1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.02 Kapitalning harakatlanishi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari]
[TSZ:
1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3281]
1. Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-avgust,
18/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari (bundan buyon matnda rezidentlar deb yuritiladi) va norezidentlari (bundan buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi) tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.07.00 Valyuta hisobvaraqlari]
valyuta hisobvaraqlari — Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha, jamgʻarma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlar;
ichki valyuta bozori — valyuta birjasida, Oʻzbekiston Respublikasi banklari oʻrtasida hamda bevosita tijorat banklarida mijozlar bilan amalga oshiriladigan chet el valyutasini sotib olish va sotish;
ichki valyuta operatsiyalari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida amalga oshiriladigan operatsiyalar.
2. Ichki valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
bojsiz savdo doʻkonlaridagi hisob-kitoblar, shuningdek xalqaro tashishlarda transport vositalarining qatnov yoʻllarida yoʻlovchilarga tovarlarni realizatsiya qilish va xizmatlar koʻrsatish chogʻidagi hisob-kitoblar bilan bogʻliq operatsiyalar;
vositachilar (vakillar) tomonidan norezidentlar bilan tovarlarni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, axborot va intellektual faoliyat natijalarini, ularga boʻlgan mutlaq huquqlarni berish boʻyicha shartnomalar tuzish hamda ularni bajarish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish chogʻida vositachilar (vakillar) va komitentlar (ishonch bildiruvchilar) oʻrtasidagi operatsiyalar, shu jumladan komitentlarga (ishonch bildiruvchilarga) pul summalarini (boshqa mol-mulkni) qaytarishga doir operatsiyalar;
tuzilgan shartnomalar asosida transport-ekspeditorlik xizmatlarini realizatsiya qilishdan ekspeditorlik kompaniyalarining hisobvaragʻiga xorijdan kelib tushayotgan chet el valyutasidagi mablagʻlarni hisob-kitob qilishni va oʻtkazishni nazarda tutuvchi operatsiyalar;
jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga xizmat safarlari amalga oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlarini toʻlash va ularning oʻrnini qoplash boʻyicha operatsiyalar, shuningdek xizmat safarlari munosabati bilan berilgan, sarflanmay qolgan boʻnakni qaytarishga doir operatsiyalar;
rezident jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlardan boshqa rezident jismoniy shaxslar foydasiga ularning Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga nosavdo operatsiyalar boʻyicha oʻtkazmalar;
agar oxirgi xaridor yoki sotuvchi norezident boʻlsa, vositachilar (vakillar) tomonidan majburiyatlar kliring natijalari boʻyicha bajarilishi lozim boʻlgan shartnomalarni tuzish va bajarish bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish chogʻida vositachilar (vakillar) va komitentlar (ishonch bildiruvchilar) oʻrtasidagi operatsiyalar;
majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida valyuta qimmatliklaridan foydalanish, shuningdek ularni undirish bilan bogʻliq operatsiyalar;
yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) valyuta qimmatliklarini kiritish va qaytarish bilan bogʻliq operatsiyalar;
bank xizmatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq operatsiyalar;
xayriya faoliyati bilan bogʻliq operatsiyalar;
meros huquqi boʻyicha valyuta qimmatliklarini olish bilan bogʻliq operatsiyalar;
mazkur Qoidalarning 45-bandida belgilangan holatlarda naqd chet el valyutasini qabul qilish bilan bogʻliq operatsiyalar;
ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalari;
norezident yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari, daromadlari va qonuniy yoʻl bilan topilgan boshqa mablagʻlarini ushbu norezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilgan vakolatxona yoki doimiy muassasaga oʻtkazish operatsiyalari;
tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida norezidentlar tomonidan, shu jumladan birja brokerlari orqali tovarlarni sotish va sotib olish bilan bogʻliq oʻtkazmalar;
qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida norezidentlar tomonidan, shu jumladan birja brokerlari va investitsiya vositachilari orqali aksiyalarni sotish va sotib olish bilan bogʻliq oʻtkazmalar;
xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga konsullik yigʻimlarini toʻlash;
sudlarning qarorlari asosida pul mablagʻlarini toʻlash.
