Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 5-sentabrda 231-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish
tartibiga (roʻyxat raqami 510, 1998-yil 22-oktabr)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 2.1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.”.
2. 4.1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.1. Bank faoliyati bilan shugʻullanish yoki xorijiy valyutada operatsiyalarni oʻtkazish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan xorijiy banklar Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklarida “loro” korrespondentlik hisobvaraqlarini ochishlari mumkin.”.
3. 4.3-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa joriy xalqaro operatsiyalardan olingan, shuningdek, norezidentlarning qimmatli qogʻozlarni sotishdan tushgan mablagʻlari.”.