1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil etish va ularning faoliyatini tashkillashtirish bilan bogʻliq tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni hamda tartibotlarni yanada takomillashtirish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi]
2. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari:
nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga, shuningdek fuqarolarning huquqlarini, manfaatlarini himoya qilish va farovonligini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, ayniqsa davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining amaliy koʻmagiga zaruriyat boʻlgan sohalardagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda samarali ishtirok etishiga yoʻnaltirilgan faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashishga va qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarning holatini har yilgi majlislarda muntazam ravishda muhokama qilinishini taʼminlasinlar;
mamlakatni ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, eng avvalo, taʼlim, sogʻliqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, bandlikni taʼminlash, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish kabi sohalarda tarmoq, mintaqaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ularni amalda roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha jamoatchilik muhokamalarini va eshituvlarini muntazam ravishda oʻtkazish jarayoniga nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb etish amaliyotini keng qoʻllasinlar;
nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat dasturlarini amalga oshirishning borishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitish, ularni bajarish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish, koʻrsatib oʻtilgan davlat dasturlarida nazarda tutilgan vazifalar amalga oshirilishining borishi yuzasidan jamoatchilik nazorati natijalari toʻgʻrisida xulosalar va axborotlar taqdim etish imkoniyatini bergan holda, ularni katta ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan davlat dasturlarining bajarilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan komissiyalar va ishchi guruhlar ishiga jalb etsinlar;
nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida jamoatchilik muhokamalarini, eshituvlarini hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish yoʻli bilan norma ijodkorligi jarayonida jamoatchilik manfaatlarini har tomonlama hisobga olish mexanizmlaridan keng foydalansinlar;
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Ekologik harakati, Oʻzbekiston mustaqil ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda turli nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini birlashtiruvchi boshqa jamoat tashkilotlarining ustavlaridagi vazifalarni amalga oshirishda, ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish dasturlarini hal etishda ular bilan oʻzaro mustahkam hamkorlikni taʼminlasinlar;
nodavlat notijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-mart,
57-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qaroriga 1-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
nodavlat notijorat tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda NNT deb ataladi), shu jumladan ularning yuridik shaxslar hisoblanadigan alohida boʻlinmalarini (vakolatxonalari va filiallarini) (keyingi oʻrinlarda alohida boʻlinmalar deb ataladi), shuningdek xalqaro va xorijiy NNTning vakolatxonalari va filiallarini, ayni bir vaqtda ularni soliq organlarida va statistika organlarida hisobga qoʻygan holda, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
yuridik shaxslar boʻlmagan alohida boʻlinmalarni hisobga qoʻyish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
2. Ushbu Nizomning amal qilishi mazkur Nizomning 1-bandida nazarda tutilmagan notijorat tashkilotlarini adliya organlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ham tatbiq etiladi.
Ushbu Nizom talablari diniy tashkilotlarga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xalqaro NNT — faoliyatini uning ustaviga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi va bitta yoki undan koʻp xorijiy davlatlar hududida tatbiq etilishi mumkin boʻlgan NNT;
viloyatlararo NNT — faoliyati uning ustaviga muvofiq koʻpi bilan ikkita hududiy subyektlar (viloyatlar), shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri (keyingi oʻrinlarda hududiy subyektlar deb ataladi) hududida olib boradigan NNT;
alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish — yuridik shaxs boʻlmagan alohida boʻlinmaning tegishli hududdagi vakolatlarini adliya organlari tomonidan alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan alohida boʻlinmalar reyestriga kiritish hamda ularni hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish yoʻli bilan rasmiy ravishda tasdiqlash;
xalqaro va xorijiy NNTning vakolatxonasi — bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro va xorijiy NNTning manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan tashkilot;
respublika NNT — faoliyatini uning ustaviga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida olib boradigan hamda uchtadan kam boʻlmagan hududiy subyektlarda alohida boʻlinmalariga ega boʻlgan NNT;
xalqaro va xorijiy NNTning filiali — bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro va xorijiy NNTning barcha funksiyalarini (yoki ularning bir qismini) amalga oshiradigan, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan tashkilot.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
4. Quyidagilarni:
xalqaro, respublika, viloyatlararo NNTni, xalqaro va xorijiy NNTning vakolatxonalari va filiallarini, shuningdek qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida nazarda tutilgan hollarda, alohida NNTlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan;
faoliyatini viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan NNTni, shuningdek ularning ustavlarida belgilangan muayyan hududlarda faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar hisoblanadigan NNTning alohida boʻlinmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Alohida boʻlinmalarni, shu jumladan xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallarining alohida boʻlinmalarini hisobga qoʻyish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
5. Ularning turidan qatʼi nazar, aynan bir nomdagi NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Nomi bir xil boʻlgan ikki yoki undan ortiq NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza tushgan hollarda boshqalardan oldinroq ariza bergan NNT roʻyxatdan oʻtkazishda ustunlik huquqiga ega boʻladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
9. NNTning alohida boʻlinmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun davlat boji undirilmaydi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
10. NNTning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma dublikatini olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.02.00 Davlat boji miqdorlari]
11. Ushbu Nizomga muvofiq undiriladigan davlat boji va toʻlov qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining Respublika budjetiga hamda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni.
II. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
12. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taʼsis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yigʻilish oʻtkazilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida, jamoat birlashmasi uchun — bir oy mobaynida beriladi.