Ichki valyuta operatsiyalari rezidentlar va norezidentlar tomonidan ushbu Qoidalarga muvofiq cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
3. Rezidentlar va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida hisobvaraqlarni ochish Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi banklari xorijiy banklar bilan tuzilgan shartnomalarga (kelishuvlarga, bitimlarga) asosan milliy va chet el valyutasida oʻzaro vakillik hisobvaraqlari ochishlari hamda ushbu hisobvaraqlardan shartnomada koʻrsatilgan maqsadlar doirasida foydalanishlari mumkin.
5. Xalqaro moliya institutlarining Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlaridan tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarda koʻrsatilgan maqsadlarda foydalaniladi.
6. Rezident yuridik shaxslarning nomiga kelib tushayotgan valyuta mablagʻlari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida yoxud Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ularning Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga kiritilishi shart.
7. Norezidentlar Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan milliy valyutadagi hisobvaraqlariga qonuniy yoʻl bilan topilgan mablagʻlari kiritiladi va ulardan mazkur Qoidalarga muvofiq mustaqil ravishda foydalanadilar.
8. Rezidentlar va norezidentlar Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi oʻz hisobvaraqlaridan mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasining boshqa banklarida ochilgan oʻz hisobvaraqlariga cheklovlarsiz oʻtkazishlari mumkin.
9. Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalari valyuta pozitsiyasiga nisbatan oʻrnatilgan limitlar doirasida amalga oshiriladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va tijorat banklari bevosita oʻzlari oʻrtasida, oʻz mijozlari bilan, shuningdek valyuta birjasi orqali valyutaviy svop operatsiyalarini Xalqaro svoplar va derivativlar assotsiatsiyasining (International Swaps and Derivatives Association — ISDA) svop bitimini tuzishning namunaviy shartlari va tavsiyalari asosida amalga oshiradilar.
11. Kapital harakati operatsiyalari Kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomda (roʻyxat raqami 2536, 2013-yil 17-dekabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12. Tijorat banklari valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga toʻliq rioya etishlari lozim.
13. Rezident yuridik shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning chet el valyutasidagi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan valyuta hisobvaraqlarida saqlanadi va ular ushbu mablagʻlardan mazkur Qoidalarga muvofiq mustaqil ravishda foydalanadilar.
14. Rezident yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqlarni ochish uchun asos boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida yoxud Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Xorijiy davlatlarda hisobvaraqlar ochgan rezident yuridik shaxslar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmatiga hamda asosiy hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga hisobvaraqlar ochilganligi (yopilganligi) toʻgʻrisida va hisobvaraqlarning rekvizitlari oʻzgarganligi haqida, shuningdek ushbu hisobvaraqlardagi qoldiqlar va aylanmalar toʻgʻrisida maʼlumotlar ilovada keltirilgan shaklga muvofiq taqdim etiladi.
15. Rezident yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning valyuta hisobvaraqlariga ichki va xalqaro valyuta operatsiyalari boʻyicha chet el valyutasi kiritilishi mumkin.
Valyuta hisobvaraqlardagi mablagʻlardan hisobvaraq egasining topshirigʻiga koʻra:
ichki valyuta operatsiyalari uchun;
joriy xalqaro operatsiyalar uchun;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kapital harakati operatsiyalari uchun;
16. Rezident jismoniy shaxslarning nomiga kelib tushayotgan valyuta mablagʻlari ularning hisobvaraqlariga cheklovlarsiz kiritiladi hamda ushbu mablagʻlardan mustaqil ravishda foydalaniladi.
