1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 24-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 30-noyabrda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari]
Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqini amalga oshirish, shuningdek kasaba uyushmalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida”gi 615-son qarori.
2-modda. Kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari]
Kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.03.00.00 Qurolli Kuchlar / 15.03.01.00 Qurolli Kuchlarni boshqarish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
Qonunchilikda ushbu Qonunni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, ichki ishlar organlarida, Davlat xavfsizlik xizmatida, Milliy gvardiyasida va boshqa harbiy tuzilmalarda qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari belgilanishi mumkin.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari]
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
kasaba uyushmasi — fuqarolarning oʻz faoliyati yoki oʻqishi turi boʻyicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, oʻz ustavi asosida faoliyat koʻrsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 73-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 2-moddasi.
boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti — bir yoki bir nechta ish beruvchida ishlaydigan yoki tegishli taʼlim muassasasida oʻqiydigan kasaba uyushmasi aʼzolarining tegishli kasaba uyushmasi ustavi asosida faoliyat koʻrsatadigan ixtiyoriy birlashmasi;
kasaba uyushmalarining birlashmasi — xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini amalga oshirish hamda himoya qilishda harakatlarning muvofiqlashtirilishiga va birligiga erishish maqsadida tarmoqqa doir, hududiy yoki kasbiy oʻziga xoslikni hisobga oluvchi boshqa belgi boʻyicha tuziladigan ixtiyoriy birlashma;
kasaba uyushmasining boʻlinmasi — kasaba uyushmasining ustaviga muvofiq tashkil etiladigan, tegishli hududda uning vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini amalga oshiradigan boʻlinma.
4-modda. Kasaba uyushmalariga birlashish huquqi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.03 Kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi]
Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida taʼlim olayotgan, oʻn besh yoshga toʻlgan shaxslar (bundan buyon matnda xodimlar deb yuritiladi) hech qanday tafovutsiz oʻz tanloviga koʻra va oldindan ruxsat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish huquqiga, shuningdek kasaba uyushmalariga ularning ustavlariga rioya etish sharti bilan aʼzo boʻlish huquqiga egadir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 21-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi.
2-bob. Kasaba uyushmalari faoliyatining prinsiplari
5-modda. Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari]
Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Kasaba uyushmalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga soʻzsiz rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
(6-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Ixtiyoriylik prinsipi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.03 Kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi]
Fuqarolar oʻz qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun oʻz tanloviga koʻra ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish, ularga aʼzo boʻlish, kasaba uyushmasi faoliyati bilan shugʻullanish va kasaba uyushmalariga aʼzolikdan chiqish huquqiga ega.
Kasaba uyushmasiga aʼzo boʻlish va aʼzolikdan chiqish, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin kasaba uyushmasiga aʼzolikni saqlab qolish tartibi va shartlari tegishli kasaba uyushmasining ustavi bilan tartibga solinadi.
Fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashishga boʻlgan huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qilishga, shuningdek ularni kasaba uyushmasiga aʼzo boʻlishga yoki aʼzolikdan chiqishga majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.22.00 Mehnat shartnomasi (kontrakti)ning bekor qilinishi / 05.02.22.01 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni xodimning tashabbusi bilan bekor qilish]
Kasaba uyushmalariga mansublik yoki mansub emaslik fuqarolarning qonunchilikda kafolatlanadigan mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini biror-bir tarzda cheklashga sabab boʻlmaydi. Ishga qabul qilishni, ishda koʻtarilishni, shuningdek xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni muayyan kasaba uyushmasiga mansublik, unga aʼzo boʻlish yoki aʼzolikdan chiqish bilan bogʻliq qilib qoʻyish taqiqlanadi.
(8-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xodimning kasaba uyushmasiga aʼzo boʻlmasligiga yoki aʼzolikdan chiqishiga doir yozma yoki ogʻzaki majburiyatlari haqiqiy emas.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.04.00 Maʼnaviy zararni qoplash]
Oʻzini kasaba uyushmasiga mansubligi yoki mansub emasligi belgisiga qarab kamsitilgan deb hisoblovchi shaxs kamsitishni bartaraf etish, yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 4-moddasi.
9-modda. Mustaqillik va oʻzini oʻzi boshqarish prinsipi
Kasaba uyushmalari oʻz faoliyatida, shu jumladan moliyaviy faoliyatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan mustaqildir, ular oldida hisobdor emas hamda ular tomonidan nazorat qilinmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 73-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining uchinchi qismi.
Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda oʻz ustavlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tashkiliy tuzilmasini belgilaydi, kasaba uyushmasi organlarini saylaydi, oʻz faoliyatini tashkil etadi, yigʻilishlar, shuningdek boshqa tadbirlar oʻtkazadi.
10-modda. Teng huquqlilik prinsipi
Kasaba uyushmalarining barcha aʼzolari ushbu Qonunda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, kasaba uyushmalarining ustavlarida yoki lokal hujjatlarida belgilangan oʻz huquq va majburiyatlari borasida tengdir.
Kasaba uyushmalari tarmoqqa mansubligidan, hududiy joylashuvidan, kasaba uyushmalari birlashmasidagi ishtirokidan yoki boshqa belgisidan qatʼi nazar teng huquqlarga ega.
11-modda. Oshkoralik va ochiqlik prinsipi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyati oshkora va ochiqdir. Kasaba uyushmalari tomonidan qabul qilinadigan ustavlar va nizomlar ommaviy axborot vositalarida, Internet jahon axborot tarmogʻida, shu jumladan kasaba uyushmalarining rasmiy veb-saytlarida albatta eʼlon qilinishi lozim.
3-bob. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining huquqlariga rioya etilishi kafolatlari
12-modda. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman]
Davlat kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 44, 47-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi.
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, ish beruvchilar kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining huquqlariga rioya etilishini taʼminlaydi. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyatiga aralashishga, shu jumladan ularning faoliyati toʻgʻrisida biror-bir hujjat taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyatini davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, ish beruvchilar tashabbusiga koʻra tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13-modda. Kasaba uyushmalari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Davlat kasaba uyushmalari faoliyatini subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shaklida qoʻllab-quvvatlashi mumkin.
Davlat kasaba uyushmalari faoliyatini qonunchilikka muvofiq boshqa tarzda ham qoʻllab-quvvatlashi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
14-modda. Kasaba uyushmalarining mulk huquqi kafolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.01 Mulkka ega boʻlish huquqi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.02 Ayrim tarmoq va obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish]
Kasaba uyushmalarining mulki daxlsizdir va u qonun bilan qoʻriqlanadi. Kasaba uyushmalarining mol-mulki natsionalizatsiya, rekvizitsiya va musodara qilinmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 202, 203 va 204-moddalari.
15-modda. Kasaba uyushmalari organlariga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlar uchun kafolatlar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar]
Quyidagilarga intizomiy jazo berilishi mumkin emas:
kasaba uyushmasi organi tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga — shu organning roziligisiz;
tashkilot boʻlinmalaridagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga — tegishli kasaba uyushmasi organining roziligisiz;
tashkilotdagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga — tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligisiz.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.22.00 Mehnat shartnomasi (kontrakti)ning bekor qilinishi / 05.02.22.03 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilish tartibi]
Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya etishdan tashqari, ular aʼzo boʻlgan kasaba uyushmasi organining roziligi oldindan olingan holda yoʻl qoʻyiladi, tashkilot kasaba uyushmasi organining raisi bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga esa bundan tashqari tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining shunday roziligi olingan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 164-165-moddalar.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.05.00 Jamoa shartnomasi. Jamoa kelishuvlari]
Kasaba uyushmalari organlarining ishlab chiqarishdagi oʻz ishidan ozod etilmagan aʼzolariga jamoa shartnomasida, kelishuvida belgilanadigan shartlarga koʻra mehnat jamoasining manfaatlarini koʻzlab jamoatchilik vazifalarini bajarishi, shuningdek kasaba uyushmasining yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli oʻqishi uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda vaqt beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 44-moddasi.
Kasaba uyushmalari organlarining aʼzolari ishlab chiqarishdagi ishidan kasaba uyushmalari tomonidan chaqiriladigan qurultoylarda, konferensiyalarda delegat sifatida, shuningdek kasaba uyushmalarining plenumlari va rayosatlari ishida ishtirok etish vaqtiga ozod qilinib, ularga kasaba uyushmasining mablagʻlari hisobidan oʻrtacha ish haqi miqdorida haq toʻlanadi.
Kasaba uyushmasining ustavida nazarda tutilgan hollarda tashkilotlarda kasaba uyushmasining tashkilotchilari yoki kasaba uyushmasi guruhlarining tashkilotchilari saylanishi mumkin, ularga nisbatan ushbu moddada nazarda tutilgan kafolatlar tatbiq etiladi.