Jamoat birlashmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza rahbar organning kamida uch nafar aʼzosi tomonidan imzolanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
13. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) davlat tilidagi ustav yoxud yuridik shaxs hisoblanadigan alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom, ikki nusxada Ustav (nizom) tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan va taʼsischi(lar) vakil qilgan shaxs imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak;
b) taʼsis shartnomasi — NNT assotsiatsiyalari (uyushmalari) uchun;
v) NNTni tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis syezdi (konferensiyasi)ning yoki umumiy yigʻilishning bayonnoma yoxud taʼsischining qarori (respublika va viloyatlararo NNT uchun tegishli alohida boʻlinmalar tashkil etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi);
g) NNTning pochta manzili sifatida foydalanish uchun moʻljallanayotgan koʻchmas mulkka yoki undan foydalanishga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat;
d) siyosiy partiyalardan tashqari, NNTni tuzish tashabbuskorlari yoxud taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularda jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, yashash joyi hamda yuridik shaxslar uchun — nomi, pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi koʻrsatiladi;
e) tashabbuskor fuqarolar roʻyxati:
kamida uch ming kishining roʻyxati — kasaba uyushmalari uchun;
kamida oʻn kishining roʻyxati — boshqa jamoat birlashmalari uchun, siyosiy partiyalardan tashqari;
j) “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar — siyosiy partiyalar uchun, shu jumladan:
siyosiy partiyaning dasturi;
mazkur partiyaga birlashish xohishini bildirgan, kamida sakkizta hududiy subyektlarda (viloyatlarda), shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan kamida yigirma ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining oʻzlari imzo qoʻygan roʻyxati, saylab qoʻyiladigan organlarning aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, turar joyi va ish joyi, telefon raqami), rahbar organ aʼzolariga vakolatlar, shu jumladan roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida yoxud munozaralar kelib chiqqan taqdirda sudda partiya nomidan ishtirok etish huquqi berilganligi toʻgʻrisidagi partiya oliy organining qarori;
(13-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
i) dastlabki mablagʻlarning shakllanganligini tasdiqlovchi hujjat (vaqtincha jamgʻarib boriladigan hisob raqamlariga pul mablagʻlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bank maʼlumotnomasi) — jamoat fondlari uchun;
k) notarial tasdiqlangan vasiyatnomaning nusxasi — vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilayotgan jamoat fondlari uchun;
(13-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
(13-bandning “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
14. Ushbu Nizomning 13-bandi “e” kichik bandida nazarda tutilgan roʻyxatlarda, imzolardan tashqari, imzolagan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi, yashash joyi koʻrsatiladi. Imzolar va maʼlumotlar imzolagan shaxsning yashash, ish, oʻqish yoki harbiy xizmat joyida tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
15. Birlashtirish, boʻlinish, ajralib chiqish yoki oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish yoʻli bilan tuzilayotgan NNTlar qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
qayta tashkil etilayotgan tashkilotga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilganligining tasdiqnomasi;
qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu jumladan tomonlar daʼvolashayotgan majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalar koʻrsatilgan topshirish dalolatnomasi (birlashtirishda va oʻzgartirishda) yoki taqsimlash balansi (boʻlinishda va ajralib chiqishda);
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek ichki ishlar organlarining tashkilotning muhri va shtampi yoʻq qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi (birlashtirishda, ajralib chiqishda va oʻzgartirishda).
Yuridik shaxslar hisoblanadigan alohida boʻlinmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, NNTlar bosh tashkilot ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizomni yoxud bosh tashkilotning alohida boʻlinmalarni tuzish, tashkil etish va faoliyatini tugatish tartibini, huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvchi ustavi nusxasini taqdim etadilar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
16. Oʻz faoliyatini turli hududlarda:
bir yoki undan ortiq chet el davlati hududida — xalqaro NNTlar uchun;
kamida uchta hududiy subyektlarda — respublika NNTlari uchun;
koʻpi bilan ikkita hududiy subyektlarda — viloyatlararo NNTlar uchun amalga oshiruvchi NNTlar ustavlarida alohida boʻlinmalarni tuzish, tashkil etish va faoliyatini tugatish tartibi, ularning huquq va majburiyatlari mavjud boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
17. Alohida boʻlinmani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar NNTning markaziy rahbar organi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.11.00 Xalqaro va xorijiy NNT]
18. Xalqaro va xorijiy NNTlarning vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza beriladi, arizaga bosh tashkilotning markaziy rahbar organi tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar ikki nusxada ilova qilinadi:
a) bosh tashkilotni tuzish maqsadlari va vazifalari koʻrsatilgan holda ustavning hamda roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan nusxalari;
b) Oʻzbekiston Respublikasida vakolatxona yoki filial ochish (tashkil etish) toʻgʻrisida bosh tashkilotning qarori (bayonnomasi), unda vakolatxona ochishga (filialni tashkil etishga), uning nizomini (ustavini) tasdiqlashga, rahbarini (rahbarlarini) tayinlashga belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan maʼlumotlar boʻlishi kerak;
v) vakolatxona yoki filial toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan, uni ochishdan (tashkil etishdan) koʻzlangan maqsadlar va vazifalar ham koʻrsatilgan, oʻzbek va rus tillaridagi nizom (ustav);
g) bosh tashkilot tomonidan vakolatxona yoki filial rahbariga berilgan, belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan ishonchnoma;
d) bosh tashkilotning faoliyati toʻgʻrisidagi belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan axborot;
e) ijaraga beruvchining tegishli binolarni vakolatxona yoki filialga berish toʻgʻrisidagi rozilik xati;
(18-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
z) vakolatxona yoki filialning rahbari hamda xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, kasbi, yashash joyi hamda telefon raqami koʻrsatilgan holda;
i) vakolatxona va filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha deklaratsiya.
III. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
19. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar ular taqdim etilgan kundan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarning ishonchliligini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan tekshirishga haqlidir.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ, zarurat boʻlganda, tegishli tashkilotlarga NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborishga haqlidir.
Hujjatlarni olgan tashkilot yigirma kun mobaynida oʻz xulosasini taqdim etishi shart.