3-bob. Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish
17. Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan, immunitet va diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari, shuningdek xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasidagi boshqa xorijiy tashkilotlar vakolatxonalarining (bundan buyon matnda norezidentlarning vakolatxonalari deb yuritiladi) chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga:
Oʻzbekiston Respublikasining hududida olingan konsullik yigʻimlari;
vakolatxona tashkil etgan norezidentning xorijdagi hisobvaragʻidan oʻtkazilgan mablagʻlar;
vakolatxona tashkil etgan norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari, daromadlari va qonuniy yoʻl bilan topilgan boshqa mablagʻlari;
ichki valyuta bozorida sotib olingan mablagʻlar;
yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida xorijdan olib kelingan naqd chet el valyutasi, bundan deklaratsiya toʻldirish talab etilmaydigan holatlar mustasno;
xorijdan hisobvaraq egasi nomiga pochta joʻnatmalari orqali yuborilgan naqd chet el valyutasi kiritilishi mumkin.
Norezidentlar vakolatxonalarining chet el valyutasidagi hisobvaraqlardagi mablagʻlardan hisobvaraq egasining topshirigʻiga koʻra:
vakolatxona tashkil etgan norezidentning xorijdagi hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun;
chet elga nosavdo tusdagi pul oʻtkazmalarini amalga oshirish uchun;
chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha bankning vositachilik haqini, xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga joʻnatilishi bilan bogʻliq xarajatlarni (shu jumladan, naqd shaklda) toʻlash uchun;
18. Norezidentlar doimiy muassasalarining chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga:
doimiy muassasa tashkil etgan norezidentning xorijdagi hisobvaragʻidan oʻtkazilgan mablagʻlar;
doimiy muassasa tashkil etgan norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari, daromadlari va qonuniy yoʻl bilan topilgan boshqa mablagʻlari;
ichki valyuta bozorida sotib olingan mablagʻlari;
joriy xalqaro operatsiyalariga oid oʻtkazmalar kiritilishi mumkin.
Norezidentlar doimiy muassasalarining chet el valyutasidagi hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan hisobvaraq egasining topshirigʻiga koʻra:
doimiy muassasani tashkil etgan norezidentning xorijdagi hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun;
chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha bankning vositachilik haqini, xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga joʻnatilishi bilan bogʻliq xarajatlarni (shu jumladan, naqd shaklda) toʻlash uchun;
joriy xalqaro operatsiyalar uchun foydalanilishi mumkin.
19. Tovar-xom ashyo birjalarida tovarlarni va (yoki) qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida aksiyalarni sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga:
ushbu savdolarda ishtirok etayotgan norezident yuridik shaxsning xorijdagi hisobvaragʻidan oʻtkazilgan mablagʻlar;
ichki valyuta bozorida sotib olingan mablagʻlar;
tovar-xom ashyo birjalarida tovarlarni va (yoki) qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida aksiyalarni sotishdan tushgan mablagʻlar kiritilishi mumkin.
Tovar-xom ashyo birjalarida tovarlarni va (yoki) qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida aksiyalarni sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlaridagi mablagʻlar hisobvaraq egasining topshirigʻiga koʻra:
tovar-xom ashyo birjalarida tovarlarni va (yoki) qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida aksiyalarni sotib olish uchun foydalanilishi;
tovar-xom ashyo birjalarida tovarlarni va (yoki) qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida ishtirok etayotgan norezident yuridik shaxsning xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazilishi mumkin.
20. Norezident jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga:
yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida (deklaratsiya toʻldirish talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno) xorijdan olib kelingan naqd chet el valyutasi;
tovar-xom ashyo birjalarida tovarlarni va (yoki) qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida aksiyalarni sotishdan olingan mablagʻlar hisobiga norezidentlar tomonidan, shu jumladan norezidentlar nomidan birja brokerlari va investitsiya vositachilari orqali valyuta mablagʻlarini sotib olish va sotish.