16-modda. Kasaba uyushmalari organlariga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilgan xodimlar uchun kafolatlar
Kasaba uyushmalari organlaridagi saylab qoʻyiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilgan xodimlarga ularning saylov vakolatlari tugaganidan soʻng avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmagan taqdirda esa oʻsha tashkilotda yoki xodimning roziligi bilan boshqa tashkilotda avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 44-moddasi.
Kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlarga tegishli ish (lavozim) berish imkoni boʻlmagan taqdirda, ular qonunchilikda, jamoa shartnomalarida, kelishuvlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadi.
(16-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
17-modda. Kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlar uchun mehnatga oid qoʻshimcha kafolatlar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.02.00 Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida beriladigan kafolatlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar]
Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga ish beruvchining tashabbusiga koʻra intizomiy jazo berishga, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga, shuningdek kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarni ularning saylov vakolatlari tugaganidan keyin ikki yil ichida ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmasdan turib yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 44-moddasi.
18-modda. Ish beruvchining kasaba uyushmalari faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga doir majburiyatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.01.00 Umumiy qoidalar. Xodimlar va ish beruvchining majburiyatlari]
Ish beruvchi:
kasaba uyushmalarining huquqlariga rioya etishi, ularning faoliyatiga koʻmaklashishi;
xodimlarning manfaatlariga daxldor qarorlar qabul qilinguniga qadar kasaba uyushmalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishi, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida va normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda esa ularning roziligini olishi;
kasaba uyushmalarining takliflarini oʻz vaqtida koʻrib chiqishi va ularga qabul qilingan qarorlar haqida yozma shaklda, sabablarini koʻrsatgan holda xabar qilishi;
kasaba uyushmalari organlari vakillarini ular manfaatlarini ifoda etayotgan xodimlarning ish joylariga moneliksiz kiritishi;
kasaba uyushmalariga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha zarur axborotni bepul taqdim etishi;
kasaba uyushmalariga oʻz vazifalarini bajarishi uchun zarur sharoitlarni taʼminlash;
kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan shaxslarga kasaba uyushmalariga oid majburiyatlarini ish vaqtida bajarishi uchun vaqt berishi. Bunda kasaba uyushmalariga oid majburiyatlarni bajarish vaqti ish haftasi soatlari sonining 30 foizidan kam boʻlmasligi kerak;
kasaba uyushmalariga jamoa shartnomasida, kelishuvida belgilangan maqsadlar uchun va miqdorlarda mablagʻlar oʻtkazishi;
kasaba uyushmasining aʼzolari boʻlgan xodimlarning yozma arizalari mavjud boʻlganda kasaba uyushmasining tegishli hisobvaragʻiga xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan kasaba uyushmasiga aʼzolik badallarini, agar jamoa shartnomasida, kelishuvida shunday qoida nazarda tutilgan boʻlsa, oʻz vaqtida oʻtkazishi shart.
4-bob. Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, boʻlinmalarini hamda boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish tartibi
19-modda. Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, boʻlinmalarini va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini tashkil etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Kasaba uyushmalari oʻz faoliyatini jamoat birlashmasi shaklidagi yuridik shaxsni tashkil etgan holda amalga oshiradi.
Kasaba uyushmalari bir yoki bir nechta tashkilot xodimlarining tashabbusiga koʻra tashkil etiladi.
Kasaba uyushmalarining boʻlinmalari, boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari yuridik shaxs maqomi bilan yoki yuridik shaxs maqomisiz tashkil etilishi mumkin. Kasaba uyushmalari oʻz boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining, shu jumladan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining hisobini yuritadi.
Kasaba uyushmalari adliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav asosida faoliyat koʻrsatadi.
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, ish beruvchilar kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini tashkil etish tashabbuskorlari, shuningdek ularning rahbar organlari aʼzolari boʻlishi mumkin emas.
Kasaba uyushmasini, kasaba uyushmalari birlashmasini tashkil etish tashabbuskorlari qurultoyni (konferensiyani) yoki umumiy yigʻilishni chaqiradi, unda ustav qabul qilinadi, shuningdek rahbar organlar tuziladi.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs boʻlgan boʻlinmalari hamda boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tashkil etilgan hisoblanadi.
Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari oʻz ixtiyoriga koʻra adliya organlarida hisobga qoʻyiladi.
Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalarini va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 13-avgustdagi OʻRQ-942-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2024-y., 03/24/942/0612-son)
20-modda. Kasaba uyushmasining, kasaba uyushmalari birlashmasining ustavi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari]
Kasaba uyushmasining, kasaba uyushmalari birlashmasining ustavida quyidagilar nazarda tutiladi:
nomi, maqsad va vazifalari;
tashkiliy-huquqiy shakli, faoliyat qaysi hudud doirasida amalga oshirilsa, oʻsha hudud;
birlashayotgan xodimlarning toifalari va kasbiy guruhlari;
kasaba uyushmasi, kasaba uyushmalari birlashmasi aʼzoligiga qabul qilish va undan chiqish (chiqarish) shartlari;
aʼzolik badallarini toʻlash tartibi va ularning miqdorlari;
aʼzolarning huquq va majburiyatlari;
tuzilmasi va rahbar organlari, zarur boʻlgan taqdirda nazorat-taftish organlari;
kasaba uyushmalari organlarining vakolati va ularni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari muddatlari, doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi rahbar organining joylashgan yeri;
pul mablagʻlarini va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari, shuningdek ularni boshqarish tartibi;
aʼzolar oldida hisobot berish tartibi va muddatlari;
qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
ustavga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi.
Kasaba uyushmasi, kasaba uyushmalari birlashmasi ustavida ularning ramzlari tavsifi boʻlishi mumkin.
Ustavda kasaba uyushmasi, kasaba uyushmalari birlashmasi faoliyatiga taalluqli boʻlgan, qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
(20-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kasaba uyushmalari birlashmasi ustavining talablari kasaba uyushmalari birlashmasi aʼzolari boʻlgan kasaba uyushmalari uchun majburiydir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi.
21-modda. Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, boʻlinmalarini va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, shuningdek yuridik shaxs boʻlgan boʻlinmalarini va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11, 12-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21 — 26-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
22-modda. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining ramzlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari bayroqqa, timsolga, ramziy bayroqqa va boshqa ramzlarga ega boʻlishi mumkin. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining ramzlari davlat ramzlari bilan bir xil boʻlmasligi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining ramzlari ularning rahbar organi tomonidan ustavga muvofiq tasdiqlanadi va davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
23-modda. Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, boʻlinmalarini va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini qayta tashkil etish hamda ularning faoliyatini tugatish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, boʻlinmalarini va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini qayta tashkil etish ustavda belgilanadigan ular rahbar organining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, boʻlinmalarining va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining faoliyatini tugatish ular rahbar organining qaroriga binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, boʻlinmalarining va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining faoliyati maʼmuriy tartibda tugatilishi yoki toʻxtatib turilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 36-moddasi.
5-bob. Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatining iqtisodiy asoslari
24-modda. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, boʻlinmalarining va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining mol-mulki
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs boʻlgan boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari oʻz mulkida binolarga, inshootlarga, turar joylarga va yashash uchun moʻljallanmagan joylarga, asbob-uskunalarga, inventarlarga, pul mablagʻlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi pul mablagʻlariga, qimmatli qogʻozlarga va boshqa mol-mulkka ega boʻlishi mumkin.
Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmasining boʻlinmasi, boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti tegishli kasaba uyushmasi yoki uning boʻlinmasi yoxud ularning arizasiga koʻra ish beruvchi tomonidan oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankda ochiladigan maxsus bank hisobvaragʻiga ega boʻlishga, mazkur hisobvaraqda turgan pul mablagʻlarini erkin tasarruf etishga haqli. Kasaba uyushmasi tashkilotining maxsus hisobvaragʻidan ish beruvchining majburiyatlari boʻyicha undiruvga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, boʻlinmalarining va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining ish beruvchilar birlashmalariga (ittifoqlariga, uyushmalariga) va siyosiy partiyalarga biror-bir moliyaviy yordam koʻrsatishi taqiqlanadi.
25-modda. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, boʻlinmalarining va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining mol-mulkini shakllantirish manbalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari]
Quyidagilar kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, boʻlinmalarining va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining mol-mulkini shakllantirish manbalari boʻlishi mumkin:
(25-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari mol-mulkining manbalari, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi ularning taʼsis hujjatlarida belgilanadi.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, boʻlinmalarining va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining mol-mulkini shakllantirish manbalaridan olingan mablagʻlardan ularning taʼsis hujjatlarida belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
26-modda. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, boʻlinmalarining va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining tadbirkorlik faoliyati
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs boʻlgan boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari oʻz taʼsis hujjatlarida belgilangan tegishli maqsad hamda vazifalari doirasida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs boʻlgan boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari oʻz taʼsis hujjatlarida belgilangan maqsad hamda vazifalariga muvofiq belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, tijorat tashkilotlarini tashkil etish, noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish, turli jamgʻarmalar shakllantirish huquqiga ega.
