toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.03.2020
Oʻzbekiston Respublikasi OLIY KengashiNING
Qarori
“KASABA UYuShMALARI, ULARNING HUQUQLARI VA FAOLIYATINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi OʻRQ-588-sonli “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2020-yil 8-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1992-yil 29-iyuldagi 145 (396)-sonida eʼlon qilingan.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan muvofiqlashtirilguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining ushbu Qonunga zid boʻlmagan qismlari qoʻllanilaveradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga takliflar kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarini “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin;
Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, konsernlari oʻzlarining ushbu Qonunga zid boʻlgan meʼyoriy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga mazkur qarorning 3-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilgan topshiriqlar bajarilishida ishtirok etish tavsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
639-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y.,9-son, 345-modda)