Ichki valyuta bozorida chet el valyutasining sotib olinishi va sotilishi rezidentlar va norezidentlar tomonidan joriy xalqaro operatsiyalar boʻyicha, shuningdek norezidentlarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari va daromadlarini repatriatsiya qilish maqsadlari uchun cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi Yagona gʻazna hisobvaragʻidan foydalangan holda xizmat koʻrsatiladigan buyurtmachilar tomonidan chet el valyutasining sotib olinishi va sotilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 329-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari chet el valyutasidagi mablagʻlarining gʻazna ijrosi tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
23. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar chet el valyutasini sotib olish yoki sotish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka buyurtma taqdim etadilar. Bunda buyurtma shakli bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi va unda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi shart:
mijoz nomi;
valyuta turi va summasi;
sotib olish yoki sotish kursi.
Chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etiladigan buyurtmalarda qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi:
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish yoki sotish uchun buyurtmalar xizmat koʻrsatuvchi banklarga masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali elektron koʻrinishda ham taqdim qilinishi mumkin.
Buyurtmada qayd etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik mazkur buyurtmani taqdim etgan xoʻjalik yurituvchi subyekt zimmasiga yuklatiladi.
Chet el valyutasidagi kredit va lizinglarga xizmat koʻrsatish, xorijiy investorlar foydasi, dividend va boshqa daromadlarni repatriatsiya qilish maqsadida chet el valyutasini sotib olishda, xizmat koʻrsatuvchi banklar ushbu operatsiyalarning haqqoniyligini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlarni talab qilishga haqlidir.
24. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etilgan buyurtmani koʻrib chiqish xizmat koʻrsatuvchi banklarning tegishli tarkibiy boʻlinmasi (bundan buyon matnda tarkibiy boʻlinma deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etilgan buyurtmalar tarkibiy boʻlinma tomonidan qabul qilingan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi hamda natijasi boʻyicha buyurtmani qanoatlantirish yoki uni asoslantirilgan holda rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlanadi va tasdiqlanadi.
Tarkibiy boʻlinma faoliyatini nazorat qilish hamda buyurtmani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha tayyorlangan xulosani tasdiqlash bank boshqaruvi raisining tegishli oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Buyurtma boʻyicha xulosalarning qonuniyligi uchun uni tasdiqlagan bank boshqaruvi raisining tegishli oʻrinbosari javobgar hisoblanadi.
25. Chet el valyutasini sotib olish yoki sotish uchun tomonlar kelishuviga koʻra bir martalik bosh shartnoma yoki har bir operatsiya boʻyicha alohida shartnomalar rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda shartnomalar xizmat koʻrsatuvchi banklarning tegishli dasturiy taʼminot vositasi orqali elektron shaklda ham tuzilishi mumkin.
26. Xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan ichki valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasini kirim qilish uchun mijoz nomiga maxsus hisobvaraqlar ochiladi.
Maxsus valyuta hisobvaragʻiga ushbu hisobvaraqdan ilgari chiqarilgan va foydalanilmagan, shuningdek boshqa sabablarga koʻra qaytarilgan chet el valyutasi ham kirim qilinadi.
27. Qanoatlantirish toʻgʻrisida xulosa tasdiqlangan buyurtmalar boʻyicha tijorat banki va mijozlar oʻrtasidagi barcha hisob-kitoblar ikki bank ish kunidan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi.
Ikki bank ish kunida hisob-kitoblar yakunlanmagan boʻlsa, kelishuv bekor qilingan hisoblanadi. Bunda xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan mijozning buyurtmasiga asosan valyuta birjasidan sotib olingan mablagʻlar valyuta birjasiga qayta sotilishi lozim.
29. Bank mijozi tomonidan sotib olinib, mijozning maxsus valyuta hisobvaragʻiga kiritilgan vaqtdan eʼtiboran yetti bank ish kuni mobaynida foydalanilmagan valyuta mablagʻlari, ushbu muddat tugagandan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda tijorat banklariga qayta sotilishi shart.
