Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/9-son qarori (roʻyxat raqami 3029, 2018-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 26-son, 532-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Valyuta ayirboshlash operatsiyalari ikki nafar xodim — nazoratchi va kassir ishtirokida amalga oshiriladi.
Valyuta ayirboshlash shoxobchasida ish hajmidan kelib chiqib zaruriyat boʻlganda bank rahbarining buyrugʻiga asosan xodimlar soni koʻpaytirilishi yoki bitta (bir vaqtning oʻzida nazoratchi va kassir vazifasini bajaruvchi sifatida) xodimgacha kamaytirilishi mumkin. Bunda xodimlar sonini bittagacha qisqartirishga faqat bank va bank xizmatlari ofisida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari hamda chakana amaliyot kassalarida ruxsat etiladi.”.
2.
44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Taqdim etilgan chet el valyutasining haqiqiyligi va muomalaga yaroqliligi texnik vositalar yordamida tekshirilgandan soʻng valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshiriladi.”.
“banknota tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan boʻlsa (siyqalanish banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortigʻini toʻsib qoʻymagan holatlar bundan mustasno);”;
“mayda dogʻlar, yozuvlar, shtamp izi boʻlganda (bunda yozuv yoki shtamp izi ikki donadan ortiq boʻlsa, banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar bundan mustasno) hamda ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortigʻini toʻsib qoʻymagan boʻlsa;
banknotada diametri 1 mm dan oshmagan va ikkitadan ortiq teshiklar boʻlsa, bunda teshiklar banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortigʻini toʻsib qoʻymagan boʻlishi kerak.”.
“58. Mazkur Nizomning 56-bandida koʻrsatilgan meʼyorlardan ortiq boʻlgan va quyidagi shikastlanish belgilari mavjud boʻlgan banknotalar muomalaga yaroqsiz hisoblanadi:”.