Agar xulosada NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi fikr mavjud boʻlsa, u holda tashkilot ushbu Nizom 24-bandining ikkinchi — oʻninchi xatboshilarda nazarda tutilgan holatlar doirasida oʻz xulosasini asoslashi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
20. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi, u tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining buyrugʻi shaklida rasmiylashtiriladi:
davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida;
davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
21. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda ariza beruvchiga:
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan namunada davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma;
“roʻyxatdan oʻtkazilgan” yozuvi qayd etilgan, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ muhri bilan tasdiqlangan NNT ustavi beriladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
22. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNTga Soliq qoʻmitasining va Milliy statistika qoʻmitasining aniq vaqt rejimida Internet tarmogʻidagi tegishli idoraviy saytlardan foydalangan holda olingan STIR va KTUT kodlarini beradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti]
23. Roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlari (statistika kodlarini, STIRni berish) tugallangandan keyin davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan NNT toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tegishli ravishda ushbu Nizomga 5, 6 va 7-ilovalarga muvofiq Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reyestriga, Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan alohida boʻlinmalarning davlat reyestriga yoki Xalqaro va xorijiy NNTlarining vakolatxonalari va filiallari davlat reyestriga kiritiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
24. “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga muvofiq NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish:
NNTning taʼsis hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, Oʻzbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targʻib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga, aholining sogʻligiga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi maqsadga ega boʻlganda;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
hujjatlarning toʻliq roʻyxati taqdim etilmaganda yoki ular zarur tartibda rasmiylashtirilmaganda;
hujjatlar ustav qabul qilingan vaqtdan boshlab ikki oy muddat (jamoat birlashmasi uchun — bir oy muddat) oʻtgandan keyin taqdim etilganda;
NNT aynan shu nom bilan ilgari roʻyxatdan oʻtkazilganda;
NNTni tashkil etishning qonunda belgilangan tartibi buzilganda yoki uning taʼsis hujjatlari qonunga nomuvofiq boʻlganda;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan taʼsis hujjatlarida atayin notoʻgʻri maʼlumot keltirilganligi aniqlangan boʻlsa;
NNTning nomi yoki ramzi fuqarolarning axloqiga, milliy va diniy tuygʻulariga daxl qilsa;
NNTning taʼsis hujjatlari harbiylashtirilgan birlashmalar tuzishni nazarda tutganda rad etilishi mumkin.
NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish taʼsis hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga zid boʻlgan qoidalar mavjud boʻlgan boshqa holatlarda ham rad etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
25. NNTni tuzishning maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni roʻyxatdan oʻtkazishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
26. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning rad etilishi rad etishning asoslari bartaraf etilgan taqdirda davlat roʻyxatidan oʻtkazishga hujjatlarni takroran berish uchun toʻsiq boʻlmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
27. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchilarga qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda xabar qilinadi. Ariza beruvchiga davlat bojini qaytarish masalasi boʻyicha murojaat qilish yoxud uch oy, siyosiy partiyalar uchun esa — bir oy muddatda rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin, davlat boji toʻlamasdan NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan takroran murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Ariza ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan taqdirda, takroriy murojaat qilishda davlat boji umumiy asoslarda undiriladi, siyosiy partiyalar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
28. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
IV. NNTni qayta roʻyxatdan oʻtkazish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning va taʼsis hujjatlarining dublikatini berish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
29. NNTlar taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda NNTning rahbar organi tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin bir oy mobaynida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
taʼsis hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
NNT vakolatli rahbar organining taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarori (bosh tashkilotning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan qarori (bayonnomasi) – xalqaro va xorijiy NNTlarning filiallari va vakolatxonalari uchun);
taʼsischi(lar) tomonidan vakil qilingan shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan ikki nusxada — taʼsis hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning matni yoki taʼsis hujjatlarining yangi tahriri;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi — nomi oʻzgargan taqdirda.
(29-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
30. NNT ajralib chiqish va qoʻshilish shaklida qayta tashkil etilgan taqdirda qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
maʼlum boʻlgan barcha qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning kreditorlari yozma shaklda xabardor qilinganligining va qayta tashkil etish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilganligining tasdiqnomasi;
qayta tashkil etilayotgan tashkilotlarning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar boʻyicha ham, huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan taqsimlash balansi (ajralib chiqishda) yoki topshirish hujjati (qoʻshilishda);
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi, shuningdek ichki ishlar organlarining tashkilotning muhrini va shtampini yoʻq qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi (qoʻshilishda).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
31. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ oʻzgarishi munosabati bilan NNTni qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun NNT ushbu Nizomning 29 va 30-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga murojaat qiladi, u NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan adliya organidan roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlari paketini soʻrab oladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
32. NNTning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida reyestrga tegishli yozuvni kiritadi hamda ariza beruvchilarga “roʻyxatdan oʻtkazilgan” yozuvi qayd etilgan, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning matnini yoki taʼsis hujjatlarining yangi tahririni beradi.
NNTning nomi yoxud NNTni roʻyxatdan oʻtkazgan organ oʻzgargan taqdirda ham ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan namunada davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi. Bunda davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi yangi guvohnomada qoʻshimcha maʼlumotlar sifatida NNT toʻgʻrisidagi oldingi maʼlumotlar, shu jumladan nomi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ, roʻyxatdan oʻtkazish sanasi koʻrsatiladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
33. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda yangidan roʻyxatdan oʻtkazgan adliya organi bu toʻgʻrida oldingi roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi adliya organini, tegishli roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlari koʻrsatilgan holda yozma shaklda xabardor qiladi. Olingan maʼlumotlar asosida oldingi roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi adliya organi bu toʻgʻrida davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi hamda bu oʻzgarishlar axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi”ga kiritilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
34. Pochta manzili, bank rekvizitlari oʻzgargan taqdirda NNT bir oy muddatda bu toʻgʻrida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga xabar qilishi shart.
Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ pochta manzili oʻzgarganligi boʻyicha bildirishnomani olgan kuni bu oʻzgarishning axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi”ga kiritilishini taʼminlaydi.
(33 va 34-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
35. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma yoxud taʼsis hujjatlari yoʻqolganda yoki ular yaroqsiz holga kelganda NNTning arizasiga binoan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ularning dublikatlari beriladi.
Dublikat olish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
davlat xizmatlari markazidan maʼlumotnoma (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma yoxud taʼsis hujjatlari yoʻqolganda);
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2022-y., 09/22/28/0041-son)
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning yoxud taʼsis hujjatlarining asl nusxasi (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki taʼsis hujjatlari yaroqsiz holga kelganda);
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida davriy matbuot nashrida berilgan eʼlon (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolganda).