Maxsus valyuta hisobvaragʻidan ilgari chiqarilgan va foydalanilmagan, shuningdek boshqa sabablarga koʻra qaytarilgan chet el valyutasi ham uch bank ish kuni mobaynida tijorat banklariga qayta sotilishi yoki buyurtmada koʻrsatilgan maqsadlar uchun takroran oʻtkazib berilishi lozim.
30. Ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyalari chet el valyutasiga boʻlgan talab va taklif asosda shakllanadigan valyuta kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
31. Birja savdolarining tashkil qilinishi va oʻtkazilishi valyuta birjasining ichki qoidalariga asosan amalga oshiriladi.
5-bob. Jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi
32. Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalari cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Norezident jismoniy shaxslarga chet el valyutasini sotish ular tomonidan respublika hududida milliy valyuta mablagʻlarining qonuniy manbalardan olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi. Bunda operatsiya summasi taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan summa miqdoridan oshmasligi lozim.
33. Tijorat banklari jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda Markaziy bankning Banklararo yagona elektron tizimidan foydalanadilar.
Banklararo yagona elektron tizimidan foydalanish uchun tijorat banklari valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi chakana amaliyotlar kassalari, bank xizmatlari ofislari, banklarning tegishli tarkibiy boʻlinmalari hamda valyuta ayirboshlash shoxobchalarining joylashgan joyi (pochta manzili) koʻrsatilgan holda Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga maʼlumot taqdim etadi.
Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi chakana amaliyotlar kassalari, bank xizmatlari ofislari, banklarning tegishli tarkibiy boʻlimlari hamda valyuta ayirboshlash shoxobchalarini roʻyxatga oladi va Banklararo yagona elektron tizimiga kiritish uchun tegishli maʼlumotni Markaziy bankga taqdim etadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash operatsiyalari avtomatlashtirilgan bank shoxobchalari (bankomatlar) hamda masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali amalga oshirilganda Banklararo yagona elektron tizimdan foydalanish talab etilmaydi.
34. Chet el valyutasini sotib olish va sotish kurslari tijorat banklari tomonidan chet el valyutasiga boʻlgan talab va taklifni hisobga olgan holda mustaqil ravishda belgilanadi va ushbu kurslarga tijorat banklari tomonidan operatsion kun davomida oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
35. Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan barcha turdagi valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshiriladi.
Tijorat banklari tomonidan shikastlanish belgilari mavjud muomalaga yaroqli banknotalar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek muomalaga yaroqsiz banknotalarni inkassoga qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
36. Emitent-davlat tomonidan banknotaga nisbatan oʻrnatilgan talablarga javob beradigan asosiy belgilarga (emitent bank nomi, seriya va tartib raqami, valyuta nominalining raqamlar va soʻz bilan koʻrsatilishi, old va orqa tomonining asosiy tasviri (surati, portreti), qalbakilashtirilishidan himoya qiluvchi elementlari (suv belgisi, magnitli belgilar, qogʻozga kiritilgan rangli tolalar, jumladan ultrabinafsha nurlarda koʻrinadigan tolalar, konfetti (rangli qogʻoz tangachalar), himoya iplari, mikromatn, nur sochuvchi rasmlar va boshqalar) ega boʻlgan banknota qonuniy toʻlov vositasi hisoblanadi.
37. Quyidagi shikastlanish belgilari mavjud boʻlgan banknotalar muomalaga yaroqli qonuniy toʻlov vositasi hisoblanadi:
banknota tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan boʻlsa (siyqalanish banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortigʻini toʻsib qoʻymagan holatlar bundan mustasno);
banknota enining (boʻyining) toʻrtdan bir qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqlarga ega boʻlsa;
yopishtirib qoʻyilgan burchaklari yoki qismlari (1 sm2 dan oshmagan) boʻlsa hamda yirtib olingan burchaklari yoki qismlar aniq ushbu banknotaga tegishli boʻlsa;
mayda dogʻlar, yozuvlar, shtamp izi boʻlganda (bunda yozuv yoki shtamp izi ikki donadan ortiq boʻlsa, banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar bundan mustasno) hamda ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortigʻini toʻsib qoʻymagan boʻlsa;
banknotada diametri 1 mm dan oshmagan va ikkitadan ortiq teshiklar boʻlsa, bunda teshiklar banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortigʻini toʻsib qoʻymagan boʻlishi kerak.
