1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.02 Kapitalning harakatlanishi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar);
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1839-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 28-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1839, 2008-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 293-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-aprel,
16/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/6-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“valyutaviy svop operatsiyalari boʻyicha bank mijozlari (bundan keyingi oʻrinlarda bank mijozlari deb yuritiladi) — tijorat banklarida chet el valyutasida talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga ega boʻlgan va qonunchilikka muvofiq joriy xalqaro operatsiyalarni amalga oshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlardir;”;
“svop bitimining bazaviy kursi — svop bitimi tuziladigan sanadagi spot-kurs. Soʻm va chet el valyutasi yoki ikki chet el valyutasi oʻrtasidagi svop bitimini tuzishda svop bitimining bazaviy kursi (spot-kurs) tomonlarning ixtiyoriga koʻra erkin belgilanadi;”.
“4. Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirishda chet el valyutasi sifatida ularning xohishiga koʻra istalgan chet el valyutalaridan foydalanilishi mumkin.”.
“5. Markaziy bank va tijorat banklari oʻrtasidagi, shuningdek tijorat banklarining oʻzaro valyutaviy svop operatsiyalari Savdo tizimida tuziladi va bajariladi.”.
6. 6, 7, 10, 29, 36, 37, 41 va 47-bandlardagi hamda III bob nomidagi “vakolatli banklar” degan soʻzlar “tijorat banklari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“27. Markaziy bank va tijorat banklari oʻrtasidagi valyutaviy svop operatsiyalari Markaziy bank va tijorat banki oʻrtasida valyutaviy svop operatsiyalarini oʻtkazish boʻyicha tuzilgan Bosh shartnomaga (bundan keyingi oʻrinlarda Bosh shartnoma deb yuritiladi) muvofiq oʻtkaziladi.
Bosh shartnomada qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa shartlar bilan bir qatorda, quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
svop bitimi tuziladigan ikki asbobning nomi;
Markaziy bank va tijorat banklari oʻrtasida svop bitimini amalga oshirishning majburiy shartlari;
“34. Valyutaviy svop operatsiyalari boʻyicha xarid qilingan chet el valyutasi faqatgina joriy xalqaro operatsiyalari boʻyicha amalga oshirilayotgan toʻlovlar uchun sarflanishi mumkin.”