6-bob. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, boʻlinmalarining va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining huquqlari
27-modda. Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalarini hal qilishda ishtirok etishga boʻlgan huquq
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari aholi bandligini taʼminlash, ishdan ozod etilayotgan xodimlarni himoya qilish masalalarini, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib sudga daʼvo arizasi, shuningdek sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
28-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etishga boʻlgan huquq
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari majburiy tartibda tegishli kasaba uyushmasi yoki kasaba uyushmalari birlashmasi bilan kelishib olinishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
29-modda. Jamoa muzokaralarini olib borishga hamda jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzishga boʻlgan huquq
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.05.00 Jamoa shartnomasi. Jamoa kelishuvlari]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari manfaatlari ular tomonidan ifoda etilayotgan xodimlar nomidan jamoa muzokaralarini olib borishga, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzishga boʻlgan ustuvor huquqqa egadir.
Ish beruvchining vakili boʻlgan shaxslarning xodimlar nomidan jamoa muzokaralarini olib borishi hamda jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzishi taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining VIII bobi.
30-modda. Bandlikka koʻmaklashish sohasidagi huquqlar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.07.00 Boshqa masalalar]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari davlat bandlik dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, bandlikni taʼminlash, shu jumladan yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish va mavjudlarini saqlab qolish, tashkilotlarning faoliyatini yaxshilash, xodimlarning ommaviy ravishda ishdan ozod etilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni taklif etish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi.
Ish beruvchi xodimlarning manfaatlarini ifoda etuvchi tegishli kasaba uyushmasiga yoki kasaba uyushmalari birlashmasiga xodimlarning ommaviy ravishda ishdan ozod etilishi ehtimoli toʻgʻrisida oʻz vaqtida, kamida ikki oy oldin axborot taqdim etadi va ishdan ozod etish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar oʻtkazadi.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorini olti oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turish haqidagi takliflarni mahalliy davlat hokimiyati organlari koʻrib chiqishi uchun kiritish huquqiga ega.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.22.00 Mehnat shartnomasi (kontrakti)ning bekor qilinishi / 05.02.22.02 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish]
Jamoa shartnomasida yoki kelishuvida nazarda tutilgan hollarda, tegishli kasaba uyushmasining yoki boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining oldindan roziligini olmasdan turib mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
(30-moddaning toʻrtinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
31-modda. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi huquqlar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari insonning munosib hayot kechirishini va erkin rivojlanishini taʼminlovchi shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni shakllantirishda, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini va tirikchilik uchun zarur boʻlgan narsalarning eng kam miqdorini belgilashda ishtirok etish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari tashkilotlarni qayta tashkil etish yoki tugatish chogʻida tugatish komissiyalarining ishida ishtirok etishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 216, 243, 252, 263 va Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasi.
32-modda. Axborot olishga boʻlgan huquq
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.06 Har qanday axborotni izlash, topish va tarqatish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.07 Oʻzining huquq va manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish huquqi]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari oʻz ustav faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlaridan, ularning mansabdor shaxslaridan, ish beruvchilardan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlari masalalari yuzasidan bepul axborot olish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 45-moddasi oltinchi xatboshisi va Oʻzbekiston Respublikasi “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
33-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari mehnatni muhofaza qilish sohasida:
tashkilotlarning rahbarlaridan va boshqa mansabdor shaxslaridan mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida, shuningdek ishlab chiqarishdagi barcha baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari haqida axborot olish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok etish;
xodimlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilgan hollarda ishlarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida, shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablarining buzilishlarini bartaraf etish haqida ish beruvchiga takliflar kiritish;
mehnatni muhofaza qilishning holatini oʻrganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilishga doir majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish;
loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va foydalanilayotgan ishlab chiqarish obyektlarida mehnat sharoitlarining xavfsizligi ekspertizasida, shuningdek loyihalashtirilayotgan va foydalanilayotgan ishlab chiqarish vositalarining xavfsizligi ekspertizasida ishtirok etish;
ishlab chiqarish obyektlarini va ishlab chiqarish vositalarini sinovlardan oʻtkazish hamda foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiyalarning ishida mustaqil ekspertlar sifatida ishtirok etish;
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etish;
(33-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlikda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi talablar bilan tegishli organlarga murojaat etish;
xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda mayib boʻlishi yoki sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazilishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hamda xodimlarning sogʻligʻi va mehnatini muhofaza qilishga boʻlgan huquqlari kamsitilgan boshqa hollarda xodimning huquqini himoya qilib sudga murojaat qilish huquqiga ega.