38. Mazkur Qoidalarning 37-bandida koʻrsatilgan meʼyorlardan ortiq boʻlgan va quyidagi shikastlanish belgilari mavjud boʻlgan banknotalar muomalaga yaroqsiz hisoblanadi:
boʻlaklarga ajratilgan, shu jumladan yopishtirilgan boʻlsa;
dastlabki rangi oʻzgargan yoki rangi oʻchgan boʻlsa;
yongan yoki kuygan holatda boʻlsa;
qonuniy toʻlov vositasi ekanligini koʻrsatuvchi asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortiq qismiga moy, boʻyoq yoki siyoh toʻkilgan boʻlsa;
banknotada kimyoviy reaktivlar taʼsiri boʻlsa;
muayyan darajada qasddan shikastlangan holda tasvir (surat, portret) oʻzgartirilganda, nominali oʻzgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar boʻlsa;
banknotlar aniq bosma xatoga ega boʻlgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yoʻqligi yoki notoʻgʻri joylashganligi), tasvirlari toʻliq bosilmagan yoki surkalib ketgan boʻlsa;
banknota geometrik oʻlchamining 3 mm ga teng yoki undan ortiqqa oʻzgargan boʻlsa;
banknota tasvirini (suratini, portretini, shaklini) aniqlash imkonini bermaydigan darajada sezilarli siyqalangan va ifloslangan boʻlsa;
oʻzining qattiqlik darajasini sezilarli darajada yoʻqotib, yumshoq holga kelgan banknotlar.
Tegishli xorijiy davlatning emitent banki tomonidan eʼlon qilingan sanadan keyin muomaladan chiqarilgan hamda banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar mavjud boʻlgan banknotalar toʻlovga yaroqsiz deb eʼtirof etiladi.
39. Tegishli xorijiy davlatning emitent banki tomonidan eʼlon qilingan sanadan keyin muomaladan chiqarilgan hamda banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar mavjud boʻlgan banknotalar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilmaydi.
40. Jismoniy shaxslar tijorat bankining masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlaridan foydalangan holda chet el valyutasini sotishi, sotib olishi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun jismoniy shaxslar masofaviy xizmat koʻrsatish tizimini kompyuter qurilmasiga (shu jumladan, planshet, mobil telefon va boshqa qurilmalarga) yuklab oladi hamda undan foydalanish shartlari bilan bogʻliq ofertani akseptlaydi.
41. Valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ochish va yopish, xavfsizlik talablari, shuningdek ayirboshlash operatsiyalarida qimmatliklar bilan ishlash Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
42. Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi tijorat banki xodimlariga quyidagilar taqiqlanadi:
valyuta ayirboshlash operatsiyalarini sirtdan amalga oshirish;
tegishli maʼlumotnoma bermasdan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini bajarish yoki valyuta ayirboshlash operatsiyasini bajarmasdan tegishli maʼlumotnomalarni berish.
43. Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini rasmiylashtirishda foydalaniladigan blanklar shakli, shuningdek shoxobcha xodimlari soni tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshiruvchi tarikibiy tuzilmalarning qonun hujjatlari talablariga muvofiq faoliyat yuritishi tijorat banki tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib boriladi.
44. Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kassalariga AQSH dollari, ingliz funt sterlingi, Yevro, shveysariya franki, yapon iyenasi hamda tijorat banklarining ixtiyoriga koʻra boshqa chet el valyutalari qabul qilinishi mumkin.
xorijda oʻtkazilgan koʻrgazma va yarmarkalarda sotilgan tovarlar uchun;
bojsiz savdo doʻkonlaridagi hisob-kitoblar, shuningdek xalqaro tashishlarda transport vositalarining qatnov yoʻllarida yoʻlovchilarga tovarlarni realizatsiya qilish va xizmatlar koʻrsatish chogʻidagi hisob-kitoblar bilan bogʻliq operatsiyalar uchun;
xorijiy xizmat safari xarajatlari uchun olingan boʻnaklarning qaytarilishida;
bank xizmatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq operatsiyalar uchun;
yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) mablagʻlarni kiritish uchun;
xayriya faoliyati bilan bogʻliq operatsiyalar uchun;
eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun;
norezident jismoniy shaxs tomonidan tashqi savdo shartnomasi boʻyicha debitor qarzdorliklarni soʻndirish uchun;
norezidentlarning vakolatxonalari nomiga xorijdan olib kelingan yoki pochta joʻnatmalari orqali yuborilgan naqd chet el valyutasi;
milliy tashuvchilar (rezidentlar) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida transport ekspeditsiyasi (yuklarni tashish) shartnomalari boʻyicha xalqaro tovar-transport yuk xati asosida norezidentlardan olingan naqd chet el valyutasi.
46. Mazkur Qoidalarning 45-bandi oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda norezident jismoniy shaxs tomonidan quyidagi hujjatlardan biri taqdim etilganda naqd chet el valyutasi bank tomonidan qabul qilinadi, bundan qonun hujjatlariga muvofiq yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi toʻldirilishi talab etilmaydigan holatlar mustasno:
norezident jismoniy shaxs tomonidan naqd chet el valyutasi xorijdan olib kelganligini tasdiqlovchi yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi, tegishli ishonchnoma asosida;
norezident jismoniy shaxs nomiga uning Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga chet eldan kelib tushgan mablagʻlarning yechilganligini tasdiqlovchi bank maʼlumotnomalari.
Norezidentlardan bank kassasiga qabul qilingan valyuta mablagʻlarining summasi yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatiladi hamda bank shtampi bilan tasdiqlanadi. Mazkur yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasining nusxasi kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Naqd chet el valyutasi norezident tomonidan berilgan ishonchnoma asosida rezident jismoniy shaxslardan qabul qilinganda, pul mablagʻlari ushbu rezident jismoniy shaxs tomonidan xorijdan olib kelinganligini tasdiqlovchi yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi taqdim etilishi lozim.
Qonun hujjatlariga muvofiq naqd chet el valyutasini xorijdan olib kirishda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi toʻldirilishi talab etilmaydigan miqdordagi valyuta mablagʻlari bank kassalariga topshirilganda asoslantiruvchi hujjat talab etilmaydi.
47. Tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va olib kirish Markaziy bankning ruxsati asosida amalga oshiriladi.
48. Markaziy bankning ruxsatini olish uchun tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga moʻljallangan valyutaning turi, uning summasi, valyuta mablagʻlari qaysi davlatga olib chiqilishi (davlatdan olib kirilishi), xorijiy bankning nomi, naqd valyuta mablagʻlarini olib chiqish (olib kirish) maqsadlari koʻrsatilgan arizani Markaziy bankka taqdim etadi.
49. Tijorat banklarining naqd valyuta mablagʻlarini olib kirish yoki olib chiqish uchun murojaati Markaziy bank tomonidan uch bank ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tijorat banklariga naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun ruxsat beriladi.
Tijorat banklariga naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun ruxsat berishni rad qilish faqat tijorat banklarining murojaati mazkur Qoidalarning 48-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda amalga oshiriladi.
