toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Parlament nazorati toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 31-martda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi parlament nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilikdan iboratdir.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-95-moddalari.
3-modda. Parlament nazorati subyektlari
Parlament nazorati subyektlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi);
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari, komissiyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari (bundan buyon matnda fraksiyalar deb yuritiladi);
(3-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Qonunchilik palatasi deputatlari;
Senat aʼzolari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman).
4-modda. Parlament nazorati obyekti
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining (bundan buyon matnda Oliy Majlis palatalari deb yuritiladi) va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish boʻyicha faoliyati parlament nazorati obyektidir.
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyat parlament nazoratining obyekti boʻlishi mumkin emas.
5-modda. Parlament nazorati shakllari
Oldingi tahrirga qarang.
Parlament nazorati shakllari quyidagilardan iborat:
Davlat budjeti ijrosining borishini koʻrib chiqish va nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini eshitish;
Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruzasini eshitish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish;
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;
Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitish;
Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish;
Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) hisobotini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish;
parlament soʻrovi;
Qonunchilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining soʻrovi;
Qonunchilik palatasi, Senat qoʻmitalari tomonidan davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish;
qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari tomonidan oʻrganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni amalga oshirish;
parlament tekshiruvi.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Parlament nazorati qonunga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-590-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. Davlat budjeti ijrosining borishini koʻrib chiqish va nazorat qilish
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi:
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hamda zarur materiallarni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni hamda zarur materiallarni Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, ushbu tezkor xulosa olingan kundan eʼtiboran ikki kun ichida Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik, toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar fraksiyalarda va Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish davomida fraksiyalar va Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Davlat budjeti daromad qismining ijrosi, ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilish holati toʻgʻrisida tegishli organlardan qoʻshimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi hamda ulardan samarali foydalanilishi haqidagi maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda fraksiyalar joylarda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalari tomonidan oʻrganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yarim yillik hisobot dastlabki tarzda muhokama qilinganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi. Uni koʻrib chiqish vaqtida Vazirlar Mahkamasining hisoboti, fraksiyalarning fikrlari va takliflari, masʼul qoʻmitaning xulosasi eshitiladi, muhokama oʻtkaziladi hamda hisobot Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar masʼul qoʻmitaning majlisida koʻrib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat budjeti daromadlari prognozining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini har chorak yakunlari boʻyicha eshitib boradi.
Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun belgilangan budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning bajarilishi hamda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan rivojlantirish dasturlarining ijrosi yuzasidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar rahbarlarining hisobotlari Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalarida har chorak yakunlari boʻyicha eshitib borilishi mumkin.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro etilish holati haqidagi axborot Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalariga har chorak yakunlari boʻyicha maʼlumot uchun kiritib boriladi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 9-kichik bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini eshitish
Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻgʻrisidagi har yilgi maʼruzasi Bosh vazir tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etiladi.
Fraksiyalar, Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, ular Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masalalarini hal etishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
81-modda. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish
Bosh vazir hukumat aʼzolari bilan birgalikda har yarim yilda Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Fraksiyalar, Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Vazirlar Mahkamasining hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim boʻlgan fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.
Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturini bajarish boʻyicha hukumat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
82-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruzasini eshitish
(82-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tayyorlanadigan har yilgi Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza (bundan buyon matnda Milliy maʼruza deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladi.
Fraksiyalar, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari Milliy maʼruzani dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasining, Senatning majlislarida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy maʼruzani eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi, Senat qarorlar qabul qiladi, ularda Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
(82-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy maʼruzani eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuboriladi.
(82-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
9-modda. Bosh vazirning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish
Qonunchilik palatasi zarur boʻlgan hollarda oʻz majlisida Bosh vazirning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.
Bosh vazirning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti qonunga muvofiq parlament soʻrovi tartibida eshitiladi.
Fraksiyalar, Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Bosh vazirning hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, ular Qonunchilik palatasi majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi kerak.
