Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/9-son qarori (roʻyxat raqami 3029, 2018-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 26-son, 532-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
2.
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Chet el valyutasini ayirboshlash operatsiyalari bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdoriga teng boʻlgan yoki undan oshgan hollarda, jismoniy shaxslardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (YTTdan qoʻshimcha ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi) talab etiladi (chet el valyutalarini sotish operatsiyasi bundan mustasno) va ushbu hujjat nusxalari operatsiyalarni amalga oshirgan xodimlar tomonidan bank kunlik hujjatlariga tikib qoʻyiladi.”.
3. 2-bob
nomidagi va
6-banddagi “valyuta ayirboshlash operatsiyalarini” degan soʻzlar “naqdsiz shaklda chet el valyutasini sotish operatsiyasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
10-banddan “ariza hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 3-bob
nomi “tomonidan” degan soʻzdan keyin “naqdsiz shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7.
34-band “detektor yoki tester,” degan soʻzlardan keyin “toʻlov terminallari,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. 41-bandning
beshinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Quyidagi mazmundagi 471-band bilan toʻldirilsin:
“471. Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida rezident jismoniy shaxslarga ekvivalenti 100 AQSh dollarigacha (shu jumladan, ekvivalenti 100 AQSh dollariga teng miqdorda) naqd chet el valyutasini sotish operatsiyasi ulardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab etilmagan holda shoxobchaga topshirgan naqd yoki shaxsiy bank kartasidan echib olingan milliy valyuta miqdori doirasida amalga oshiriladi.”.
10. 48-bandning
birinchi xatboshisidan “xalqaro joriy operatsiyalar amalga oshirilishi natijasida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11.
49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
rezident jismoniy shaxslarga sotilganda, mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq 09007-son shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. 09007-son shakldagi maʼlumotnomaning bir nusxasi rezident jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi (ekvivalenti 100 AQSh dollaridan oshgan miqdordagi chet el valyutasi sotilganda) va boshqa hujjatlar bilan birga;
norezident jismoniy shaxslarga sotilganda, mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq 09007-son shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. 09007-son shakldagi maʼlumotnomaning bir nusxasi norezident jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi, tegishliligi boʻyicha terminal (bankomat) cheki yoxud respublika hududida milliy valyuta mablagʻlarining qonuniy manbalardan olinganligini tasdiqlovchi va boshqa hujjatlar bilan birga mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq shakldagi 09010-son reyestrga ilova qilinadi va hisobot tuzish uchun asos hisoblanadi.”.
12.
10-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning
ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.