(35-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
36. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yoxud taʼsis hujjatlarining dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza oʻn ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
V. Alohida boʻlinmalarni hisobga qoʻyish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
37. Alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish uchun NNTning markaziy rahbar organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda alohida boʻlinmaga rahbarlik qilish zimmasiga yuklangan shaxs tegishli adliya organiga ariza bilan murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
38. Alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizada NNTning markaziy rahbar organi tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
alohida boʻlinmalarni tuzish, tashkil etish va faoliyatini tugatish tartibi, uning huquqlari va majburiyatlari nazarda tutilgan bosh tashkilot ustavining nusxasi yoki bosh tashkilot ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan davlat tilida, ikki nusxadagi alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom. Alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom taqdim etilganda bosh tashkilot ustavining nusxasi ilova qilinadi;
NNT markaziy rahbar organining alohida boʻlinmani ochish toʻgʻrisidagi bayonnomasi (qarori);
NNT markaziy rahbar organining alohida boʻlinma rahbarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi;
NNT markaziy rahbar organi tomonidan alohida boʻlinma rahbariga berilgan ishonchnomaning nusxasi.
(38-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
39. Alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqiladi.
Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish toʻgʻrisida;
alohida boʻlinmani hisobga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
40. Alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda ariza beruvchiga quyidagi hujjatlar beriladi:
ushbu Nizomning 8-ilovasiga muvofiq belgilangan namunada alohida boʻlinmaning hisobga qoʻyilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma;
“hisobga qoʻyilgan” yozuvi qayd etilgan, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
41. Hisobga qoʻyilgan alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomning 9-ilovasiga muvofiq, Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan alohida boʻlinmalar reyestriga kiritiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
42. Alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
ariza tegishli boʻlmagan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga berilganda;
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda;
taqdim etilgan hujjatlar qonunchilik va NNT ustavi talablariga muvofiq boʻlmaganda;
ariza ushbu Nizomning 38-bandida koʻrsatilgan hujjatlarsiz yoki zarur darajada boʻlmagan hujjatlar taqdim etilganda.
Alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish rad etilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bu toʻgʻrida asoslantirilgan qaror chiqaradi va uch kun mobaynida bu haqda ariza beruvchiga yozma shaklda xabar qiladi. Ariza beruvchiga, shuningdek kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin alohida boʻlinmani hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza bilan takroran murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
43. Alohida boʻlinmaga tegishli boʻlgan oʻzgartirishlar kiritilgan NNTni qayta roʻyxatdan oʻtkazishda NNT bevosita yoki alohida boʻlinma orqali alohida boʻlinmani hisobga qoʻygan adliya organiga qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida quyidagi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart:
alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning matni yoki yangi tahrirdagi nizomning davlat tilidagi ikki nusxasi, shuningdek bosh tashkilotning yangi tahrirdagi ustavining yoki ustavga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matnining nusxasi (bosh tashkilotning yangi tahrirdagi ustavining yoki ustavga alohida boʻlinmalarni tuzish, tashkil etish, faoliyatini toʻxtatish tartibini, ularning huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvchi kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning matni taqdim etilganda alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning matnini yoxud nizomning yangi tahririni taqdim etish talab qilinmaydi);
NNT markaziy rahbar organining alohida boʻlinma rahbarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi — rahbar oʻzgargan taqdirda;
NNT markaziy rahbar organi tomonidan alohida boʻlinma rahbariga berilgan ishonchnomaning nusxasi — rahbar oʻzgargan taqdirda;
NNTning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi — nomi oʻzgargan taqdirda.
(43-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
44. Alohida boʻlinmani hisobga qoʻygan adliya organi taqdim etilgan hujjatlar asosida Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan alohida boʻlinmalar reyestriga tegishli yozuvni kiritadi hamda ariza beruvchiga “hisobga qoʻyilgan” yozuvi qayd etilgan, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri bilan tasdiqlangan alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matnini yoki nizomning yangi tahririni, shuningdek zarurat boʻlganda, ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq belgilangan namunada alohida boʻlinmaning hisobga qoʻyilgani toʻgʻrisidagi yangi guvohnomani beradi.
Alohida boʻlinmaning hisobga qoʻyilgani toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma, shuningdek ushbu Nizomning 43-bandi ikkinchi xatboshi asosida adliya organiga alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom yoki nizomning yangi tahriri taqdim etilmagan taqdirda ham beriladi.
VI. Yakunlovchi qoidalar
45. Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reyestri, Nodavlat notijorat tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan alohida boʻlinmalarining davlat reyestri, Xalqaro va xorijiy NNTlar vakolatxonalari va filiallarining davlat reyestri hamda Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan alohida boʻlinmalarning reyestri umumiy foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.
46. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida davlat reyestridan NNT toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi”ga kiritilishini taʼminlaydi.
Bunda NNT bir vaqtning oʻzida joylashgan joyi boʻyicha soliq xizmati organlari va statistika organlarida hisobga qoʻyiladi.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
47. NNT, shuningdek alohida boʻlinmalar tegishli adliya organiga:
har yili 1-fevralgacha — oʻtgan yildagi oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni, shu jumladan faoliyatni moliyalashtirish manbalari va mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani, mavjud aʼzolar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha;
rejalashtirilgan tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotni yoki rejalashtirilgan tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yigʻilishlar, aksiyalar va shu kabilarning) roʻyxatini oʻz vaqtida kelishish uchun taqdim etishlari shart. NNT tadbirlarini kelishish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi;
rahbar organning yangi tarkibi saylanganda yoki rahbar organ tarkibida oʻzgarishlar boʻlganda rahbar organlar qarorlarining nusxasi bir oy mobaynida taqdim etiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNT va alohida boʻlinmalar faoliyatining ustavdagi vazifalarga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligini nazorat qiladi, shu jumladan ularga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini tekshiradi. Nazoratni amalga oshirishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNTdan qoʻshimcha axborotlarni hamda NNT, alohida boʻlinmalar rahbarlaridan va masʼul shaxslaridan tushuntirishlar olishga, rahbar organlar qarorlarini soʻrab olishga haqlidir.
48. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNT faoliyatida qonuniylikni taʼminlash maqsadida, shu jumladan ularga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi masalalari boʻyicha NNT va alohida boʻlinmalarning faoliyatini, zarurat boʻlganda, mutaxassislarni jalb etgan holda tekshirishi mumkin.
49. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
ARIZA
(nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) uchun
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qaroriga
2-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.03.00 Nomlar va ramzlarning ishlatilishi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
1. Ushbu Nizom nodavlat notijorat tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — NNT), shu jumladan, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari hamda filiallari ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom diniy tashkilotlarga tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi mazkur Nizomning 1-bandida nazarda tutilmagan notijorat tashkilotlari davlat roʻyxatidan adliya organlari tomonidan oʻtkazgan hollarda, bunday notijorat tashkilotlari ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ham tatbiq etiladi.
3. NNT bayroq, emblema, vimpel va boshqa ramzlarga ega boʻlishi mumkin.
NNT ramzi taʼsis hujjatlariga muvofiq uning rahbar organi tomonidan tasdiqlanadi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
4. Bayroqlar va vimpellarni koʻtarish, emblemalarni va boshqa ramzlarni oʻrnatish, shuningdek, ulardan foydalanish tartibi tegishli NNT tomonidan NNT ramzi toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilanadi.
NNTning alohida boʻlinmalari oʻz faoliyatida bosh NNT ramzidan foydalanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.03.00 Nomlar va ramzlarning ishlatilishi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
5. Xalqaro, respublika va viloyatlararo NNT, shuningdek, xalqaro hamda xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallarining ramzlari davlat roʻyxatidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida faoliyat yuritadigan NNT ramzlari davlat roʻyxatidan oʻtkazish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
6. Aynan bir xil yoki adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash ramzga ega boʻlgan ikki va undan ortiq NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, hammadan oldin ariza bergan NNT roʻyxatdan oʻtkazish uchun ustunlik huquqiga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.02.00 Davlat boji miqdorlari]
7. NNT ramzlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun quyidagi miqdorlarda yigʻim undiriladi:
xalqaro NNT, xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari hamda filiallari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari;
respublika, viloyatlararo NNT uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul NNT uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat etilganda, ushbu bandda koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.02.00 Davlat boji miqdorlari]
8. NNT ramzlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
9. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
v) Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
10. Davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻimlar toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
2-bob. NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
11. NNT ramzi tasdiqlangan kundan boshlab ikki oy mobaynida NNTning vakili (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Platforma yoxud YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda — Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa-mustaqil ravishda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
12. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
NNT rahbar organi tomonidan tasdiqlangan ramzning nizomi;
NNT davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
ramzning namunasi va tavsifi;
NNT rahbar organining NNT ramzlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori;
bosh NNTning xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonasi hamda filiali ramzini hamda uning tavsifini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori — xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari hamda filiallari uchun;
Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (Mobile-ID tizimi, elektron raqamli imzo, daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
13. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
14. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, tegishli soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda esa avtomatik tarzda:
roʻyxatdan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga;
kelishish uchun tegishli Adliya vazirligining tegishli tarkibiy boʻlinmasiga yuboriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
intellektual mulk sohasidagi vakolatli organ besh ish kunida ramzning intellektual mulkka oid qonunchilikka muvofiqligi boʻyicha oʻrganadi va bu boʻyicha tegishli xulosa beradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
15. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
16. NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda ariza beruvchiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan guvohnoma, “roʻyxatdan oʻtkazildi” belgisi qayd etilgan va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ramz namunasi, uning tavsifi hamda nizom Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga yuboriladi.
17. NNT ramzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq NNT ramzlarining davlat reyestriga kiritiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
18. Quyidagi hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etiladi:
NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda ilova qilingan boʻlsa;
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar boʻlsa;
ushbu Nizomning 7-bandiga asosan belgilangan yigʻim toʻlanmaganda;
Oʻzbekiston Respublikasida aynan shunday yoki adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash tasvirlangan ramz ilgari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa;
ramz Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi yoki gerbi bilan oʻxshash boʻlsa;
ramz xorijiy davlatning ramzi bilan bir xil boʻlsa, agar NNTning maqomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan oʻzga hol kelib chiqmasa;
ramz jamiyatning axloqiy negizlarini, umuminsoniy gumanistik qadriyatlarga putur yetkazishni, konstitutsiyaviy tuzumni qonunga zid ravishda oʻzgartirishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududining yaxlitligini buzishni, urush holatini, zoʻravonlik va yovuzlikni, ijtimoiy, sinfiy, irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirishni, qonunchilik hujjatlarida taqiqlangan boshqa qilmishlarni sodir etishni targʻib qilsa;
ramz sifatida faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan tashkilotlarning emblemasidan yoki ramzlarining boshqa turlaridan foydalanilgan boʻlsa;
ramz intellektual mulkka boʻlgan huquqni buzsa;
ramz qonun hujjatlariga zid boʻlsa;
ramz diniy xususiyatga ega boʻlsa.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
19. Ramzning maqsadga muvofiq emasligi sababli uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
20. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda asoslangan qaror qabul qiladi.
NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada ariza beruvchiga ularning uch oy muddatda yigʻimni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilish yoxud aniqlangan kamchiliklarni va ariza beruvchi tegishli hujjatlarni taqdim qilishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda, NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida takroran ariza berish huquqi tushuntiriladi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangi berilgan hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]
21. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
3-bob. NNT ramzlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
22. NNT ramziga va (yoki) uning tavsifiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek, NNT nomi oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda, NNT ramzi qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
23. NNT rahbar organi tomonidan NNT ramziga va (yoki) uning tavsifiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin, shuningdek, NNT nomi oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda, NNT ramzini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun bir oy mobaynida mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
NNT ramziga va (yoki) uning tavsifiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror;
NNT ramzining yangi namunasi va uning tavsifi;
NNT ramzi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
NNT nomi oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda, NNT ramzini qayta roʻyxatdan oʻtkazishda ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
24. NNT ramzi NNT ramzini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibida qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
25. NNT ramzini qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir ish kuni mobaynida NNT ramzlarining davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi va ariza beruvchiga “roʻyxatdan oʻtkazildi” belgisi qayd etilgan va QR-kod (matrik shtrixli kod) ramzning yangi namunasi, uning tavsifi hamda nizom beriladi.