Bank identifikatsiyasi kodi (BIK) yoki CODE (SWIFT)
Chel eldagi bank joylashgan mamlakat kodi
Chet eldagi bank joylashgan mamlakat nomi
Chet eldagi bankning toʻliq manzili
1
2
3
4
5
6
7
8
Jadvalning davomi
T/r
Mijoz nomi
Chet eldagi bankda ochilgan hisobvaraq
Chet eldagi bankda ochilgan hisobvaraq valyuta kodi
Chet el bankida hisobvaraq ochilgan sana
Chet elda hisbvaraq ochish uchun asos boʻluvchi hujjat
Chet el bankida hisobvaraq yopilgan sana
Hisobvaraq holati belgisi
9
10
11
12
13
14
Jadvalning davomi
T/r
Mijoz nomi
Hisobot davri boshiga hisobvaraqdagi qoldiq summa
Davr (oy)
Chet el bank hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlari
Chet el bank hisobvaragʻidan pul mablagʻlari oʻtkazmasi
Hisobot davri oxiriga hisobvaraqdagi qoldiq summa
summa
toʻlovchining davlati
toʻlov maqsadi
summa
qabul qiluvchining davlati
toʻlov maqsadi
15
16
17
18
19
20
21
22
23
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29 avgusidagi 18/5-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998-yil 5-sentabrda 231-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibi (roʻyxat raqami 510, 1998-yil 22-oktabr).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 21-fevraldagi 231-1 son “Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 510-1, 2004-yil 29-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 13-son, 160-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2009-yil 26-dekabrdagi 38/11-son “Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 510-2, 2010-yil 4-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 47-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 26-noyabrdagi 35/3-son “Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 510-3, 2011-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 553-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/7-son “Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 510-4, 2018-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 31-son, 648-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/7-son “Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 510-5, 2019-yil 25-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 13-son, 244-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 20-iyuldagi 16/6-son “Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 510-6, 2019-yil 23-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 34-son, 616-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998-yil 5-sentabrda 232-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish tartibi (roʻyxat raqami 511, 1998-yil 22-oktabr).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1999-yil 20-fevralda 232-1-son bilan tasdiqlangan Vakolatli banklarda chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga 1-sonli oʻzgartirish (roʻyxat raqami 511-1, 1999-yil 1-mart).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 1-martdagi 232-2-son “Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 511-2, 2003-yil 27-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 31-iyuldagi 232-3-son “Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 511-3, 2003-yil 12-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son).
12. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 21-fevraldagi 232-4-son “Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 511-4, 2004-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 13-son, 165-modda).
13. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2009-yil 26-dekabrdagi 38/12-son “Vakolatli banklarda chet el valyutasidagi hisobvaraqlarning yuritilishi tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 511-5, 2010-yil 4-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 48-modda).
14. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 26-noyabrdagi 35/2-son “Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 511-6, 2011-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 554-modda).
15. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/3-son “Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 511-7, 2013-yil 3-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 638-modda).
16. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 26-avgustdagi 21/7-son “Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 511-8, 2017-yil 12-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1016-modda).
17. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/3-son “Tijorat banklar tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritilishi tartibiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 511-9, 2017-yil 23-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 47-son, 1174-modda).
18. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/7-son “Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 511-10, 2018-yil 4-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 23-son, 477-modda).
19. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/8-son “Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 511-11, 2018-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 31-son, 649-modda).
20. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/6-son “Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 511-12, 2019-yil 25-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 13-son, 245-modda).
21. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 28-iyundagi 15/1-son “Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1839, 2008-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 293-modda).
22. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 21-maydagi 16/1-son “Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1839-1, 2011-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 242-modda).
23. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-son “Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1839-2, 2018-yil 4-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 23-son, 478-modda).
24. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/9-son “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3029, 2018-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 26-son, 532-modda).
25. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/3-son “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3029-1, 2018-yil 11-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 50-son, 959-modda).
26. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 20-iyuldagi 16/3-son “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3029-2, 2019-yil 6-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 32-son, 566-modda).
27. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-son “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3029-3, 2019-yil 17-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 42-son, 808-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2020-y., 10/20/3281/1242-son; 26.03.2021-y., 10/21/3281-1/0237-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 09.02.2023-y., 10/23/3281-2/0082-son; 21.12.2023-y., 10/23/3281-3/0952-son; 01.04.2025-y., 10/25/3281-4/0295-son; 23.04.2026-y., 10/26/3281-5/0408-son; 17.07.2026-y., 10/26/3281-6/0744-son)