34-modda. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish sohasidagi huquqlar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari ish beruvchilar tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlari talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ish oʻrinlarida amalga oshirish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 52-moddasi, 67-moddasi ikkinchi qismining 4-bandi, 2-kichik boʻlimi (“Daʼvo ishini yuritish”), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi.
35-modda. Mehnat nizolarini koʻrib chiqishda xodimlarning manfaatlarini himoya qilishga boʻlgan huquq
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.01.00 Yakka tartibdagi mehnat nizolari]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari qonunchilikda tashkil etilishi hamda faoliyat koʻrsatishi tartibi belgilanadigan mehnat nizolari boʻyicha komissiyalarning ishida ishtirok etish huquqiga ega.
(35-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 547-moddasi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.02.00 Jamoa mehnat nizolari]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solishda ishtirok etish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun yuridik hamda boshqa xizmatlarni tashkil etishi, shuningdek shartnoma asosida tegishli mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari tashkilotlarning rahbarlariga hamda boshqa mansabdor shaxslariga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritishga, shuningdek tashkilotlarning rahbarlariga mazkur qoidabuzarliklarda aybdor boʻlgan shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnomalar kiritishga haqli.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi talablar boʻyicha daʼvolar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish chogʻida sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.
(35-moddaning beshinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
36-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishda va ularning ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga boʻlgan huquq
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.07.00 Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamoat va boshqa tashkilotlar]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasining xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan xalqaro shartnomalarini tuzishda hamda ularning ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishi mumkin.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari tegishli davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining, ish beruvchilarning xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ijro etilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitishga haqli.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari birlashmalariga, tashkilotlariga aʼzo boʻlish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi.
7-bob. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish
37-modda. Jamoatchilik nazoratining obyekti
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik]
Davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining, ish beruvchilarning:
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ijrosini taʼminlashga;
jamoa shartnomalari va kelishuvlarini bajarishga, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan loyihalar hamda dasturlarni roʻyobga chiqarishga doir faoliyati jamoatchilik nazorati obyektidir.
38-modda. Murojaatlar va soʻrovlar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari davlat organlariga, ularning mansabdor shaxslariga, ish beruvchilarga, ularning birlashmalariga (ittifoqlariga, uyushmalariga) arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishga, ularga soʻrovlar yuborishga haqli.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari olingan axborotni davlat organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining), tashkilotlar kollegial boshqaruv organlarining vakillari ishtirokida muhokama qilishga haqli.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.07 Oʻzining huquq va manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish huquqi]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotnomalarni hamda boshqa hujjatlarni davlat organlaridan soʻrab olishga, shuningdek soʻralgan hujjatlarni yoki ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini berishi shart boʻlgan tashkilotlardan soʻrab olishga haqli.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, boʻlinmalarining, boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining axborotga boʻlgan huquqi, agar mazkur axborot qonunda belgilangan tartibda shaxsga doir maʼlumotlar yoxud davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar jumlasiga kiritilgan boʻlsa, cheklanishi mumkin.
39-modda. Davlat organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining) ochiq hayʼat majlislarida ishtirok etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari davlat organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining) ochiq hayʼat majlislarida ishtirok etish huquqiga ega boʻlib, mazkur organlar oʻz ochiq hayʼat majlislarida ularning ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislariga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan masalalar koʻrib chiqilayotganda kasaba uyushmalarining eng ommaviy birlashmasi vakili taklif etiladi.
40-modda. Jamoatchilik muhokamasi
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, davlat organlari, ish beruvchilar, ularning birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari) qarorlari loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini oʻtkazishi mumkin.
41-modda. Jamoatchilik eshituvi
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini bajarish boʻyicha davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining, ish beruvchilarning faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalarni muhokama qilish maqsadida jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazishi mumkin.
Boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini bajarish boʻyicha ish beruvchilarning faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalarni muhokama qilish maqsadida jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazishi mumkin.
Jamoatchilik eshituvlari davlat organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining), fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari va kasaba uyushmalarining aʼzolari ishtirokida oʻtkazilishi mumkin.
42-modda. Jamoatchilik monitoringi
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlari ijrosining jamoatchilik monitoringini oʻtkazishi mumkin.