Agar ramz tavsifiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada nazarda tutilgan qisqacha tavsifning oʻzgarishiga olib kelsa, ariza beruvchiga NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yangi guvohnoma beriladi. NNT nomi oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi munosabati bilan NNT ramzi qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda ham NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yangi guvohnoma beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish]
26. Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar rasmiylashtirilgan NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, NNT ramzining namunasi va uning tavsifi yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda yoxud oʻz ixtiyoriga asosan uni QR-kod qoʻyilgan guvohnomaga almashtirish boʻyicha ariza beruvchi mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
guvohnoma nusxasi, NNT ramzining namunasi va uning tavsifi (mavjud boʻlganda);
yoʻqolgan NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiy emasligi haqida davriy matbuot nashrida berilgan eʼlon;
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
27. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ikki ish kunida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan guvohnomani, “roʻyxatdan oʻtkazildi” belgisi qayd etilgan va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ramz namunasini, uning tavsifi hamda nizomni Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga yuboradi.
Bunda mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
28. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan NNT ramzlaridan foydalanish taqiqlanadi.
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Nodavlat va notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Nodavlat va notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. Platforma yoki YIDXP
1. Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomani toʻldirib, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga va intellektual mulk sohasidagi vakolatli organga yuboradi.
2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga va intellektual mulk sohasidagi vakolatli organga yuboriladi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada
2. Real vaqt rejimida
3-bosqich
Intellektual mulk sohasidagi vakolatli organ
Ramzning intellektual mulkka oid qonunchilikka muvofiqligi boʻyicha oʻrganadi va xulosa beradi.
5 ish kuni ichida
4-bosqich
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ
Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
NNT ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish.
NNT ramzlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilganda), Platforma yoxud YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
10 ish kuni ichida
5-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan guvohnomani arizaberuvchilarga taqdim etadi.
10 daqiqa ichida
Nodavlat va notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarining, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari ramzlarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
I. Nodavlat notijorat tashkilot toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Tashkilot nomi:
2. Joylashgan joyi (pochta manzili):
3. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami:
4. Telefon raqami:
II. Nodavlat notijorat tashkilot vakili:
1. F.I.O.
2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
III. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:
Roʻyxatdan oʻtkazish uchun:
NNT rahbar organi tomonidan tasdiqlangan ramzning nizomi;
NNT davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
ramzning namunasi va tavsifi;
NNT rahbar organining NNT ramzlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori;
bosh NNTning xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonasi va filiali ramzini hamda uning tavsifini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori — xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallari uchun;
NNT ramzining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, NNT ramzining namunasi va uning tavsifi yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda yoxud oʻz ixtiyoriga asosan murojaat qilganda:
guvohnoma nusxasi, NNT ramzining namunasi va uning tavsifi (mavjud boʻlganda);
Izoh. *Ushbu maʼlumotlar “Elektron hukumat tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
Nodavlat va notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi hisoblanadi.
Elektron hujjatning nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun edoc.gov.uz veb-saytiga oʻting va elektron hujjatning noyob raqamini kiriting yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling.
Diqqat! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq elektron hujjatlardagi maʼlumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlangan.
Nodavlat va notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Nodavlat no tijorat tashkilotlari ramzlarining
DAVLAT REYESTRI
Reyestr tartib raqami
Ramz davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana
NNT pomi
NNT rahbar organi tomonidan ramzni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana
Ramzning qisqacha tavsifi
Reyestrga yozuvni yozgan shaxsning F.I.O., lavozimi va imzosi
Qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan sana
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 553-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qaroriga 3-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda NNT deb ataladi), shu jumladan diniy tashkilotlar, xalqaro va xorijiy NNT vakolatxonalari va filiallarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
NNT chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarining ota-onasi, eri/xotini, ular bilan birga yashaydigan bolalari ularning qaramogʻidagi oila aʼzolari hisoblanadilar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi]
2. Chet el fuqarolarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini (keyingi oʻrinlarda chet el fuqarolari deb ataladi) akkreditatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda Adliya vazirligi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.02.00 Davlat boji miqdorlari]
3. Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 553-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son)
Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etilgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 553-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.02.00 Davlat boji miqdorlari]
4. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi oʻrniga yangi akkreditatsiya kartochkasini olish uchun ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan yigʻim stavkasining 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
5. Adliya vazirligi tomonidan chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
v) Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 553-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son)
II. NNTning chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.11.00 Xalqaro va xorijiy NNT]
6. Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun ushbu fuqarolarni qabul qilayotgan NNT rahbari yoki bunga vakolatli boʻlgan shaxs (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Platforma yoxud YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda — Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa — mustaqil ravishda arizani elektron tarzda toʻldiradi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
chet el fuqarosining ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilangan shakl boʻyicha shaxsiy varaqasi;
chet el fuqarosining 3x4 sm oʻlchamdagi elektron shakldagi rangli fotosurati;
xorijiy xodimni NNTga ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi vakolatli shaxs imzolagan tasdiqnoma-xat. Xalqaro va xorijiy NNTlarning vakolatxonalari va filiallariga taalluqli tasdiqnoma-xat belgilangan tartibda legallashtiriladi yoki unga apostil qoʻyiladi;
tibbiyot muassasasining OIV-infeksiyasi yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
18 yoshga toʻlmagan bolalar uchun ushbu bandning uchinchi, toʻrtinchi va yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etiladi. Pasport mavjud boʻlmagan taqdirda, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi taqdim etiladi.
