
(nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
2. Vazirlik sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
4. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar) va uning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega boʻladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
7. Vazirlikning rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi,
Sport vazirligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Ministerstvo razvitiya sporta Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani — Ministerstvo sporta;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Ministry of Sports Development of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — Ministry of Sports.
8. Vazirlikning joylashgan joyi (pochta manzili): Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, A. Qodiriy koʻchasi, 2-uy.
2-bob. Vazirlikning tizimi
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlikning markaziy apparati;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlari;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
“Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish direksiyasi” davlat unitar korxonasi;
“Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi;
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Fargʻona filiallari;
“Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining Samarqand filiali;
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning Nukus, Samarqand va Fargʻona filiallari;
Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari;
sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari;
sport-taʼlim tashkilotlari;
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi.
3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar oʻrtasida sport bilan shugʻullanishni ommalashtirish, ommaviy sport turlari va sogʻlom turmush tarzini yuritishga keng jalb etish borasida keng koʻlamli ishlarni tashkil etish, ularni sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etish, sport taʼlimi tizimini takomillashtirish va raqamlashtirish, sport turlari boʻyicha yuqori natijalarga ega sportchilar zaxirasini yaratish;
sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, qishloq va chekka hududlarda sport obyektlarini koʻpaytirish, sport marketingini rivojlantirish, sport obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda sohani bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish, nodavlat sport obyektlari va muassasalari tarmogʻini kengaytirish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
mamlakatimizda professional sportni, shu jumladan, jamoaviy, qishki va ekstremal sport turlarini rivojlantirish, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalar tashkil etish, nosogʻlom sportga qarshi tizimli choralar koʻrishni taʼminlash;
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash uchun istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya), tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalarining sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan hamkorlik qilish;
paralimpiya harakatini rivojlantirish, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish, infratuzilma yaratish, iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya ishlarini amalga oshirish) va professional sportga yoʻnaltirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash.
11. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar oʻrtasida sport bilan shugʻullanishni ommalashtirish, ommaviy sport turlari va sogʻlom turmush tarzini yuritishga keng jalb etish borasida keng koʻlamli ishlarni tashkil etish, ularni sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishga jalb etish, sport taʼlimi tizimini takomillashtirish va raqamlashtirish, sport turlari boʻyicha yuqori natijalarga ega sportchilar zaxirasini yaratish sohasida:
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;
aholining keng qatlamlari, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar tashkil etilishi hamda oʻtkazilishiga koʻmaklashadi;
tumanlarda va shaharlarda sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlari, shu jumladan, sportning milliy turlari boʻyicha xalq oʻyinlari va musobaqalar aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar va qishloq aholisi oʻrtasida oʻtkazilishini muntazam tashkil etadi;
Oʻzbekistonda milliy sport turlarini va xalq oʻyinlarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashadi, milliy sport turlari boʻyicha sport musobaqalari, xalq oʻyinlari boʻyicha ommaviy tadbirlar mamlakatda va chet elda tashkil etilishi hamda oʻtkazilishini moliyalash, shuningdek, milliy sport turlari xalqaro sport maydonida keng targʻib qilinishi va rivojlantirilishini belgilangan tartibda taʼminlaydi;
jismoniy va maʼnaviy sogʻlom oʻsib kelayotgan avlodni kamol toptirishning muhim sharti sifatida bolalarning oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishning ommaviyligini, ularda sogʻlom turmush tarziga intilishni va sportga muhabbatni singdirishni taʼminlaydi;
oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy salomatligini shakllantirishning muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sportini rivojlantirish hamda yosh avlodga sogʻlom turmush tarziga intilish va sportga boʻlgan muhabbat singdirilishini taʼminlaydi;
aholining keng qatlamlarini sport mashgʻulotlariga jalb qilishga va sogʻlom turmush tarziga rioya etishga, jismonan sogʻlom oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan faoliyatni amalga oshiradi;
har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallalar, tuman (shahar)larning nufuzli sport-ommaviy tadbirlardagi sport yutuqlarini ommalashtiradi va keng miqyosda eʼtirof etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini va sport terma jamoalari aʼzolarini sport inventarlari, uskunalari hamda kiyim-bosh, anjomlar bilan taʼminlaydi;
ommaviy, bolalar va professional sport yoʻnalishlari boʻyicha obyektlar va inshootlar faoliyatini takomillashtirish va yangilarini qurish boʻyicha takliflar kiritadi, ulardan eng koʻp darajada va samarali foydalanishni taʼminlaydi;
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport tovarlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashadi;
vazirlik tizimiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlarga ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va axborot taʼminotini tashkil etish, kadrlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlash boʻyicha maslahatlar beradi va boshqa masalalarda koʻmaklashadi;
bolalar sportining moddiy-texnik va resurs bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
iqtidorli yoshlar va sport namoyandalarining xalqaro va respublika darajasida jismoniy tarbiya va sport sohasida oʻtkaziladigan koʻriklar, tanlovlar, festivallarga, boshqa anjumanlarga borishi va ishtirok etishini taʼminlaydi;
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalarining uch bosqichli tizimi oʻyinlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini tashkil etishda ishtirok etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtiradi;
qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
oʻz vakolatlari doirasida jismoniy tarbiya va sport sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, sport normativlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
respublikada jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijro etilishi monitoringini olib boradi, shuningdek, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning holatini tahlil qiladi, ularni mamlakatda yanada rivojlantirish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;
davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini, shu jumladan, sportchilar, trenerlar, sport faxriylarini va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
mamlakatda sport turlarini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilaydi;
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) reyestrini yuritadi va yuritish tartibini belgilaydi;
sport turlari boʻyicha Yagona sport tasnifini, shuningdek, Yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomni, sport turlari va sport fanlarini eʼtirof etish, ular reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
xalqaro va respublika darajalaridagi sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantiradi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularning moliyalashtirilishini va oʻtkazilishini taʼminlaydi;
sportchilarning sport pasporti belgilangan tartibda berilishini tashkil etadi hamda ularni hisobga olishning yagona tizimi ishlashini taʼminlaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoni.
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni, dasturiy-metodik hujjatlarni hamda jismoniy tarbiya va sport boʻyicha boshqa texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning ijrosini taʼminlaydi;
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, aholini jismoniy tarbiyalash sohasida ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga koʻmaklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
sport taʼlimi tizimini takomillashtirish orqali bolalar sport taʼlimi sifatini oshirish, barcha hududlarda, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda sport obyektlari tarmogʻini yanada kengaytirish orqali bolalar sportini yanada rivojlantiradi;
mutaxassislik boʻyicha va sport taʼlimini boshqarish sohasida rahbarlar va mutaxassislarning bilimlarini, shuningdek, davlat sport taʼlimi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifatli tarkibini, xususan, oliy maʼlumotga (bakalavr, magistr) ega boʻlgan xodimlar sonini bosqichma-bosqich oshirib boradi;
bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va sport taʼlimi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni moliyaviy taʼminlash samaradorligini oshiradi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat koʻrsatish jozibadorligini oshirish maqsadida sport taʼlimi muassasalarining mutaxassis va xodimlari mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib boradi;
xorijiy yetakchi sport markazlarida taʼlim olish uchun hududlardan iqtidorli bolalarni tanlash maqsadida sportning ommaviy turlari boʻyicha sport taʼlimi muassasalari oʻrtasida muntazam ravishda hududiy sport musobaqalarini oʻtkazadi;
sport taʼlimi muassasalarini boshqarish va samaradorligini tahlil qilishda jamoatchilikning ishtirokini taʼminlash, barcha turdagi sport taʼlimi muassasalarida nogironligi boʻlgan bolalar uchun jismoniy tarbiya taʼlim dasturlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasini raqamlashtiradi hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida zarur maʼlumotlarni yagona tizim orqali yigʻish maqsadida manfaatdor idoralarning tizim va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish, shuningdek, ushbu tizim toʻliq ishlashini taʼminlash uchun maʼlumotlarni raqamlashtirish choralarini koʻradi;
hududiy sport musobaqalarida qatnashish uchun iqtidorli yoshlarni tanlash (seleksiya) va bolalar-oʻsmirlar sport maktablari zaxirasini shakllantirish maqsadida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini jalb qilgan holda, darsdan tashqari toʻgaraklar va seksiya mashgʻulotlarini tashkil etadi;
keyinchalik hududiy va respublika sport musobaqalarida ishtirok etish uchun iqtidorli yoshlarni tanlash (seleksiya) va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari zaxirasini shakllantirish maqsadida akademik litseylar, professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va sport turlari boʻyicha trenerlarni jalb qilgan holda darsdan tashqari olimpiya, paralimpiya va milliy sport turlari boʻyicha sport toʻgaraklari va seksiya mashgʻulotlarini tashkil etadi;
respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish uchun iqtidorli yoshlarni tanlash (seleksiya) va milliy terma jamoalar sport zaxirasini hamda sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablari zaxirasini shakllantirish maqsadida oliy taʼlim tashkilotlarida olimpiya, paralimpiya va milliy sport turlari boʻyicha talabalar sport klublari hamda jamoalarini tashkil etadi;
mamlakatda yuksak madaniyatli, har tomonlama yetuk hamda jismonan sogʻlom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya ishlarini amalga oshirish) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etadi;
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
b) sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan qishloq va chekka hududlarda sport obyektlarini koʻpaytirish, sport marketingini rivojlantirish, sport obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda sohani bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish, nodavlat sport obyektlari va muassasalari tarmogʻini kengaytirish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasida:
manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatda sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan, innovatsion qurilish texnologiyalarini faol joriy etish va ulardan foydalanish asosida sport muassasalari infratuzilmasi binolari va obyektlarini bosqichma-bosqich quradi, rekonstruksiya qiladi va kapital taʼmirlash choralarini koʻradi;
respublikada sportning jamoaviy oʻyin turlarini yanada rivojlantiradi va zamonaviy infratuzilmani yaratadi;
sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantiradi, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida erishgan sport yutuqlarini ommalashtirish va keng eʼtirof etishga yoʻnaltirilgan faoliyatni amalga oshiradi;
qishki Olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini ommaviylashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyadi;
mamlakatning sport marketingini rivojlantirish samaradorligini oshirish maqsadida marketing tadqiqotlarini tashkil etadi;
ijobiy sinovdan oʻtgan tajribani oʻrgangan holda, sport obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida samarali boshqarish tizimini joriy etadi, shu jumladan, yangi, istiqbolli loyihalarni shakllantirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
ilgʻor innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini ragʻbatlantirishga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
sport sohasidagi subyektlarning faoliyatini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan gʻovlarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mamlakat terma jamoalarining sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
nodavlat sport obyektlari va tashkilotlari tarmogʻini kengaytiradi, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlaydi;
jismoniy tarbiya va sport klublari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
vazirliklar va idoralarning jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hamda klublarining, sport sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim hamda oliy taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, trener va instruktorlari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qiladi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida chet el mutaxassislarini jalb qilishga, shu jumladan, moliyaviy tarafdan koʻmaklashadi;
v) mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya sport turlari boʻyicha professional sportni, shu jumladan, jamoaviy, qishki va ekstremal sport turlarini rivojlantirish, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalar tashkil etish, nosogʻlom sportga qarshi tizimli choralar koʻrishni taʼminlash sohasida;
mamlakatda professional sportni tashkil etish va yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va kiritadi;
yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini tayyorlash ishlarini olib boradi, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, sport maktablari, klublar va sport tayyorgarligi markazlarini rivojlantirish va ixtisoslashtirilishni muvofiqlashtiradi;
xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, ilgʻor tajribani oʻrganadi, ushbu yutuqlar respublikada joriy etilishini taʼminlaydi;
sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilarning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va muntazam ravishda yuritib borish tizimini joriy qiladi;
sportning alohida turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalari sportchilarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va sport sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan xalqaro sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirok etishini taʼminlaydi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga koʻmaklashgan boshqa shaxslarni mukofotlaydi;
sport unvonlari, sport razryadlarini berish tartibini tasdiqlaydi;
sport sohasidagi ulkan yutuqlari uchun mukofotlar taʼsis etish va Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari hamda mutaxassislarini ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida yutuqlari xizmatlari uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim qiladi va tavsiyalar beradi;
g) Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash uchun istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish), tayyorlash va ularning mahoratini oshirish, ular orasidan mamlakat terma jamoalarining sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan hamkorlik qilish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning zaxiralarini tasdiqlaydi, Oʻzbekiston sport delegatsiyalarini shakllantiradi, xalqaro sport musobaqalariga va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarga tayyorlaydi;
Ularning Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport sohasida sport markazlari va dopingga qarshi markazlar, taʼlim tashkilotlari va ilmiy tashkilotlar tashkil etish boʻyicha takliflar kiritadi va ularning faoliyatini tashkil etishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan hamkorlikda keyinchalik sport zaxirasini shakllantirish uchun isteʼdodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimi boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;
xalqaro hamda respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari oʻtkazilishini, sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar taʼminotini, Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini, sport terma jamoalarini Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlariga, kuboklariga va birinchiligiga va boshqa xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashni va ishtirok etishini, xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallari toʻlanishini belgilangan tartibda taʼminlaydi;
jismoniy imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish hamda Surdolimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
d) paralimpiya harakatini rivojlantirish, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish, infratuzilma yaratish, istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish) va professional sportga yoʻnaltirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida:
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish hamda ular oʻrtasida sport bilan shugʻullanuvchilar qamrovini yanada oshiradi;
barcha turdagi sport taʼlim tashkilotlarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sport boʻlimlarini bosqichma-bosqich tashkil etadi hamda iqtidorli jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni tanlab olish, ularni sport turlariga yoʻnaltirish, tayyorlash hamda oliy sport mahoratiga erishishini taʼminlovchi uzluksiz yagona kompleks tizimni joriy etadi;
rivojlantirilayotgan (mavjud), yangi tashkil etilayotgan va kelajakda yangi tashkil etilishi rejalashtirilgan paralimpiya sport turlarini har tomonlama rivojlantirish va ommalashtirish choralarini koʻradi;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida maxsus taʼlim tashkilotlari va mahallalarda sport musobaqalarini muntazam ravishda oʻtkazadi;
barcha turdagi sport taʼlim tashkilotlarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning sport bilan shugʻullanishlari uchun zamonaviy moddiy-texnik bazani shakllantirish choralarini koʻradi;
paralimpiya sport turlarini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya ishlarini amalga oshirish) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Paralimpiya qoʻmitasi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
paralimpiya sport turlari boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yaratish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash, tajriba orttirish va attestatsiyadan, shu jumladan, chet elda oʻtkazishni taʼminlaydi;
sport jamoalari, mutaxassislari, shuningdek, sportchilar, trenerlar, shifokorlar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa vakillarni, ularning idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, xalqaro tanlovlar, festivallar, sport musobaqalarida va chet eldagi boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun tayyorlash, joʻnatish va qabul qilishni taʼminlaydi.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son hamda “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirlikning buyruqlari bajarilishining muntazam nazoratini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malaka oshirishini tashkil qilish;
Vazirlik markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil yakunlariga koʻra zarur choralar koʻrish;
Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
tegishli davlat xizmatlarini koʻrsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini taʼminlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;
Vazirlikning “Xalqaro va respublika darajalaridagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi”ni shakllantirish, manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan hamkorlikda uning amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
sport va sport-sogʻlomlashtirish tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, mahalliy korxonalar tomonidan sport asbob-uskunalari va inventarini ishlab chiqarish kengaytirilishini tashkil qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasida berilgan sport unvonlari, razryadlari hamda malaka toifalarini tasdiqlash;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlar, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dasturiy-metodik hamda boshqa normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Oʻzbekiston sportchilarining Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlanishi va ularda ishtirok etishi boʻyicha qabul qilingan dasturlarning bajarilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining xalqaro maydonlarda xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish boʻyicha tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qatnashishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik Hayʼati qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri (keyingi oʻrinlarda — Vazir) buyruq va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash;
(12-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
isteʼdodli va istiqbolli sportchilarning saralash, oʻqitish hamda ularning malakasini oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etishini, shuningdek, uzluksiz saralash tizimini yaxshilash, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlarida, boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashishini taʼminlash, sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibini shakllantirish;
mamlakatda professional sportning rivojlantirilishini ragʻbatlantirish, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, ilgʻor texnologiyalarni sport tayyorgarligiga joriy qilish, milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro hamda viloyat musobaqalarini tashkil etish, sportdagi nosogʻlom holatlar, taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullardan foydalanishga qarshi kurashish boʻyicha tizimli choralarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston sport terma jamoalari va ularning eng yaqin zaxirasi tarkibini shakllantirish, Oʻzbekiston sport delegatsiyalarini butlash, ularning xalqaro sport musobaqalariga, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ommaviy tadbirlarga tayyorlanishi hamda qatnashishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirishga yordam berish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilgʻor jahon tajribasi hamda ilmiy-texnik yutuqlarni oʻrganishni tashkil etish, bunday tajribani respublikada sportni yanada rivojlantirish uchun joriy qilish;
milliy sport turlarini xalqaro maydonda keng targʻib qilish va rivojlantirish;
sportchilar, jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqa vakillarini idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, xorijdagi xalqaro sport musobaqalari, festivallar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishga tayyorlash, ularning joʻnatilishi hamda kutib olinishini taʼminlash;
konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarning oʻtkazilishini tashkil qilish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan shunday tadbirlarda qatnashishni taʼminlash.
13. Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy taʼminlanishini tashkil etadi;
Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalar bilan shugʻullanadi;
Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishning soʻzsiz taʼminlanishi boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan oʻzaro aloqalarning yoʻlga qoʻyilishini taʼminlaydi;
Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi va sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) bilan hamkorlikda Oʻzbekiston sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlanishi hamda ularda ishtirok etishi boʻyicha qabul qilingan dasturlarning bajarilishini tashkil qiladi;
ilgʻor xorijiy tajribani eʼtiborga olgan holda, respublikada professional sportni rivojlantirishga, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga koʻmaklashish, sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va qitʼa miqyosidagi musobaqalarni tashkil etish boʻyicha tizimli choralarning qabul qilinishini, nosogʻlom sport raqobati hamda taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullardan foydalanishga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlaydi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda, sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, mahalliy korxonalar tomonidan sport asbob-uskunalari va inventarini ishlab chiqarish kengaytirilishini tashkil etish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
sport federatsiyalari va assotsiatsiyalarining murojaatlari asosida Yagona sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarning kalendar rejasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan sport turlari boʻyicha xalqaro sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirok etishni aniqlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
respublika sportchilari tomonidan sport turlari boʻyicha oʻrnatilgan jahon rekordlarini tasdiqlash uchun xalqaro sport tashkilotlariga yuboriladigan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Vazirlikning samarali faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) faoliyati monitoringini amalga oshiradi va uni rivojlantirishga yordam beradi;
respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish monitoringini amalga oshiradi, respublikada jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish boʻyicha har yilgi prognozlarni shakllantiradi;
isteʼdodli va istiqbolli sportchilarning tanlash, oʻqitish hamda malaka oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etishini, shuningdek, uzluksiz saralash tizimini yaxshilash, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlarida, boshqa xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashishni taʼminlaydi, sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibini shakllantiradi;
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
xalqaro sport aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi;
xalqaro sport tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga aʼzolik badallari belgilangan tartibda toʻlanishini taʼminlaydi;
yuqori malakali sportchilar va sport zaxirasi tayyorlanishini, oshirish, sport-taʼlim tashkilotlari faoliyatini boshqarish hamda respublika sport tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish chora-tadbirlarini tashkil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining sport turlari boʻyicha terma jamoalari va ularning zaxirasi tarkibini tasdiqlaydi, Oʻzbekiston sport delegatsiyalarini butlaydi, ularning xalqaro sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorlanishini hamda ishtirok etishini taʼminlaydi;
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalari trenerlarini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va federatsiyalar (assotsiatsiyalar)ning mablagʻlari hisobiga xalqaro musobaqalar va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalarining ishtirokini taʼminlash boʻyicha sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning iltimoslarini koʻrib chiqadi;
Oʻzbekiston hududida va uning tashqarisida jismoniy tarbiya va sport sohasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi;
umumtaʼlim maktablari va akademik litseylar, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan sport musobaqalari hamda turnirlarning ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda va keng yoritilishi boʻyicha ishlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
3-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
(3-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalarining tarkibiy va hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son hamda “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirlikning buyruqlari bajarilishining muntazam nazoratini taʼminlash;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlik hududiy boʻlinmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi oʻrinlarda — kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektori) bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
hududda aholining keng qatlamlarini sport mashgʻulotlariga jalb qilishga va sogʻlom turmush tarziga rioya etishga, jismonan sogʻlom oʻsib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashga, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga, mamlakat va mintaqaning xalqaro sport maydonlarida erishgan sport yutuqlarini ommalashtirish va keng eʼtirof etishga yoʻnaltirilgan faoliyatni amalga oshirish;
