1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
O‘zbekiston Respublikasi qonuni
AXBOROT OLISh KAFOLATLARI VA ERKINLIGI TO‘G‘RISIDA
1-modda. Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
Ushbu Qonun har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
2-modda. Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risidagi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida axborot olish kafolatlari va erkinligi sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Axborot olish kafolatlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi.
Har kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi.
4-modda. Axborot olish erkinligining asosiy prinsiplari
Axborot olish erkinligining asosiy prinsiplari axborotning oshkoraligi, hamma olishi mumkinligi, ochiqligi va haqqoniyligidan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
5-modda. Axborot olishga doir so‘rov
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Har kim axborot olishni so‘rab bevosita o‘zi yoxud qonuniy vakillari orqali murojaat etish huquqiga ega.
6-modda. So‘rovning shakllari va uni qarab chiqish muddatlari
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Axborot olishga doir so‘rov og‘zaki, yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda ifodalanishi mumkin.
Yozma so‘rovda murojaat etuvchining ismi, otasining ismi, familiyasi, manzili, so‘ralayotgan axborotning nomi yoki xususiyati ko‘rsatiladi.
Yozma so‘rovda murojaat etuvchining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Yozma so‘rovda elektron manzilning ko‘rsatilganligi murojaat etuvchining so‘rovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bo‘lgan roziligidir.
Yozma so‘rovlar, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuboriladigan so‘rovlar ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
So‘rovga iloji boricha qisqa muddatda, agar qonunchilikda boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, so‘rov olingan sanadan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay javob qaytarilishi kerak.
(6-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Og‘zaki so‘rovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi shart.
Agar so‘rov tushgan organ yoki mansabdor shaxs so‘ralayotgan axborotga ega bo‘lmasa, murojaat etuvchiga bu haqda so‘rov olingan sanadan boshlab yetti kundan kechiktirmay ma’lum qilishi, shuningdek, imkoniyatga qarab, unga bunday axborotga ega bo‘lgan organning yoki mansabdor shaxsning nomini ma’lum qilishi shart.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonunchilik hujjatlari bilan, shuningdek hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. Axborot olish imkoniyati qonunchilik hujjatlarini va tegishli materiallarni e’lon qilish va tarqatish yo‘li bilan ta’minlanadi.
(7-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Axborot berish va unga haq to‘lash
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Murojaat etuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot uning so‘roviga binoan tekinga beriladi.
Boshqa axborotni berganlik uchun tomonlarning kelishuviga muvofiq haq olinishi mumkin.
9-modda. Taqdim etilishi mumkin bo‘lmagan axborot
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan iborat axborotni berishlari mumkin emas.
10-modda. Axborot manbaini oshkor etmaslik
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini va taxallusini qo‘ygan muallifning kimligini uning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallifning kimligi faqat sud qarori bilan oshkor etiladi.
11-modda. Axborotning to‘g‘riligi uchun javobgarlik
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
Ommaviy axborot vositalari e’lon qilinayotgan axborotning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishlari shart va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning to‘g‘riligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 155, 218-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XX1 bobiga qarang.
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Shikoyat qilish huquqi
Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning fuqarolarning axborot olishga doir huquqlarini kamsituvchi xatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
13-modda. Axborot olish huquqini buzganlik uchun javobgarlik
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
Axborot olish huquqining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(13-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 43-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 144-moddasi.
14-modda. Axborot olish kafolatlari va erkinligi sohasidagi xalqaro shartnomalar
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qo‘llash va sharhlash]
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 24-aprel,
400-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 108-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)