toggle_night_mode
Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika komissiyalari va Kengashlarining yangilangan tarkibi 1 — 46*-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 46-ilovalar berilmaydi.
3. Xususiylashtirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning rolini oshirish, qishloq xo‘jaligi va kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish yuzasidan hukumat komissiyasini tugatish, komissiya funksiyalari:
Xususiylashtirishga oid funksiyalari— davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasiga;
xususiy sektorning rolini oshirish ga oid funksiyalari — kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi Kengashiga yuklansin .
4. Respublika komissiyalari va kengashlari rahbarlari, zarurat bo‘lganda, bir oy muddatda tegishli komissiyalar hamda Kengashlarning vazifalari va funksiyalarini qayta ko‘rib chiqish va aniqlashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlari 49-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga 50-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-iyul,
358-son
Vazirlar Mahkamasining qaroriga 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga
49-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-noyabrdagi 553-65-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-oktabrdagi 442-r-son farmoyishining 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-dekabrdagi 534-son “Kontraktlarni mustaqil ekspertizadan o‘tkazish va import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin inspeksiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandi, shuningdek ushbu qarorga 2-ilova.
4. Vazirlar Mahkamasining “Ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo komissiyalar, qo‘mitalar va kengashlar tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 14-dekabrdagi 520-son qaroriga 24 va 27-ilovalar.
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 9-yanvardagi 10-son “1999-yilda oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish to‘g‘risida”gi qaroriga 6-ilova.
6. Vazirlar Mahkamasining “Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi huzurida tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar shikoyatlarini qabul qilish guruhini tashkil etish to‘g‘risida” 1999-yil 22-apreldagi 192-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod” davlat dasturi to‘g‘risida” 2000-yil 15-fevraldagi 46-son qarorining 4-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-martdagi 84-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari tarkibiga o‘zgartishlar kiritish va tasdiqlash to‘g‘risida” 2000-yil 19-apreldagi 153-son qarori.
10. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-avgustdagi 334-son qaroriga 2-ilova.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan komissiyalar va kengashlar tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2000-yil 30-sentabrdagi 374-sonqarori.
12. Vazirlar Mahkamasining “Qo‘shma korxonalar tashkil etishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 11-oktabrdagi 393-son qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 66-modda).
13. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 2-fevraldagi 66-son qaroriga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 9-modda).
14. Vazirlar Mahkamasining “Ona va bola” davlat dasturi to‘g‘risida” 2001-yil 5-fevraldagi 68-son qarorining 5-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari X. S. Karomatov boshchiligidagi Respublika komissiyalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001-yil 1-maydagi 199-son qarori.
16. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 201-son “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi, shuningdek ushbu qarorga 21-ilova.
17. Vazirlar Mahkamasining “Qariyalarni qadrlash yili” davlat dasturi to‘g‘risida” 2002-yil 24-yanvardagi 30-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisi, 5 va 6-bandlari.
18. Vazirlar Mahkamasining “Ayollar va o‘sib kelayotgan avlod sog‘lig‘ini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 21-yanvardagi 32-son qaroriga 1-ilova.
19. Vazirlar Mahkamasining “Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2002-yil 26-sentabrdagi 333-son qarorining 3-bandi, shuningdek ushbu qarorga ilova.
20. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 68-modda).
21. Vazirlar Mahkamasining “Jahon banki guruhi ishtirokida “Buxoro va Samarqand shaharlarini suv bilan ta’minlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 11-dekabrdagi 435-son qarori 4-bandining beshinchi xatboshisi, shuningdek ushbu qarorga 5-ilova.
22. Vazirlar Mahkamasining “Toshguzar — Boysun — Qumqo‘rg‘on yangi temir yo‘l liniyasi qurilishini jadallashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 24-yanvardagi 43-son qaroriga 1-ilova.
23. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim respublika komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga 3-ilova.
24. Vazirlar Mahkamasining “Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 21-apreldagi 190-son qarori.
25. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-maydagi 214-son “Respublika Favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining OITS/OIV (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi/oiv kasalligi) epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturini muvofiqlashtirish bo‘yicha kichik komissiyasi to‘g‘risida ”gi qaroriga 2-ilova.
26. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar amalga oshirilishini monitoring qilish bo‘yicha Hukumat komissiyasini tuzish to‘g‘risida” 2003-yil 19-iyundagi 278-son qarori.
28. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qaroriga 8-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 73-modda).
29. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi davlat komissiyasining roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 21-avgustdagi 362-son qaroriga ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 75-modda).
30. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq aholi yashash joylarini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 17-sentabrdagi 405-son qaroriga 1-ilova.
31. Vazirlar Mahkamasining “Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 28-oktabrdagi 469-son qaroriga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 102-modda).
32. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tarkibi to‘g‘risida” 2003-yil 30-oktabrdagi 475-son qaroriga ilova.
33. Vazirlar Mahkamasining “Turizm faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 11-noyabrdagi 497-son qaroriga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 113-modda).
34. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 12-noyabrdagi 503-son qaroriga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 115-modda).
35. Vazirlar Mahkamasining “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qaroriga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 119-modda).
36. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash komissiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 18-noyabrdagi 518-son qaroriga 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 122-modda).
37. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari bo‘yicha idoralararo kengash tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 21-noyabrdagi 526-son qaroriga 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 125-modda).
38. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 539-son “O‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish, va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 129-modda).