hududda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, taʼlim tashkilotlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar, qishloq aholisi oʻrtasida shaharlar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari, xalq oʻyinlari va milliy sport turlari boʻyicha musobaqalarni muntazam oʻtkazish orqali sport hamda jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishni ommalashtirish boʻyicha keng qamrovli ishlarni tashkil etish;
hududda bolalar, ayniqsa, qizlarni sportga keng jalb qilish, bolalar sport taʼlimi sifatini oshirish, butun hududda, shu jumladan, qishloq tumanlarida hamda chekka tumanlarda bolalar sport obyektlari tarmogʻini yanada kengaytirish, uch bosqichli musobaqalar tizimi — “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” oʻyinlarining oʻtkazilishini tashkil etish orqali bolalar sportini yanada rivojlantirish, shu asosda bolalar sogʻligʻini mustahkamlash va ularning uygʻun jismoniy rivojlanishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) vakillari bilan hamkorlikda sifatli sport zaxirasini va Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlarida hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni taʼminlash uchun mamlakat terma jamoalari tarkibini shakllantirish maqsadida iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
hududda professional sportni rivojlantirishni, xalqaro ilgʻor tajribani inobatga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalar joriy qilinishini ragʻbatlantirish, sport turlari boʻyicha mintaqaviy, tuman (shahar) chempionatlari, xalqaro va hududiy musobaqalarni tashkil etish darajasi va sifatini oshirish, sportda nosogʻlom raqobatga va taqiqlangan preparatlar qoʻllanishiga qarshi tizimli chora koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalarini shakllantirish uchun sportchilarni saralash boʻyicha vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlashni tashkil etish;
hudud kalendar rejasini shakllantirish va iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya) ishlarini amalga oshirish maqsadida sport musobaqalarining hududiy bosqichlarini oʻtkazish;
sport turlari boʻyicha hududiy terma jamoalarni shakllantirish, sport musobaqalari gʻoliblari va sovrindorlarini respublika bosqichlarida ishtirok etishga yoʻnaltirish;
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport tashkilotlari, ommaviy, bolalar hamda professional sport yoʻnalishlari boʻyicha hudud obyektlari va inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal va samarali foydalanishni taʼminlash;
hududda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi holati monitoringini olib borish, ularning hududda rivojlanishi boʻyicha yillik prognozlarni shakllantirish;
oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy salomatligini shakllantirishning muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportini hududda rivojlantirishni taʼminlash hamda bolalarga sogʻlom turmush tarziga intilish va sportga boʻlgan muhabbatni singdirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, hududning jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport taʼlim-muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa mutaxassislar bilan taʼminlashda ishtirok etish.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shugʻullanishlari uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va sport inshootlarini zamonaviy sport jihozlari bilan taʼminlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun tegishli sport infratuzilmasini yaratish ishlarini amalga oshiradi;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarning ommaviy sportdagi ulushini oshiradi;
ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanuvchi oilalarga mahallalar va istirohat bogʻlarida sharoit yaratish va oilaviy sportni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etadi;
ommaviy sport tadbirlari davomida oʻquvchilari gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-taʼlim tashkilotlarining trenerlari mehnatini munosib ragʻbatlantirish va ularning faoliyat olib borishi uchun sharoitlar yaratadi;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishi holati monitoringini olib boradi, ularni hududda yanada rivojlantirish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;
hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlar, jismoniy tarbiya va sport sohasiga taalluqli boʻlgan dasturiy-metodik hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlaydi;
hududda sport turlarini rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi;
hudud miqyosidagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantiradi va tasdiqlash uchun kiritadi, manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda ular moliyalashtirilishi va oʻtkazilishini taʼminlaydi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini ommalashtirish ishlarini tashkil qiladi;
nogironligi boʻlgan va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning maxsus olimpiadalar va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida oʻtkaziladigan boshqa sport tadbirlarida ishtirok etishiga koʻmaklashadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
sport turlari boʻyicha Yagona sport tasnifi, shuningdek, Yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomning bajarilishini taʼminlaydi;
sport maktablarida sport razryadlarini berish tartibini nazorat qiladi;
hududda sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning zaxirasi tarkibini tasdiqlaydi, hududning sport delegatsiyalarini butlaydi, ularning hudud, respublika sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrishini va ishtirokini taʼminlaydi;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga, jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashadi;
aholi keng qatlamlari orasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga yordam beradi;
tumanlar va shaharlarda aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar hamda qishloq aholisi oʻrtasida ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirishni, shu jumladan, xalq oʻyinlari va milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilishini muntazam ravishda tashkil qiladi;
milliy sport turlari va Oʻzbekiston xalq oʻyinlarini rivojlantirishga har tomonlama yordam beradi, belgilangan tartibda hududda milliy sport turlari boʻyicha sport musobaqalari, xalq oʻyinlari boʻyicha jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish ishlari moliyalashtirilishini taʼminlaydi, shuningdek, xalqaro sport maydonlarida milliy sport turlarini keng targʻib qilish va rivojlantirishga yordam beradi;
oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy salomatligini shakllantirishning muhim sharti sifatida hududda bolalar ommaviy sporti rivojlanishini hamda bolalarga sogʻlom turmush tarziga intilish va sportga boʻlgan muhabbat singdirilishini taʼminlaydi;
hududda bolalar sportining moddiy-texnik va resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
hududning iqtidorli yoshlari va sport faxriylarining xalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar, festivallar, boshqa forumlar, sport tadbirlariga borishlari va ishtirok etishlarini tashkil etishni taʼminlaydi;
ularning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shu jumladan, ularning qishloq tumanlari va chekka tumanlardagi organlari bilan hamkorlikda uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalar tizimi oʻyinlarida ishtirok etishga tayyorlash hamda ishtirok etishni tashkil qiladi;
sport turlari boʻyicha hudud terma jamoalari va ularning zaxirasi tarkiblarini tasdiqlaydi, hudud sport delegatsiyasini butlaydi, ularning respublika sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrishlarini hamda ularda ishtirok etishlarini taʼminlaydi;
hududda konferensiyalar, koʻrgazmalar va sport tadbirlarini oʻtkazadi;
hududda sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati rivojlanishiga yordam beradi;
hududdagi isteʼdodli va istiqbolli sportchilarni saralab olish tayyorlash hamda ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini joriy etish chora-tadbirlari kompleksini tashkil etadi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, sport turlari boʻyicha federatsiyalar va assotsiatsiyalarning hududiy vakillari bilan hamkorlikda hududda professional sportni tashkil etish hamda toʻla shakllantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, ilgʻor tajriba umumlashtirilishini hamda bu yutuqlarning hududda joriy qilinishini taʼminlaydi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni hamda hududida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga koʻmaklashgan boshqa shaxslarni idoraviy koʻkrak belgilari bilan mukofotlash haqida takliflar tayyorlaydi va belgilangan tartibda taqdim etadi;
hudud vakillarining jismoniy tarbiya va sport sohasida erishgan ulkan yutuqlari uchun sport unvonlari, sport razryadlari va malaka toifalari berish hamda mukofotlash va Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
hududda yangi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarining qurilishini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha Vazirlikka asoslangan takliflar kiritadi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda hududdagi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydi;
hududda jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlash, tajriba orttirishga yuborishni taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-§. Tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlarining vazifalari va funksiyalari
(4-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Quyidagilar tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlarining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son hamda “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirlikning buyruqlari bajarilishining muntazam nazoratini taʼminlash;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik hamda tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalarining tuman (shahar) tuzilmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
aholining keng qatlamlarini sport bilan shugʻullanishga jalb etish va sogʻlom turmush tarziga rioya etish, jismonan sogʻlom yosh avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, tuman (shahar)ning nufuzli sport-ommaviy tadbirlardagi sport yutuqlarini ommalashtirish va keng miqyosda eʼtirof etish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, taʼlim tashkilotlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda shaharlar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlarini, xalq oʻyinlari va milliy sport turlari boʻyicha musobaqalarni muntazam ravishda oʻtkazgan holda aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar, qishloq aholisi oʻrtasida sport va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishni ommalashtirish boʻyicha keng qamrovli ishlarni tashkil etish;
tumanda (shaharda) bolalarni, ayniqsa, qizlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb qilish, bolalar sporti taʼlimi sifatini oshirish, tumanda (shaharda) bolalar sporti obyektlari tarmogʻini yanada kengaytirish, uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musobaqalari tizimining boshlangʻich bosqichlarini oʻtkazishni tashkil etish orqali bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish, shu asosida bolalar sogʻligʻini mustahkamlash va ularning uygʻun jismoniy rivojlanishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)ning hududiy vakillari bilan hamkorlikda tuman (shahar)ning isteʼdodli va istiqbolli sportchilarni saralab olish, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish, turli musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash uchun ulardan sifatli sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tuman (shahar) chempionatlari, xalqaro va hududiy musobaqalarni tashkil etish darajasi va sifatini oshirish, sportda nosogʻlom raqobatga va taqiqlangan preparatlar qoʻllanishiga qarshi tizimli choralar koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalarini shakllantirish uchun sportchilarni saralab olish boʻyicha vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlashni tashkil etish;
tuman (shahar) darajasida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish va tasdiqlash uchun kiritish, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularni moliyalashtirish va oʻtkazishni taʼminlash, shuningdek, iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya ishlarini amalga oshirish) maqsadida sport musobaqalarining hududiy bosqichlarini oʻtkazish;
sport turlari boʻyicha hududiy terma jamoalarni shakllantirish, sport musobaqalarining tuman (shahar) bosqichi gʻolib va sovrindorlarini sport musobaqalarining hududiy bosqichlarida ishtirok etishga yoʻnaltirish;
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport tashkilotlari, ommaviy, bolalar hamda professional sport yoʻnalishlari boʻyicha tuman (shahar)lardagi sport obyektlari va inshootlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal va samarali foydalanishni taʼminlash;
tumanda (shaharda) jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi holati monitoringini amalga oshirish, ularni tumanda (shaharda) rivojlantirish boʻyicha yillik prognozlarni shakllantirish;
oʻsib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy salomatligini shakllantirishning muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportini tuman (shahar)da rivojlantirishni taʼminlash hamda bolalarga sogʻlom turmush tarziga intilish va sportga boʻlgan muhabbatni singdirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, hududning jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport taʼlim-muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa mutaxassislar bilan taʼminlashda ishtirok etish.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shugʻullanishlari uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va tuman (shahar)larda imkoniyati cheklangan yoshlar uchun tegishli sport infratuzilmasini yaratish ishlarini amalga oshiradi;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tuman (shahar)larda tashkil etish orqali yoshlarning ommaviy sportdagi ulushini oshiradi;
ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanuvchi oilalarga mahallalar va istirohat bogʻlarida sharoit yaratish va oilaviy sportni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etadi;
ommaviy sport tadbirlari davomida oʻquvchilari gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-taʼlim tashkilotlarining trenerlari mehnatini munosib ragʻbatlantirish va ularning faoliyat olib borishi uchun sharoitlar yaratadi;
tuman (shahar)larda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish holati monitoringini amalga oshiradi, ularni tuman (shahar)da yanada rivojlantirish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni, tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va sportga tegishli dasturiy-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi va ularning bajarilishini taʼminlaydi;
tuman (shahar)da sport turlarini rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni tahlil qiladi, hamda sportchilarning sport tadbirlarida ishtirok etishini taʼminlaydi;