Ariza toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (Mobile-ID tizimi, elektron raqamli imzo, daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP yoki Platforma orqali murojaat etgan taqdirda, arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish mazkur Nizomga 1a-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 553-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi]
7. Ariza Adliya vazirligi tomonidan, ariza berilgan kundan boshlab bir oy mobaynida koʻrib chiqiladi.
Adliya vazirligi, zarurat boʻlganda, arizani qoʻshimcha oʻrganish uchun tegishli tashkilotlarga yuborishga haqlidir, shu munosabat bilan arizani koʻrib chiqish muddati uzaytirilishi mumkin, lekin bu muddat oʻn besh kundan oshmasligi kerak.
Hujjatlarni olgan tashkilot oʻz xulosasini yigirma kun mobaynida taqdim etishi shart.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi]
8. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida;
akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi]
9. Akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda chet el fuqarosiga akkreditatsiya kartochkasi beriladi, u chet el fuqarosining shaxsiy akkreditatsiyasini tasdiqlaydi va unga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish huquqini beradi. Akkreditatsiya kartochkasining shakli Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
18 yoshga toʻlmagan bolalarni akkreditatsiyadan oʻtkazish pasportga yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ota-onalardan bittasining akkreditatsiya tartib raqami ostiga shtamp qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Akkreditatsiya kartochkasi NNTning chet el xodimiga mehnat faoliyatini faqat qabul qilgan NNTda amalga oshirish huquqini beradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi]
10. Akkreditatsiya kartochkasi olgan chet el fuqarosiga tegishli akkreditatsiya raqami beriladi. Chet el fuqarosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar NNTning akkreditatsiyadan oʻtkazilgan xorijiy fuqarolari, shuningdek ular oilalarining aʼzolari reyestriga (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq kiritiladi.
Chet el fuqarolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish koʻpi bilan oʻn ikki oy muddatga amalga oshiriladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi]
11. Akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etilganda Adliya vazirligi qaror qabul qiladi va bu toʻgʻrida Davlat xizmatlari markaziga, Platforma yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi. Bu holda Adliya vazirligi qabul qilingan qarorni izohlamaslik huquqiga ega.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 553-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi]
12. Chet el fuqarosining akkreditatsiyasi muddatini uzaytirish uchun NNT akkreditatsiya muddati oʻtgungacha qirq besh kundan kechikmay mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan tartibda va nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga ariza taqdim etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 553-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi]
13. Akkreditatsiya kartochkasi yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda akkreditatsiya kartochkasining egasi uch ish kunidan kechikmay bu toʻgʻrida NNTni va Adliya vazirligini yozma shaklda xabardor qiladi.
Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi oʻrniga yangi akkreditatsiya kartochkasini olish uchun NNT tomonidan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan tartibda ariza beriladi:
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 553-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son)
davlat xizmatlari markazidan maʼlumotnoma (akkreditatsiya kartochkasi yoʻqolganda);
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2022-y., 09/22/28/0041-son)
yoʻqolgan akkreditatsiya kartochkasini haqiqiy emas deb hisoblash toʻgʻrisida davriy matbuot nashridagi eʼlon;
akkreditatsiya kartochkasining asl nusxasi (akkreditatsiya kartochkasi yaroqsiz holga kelganda);
chet el fuqarosining (3 sm x 4 sm oʻlchamdagi) toʻrtta rangli fotosurati;
(13-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 553-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi]
14. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi oʻrniga yangi akkreditatsiya kartochkasini berish toʻgʻrisidagi ariza oʻn ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi oʻrniga yangi akkreditatsiya kartochkasini olgan chet el fuqarosiga tegishli akkreditatsiya raqami beriladi va ushbu maʼlumotlar Reyestrga kiritiladi.
III. Yakunlovchi qoidalar
15. Akkreditatsiya kartochkasini olgan chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari ularning akkreditatsiyasi amal qiladigan muddatga beriladi.
Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan chet el fuqarolarini turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
16. Akkreditatsiya kartochkasi egasi, Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishining maqomidan qatʼi nazar, quyidagilarga majbur:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etish;
Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlariga aralashmaslik;
NNTning xonasi va boshqa mulkidan faqat ustavdagi maqsadlar va vazifalarni bajarish maqsadlarida foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, anʼanalari va turmushini hurmat qilish.
Chet el fuqarolarini qabul qilgan NNT ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishning qonun hujjatlarida belgilangan qoidalariga rioya etilishini taʼminlaydilar.
17. Akkreditatsiyaning amal qilish muddati tugaganda, shuningdek mehnat faoliyati toʻxtaganda va chet el fuqarolari uzil-kesil joʻnab ketayotganda akkreditatsiya kartochkalari Adliya vazirligiga qaytarib berilishi kerak.
Akkreditatsiya kartochkasi qaytarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Reyestrga kiritiladi.
18. NNT faoliyatini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek chet el fuqarosi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini buzish akkreditatsiyaning amal qilishini toʻxtatishga olib keladi, bu chet el fuqarolarining bundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi mumkin emasligini bildiradi.
Bu holda chet el fuqarolari Adliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga joʻnab ketishi shart.
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
1-shakl
Form № 1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MINISTRY OF JUSTICE OF TNE
ADLIYA VAZIRLIGI
REPUBLIC OF UZBEKISTAN
SHAXSIY VARAQA/PERSONAL APPLICATION
1.
Tashkilotning nomi ____________________________________
Name of organization
RASM PHOTO
tayinlanishi
appointment
muddati uzaytirilishi
extensions
oʻzgartirishlar kiritilishi
change of circumstances
2.
Familiyasi _______________________ ismi _______________________________
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Nodavlat notijorat tashkilotlarining elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. Platforma yoki YIDXP
1. Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.
2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada
2. Real vaqt rejimida
3-bosqich
Adliya vazirligi
Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida; akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida.
Bir oy muddatda
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. Platforma yoki YIDXP
Ariza beruvchiga akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
1. 10 daqiqada
2. Real vaqt rejimida
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 553-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son)
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlarining akkreditatsiyadan oʻtkazilgan xorijiy fuqarolar boʻlgan xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari
DAVLAT REYESTRI
Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan shaxsning F.I.O.
Tugʻilgan sanasi (kun, oy, yil) va joyi
Fuqaroligi va millati
Maʼlumoti, mutaxassisligi
Oilaviy ahvoli
Oila aʼzolari soni va qarindoshlik darajasi
Xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkiloti vakolatxonasi va filialining toʻliq nomi
Akkreditatsiya qilingan shaxsning lavozimi
Oʻzbekistonga kelgan sanasi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Oʻzbekistonda yashash joyi
Pasport maʼlumotlari
Akkreditatsiya muddati va kartochkaning raqami
Shaxsning fotosurati
Akkreditatsiya kartochkasi olgan shaxsning imzosi
Akkreditatsiya qilingan shaxsning qonun hujjatlarini va ustav (nizom) talablarini buzganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Akkreditatsiya qilingan shaxsga nisbatan koʻrilgan choralar
Akkreditatsiya kartochkasini bekor qilish qarori va sanasi
Akkreditatsiya kartochkasini qaytarganlik toʻgʻrisida maʼlumotlar va sana
Akkreditatsiya qilingan shaxsning vizasini bekor qilish va faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qaroriga 4-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar
REJASI
T/r
Tadbirlar nomi
Muddati
Masʼul bajaruvchilar
1.
Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini va ularning alohida boʻlinmalarini tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.
2014-yil aprel
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar
2.
Vazirlar Mahkamasining “Jamoat fondlarining dastlabki mablagʻlarini shakllantirish va ularning tijorat tashkilotlari faoliyatidagi ishtiroki masalalari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.
2014-yil may
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar
3.
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi, soliq va statistika organlariga hisobotlar taqdim etish tartibini oʻrganish, koʻrsatib oʻtilgan tartibni takomillashtirish va soddalashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
2014-yil iyun
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Adliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar
4.
Amaldagi qonun hujjatlarini tanqidiy tahlil qilish va qayta koʻrib chiqish, milliy va xalqaro tajribani chuqur oʻrganish asosida sogʻliqni saqlash, taʼlim, bandlikni taʼminlash, aholining nochor qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash sohasida ijtimoiy, gumanitar rivojlanishning koʻrsatib oʻtilgan sohalari xususiyatlarini hisobga olgan holda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
2014-yil iyun
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar
5.
Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha, shu jumladan xayriya faoliyatini ragʻbatlantirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini rivojlantirishga, nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy foydali faoliyatida aholi, jismoniy va yuridik shaxslarning faol ishtirokini ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan takliflarni ishlab chiqish va kiritish.
2014-yil oktabr
Adliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi
6.
Adliya organlarida davlat roʻyxatidan oʻtgan nodavlat notijorat tashkilotlarining taʼsis hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirishni taʼminlash.
2014-yil mobaynida
Adliya vazirligi
7.
2014-yilda, eng avvalo, davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining amaliy qoʻllab-quvvatlashiga muhtoj boʻlgan sohalarda tarmoq, mintaqaviy va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb etishning samaradorligi monitoringini olib borish rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish, shuningdek katta ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan dolzarb muammolarni hal etishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining NNT bilan oʻzaro hamkorligining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
tasdiqlash — 2014-yil aprel amalga oshirish — jadvalga muvofiq
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, Adliya vazirligi
8.
Davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash, davlat va ijtimoiy qurilish sohasida ularning rolini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
tasdiqlash — 2014-yil aprel amalga oshirish — jadvalga muvofiq
Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi koʻmagida
9.
Dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatli muammolarni hal etishda, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashda, jumladan ushbu sohada Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va ishtirokini kuchaytirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy sherikligini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi 2014-yilda demokratik islohotlarni amalga oshirishga, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qoidalarini amalga oshirishda fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va ahamiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan mamlakatda amalga oshirilayotgan koʻlamli ishlarni yoritish jadvalini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.
tasdiqlash — 2014-yil aprel amalga oshirish — jadvalga muvofiq
Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jurnalistlarning ijodiy uyushmasi, Matbuot markazi, “Jahon” AA
10.
2014-yilda nodavlat notijorat tashkilotlari, boshqa fuqarolik institutlarining ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini yanada oshirishga, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash boʻyicha islohotlarni amalga oshirishda ularning roli va ahamiyatini kuchaytirishga, “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyatiga” tamoyilini izchil, bosqichma-bosqich amalga oshirishga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari tizimini keng rivojlantirishga, ularni tashkil etish va ular faoliyati bilan bogʻliq tashkiliy-huquqiy mexanizmlar va tartibotlarni takomillashtirish va soddalashtirishga yoʻnaltirilgan konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari turkumlari rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.
tasdiqlash — 2014-yil aprel amalga oshirish — jadvalga muvofiq
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
11.
Quyidagilarni: NNT faoliyatini samarali tashkil etish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda ularning faol ishtirok etishi boʻyicha NNT rahbarlari va faollari uchun metodik qoʻllanmalarni; NNT faoliyati masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamlarini tayyorlash va nashr etish.
2014-yil mobaynida
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi
12.
NNT sektorini rivojlantirish holati ustidan davlat statistika kuzatishlari metodikasini ishlab chiqish, shu asosda har yili tasdiqlanadigan davlat statistika ishlari dasturi doirasida NNT sektorini rivojlantirishning holati toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarini muntazam ravishda toʻplash.
2014-yil mobaynida
Davlat statistika qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSJ Adliya vazirligi masalalari” toʻgʻrisida 1991-yil 18-fevraldagi 40-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1993-yil 12-martdagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 9-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash va ularni roʻyxatga olganlik uchun yigʻimlarni undirish tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida” 1993-yil 12-martdagi 133-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 10-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-apreldagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 2-bandi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-dekabrdagi 543-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 29-apreldagi 203-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 43-modda) ilovaning 1-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ–1062-son qarori) 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 11-son, 126-modda; 2015-y., 15-son, 181-modda; 2017-y., 35-son, 922-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 19.01.2022-y., 09/22/28/0041-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son; 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son; 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)