Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida oʻzgarish va yangilanish, oʻzligimizni anglash va umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlashuv jarayonlari faollashib borayotgan, tarixiy-milliy merosga qiziqish ortayotgan hozirgi sharoitda maʼrifiy va mafkuraviy targʻibot ishlarini takomillashtirish, matbuot, radio-televideniye, kino, teatr, kitob nashr etish, muzika va tasviriy sanʼat sohalarining faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzteleradiokompaniya, Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va boshqa jamoat tashkilotlari va ijodiy uyushmalarning jamoatchilik asosida Maʼrifiy va mafkuraviy targʻibot ishlarini muvofiqlashtirish kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin va mazkur kengash tarkibi ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga istiqlol gʻoyalarini chuqur singdirishga, uning mustaqil tafakkurini yuksaltirishga xizmat qiladigan badiiy, sanʼat va publitsistik asarlarning yaratilishiga koʻmaklashish, ularni milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga uygʻunlik, tarixiy haqiqatni toʻgʻri aks ettirish nuqtai nazaridan baholash va qoʻllab-quvvatlash, yaratilayotgan kino-video va sahna asarlari, nashr etilayotgan kitoblarning badiiy saviyasini yaxshilash yuzasidan ilmiy-badiiy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar berish mazkur kengashning asosiy vazifalari hisoblanishi inobatga olinsin.
3. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash Bosh vazir oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklatilsin.