1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-75-son Farmoniga muvofiq:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
5. Sport vazirligi huzurida budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil qilinsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga sport sohasidan kelib tushgan mablagʻlar Jamgʻarmaga toʻliq oʻtkazilsin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti Sport vazirligi tizimiga oʻtkazilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-sonli Farmoniga asosan uchinchi, toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
Sport vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari, vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
Jamgʻarma mablagʻlari Sport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirishga, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, sohani raqamlashtirishga hamda sportni rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tadbirlarga yoʻnaltiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
7. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning manbalari etib belgilansin:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
2023-yil 1-iyuldan boshlab har yili Sport vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalariga Davlat budjetidan sport sohasini rivojlantirish dasturlari xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar (saqlash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar bundan mustasno);
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
muassisi Sport vazirligi hisoblangan korxonalar va tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — tizim tashkilotlari) ixtiyorida soliqlar va yigʻimlar toʻlanganidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlarga muvofiq davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan tegishli mablagʻlar;
tizim tashkilotlarining mol-mulkini (bundan koʻchmas mulk mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
tizim tashkilotlarining mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan budjetga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning 50 foizi;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.06.00 Ayrim tashkilotlar auditining xususiyatlari]
tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Sport vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan Davlat budjeti mablagʻlarining, shuningdek, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
tizim tashkilotlari faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Sport vazirligining ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan budjet mablagʻlari, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalari;
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan mablagʻlarning 10 foizi (oliy taʼlim muassasalariga oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushadigan mablagʻlar bundan mustasno).
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 07/22/414/0996-son)
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
sport sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan tushadigan mablagʻlar;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
8. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul mablagʻlari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]
Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarining 3 foizi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar bundan mustasno) Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi. Bunda, ushbu mablagʻlarning bir qismi tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan oʻquv kurslarini maqsadli moliyalashtirish uchun Savdo-sanoat palatasiga yoʻnaltiriladi va uning miqdori Savdo-sanoat palatasi Prezidiumi tomonidan belgilanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.02.00 Asosiy vositalarning hisobi]
Turizm va sport vazirligining mol-mulki, shu jumladan avtotransport vositalarini Sportni rivojlantirish vazirligiga oʻtkazishda qayta rasmiylashtirish uchun toʻlovlar undirilmaydi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.04.00 Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari]
Sport vazirligi tomonidan qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan, oʻzgartirilayotgan va boshqa tashkilotlar tizimiga oʻtkazilayotgan tashkilotlarga biriktirilgan koʻchmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka boʻlgan huquqlar tegishli yigʻimlar va boshqa toʻlovlar undirilmagan holda qayta rasmiylashtiriladi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.06.00 Ishga qabul qilishda kafolatlar]
Turizm va sport vazirligining markaziy apparati xodimlarini Sportni rivojlantirish vazirligiga ishga qabul qilish sportni rivojlantirish vaziri tomonidan tegishli davlat organlari tomonidan ilgari amalga oshirilgan kelishuvlarni, tanlov natijalarini inobatga olgan holda, mustaqil amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Sportni rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangunga qadar, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda hududiy boʻlinmalar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-son qarori bilan tasdiqlangan Turizm va sport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga va amaldagi tartibga asosan amalga oshiriladi.
Sportni rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda vazirlik toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Sportni rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Davlat budjetining 2022-yil uchun tasdiqlangan budjet parametrlariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Yoshlar siyosati va sport vazirligi Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 2-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
11. Sportni rivojlantirish vazirligi:
ikki hafta muddatda vazirlikning hududiy, tarkibiy va quyi boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar (ustavlar), ularning tuzilmalari, shuningdek, xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari qayta tasdiqlanishini taʼminlasin;
bir oy muddatda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)