43-modda. Jamoatchilik ekspertizasi
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, davlat organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining) qarorlari loyihalarini, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlari loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 69 va 87-moddalarining ikkinchi qismi.
Kasaba uyushmasi, kasaba uyushmalarining birlashmasi normativ-huquqiy hujjat, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat loyihasining mazmunidan umuman yoki uning biror-bir qismidan norozi boʻlgan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni qabul qiluvchi organga tegishli xulosa kiritishga haqli.
Kasaba uyushmasining, kasaba uyushmalari birlashmasining xodimlar huquq va qonuniy manfaatlariga toʻsqinlik qiluvchi yoki ularni cheklovchi normativ-huquqiy hujjatlarga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek bunday hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarurligi toʻgʻrisidagi tavsiyalari va yozma soʻrovlari koʻrib chiqilishi shart boʻlib, ularni koʻrib chiqish natijalari haqidagi asosli xulosalar keyinchalik kasaba uyushmasiga, kasaba uyushmalarining birlashmasiga yuboriladi.
Ish beruvchilarning qarorlari, jamoa shartnomalari va kelishuvlari loyihalarining jamoatchilik ekspertizasi kasaba uyushmalarining boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
44-modda. Kasaba uyushmalarining inspeksiyalarini tuzish
Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining va boʻlinmalarining tuzilmasida kasaba uyushmalarining tegishli inspektorlari faoliyat koʻrsatadigan inspeksiyalar (bundan buyon matnda kasaba uyushmalarining inspeksiyalari deb yuritiladi) tuzilishi mumkin.
Kasaba uyushmalarining inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom tegishli kasaba uyushmasi yoki kasaba uyushmalari birlashmasi tomonidan tasdiqlanadi.
45-modda. Kasaba uyushmalarining inspektorlari huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.06 Har qanday axborotni izlash, topish va tarqatish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi]
Kasaba uyushmalarining inspektorlari oʻz faoliyatini amalga oshirish chogʻida:
davlat organlaridan, tashkilotlardan, ularning mansabdor shaxslaridan, ish beruvchilardan, ularning birlashmalaridan (ittifoqlaridan, uyushmalaridan) oʻz vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotnomalarni va boshqa hujjatlarni, statistik maʼlumotlarni hamda boshqa axborotni soʻrash va bepul olish;
sudlarda va mehnat nizolarini koʻrib chiqadigan boshqa organlarda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun oʻz tashabbusiga koʻra yohud xodimlarning iltimosiga binoan vakillar sifatida ishtirok etish;
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida, shuningdek kasaba uyushmasi aʼzolarining murojaatlari asosida tashkilotlarga, ish joylariga borish;
xodimlarning mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va ularning sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetganligini hamda kasb kasalliklarini tekshirishda belgilangan tartibda ishtirok etish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
(45-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tashkilotlarning moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasligi;
oʻz vazifalarini amalga oshirish chogʻida tanishishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish yoki tijorat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmasligi, shu jumladan lavozimidan ketganidan keyin ham oshkor etmasligi;
tegishli kasaba uyushmasi organiga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning buzilishlarini aniqlaganda, shuningdek mazkur qoidabuzarliklarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida har chorakda axborotni taqdim etishi shart.
Kasaba uyushmalarining inspektorlari tomonidan taqdim etiladigan axborot tegishli kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari tomonidan umumlashtiriladi va ularning rasmiy veb-saytlarida, shuningdek, zarur boʻlgan hollarda, boshqa manbalarda har yili, kelgusi yilning 1-mayidan kechiktirmay eʼlon qilinishi lozim.
Kasaba uyushmalarining inspektorlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi hamda ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(45-moddaning toʻrtinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Jamoatchilik nazoratining natijalari boʻyicha bayonnoma, xulosa, maʼlumotnoma, koʻrsatma, taqdimnoma shaklidagi yohud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakldagi yakuniy hujjat tayyorlanadi.
(46-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiyalar va takliflar davlat organlari hamda ish beruvchilar tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi va ular yuzasidan qarorlar qabul qilinadi. Davlat organlari va ish beruvchilar koʻrib chiqish natijalari haqida tegishli kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini xabardor qiladi.
Ish beruvchilar, ularning birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari), ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan jamoa shartnomasining, kelishuvining shartlari buzilgan taqdirda, kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari ularga bu qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma yuborishga haqli boʻlib, taqdimnoma bir haftalik muddatda koʻrib chiqiladi. Bu qoidabuzarliklarni bartaraf etish rad qilingan yoki belgilangan muddatda kelishuvga erishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqiladi.
