1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“SOGʻLOM AVLOD” DAVLAT DASTURI TOʻGʻRISIDA
Sogʻlom avlodni tarbiyalashga, yuksak umuminsoniy qadriyatlari asoslangan hayotiy oʻrniga ega boʻlgan maʼnaviy boy, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasida 2000-yilning “Sogʻlom avlod yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarga:
sogʻlom oilani shakllantirish va oilada yuksak maʼnaviy-axloqiy muhitni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirishga;
davlat, jamiyat va oila tomonidan sogʻlom farzand tugʻilishiga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni kuchaytirishga;
bolalarning salomatligini mustahkamlash, taʼlim olishi va har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
“Mehribonlik” uylarida, maktab-internatlarda va ixtisoslashtirilgan maktablarda tarbiyalanayotgan bolalarga davlat tomonidan yordamni kuchaytirishga;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
ijtimoiy tafakkurda yetuk, har tomonlama kamol topgan va sogʻlom avlodning tugʻilishi va tarbiyalanishi uchun yuksak masʼuliyat psixologiyasini shakllantirishga, sogʻlom avlodning tugʻilishi va tarbiyalanishi masalalari boʻyicha aholiga yalpi bilim berish tizimini yaratishga yoʻnaltirilgan “Sogʻlom avlod” davlat dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
2. Belgilansinki, “Sogʻlom avlod” davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni, ularning ahamiyati va koʻlamlarini, sarf-xarajatlar hajmlarini va ijtimoiy oqibatlarini hisobga olgan holda, amalga oshirish 2000-yilda va keyingi yillarda tegishli resurslar bilan taʼminlanishi kerak.
Davlat dasturi topshiriqlarining unda belgilangan muddatlarga muvofiq soʻzsiz bajarilishi uchun oʻzlariga bogʻliq boʻlgan barcha chora-tadbirlarni koʻrish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish vazirliklar, idoralar, hududiy hokimiyat va boshqaruv organlari har bir rahbarining muhim insoniy burchi deb hisoblansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyul 358-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — 2004-y., 30-son, 344-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
5. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasida jamlanayotgan moliyaviy mablagʻlarning miqdorlari va manbalarini tanqidiy baholab chiqsinlar va bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Jamgʻarmani “Sogʻlom avlod” davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlaydigan miqdorlarda zarur moliyaviy manbalar bilan tubdan mustahkamlash;
viloyatlarda Jamgʻarma filiallarini tashkil etish, ularning tegishli moddiy-moliyaviy bazasini yaratish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Jamgʻarmani va uning hududiy filiallarini, birinchi navbatda, budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha takliflar kiritsinlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan muddatlarda tasdiqlashga kiritsin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan Xalqaro xayriya fondini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va kompaniyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari yilning har choragida oʻz majlislarida, manfaatdor organlar va tuzilmalarni jalb etgan holda, “Sogʻlom avlod” davlat dasturining bajarilishini koʻrib borsinlar. Yilning har choragi yakunlari boʻyicha yil choragidan keyingi oyning 5-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga hisobot davrida Davlat dasturi topshiriqlarining amalga oshirilishi yakunlari toʻgʻrisida tahliliy axborot taqdim etsinlar.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
7. Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalari qabul qilingan “Sogʻlom avlod” davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning roli va ahamiyati keng tushuntirib berilishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Markaziy televideniyeda va viloyatlar televideniyelarida hamda Toshkent shahar televideniyasida “Sogʻlom avlod — bu bizning kelajagimiz” maxsus muntazam koʻrsatuvini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Uni tayyorlashga yuqori malakali mutaxassislar, shifokorlar, psixologlar, ota-onalar, tarbiyachilar, yozuvchilar, jurnalistlar, sogʻlom avlod muhofazasiga daxldor barcha kishilar jalb etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 15-fevral,
46-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 24-son, 200-modda, 2004-y., 30-son, 344-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)