tuman (shahar) miqyosidagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantiradi va tasdiqlash uchun kiritadi, manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda ular moliyalashtirilishi va oʻtkazilishini taʼminlaydi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini ommalashtirish ishlarini tashkil qiladi;
nogironligi boʻlgan va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning maxsus olimpiadalar va nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida oʻtkaziladigan boshqa sport tadbirlarida ishtirok etishiga koʻmaklashadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
sport turlari boʻyicha Yagona sport tasnifi, shuningdek, Yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomning bajarilishini taʼminlaydi;
sport maktablarida sport razryadlarini berish tartibini nazorat qiladi;
tuman (shahar) sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning zaxirasi tarkibini tasdiqlaydi, tuman (shahar) sport delegatsiyalarini butlaydi, ularning viloyat, respublika sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrishini va ishtirokini taʼminlaydi;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga, jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlari qonunchilik hujjatlariga hamda Vazirlik rahbariyatining qonunchilik doirasidagi topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
(17-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
4-bob. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarining huquqlari hamda javobgarligi
1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
18. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va unga idoraviy mansub boʻlgan tashkilotlar bilan hamkorlikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash;
Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha vazirlik va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatlari majlislarida tegishliligi boʻyicha masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun zarur axborotni davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistika axborotini davlat statistika organlaridan tekin olish;
Vazirlik va unga idoraviy mansub boʻlgan tuzilmalarning davlat mol-mulkini tashkiliy tuzilma doirasida tekin foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda bir boʻlinmadan ikkinchisiga berish;
Vazirlik va unga idoraviy mansub boʻlgan tashkilotlar xodimlarini tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
jismoniy tarbiya va sportni, jumladan, sport infratuzilmasini rivojlantirish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborish;
jismoniy tarbiya va sportni mamlakatda, shu jumladan, hududlarda rivojlantirish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga oid davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining xarajatlar smetalarini koʻrib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
maslahatlar berish, ilmiy va ekspertlik ishlarini oʻtkazish, jismoniy tarbiya va sportning dolzarb masalalarini ishlab chiqish uchun shartnoma asosida olimlarni, vazirliklar, idoralar, taʼlim tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim tashkilotlarida dars berish va mahorat darslari oʻtkazish uchun xorijiy sport namoyandalarini shartnoma asosida taklif qilish;
ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
Vazirlik tizimiga kiruvchi sport tashkilotlari va taʼlim tashkilotlari, shuningdek, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) uchun zarur texnik uskuna, sport uskunalari, inventar, sport kiyim-boshi va boshqa zarur jihozlarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish;
xalqaro va respublika chempionatlari, kuboklar, turnirlarni, shuningdek, ommaviy-sport tadbirlarini oʻtkazishda gʻolib va sovrindorlarni, nominantlarni mukofotlash uchun zarur miqdorda medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish;
sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarga, shuningdek, sport muassasalarining sport jamoalariga sport unvonlari va malaka toifalarini berish, ularni kuboklar, medallar, znachoklar, koʻkrak nishonlari, diplomlar, yorliqlar va sovrinlar bilan mukofotlash;
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish, sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni oʻtkazish, turli tanlovlar, sport musobaqalari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini tayyorlash;
oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan belgilangan tartibda aloqalarni yoʻlga qoʻyish;
jismoniy tarbiya va sport sohasini targʻib qiluvchi reklama va boshqa tusdagi mahsulotlarni reklama tusidagi audio, video materiallar, risola, xaritalar va boshqa reklama-axborot materiallarini chop etish, nusxasini koʻpaytirish, yaratish uchun buyurtmalarni mustaqil ravishda yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali joylashtirish;
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, Vazirlikning markaziy apparati va idoraviy mansub boʻlinmalarida ishlash uchun jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnomalar asosda jalb qilish;
oʻz tizimida tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirish hamda toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan yetkazib beriladigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
alohida fidokorlik, mehnatsevarlikni namoyon qilgan, oʻzining professional faoliyatida yuksak natijalarga erishgan jismoniy tarbiya va sport namoyandalari va xodimlarining nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish.
Vazirlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
19. Vazirlik:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
Vazirlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning ishlab chiqiladigan loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning sifati;
jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
20. Vazirlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan quyidagi vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
Vazirlikning hududiy boʻlinmalaridan va unga idoraviy mansub tashkilotlardan tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur boʻlgan masalalar boʻyicha materiallar va maʼlumotlarni, shuningdek, Vazirlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini soʻrash va olish;
Vazirlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va unga idoraviy mansub boʻlgan tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat boʻlganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga tez bilan hal qilinishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlikning buyruqlari Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish;
Vazirlikning har yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasini shakllantirish;
Vazirlik markaziy apparatining boshqarmalari va xodimlarining faoliyatini tasdiqlangan lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq tashkil etish;
Vazirlikning tarkibiy tashkilotlari va muassasalaridagi boshqarmalarning faoliyatiga doir masalalar oʻrganilishini tashkil qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, ularga amaliy yordam koʻrsatish;
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga muvofiq Vazirlik tizimida buxgalteriya hisobi yuritilishi tashkil etilishini taʼminlash, shuningdek, zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, tizimga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi yuritilishini nazorat qilish;
budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar xarajatlar smetasiga kiritilgan aniq vazifalarga maqsadli sarflanishi, shuningdek, mablagʻlar va moddiy boyliklarning saqlanishini muntazam nazorat qilish;
asosiy vositalar va boshqa moddiy boyliklarni ular saqlanadigan joylarda mavjudligini va ulardan foydalanishni muntazam nazorat qilish;
oʻrganilayotgan tuzilmalarga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini sifatli oʻrganishni va monitoring olib borishni tashkil etish maqsadida komissiyalar, ishchi va ekspert guruhlar tuzish;
ilmiy va ekspertlik ishlarini amalga oshirish, maslahat berish, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlarni, Vazirliklar, maʼmuriy, taʼlim tashkilotlari va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish, shuningdek, Vazirlik tizimiga kiruvchi taʼlim tashkilotlarida dars berish va mahorat darslari oʻtkazish uchun xorijiy sport mutaxassislarini taklif etish;
ommaviy-sport va sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
idoraviy mansub sport tashkilotlari uchun zarur sport uskunalari, inventar, sport formasi va boshqa zarur jihozlarni xarid qilish;
chempionatlar, kuboklar, turnirlar, shuningdek, ommaviy musobaqalarning gʻolib va sovrindorlarini mukofotlash uchun zarur miqdorda medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni xarid qilish;
sportchilar, trenerlar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni mukofotlash, ularga sport unvonlari va malaka toifalarini berish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
sport, sport-sogʻlomlashtirish va ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport vakillarining, jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarda oʻtkaziladigan turli tanlovlar, sport bellashuvlari va boshqa tadbirlarga tayyorgarlik koʻrishi va ishtirokini moliyalashtirish huquqiga ega.
Vazirlikning markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
21. Vazirlikning markaziy apparati:
Vazirlikning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari. shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Vazirlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining ishini tashkil etish;
Vazirlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning tayyorlanishi sifati uchun;
jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar tarkibiy va hududiy boʻlinmalar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.
3-§. Vazirlikning Komplayens nazorat va ichki audit xizmatining maqomi, huquqlari va javobgarligi
22. Vazirlikning Komplayens nazorati va ichki audit xizmatining (keyingi oʻrinlarda — Xizmat) maqomi:
1) Xizmat Vazirlikning tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, ichki nazorat tizimini doimiy monitoring qiluvchi qism hisoblanadi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri vazirga boʻysunadi va uning oldida hisobot beradi;
2) Xizmat komplayens nazorat, ichki audit va qisqa muddatli monitoringlarni oʻtkazish, shuningdek, oʻtkazilgan ichki audit va qisqa muddatli monitoring natijalari toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlashda mustaqildir;
3) Xizmat Vazirlikning barcha ichki hujjatlari talablariga rioya etadi (vakolati doirasiga kirmaydigan hujjat talablari bundan mustasno).
23. Xizmat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tizimdagi korxona, tashkilot va muassasa mansabdor shaxslaridan ichki audit obyekti roʻyxatini shakllantirish bilan bogʻliq savollar boʻyicha hujjatlarni (oldingi oʻtkazilgan tekshirish yoki oʻrganish materiallari), maʼlumotlar, maxfiy axborot toifasiga oid maʼlumotlar bundan mustasno, shu jumladan elektron shaklda, ogʻzaki va yozma tushuntirishlarni talab qilib olish;
oʻz vakolati doirasida nazorat obyektining mansabdor va javobgar shaxslaridan nazoratni oʻtkazishda yuzaga keladigan savollar boʻyicha tushuntirishlar hamda nazorat natijalari boʻyicha hujjatlarni imzolashni talab qilish;
tizimdagi korxona, tashkilot va muassasalarning moliyaviy xarajatlarini rejalashtirish, mablagʻlardan samarali foydalanish, shuningdek, sohaga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlik rahbariyatiga taqdim qilish.
24. Xizmat:
komplayens nazorat, ichki audit va nazorat tadbirlarini qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizom talablariga mos ravishda oʻtkazish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonunchilik hujjatlarini qoʻllashda qonuniylikni taʼminlash va ularga rioya qilinishi boʻyicha tadbirlarning oʻtkazilishi yuzasidan tekshirishlar va oʻrganishlar oʻtkazish;
oʻtkazilgan tekshirish va oʻrganishlar natijalari boʻyicha aniqlangan, tizimli ravishda yoʻl qoʻyilayotgan qoidabuzarlik va kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda bunday holatlarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
oʻtkazilgan tekshirish (taftish) va oʻrganishlar natijalari boʻyicha aniqlangan davlat budjetiga yetkazilgan moddiy zararni qaytarish choralarini koʻrish;
Xizmat xodimlarini oʻqitish va qayta tayyorlash rejasini ishlab chiqish va Vazirlik rahbariyatiga tasdiqlash uchun kiritish hamda ularning ijro etilishini taʼminlash;
davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda vakolatli idoralar tomonidan kiritilgan taqdimnomalarning bajarilishi monitoringini amalga oshirish;
nazorat tadbirlarini oʻtkazish vaqtida soʻralgan hujjatlar va materiallarni nazorat obyekti mansabdor shaxslari tomonidan taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik holatlari boʻyicha dalolatnoma tuzish;
nazorat obyekti mansabdor va masʼul shaxslarining tushuntirish berish va nazorat natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolashdan bosh tortganliklari toʻgʻrisida dalolatnomani tuzish;
nazorat tadbirlari natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi, xolisligi va toʻliqligini taʼminlash;
tegishli hujjatlarga asoslangan holda oʻtkazilgan monitoring, tahlil va oʻrganish natijalarini rasmiylashtirish;
taqdim etilgan yoki Xizmat vazifalarini bajarish munosabati bilan ularga maʼlum boʻlgan sirlarni tashkil etadigan axborotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan maqsadsiz va noqonuniy xarajatlarni, mablagʻlar va tovar-moddiy boyliklar kamomadini undirish, javobgarlikka tortish boʻyicha nazorat obyekti rahbariyatiga tegishli taklif va taqdimnomalar kiritish;
nazorat materiallarini Vazirlikning maʼlumotlar bazasida umumlashtirish;
nazorat tadbirlari natijasida nazorat obyekti mansabdor shaxslarining harakatlarida jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda, Vazirlik rahbariyatiga axborot berish va belgilangan tartibda chora koʻrish boʻyicha takliflar kiritish;
nazorat tadbirlari natijasida nazorat obyekti mansabdor shaxslarining harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, materiallarni Vazirlik rahbariyati orqali maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish vakolatiga ega boʻlgan organlarga berish;
korrupsiyaning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha majburiyatlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq bajarish;
manfaatlar toʻqnashuviga sabab boʻladigan holatlar boʻyicha Vazirlik rahbariyatiga xabar berish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼi rioya qilish;
Xizmat tomonidan vazifa va funksiyalar bajarilishida korrupsiya holatlarining oldini olish boʻyicha tegishli choralarni, shu jumladan, manfaatlar toʻqnashuvini hal etish choralarini koʻrish;
Vazirlikning tarkibiy tuzilmalari va hududiy boshqarmalarida Xizmat tomonidan oʻtkaziladigan tekshirish (taftish) va oʻrganishlar davrida xato va kamchiliklarni haqqoniy, toʻgʻri va xolisona tarzda aniqlash, aniqlangan holatlar yuzasidan maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda Vazirlik rahbariyatiga taqdim etish;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borish, tekshirish (taftish) va oʻrganish boʻyicha toʻplangan hujjatlarning nusxasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda saqlash hamda hisobini yuritish.
Xizmat oʻtkazilgan oʻrganish va tekshiruvlardan soʻng nazorat organlari tomonidan aniqlangan xato-kamchiliklar uchun shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
(4-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari ularga yuklangan quyidagi vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
boshqaruv organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy boʻlinmalaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni davlat boshqaruv organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tuman (shahar) boʻlimlaridan hujjatlar, statistika axboroti, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotlarni soʻrash va olish;
jismoniy tarbiya va sportni hamda sport infratuzilmasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborish;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalarida, shu jumladan, hududlarni rivojlantirish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirish masalalarida davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining xarajatlar smetalarini koʻrib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlarni, Vazirliklar, maʼmuriy, taʼlim va boshqa tashkilotlar yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish, shuningdek, Vazirlik bilan kelishgan holda, idoraviy mansub taʼlim tashkilotlarida dars berish va mahorat darslari oʻtkazish uchun xorijiy sport mutaxassislarini taklif etish;
ommaviy-sport va sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
tumanlar (shaharlar) miqyosidagi chempionatlar, kuboklar, turnirlar, shuningdek, ommaviy musobaqalarning gʻolib va sovrindorlarini mukofotlash uchun medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni xarid qilish;
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
hududdagi sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni mukofotlash, shuningdek, ularga sport unvonlari va malaka toifalarini berish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
sport, sport-sogʻlomlashtirish va ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini, shuningdek, hududning jismoniy tarbiya va sport vakillarining, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan turli tanlovlar, sport musobaqalari va boshqa tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishni moliyalashtirish;
festivallar, tanlovlar, ommaviy-sport va sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari, sport musobaqalarining gʻolib va sovrindorlari, shuningdek, boshqa mutaxassislarni esdalik medallari, diplomlar, kuboklar va qimmatli sovrinlar bilan mukofotlash boʻyicha Vazirlikka takliflar kiritish;
hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qilish;
jismoniy tarbiya va sport sohasini targʻib qiluvchi reklama va targʻibot mahsulotlarini (hududda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga qaratilgan reklama tusidagi audio va video materiallar, risolalar, xaritalar va boshqa reklama materiallarini) tayyorlashga buyurtma berish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida ishlash uchun yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosda jalb qilish;
hududning jismoniy tarbiya va sport boʻyicha alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlari va vakillarini davlat mukofotlariga taqdim etish toʻgʻrisida Vazirlikka takliflar kiritish huquqiga ega.
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari:
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlikning tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi taʼminlanishi;
Vazirlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning sifati;
tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir takliflar tayyorlanishi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
hududdagi davlat mulki boʻlgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi;
hududda sport tadbirlari, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlari tashkil etilishi uchun javob beradi.
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlikka ham ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
5-§. Tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlarining huquqlari va javobgarligi
(5-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlari ularga yuklangan quyidagi vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tuman (shahar) boʻlinmalaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tuman (shahar)ning sport maktablari va maktab-internatlaridan hujjatlar, statistika axboroti, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotlarni soʻrash va olish;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni vazirliklar va idoralarning tuman (shahar) hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborish;
tumanda (shaharda) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga oid davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining xarajatlar smetalarini koʻrib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlarni, taʼlim tashkilotlarining yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish, bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida mahorat darslari oʻtkazish uchun sport mutaxassislarini taklif etish;
tumanda (shaharda) ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tartibda oʻtkazilishini tashkil etish;
tuman (shahar) chempionatlari, kuboklari, turnirlarini, shuningdek, tumanda (shaharda) sport-ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda gʻolib va sovrindorlarni, nominantlarni mukofotlash uchun zarur miqdorda medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni xarid qilish;
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tumanda (shaharda) oʻtkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
alohida fidokorlik, mehnatsevarlikni namoyon qilgan, oʻzining professional faoliyatida yuksak natijalarga erishgan tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport namoyandalari va xodimlarining nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish boʻyicha takliflarni kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(27-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlari:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalariga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning, shuningdek, oʻzlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati;
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mahallalarda, ovul va guzarlarda sportni rivojlantirish boʻyicha aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalariga takliflar tayyorlanishi;
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
tumanlarda (shaharlarda) jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
tuman (shahar)dagi davlat mulki boʻlgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi;
tumanda (shaharda) sport tadbirlari, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlari tashkil etilishi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlikka ham ega boʻlishi mumkin.
(28-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
29. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
yakka boshchilik tamoyiliga asoslangan holda Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Vazirlik va uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, tegishli Vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yigʻilishlarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikaning Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son hamda “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son qarorlariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli bajarilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
faoliyat sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni, zarurat boʻlganda, boshqa Vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish;
Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
oʻz oʻrinbosarlari hamda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Vazirlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlashni nazorat qilish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Vazirlik markaziy apparati shtat jadvalini xodimlarning tasdiqlangan shtat birliklarining belgilangan soni asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari nizomlarini, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
markaziy apparat xodimlarini, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini, shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sport vazirini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi bilan kelishish;
(29-bandning oʻttizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlik hayʼatiga va markaziy apparat yigʻilishlariga rahbarlik qilish;
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi va sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) bilan hamkorlikda Oʻzbekiston sportchilarining Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi va ishtirok etishi boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini taʼminlash;
ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, respublikada professional sportni rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha muntazam choralar koʻrilishini taʼminlash, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va qitʼa musobaqalarini tashkil etish, nosogʻlom sport raqobatiga va taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullarga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish;
sport bazalari va sport-sogʻlomlashtirish tashkilotlarini rivojlantirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mahalliy korxonalar tomonidan sport asbob-uskunalari va inventarlar ishlab chiqarilishi kengaytirilishini tashkil etish boʻyicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
isteʼdodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash chora-tadbirlari qabul qilinishini taʼminlash, ularning mahoratini oshirish va seleksiyaning uzluksiz tizimini takomillashtirish, ularning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli musobaqalarda, shuningdek, turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash choralarini koʻrish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklarning ijro etuvchi organlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash choralarini koʻrish, qayta tayyorlash va ularning malaka oshirishni tashkil etish, taʼlim va sport muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa mutaxassislar bilan taʼminlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari va mutaxassislarini ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida oʻrnak koʻrsatganligi, xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga taqdimnomalar belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlash va tavsiyalar berish;
Oʻzbekiston sport delegatsiyalarining xalqaro sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirokini taʼminlash;
berilgan sport unvonlarini, razryadlar va malaka toifalarini tasdiqlash;
Vazirlar Mahkamasiga vazir maslahatchisini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish uchun taqdimnoma kiritish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro tadbirlarda vakillarning Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirokini taʼminlash.
Vazir qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.
30. Quyidagilar vazir birinchi oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Vazir vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
davlat boshqaruvi organi faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son hamda “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son qarorlariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Vazirlik rahbari tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirlik rahbari topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-mart 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalariga asosan tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan rioya etilishini taʼminlash;
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) faoliyati monitoringini olib borish va rivojlantirish;
Vazirlikning Xalqaro va respublika darajalaridagi sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantirishda ishtirok etish, uni manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirish;
sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislarning kuch-quvvati sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul mablagʻlari bilan taʼminlash Respublika komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qilish;
respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasi rivojlantirilishini monitoringini olib borish, respublikada jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish boʻyicha har yillik prognozlarni shakllantirish;
Oʻzbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etishga tayyorlash boʻyicha qabul qilingan dasturlari bajarilishini taʼminlash, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi va federatsiyalar (assotsiatsiyalar) bilan hamkorlikda sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida samarali ishtirok etishi chora-tadbirlarini amalga oshirish;
isteʼdodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishda, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlarida va boshqa xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash, sport zaxiralari va terma jamoalar tarkibini shakllantirish;
mamlakatda professional sportni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy texnologiyalarni sport tayyorgarligi jarayoniga joriy etish, sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosogʻlom sportda nosogʻlom hodisalarga va taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullardan foydalanishga qarshi kurashish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston sport terma jamoalari va ularning sport zaxirasi tarkibini shakllantirish, Oʻzbekiston sport delegatsiyalarini butlash, ularni xalqaro sport musobaqalariga va jismoniy tarbiya sohasidagi ommaviy tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishini taʼminlash;
sport sohasidagi xalqaro aloqalarni amalga oshirish va rivojlantirish, xalqaro sport tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
yuqori malakali sportchilar va sport zaxirasini tayyorlash, oliy sport mahorati maktablarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
sport hakamlariga malaka toifalari berish boʻyicha Malaka komissiyaga rahbarlik qilish;
sportchilarga respublika sport unvonlari va toifalar berish boʻyicha Malaka komissiyasiga rahbarlik qilish;
trener-oʻqituvchilar va instruktor-metodistlarga malaka toifalari berish boʻyicha Malaka komissiyasiga rahbarlik qilish;
jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha xalqaro, respublika va milliy sport tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlashni taʼminlash.
31. Quyidagilar Vazir oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Vazir vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son hamda “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son qarorlariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ularni keyinchalik koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
jismoniy tarbiya va sport sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining koʻrsatib oʻtilgan qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
32. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Vazirlik rahbarining mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son hamda “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son qarorlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
hayʼat qarorlari hamda buyruqlar, Vazir va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Vazirlik rahbariyatiga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Vazirlik rahbariyatining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida“ 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha Sport vazirligining har yili tasdiqlanadigan sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarining respublika kalendar rejasini shakllantirishda ishtirok etish;
(32-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim majburiyatlariga muvofiq tashkil qilish;
boshqarmalar vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Vazirlik rahbariyatiga tahliliy materiallar tayyorlash;
Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻrganishni tashkil etish va ularga amaliy koʻmaklashish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari va Vazirlikning buyruqlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
hududiy boʻlinmalar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son hamda “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son qarorlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hududiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Vazirlik hayʼati qarorlari, buyruqlari, Vazir va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boʻlinmalarning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Vazirlik hududiy boʻlinmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va oʻz oʻrinbosarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boʻlinmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boʻlinmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
hududiy boʻlinmalar xodimlarini, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududiy boʻlinmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy boʻlinmalar tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy boʻlinmalar tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Vazirlikka kiritish;
hududiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
hududiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlikka kiritish;
Vazirlikning tumanlar (shaharlar) boʻlinmalari va hududiy boʻlinmalar tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
hududiy boʻlinmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;
davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Quyidagilar tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
tuman (shahar) boʻlinmasiga rahbarlik qilish;
faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha xodimlar oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarlik darajasini belgilash;
sport tashkilotlari va muassasalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son hamda “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son qarorlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tuman va shahar boʻlinmalari xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazir va uning oʻrinbosarlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
(34-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
jismoniy tarbiya va sport sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar (shaharlar) sport boʻlimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari rahbarlariga, ularning oʻrinbosarlariga takliflar kiritish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tuman (shahar) sport boʻlimida kadrlar zaxirasini shakllantirish;
(34-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlari xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
(34-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
(34-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida takliflar kiritish;
(34-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi
35. Vazir:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
36. Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari:
Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning tegishli ravishda 27 va 28-bandlarida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
37. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari;
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari rahbarlari:
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
hududiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi;
ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hududiy boʻlinmalarning javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Tumanlar (shaharlar)dagi sport boʻlimlari rahbarlari:
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) sport boʻlinmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi;
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning tuman (shahar) boʻlinmalari javobgarligi sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Vazirlik rahbariyati
40. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullagandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Vazir rahbarlik qiladi.
Vazir oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasining aʼzosi hisoblanadi.
41. Vazirning uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
42. Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
43. Vazir boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.
44. Quyidagilar:
Vazirning maslahatchisi (xorijiy maslahatchilar hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchidan tashqari) vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sport vaziri Vazir bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan;
(44-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari boshliqlari — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda Vazir tomonidan;
(44-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sport vaziri oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(44-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
sport turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorat maktablari direktorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablari direktorlari Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar (shaharlar) sport boʻlimlari boshliqlari Vazirlik bilan kelishilgan holda tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(44-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Sport vazirining maslahatchisi (xorijiy maslahatchilardan tashqari) maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra sport vazirining oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
46. Vazir Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
47. Vazir Vazirlik markaziy apparatining boshqarmalari va boʻlimlari, hududiy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
48. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Vazirlik hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
49. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilgan holda:
topshiriqlarni hududiy boʻlinmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, jismoniy tarbiya va sport sohasida qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
50. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi;
faoliyatning belgilangan sohasida qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, aholining mavjud dolzarb muammolarini bartaraf etish yuzasidan Vazirlikning markaziy apparatiga takliflar kiritadi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi.
51. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, bu boradagi qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Vazirlikning davlat boshqaruvining boshqa organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
52. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
53. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat boshqaruvining boshqa organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.
54. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyxatiga kiradi va (yoki) uning faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan mutasaddilik qilinadi.
4-§. Vazirlik hayʼati
55. Vazirlikda Vazir (Hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari (shuningdek, xorijiy maslahatchilar lavozimi boʻyicha), shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari hamda Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlaridan iborat tarkibda Hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
56. Hayʼat:
Vazirlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
qonunchilik hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralar koʻrgan holda, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etadi;
Vazirlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqadi;
joylarda Vazirlik faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinishini taʼminlagan holda, Hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Vazirlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshiradi.
Hayʼat Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
57. Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
58. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
59. Vazir va Hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, Hayʼat aʼzolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini maʼlum qilishi mumkin.
60. Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
8-bob. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
61. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
62. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va (yoki) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
63. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonunchilik hujjatlariga koʻra belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoni.
9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va uning moddiy-texnik taʼminlash, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
64. Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15-bobi (Mehnatga haq toʻlash), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi
65. Vazirlik markaziy apparatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan tartibda biriktirilgan avtotransport vositasi limiti ajratilishi nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalariga 1 ta shaxsiy biriktirilgan va 1 ta navbatchi xizmat avtotransport vositasi limiti ajratilishi nazarda tutiladi.
(65-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
66. Vazirlik xodimlarining ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofot pullari, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va ragʻbatlantirish toʻlovlaridan tashkil topadi.
67. Mehnatga haq toʻlash fondi, Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlik xodimlarining ish haqlarini toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish manbai hisoblanadi.
68. Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1) Vazirlik markaziy apparati xodimlariga Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda koʻp yillik mehnati uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
20 yildan yuqori — 1,5.
Bunda koʻp yillik mehnati uchun har oylik ustama toʻlovlari koeffitsiyentini hisoblashda, Vazirlik markaziy apparati hamda uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining mulkchilik shaklidan qatʼi nazar (yakka tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilib ishlagan davridan tashqari), barcha tashkilotlardagi rasmiy mehnat faoliyati davri hisobga olinadi.
2) Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Sport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirishga, Vazirlikni saqlash xarajatlari, xizmat safarlari xarajatlari, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, sohani raqamlashtirish, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish va sportni rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tadbirlarga;
(68-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
b) tashabbuskorlik va mehnat natijalari boʻyicha har oyda shaxsiy ustama toʻlovlari lavozim maoshining (ustama va ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hamda koʻp yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) — ikki yuz ellik foizigacha boʻlgan miqdorda;
v) xizmat vazifalarini sidqidildan bajarganligi, ijro intizomiga rioya etilganligi, oʻz xizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi va xizmat vazifalarini samarali bajarish tizimini joriy etganligi hamda moddiy javobgarligi yuqori boʻlgan xodimlarga har chorakda lavozim maoshining (ustama va ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hamda koʻp yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) — ikki yuz foizigacha boʻlgan miqdorda.
g) Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari alohida muvaffaqiyatlarga erishganligi va muhim topshiriqlarni bajarganligi uchun chorak yakunlari boʻyicha lavozim maoshining (ustama va ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hamda koʻp yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) ikki yuz foizigacha miqdorda mukofotlanadi.
d) jamoa shartnomasiga muvofiq mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan kompensatsiya toʻlovlari va bir yoʻla beriladigan mukofotlarga yoʻnaltiriladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan ustamalar xodim ishga kirgan oyning keyingi oyidan boshlab qoʻllaniladi.
Ustama va ragʻbatlantirish choralari joriy qilinadigan xodimlar toifasi, tartibi va ularga beriladigan ustama va ragʻbatlantirish miqdori Vazir tomonidan belgilanadi.
Bundan tashqari, Vazir tomonidan maxsus va shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin va ularning miqdori Vazir tomonidan belgilanadi.
Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xodimlarga qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.
Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan toʻlovlar Jamgʻarma moliyaviy holatidan kelib chiqib toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
69. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyati (shu jumladan, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimliklari xodimlari uchun belgilangan tartibda taʼminlanadi va moliyalashtiriladi.
(69-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy bosh boshqarmalar rahbarlari (xodimlari) hamda Vazirlikning tuman (shahar)lar boʻlimlari rahbarlari (xodimlari) uchun daromadlar prognozining oshirib bajarilgan mablagʻlardan va budjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish turlarini (ustama haq, qoʻshimcha haq, mukofotlar va ish haqiga boshqa toʻlovlar) belgilash huquqiga ega.
70. Vazirlikning markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari ushbu Nizomga 1, 1a va 1b-ilovalarga muvofiq belgilandi.
10-bob. Vazirlikning Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berishi
71. Vazir Vazirlikning faoliyati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda hisobot beradi.
72. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ularning faoliyati boʻyicha muntazam monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyatining samaradorligiga xolisona baho beradi.
73. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
74. Vazirlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar

Vazir

19

Vazirning birinchi oʻrinbosari

18

Vazir oʻrinbosari, maslahatchisi

17

Boshqarma boshligʻi

16

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

16

Boʻlim boshligʻi, xizmat boshligʻi, vazir yordamchisi

14

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, devonxona mudiri

13

Bosh mutaxassis

12

Yetakchi mutaxassis

11

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar hududlarning toifasi asosida shakllantiriladi:

Toifadan tashqari

I toifa

II toifa

III toifa

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sport vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari boshligʻi

19

18

17

16

Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari

16

15

14

13

Boʻlim boshligʻi, bosh hisobchi

14

13

12

11

Boʻlim boshligʻining oʻrinbosari

14

13

12

11

Bosh mutaxassis, yuriskonsult

12

11

10

9

Yetakchi mutaxassis

11

10

9

8

(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga
1b-ILOVA
Tuman (shahar) sport boʻlimlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar hududlarning toifasi asosida shakllantiriladi:

I toifa

II toifa

Boʻlim boshligʻi

12

11

Bosh mutaxassis

9

8

Yetakchi mutaxassis

8

7

(1b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Apellyatsiya boʻyicha komissiya toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Apellyatsiya boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Apellyatsiya boʻyicha komissiya) tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar turlari, Apellyatsiya boʻyicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Apellyatsiya boʻyicha komissiya Milliy antidoping agentligining milliy antidoping qoidalariga muvofiq shikoyat qilish huquqiga ega shaxslar tomonidan milliy antidoping qoidalariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan har qanday qarorlar, shuningdek, bu bilan cheklanmagan holda, sportda antidoping qoidabuzarliklari hamda Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq va Terapevtik istisnolar boʻyicha komissiyalar qarorlari yuzasidan kiritilgan apellyatsiya va arizalarni koʻrib chiqadi.
Apellyatsiya boʻyicha komissiya aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
3. Apellyatsiya boʻyicha komissiya Butunjahon antidoping kodeksida nazarda tutilgan tartibda operatsion va institutsional jihatdan mustaqil boʻlishi shart hamda qarorlar qabul qilishda va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasining shu sohaga doir xalqaro shartnomalariga amal qiladi.
4. Apellyatsiya boʻyicha komissiya faoliyati qarorlar qabul qilishda teng huquqlilik, xolislik, betaraflik, qonuniylik, kollegiallik prinsiplariga asoslanadi.
2-bob. Apellyatsiya boʻyicha komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
5. Apellyatsiya boʻyicha komissiya apellyatsiya yoki arizani koʻrib chiqishda quyidagi huquqlarga ega:
apellyatsiya yoki ariza bergan shaxslardan, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslardan apellyatsiya yoki arizani koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlarni soʻrab olish;
qoʻshimcha ekspertiza tayinlash, uni oʻtkazish uchun mustaqil ekspert va maslahatchilarni jalb etish;
zarurat boʻlganda, apellyatsiya yoki arizalarni koʻrib chiqishda qatnashish uchun davlat organlari, ilmiy va taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlardan mutaxassislar va ekspertlarni taklif qilish.
Apellyatsiya boʻyicha komissiya apellyatsiya yoki arizani koʻrib chiqishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
6. Apellyatsiya boʻyicha komissiya apellyatsiya yoki arizani koʻrib chiqish jarayonida quyidagilarga majbur:
apellyatsiya yoki arizani koʻrib chiqish jarayonida Butunjahon antidoping kodeksi, Natijalarni boshqarish boʻyicha xalqaro standart, qonunchilik hujjatlari, Milliy antidoping agentligining milliy antidoping qoidalari va mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya qilish;
sportchilarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitishga, ularning shaxsiy hayotiga aralashuvga yoʻl qoʻymasligi;
apellyatsiya yoki arizani koʻrib chiqish yuzasidan qabul qilingan qarorlar haqqoniyligini va asoslanganligini taʼminlash;
davlat organi va uning mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
davlat organi va uning mansabdor shaxslari faoliyat koʻrsatishi uchun toʻsqinlik qilmasligi;
apellyatsiya yoki arizani koʻrib chiqish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan boʻlsa, sir saqlanishiga rioya qilishi.
Apellyatsiya boʻyicha komissiyaga apellyatsiya yoki arizani koʻrib chiqishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
3-bob. Apellyatsiya boʻyicha komissiyaning faoliyatini tashkil etish tartibi
7. Apellyatsiya boʻyicha komissiya 5 kishidan kam boʻlmagan toq sondagi (komissiya raisi, komissiya raisi oʻrinbosari, kotibi va aʼzolari) tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining buyrugʻi bilan tuziladi.
Apellyatsiya boʻyicha komissiya tarkibiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarning malakali xodimlari, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida katta amaliy tajribaga yoki ilmiy salohiyatga ega mustaqil olim va ekspertlar kiritiladi.
8. Apellyatsiya boʻyicha komissiya faoliyati apellyatsiya yoki ariza kelib tushganda majlislar oʻtkazish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Bunda majlislar zaruriyatga koʻra, Apellyatsiya boʻyicha komissiya raisi tomonidan, u boʻlmagan taqdirda esa uning oʻrinbosari tomonidan chaqiriladi.
9. Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlislari, agar ularning ishida komissiya aʼzolarining umumiy sonining yarmi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
10. Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi, uni Apellyatsiya boʻyicha komissiya raisi imzolaydi. Majlisda Komissiya raisi ishtirok etmagan taqdirda, bayonnoma majlisga raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
11. Quyidagi holatlarda Apellyatsiya boʻyicha komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va aʼzolari uning tarkibidan chiqarilishi mumkin:
ular tomonidan Apellyatsiya boʻyicha komissiya tarkibidan chiqish toʻgʻrisida ariza berilganda;
asosiy ish joyi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinganda;
Apellyatsiya boʻyicha komissiyaning majlislarida muntazam ravishda ishtirok etmaganda;
mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
ularga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
ular tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi va milliy antidoping qoidalari buzilganida;
ular tomonidan Butunjahon antidoping kodeksida nazarda tutilgan operatsion va institutsional mustaqil boʻlish talablariga rioya etilmaganda;
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida ular muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topilganda;
vafot etganda.
12. Quyidagi hollarda Apellyatsiya boʻyicha komissiya aʼzosi komissiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan majlisda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
Apellyatsiya boʻyicha komissiya aʼzosi ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa, shuningdek uning xolisligi va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa;
Apellyatsiya boʻyicha komissiya aʼzosi taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi boʻlsa yoki ishda ishtirok etuvchi biron bir taraf yoki ishda ishtirok etuvchi tarafga aloqador boʻlgan biron bir tashkilot bilan shaxsiy, toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita munosabatlarga ega boʻlsa.
13. Apellyatsiya boʻyicha komissiya raisi:
Apellyatsiya boʻyicha komissiyaning majlislarini chaqiradi va unda raislik qiladi;
Apellyatsiya boʻyicha komissiya vakolatiga taalluqli masalalarni uning koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda Apellyatsiya boʻyicha komissiya nomidan ish koʻradi;
Apellyatsiya boʻyicha komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Apellyatsiya boʻyicha komissiya nomidan xulosalarni, majlislar bayonnomalarini va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlislari kun tartibini belgilaydi;
Apellyatsiya boʻyicha komissiya tomonidan qabul qilingan xulosalarning ijrosini monitoring qiladi;
yuklangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha Apellyatsiya boʻyicha komissiya aʼzolari ishini muvofiqlashtiradi;
Apellyatsiya boʻyicha komissiya ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqa harakatlarni bajaradi.
14. Apellyatsiya boʻyicha komissiya ishlari komissiya kotibi tomonidan yuritiladi. Apellyatsiya boʻyicha komissiya kotibi:
apellyatsiya va arizalarni qabul qiladi hamda roʻyxatdan oʻtkazadi;
kun tartibiga muvofiq Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlisi oʻtkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaxslar roʻyxatini Apellyatsiya boʻyicha komissiyaning raisi bilan kelishadi;
Apellyatsiya boʻyicha komissiyaning aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlisi oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;
Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha zarur materiallarni tayyorlaydi;
kun tartibidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan materiallarni Apellyatsiya boʻyicha komissiya aʼzolariga tarqatadi;
manfaatdor shaxslarga ishni koʻrish natijalari boʻyicha Apellyatsiya boʻyicha komissiya qarorlarini yuborish choralarini koʻradi;
Apellyatsiya boʻyicha komissiya hujjatlari but saqlanishini taʼminlaydi.
Apellyatsiya boʻyicha komissiya kotibi komissiyaning samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshirishi mumkin.
15. Apellyatsiya boʻyicha komissiya kotibi komissiya tomonidan qarorlar qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas.
16. Apellyatsiya boʻyicha komissiya apellyatsiyani Butunjahon antidoping kodeksi va Natijalarni boshqarish boʻyicha xalqaro standart asosida koʻrib chiqadi.
17. Milliy antidoping agentligining milliy antidoping qoidalariga muvofiq shikoyat qilish huquqiga ega jismoniy va yuridik shaxslar nizoli masalani Apellyatsiya boʻyicha komissiyada koʻrib chiqish uchun Apellyatsiya boʻyicha komissiya kotibiga yozma (elektron) tarzda murojaat qiladi. Barcha apellyatsiya va arizalar ushbu Nizom talablariga muvofiq taqdim etilishi lozim.
18. Apellyatsiya yoki ariza Apellyatsiya boʻyicha komissiyaga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oy ichida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa uch oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi. Ushbu bandda belgilangan muddatlarga rioya qilmaslik apellyatsiya yoki arizani yoxud Apellyatsiya boʻyicha komissiyaning ushbu apellyatsiya yoki ariza boʻyicha qaror qabul qilish vakolati bekor qilinishiga olib kelmaydi.
19. Nizoli holatni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda, ularni koʻrib chiqish muddatlari apellyatsiya boʻyicha komissiyaning raisi tomonidan, istisno tariqasida, koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga darhol yozma yoki elektron xabar yuboriladi.
20. Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlislarida apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs yoki uning vakili, boshqa manfaatdor shaxslar qatnashishga haqlidir. Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs va koʻrib chiqilayotgan ish boʻyicha tomonlar hisoblangan boshqa shaxslar majlis boʻlishidan kamida uch kun oldin majlis oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt toʻgʻrisida apellyatsiya boʻyicha komissiya kotibi tomonidan xabardor qilinishi kerak.
21. Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs, boshqa manfaatdor shaxslar iltimosnomasiga binoan Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlisi bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga koʻchirilishi mumkin. Bunda apellyatsiya yoki arizalarni koʻrib chiqishning belgilangan muddati oʻtishi Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlisining yangi sanasigacha toʻxtatib turiladi.
22. Apellyatsiya boʻyicha komissiya raisi tashabbusiga koʻra, shuningdek apellyatsiya yoki ariza bergan shaxsning yoki boshqa manfaatdor shaxslar iltimosnomasiga asosan Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlisida audio yoki videoyozuv olib borilishi mumkin.
23. Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlisida audio yoki videoyozuv vositalaridan foydalanilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar va boshqa ishtirokchilar bu haqda ogohlantiriladi.
24. Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlisida ishtirok etayotganlar yozma qaydlar qilish huquqiga ega. Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlisini fototasvirga tushirish, audio- va videoyozuvini amalga oshirishga taraflarning roziligi va Apellyatsiya boʻyicha komissiya majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
25. Qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlar zarur boʻlgan taqdirda ular Apellyatsiya boʻyicha komissiya belgilagan muddatlarda manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilishi kerak.
26. Ishni koʻrib chiqish quyidagi hollarda Apellyatsiya boʻyicha komissiyaning navbatdagi majlisi sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda Apellyatsiya boʻyicha komissiya tomonidan boshqa kunga koʻchirilishi mumkin:
vakilning majlisda qatnasha olmasligi sababli ishni koʻrib chiqish boshqa kunga koʻchirilishi toʻgʻrisida apellyatsiya yoki ariza bergan shaxsning asoslangan iltimosnomasi munosabati bilan;
qoʻshimcha dalillar olish zaruriyati munosabati bilan;
ishni koʻrib chiqish qatnashchilaridan birortasining hozir boʻlmaganligi yoki tomonning vakilida ishonchnoma yoʻqligi munosabati bilan;
Apellyatsiya boʻyicha komissiya fikriga koʻra ishni koʻrib chiqishga ekspertlarni jalb etish yoki boshqa shaxslarning ishtiroki zarurligi munosabati bilan;
ishni ushbu majlisda hal etish mumkin boʻlmaganda.
27. Ishni koʻrib chiqish quyidagi hollarda toʻxtatilishi mumkin:
Apellyatsiya boʻyicha komissiya tomonidan xulosalari ishni koʻrib chiqish natijalari uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa ish koʻrilayotganda;
ekspertizadan oʻtkazish yoki tegishli ekspertning yoki mutaxassisning xulosasi zarur boʻlganda;
materiallarni qoʻshimcha oʻrganish va soʻrash talab qilinadigan holatlar vujudga kelganda.
Ishni koʻrib chiqish uni toʻxtatishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgandan keyin davom ettiriladi.
28. Ishni koʻrib chiqish Apellyatsiya boʻyicha komissiya tomonidan quyidagi hollarda toʻliq yoki qismlari boʻyicha tugatilishi mumkin:
apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs ishni koʻrib chiqishni toʻliq yoki qismlari boʻyicha tugatilishi toʻgʻrisida ariza berganda;
tomonlardan biri vafot etganda, yuridik shaxs tugatilganda, agar huquqiy vorislari bilan almashtirish imkoni boʻlmasa yoki mumkin boʻlmasa;
Apellyatsiya ishi boʻyicha sud tomonidan qaror qabul qilinganda.
29. Apellyatsiya yoki arizalarni Apellyatsiya boʻyicha komissiyaga taqdim qilish hamda ularni Apellyatsiya boʻyicha komissiya tomonidan koʻrib chiqish boʻyicha qoʻshimcha tartib taomillar mazkur Nizomga muvofiq Apellyatsiya boʻyicha komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
30. Apellyatsiyalarni yoki arizalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya boʻyicha komissiya quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
apellyatsiya yoki ariza qanoatlantiriladi va birinchi qaror oʻzgartiriladi;
apellyatsiya yoki ariza qisman qanoatlantiriladi va birinchi qaror oʻzgartiriladi;
apellyatsiya yoki arizani qanoatlantirish rad etiladi.
31. Apellyatsiya boʻyicha komissiya qarori apellyatsiya yoki ariza mohiyatini koʻrib chiqish tugagandan soʻng komissiya aʼzolarining yopiq yigʻilishi natijasi boʻyicha koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Apellyatsiya boʻyicha komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Apellyatsiya boʻyicha komissiya raisi va aʼzolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emas. Apellyatsiya boʻyicha komissiya raisi eng oxirida ovoz beradi.
32. Apellyatsiya boʻyicha komissiya qarori Apellyatsiya boʻyicha komissiya raisi va ishni koʻrib chiqishda qatnashgan Apellyatsiya boʻyicha komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi va manfaatdor shaxslar qaror haqida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
33. Apellyatsiya boʻyicha komissiyada apellyatsiya yoki arizalarni koʻrib chiqish ushbu nizomga ilovada koʻzda tutilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
34. Apellyatsiya boʻyicha komissiya qarorlari qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida apellyatsiya yoki ariza bergan shaxslarga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi. Ushbu bandda belgilangan muddatlarga rioya qilmaslik apellyatsiya yoki arizani yoki Apellyatsiya boʻyicha komissiyaning ushbu apellyatsiya yoki ariza boʻyicha qaror qabul qilish vakolati bekor qilinishiga olib kelmaydi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
35. Apellyatsiya boʻyicha komissiyani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-son qaroriga
3-ILOVA
(3-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 27-maydagi 271-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 20-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga ilovaning 13-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 18-maydagi 369-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida “2019-yil 28-fevraldagi 181-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 93-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish injiniring kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 19-noyabrdagi 916-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 16-apreldagi 234-son qaroriga ilovaning 12-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 26-iyundagi 411-son qaroriga 1-ilovaning 36-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga 8-ilovaning 9-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/465/0760-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)