toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 10-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 20-noyabrda maʼqullangan
1-modda. 11-noyabr Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-noyabr,
OʻRQ-648-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2020-y., 03/20/648/1533-son)