(46-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining buzilishi faktlari aniqlangan taqdirda, kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari materiallarni Davlat mehnat inspeksiyasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborishga haqli.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari jamoatchilik nazorati natijalarini eʼlon qilishga haqli.
8-bob. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik
47-modda. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik va uning asosiy prinsiplari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik]
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik — kasaba uyushmalari (kasaba uyushmalarining birlashmalari) timsolida xodimlar, ish beruvchilar (ish beruvchilarning birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari), davlat organlari oʻrtasida xodimlarning, ish beruvchilarning va davlatning ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish masalalari boʻyicha manfaatlarini kelishib olishni taʼminlashga qaratilgan oʻzaro hamkorlikdir.
Kasaba uyushmalari va ish beruvchilar, ularning birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari), davlat organlari oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklik teng huquqlilik, vakillarning vakolatliligi, taraflarning manfaatlarini hurmat qilish va hisobga olish, majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi prinsiplari asosida quriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 34-moddasi.
48-modda. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik taraflari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.03.00 Mehnat munosabatlari taraflari va ularning vakillari]
Quyidagilar mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik taraflaridir:
kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari timsolida xodimlar;
ish beruvchilar, ularning birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari);
davlat organlari.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 39-moddasi.
49-modda. Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalar
Mehnat munosabatlari tartibga solinishini taʼminlash, jamoa muzokaralarini, maslahatlashuvlarini olib borish, jamoa shartnomalarining va kelishuvlarining loyihalarini tayyorlash, ularni tuzish, shuningdek ularning bajarilishi ustidan teng huquqlilik asosida nazoratni tashkil etish uchun taraflarning qaroriga binoan zarur vakolatlar berilgan ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalar tuziladi.
Respublika darajasida doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama komissiya tuziladi. Kasaba uyushmalari respublika birlashmalarining, ish beruvchilar respublika birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, manfaatdor vazirliklarning va idoralarning vakillari komissiya aʼzolari hisoblanadi.
(49-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Tarmoq darajasida doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalar tuziladi. Kasaba uyushmalari tarmoq birlashmalarining, ish beruvchilar tarmoq birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining) vakillari, taraflarning taklifi boʻyicha esa — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hamda boshqa manfaatdor vazirliklarning va idoralarning vakillari ham komissiyalar aʼzolari hisoblanadi.
(49-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hududiy darajada doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama komissiyalar tuziladi. Kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarining, ish beruvchilar hududiy birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining) vakillari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa manfaatdor davlat organlarining vakillari komissiyalar aʼzolari hisoblanadi.
Tashkilotlar darajasida jamoa muzokaralarini olib borish uchun boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotining vakillaridan va ish beruvchining vakillaridan iborat ikki tomonlama komissiyalar tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining VI bobi.
50-modda. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik shakllari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.05.00 Jamoa shartnomasi. Jamoa kelishuvlari]
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari ijtimoiy sheriklikni quyidagi shaklda amalga oshirishi mumkin:
jamoa shartnomalari, kelishuvlari loyihalarini tayyorlash va ularni tuzish, shuningdek jamoa shartnomalariga, kelishuvlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha jamoa muzokaralari oʻtkazish;
jamoa shartnomalari va kelishuvlarining bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
tashkilotlarning lokal hujjatlari loyihalarini kelishib olish;
xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan taraflarning oʻzaro maslahatlashuvlari;
tashkilotlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
davlat organlari huzuridagi tegishli jamoatchilik kengashlarida ishtirok etish.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari ijtimoiy sheriklikda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllarda ham ishtirok etishga haqli.
(50-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari ijtimoiy sheriklik doirasida hamkorlikdagi tadbirlarni oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishi, ularni tashkil etishi, shuningdek ularda ishtirok etishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 41-moddasi.
Kasaba uyushmalarining faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(51-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
52-modda. Kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(52-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
53-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 638-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 344-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 639-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 345-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 320-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 20-modda) I boʻlimi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-413-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 11, 354-modda);
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-522-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 2, 47-modda) 6-moddasi.
54-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
55-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(55-moddaning nomiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
56-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 40-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-dekabr,
OʻRQ-588-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/588/4115-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 14.08.2024-y., 03/24/942/0612-son; 11.06.2026-y., 03/06/1150/0587-son)