Bosh vazirning hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalariga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Bosh vazirning hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
91-modda. Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish
Qonunchilik palatasi zarur boʻlgan hollarda oʻz majlislarida Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisidagi masala fraksiyalar, qoʻmitalarning tashabbusiga koʻra Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi. Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining hisobotlarini eshitish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasi qarori oldindan Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda tegishincha Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi aʼzosining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi uni isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
(91-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10-modda. Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitish
Qonunchilik palatasi, Senat zarur boʻlgan hollarda, oʻz majlislarida davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisidagi masala Qonunchilik palatasi tomonidan fraksiyalar, qoʻmitalar tashabbusiga koʻra, Senat tomonidan esa qoʻmitalarning tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.
Davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi. Qonunchilik palatasining, Senatning davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi qarori oldindan tegishli davlat organiga yuboriladi.
Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda tegishincha davlat organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi, Senat qarori tegishli davlat organiga yuboriladi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 39-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 331-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 230-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
101-modda. Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish
Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida, bir oyda bir marta oʻz majlisida hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitadi (bundan buyon matnda “hukumat soati” deb yuritiladi).
“Hukumat soati”ni oʻtkazish jadvali Bosh vazir bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlarining hukumat aʼzolariga savollari Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan “hukumat soati”ni oʻtkazishdan kamida oʻn kun oldin Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasi savollar roʻyxatidan kelib chiqqan holda “hukumat soati”da Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javob beradigan hukumat aʼzolarini belgilaydi.
“Hukumat soati” yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinishi mumkin.
102-modda. Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish
Senat oʻz majlisida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitishi mumkin.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisidagi masala Senat tomonidan uning qoʻmitalari tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida Senat qaror qabul qiladi, qaror tegishli hokimlarga oldindan yuboriladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi.
(101-102-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
103-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish
Senat zarur boʻlgan taqdirda oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda, ham bevosita, ham videokonferensaloqa rejimida eshitadi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida Senat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan eshituvni tashkil etish boʻyicha choralar koʻrilishi uchun ushbu vazirlikni oldindan xabardor qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, unda ushbu rahbarlarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Senat qarori oʻz hisoboti eshitilgan shaxsga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
(103-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish
Qonunchilik palatasi har yili hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay oʻz majlisida Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqadi.
Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda fraksiyalar, shuningdek Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Hisob palatasiga yuboriladi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori har yili Senatga hisobot taqdim etadi, hisobot Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboriladi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 28-noyabrdagi 6-mb-son “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3723, 11.12.2025-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 95-moddasi birinchi qismining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 12-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 323-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 55-moddasi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonuni.
14-modda. Parlament soʻrovi
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi, Senat davlat organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi taklif Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qoʻmitalar, fraksiyalar tomonidan, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan, Senat koʻrib chiqishi uchun esa, qoʻmitalar tomonidan, shuningdek Senat aʼzolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan kiritiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari parlament soʻroviga ogʻzaki javobni tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida palatalar belgilagan muddatda beradi.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari parlament soʻroviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuborishi lozim. Parlament soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(14-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Parlament soʻroviga yozma javob, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi. Yozma javobning nusxalari tegishli palataning majlisida oʻqib eshittirilguniga qadar oldindan Qonunchilik palatasi deputatlariga, Senat aʼzolariga yuboriladi.
(14-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Parlament soʻroviga javob tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi, Senat parlament soʻrovi muhokamasi yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 32-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 22-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2008-yil 26-avgustdagi 854-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Parlament soʻrovini amalga oshirish tartibi”, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 52-moddasi.
15-modda. Qonunchilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining soʻrovi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi deputati davlat organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan, Senat aʼzosi esa, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining soʻroviga, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi. Qonunchilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 321-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 249-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2008-yil 26-avgustdagi 854-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Parlament soʻrovini amalga oshirish tartibi”, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 311-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 52-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 39-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Qonunchilik palatasi, Senat qoʻmitalari tomonidan davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari ish rejalariga, Qonunchilik palatasining, Senatning hamda ular kengashlarining qarorlariga muvofiq oʻz majlislarida davlat organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi, Senat, ularning kengashlari va qoʻmitalari qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitishi mumkin.
Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organlariga yuboriladi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
17-modda. Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari tomonidan oʻrganish va qonun osti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari oʻz ish rejalariga muvofiq vaqti-vaqti bilan davlat organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi va Senat qarorlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqib oʻrganadi. Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat aʼzolari oʻrganish davomida davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalarini, statistika maʼlumotlarini va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari oʻz majlislarida davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitishi, shuningdek oʻrganish natijalarini Qonunchilik palatasi, Senat koʻrib chiqishi uchun kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish Oliy Majlis palatalari kengashlarining qaroriga muvofiq Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonun osti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Monitoringni amalga oshirish yakunlari Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari majlislarida koʻrib chiqilishi mumkin.
(17-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
18-modda. Parlament tekshiruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar hamda voqealarni oʻrganish maqsadida Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
Parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida maxsus komissiya tuziladi.
Maxsus komissiya parlament tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislarni, ekspertlarni va olimlarni komissiya ishiga jalb etishga;
davlat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olishga;
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilishga.
Maxsus komissiya Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma qaroriga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Maxsus komissiya bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan belgilangan muddatda ularni xabardor qiladi.
(18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 266-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan parlament nazoratini amalga oshirish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) parlament nazoratini “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiradi.
21-modda. Parlament nazorati natijalari
Parlament nazorati subyektlari oʻz vakolatlari doirasida parlament nazorati natijalari boʻyicha:
hukumat aʼzosini isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi uchun taklif kiritishi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 39-moddasining beshinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli davlat organlariga qonun hujjatlarining, davlat dasturlarining ijrosi, oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning amalga oshirilishi samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish yuzasidan takliflar va tavsiyalar kiritishi;
(21-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat hokimiyati organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va Oliy Majlis palatalariga hisobdor boʻlgan boshqa organlar tomonidan kiritilgan maʼruzalarni, hisobotlarni, axborotni hamda boshqa materiallarni ular yuzasidan mulohazalar va takliflarni koʻrsatgan holda ushbu organlarga maromiga yetkazish uchun belgilangan tartibda qaytarib yuborishi;
(21-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
parlament nazorati materiallarini vakolatli davlat organlariga oʻz vakolatlariga muvofiq koʻrib chiqish uchun yuborishi;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonunchilikni buzishning boshqa hollari maʼlum boʻlib qolgan taqdirda ularga darhol chek qoʻyish choralarini koʻrish talabi bilan tegishli davlat organlariga hamda mansabdor shaxslarga murojaat qilishi;
(21-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish, ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar va tavsiyalar kiritishi;
(21-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yangi qonunchilik hujjati loyihasini ishlab chiqish yoki amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tashabbusi bilan chiqishi;
(21-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
parlament nazorati natijalarini eʼlon qilishi mumkin.
22-modda. Parlament nazorati natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlarni koʻrib chiqish va ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
(22-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
parlament nazorati subyektlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning koʻrib chiqilishi va ijro etilishini taʼminlaydi;
parlament nazorati natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
takliflar va tavsiyalarni koʻrib chiqish natijalari hamda ular boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida parlament nazorati subyektlariga xabar qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikning buzilishiga yoʻl qoʻygan davlat organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻradi.
(22-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
23-modda. Parlament nazorati subyektlarining majburiyatlari
Parlament nazoratini amalga oshirishda parlament nazorati subyektlari:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlarini hamda ularning mansabdor shaxslarini parlament nazoratini oʻtkazish bilan bogʻliq zarur hujjatlar bilan tanishtirishi;
(23-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashmasligi;
(23-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning faoliyat koʻrsatishi uchun toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi;
(23-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi shart.
(23-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 98-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshi, Oʻzbekiston Respublikasi “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
Parlament nazorati subyektlarining zimmasida qonunga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Davlat organlari mansabdor shaxslarining majburiyatlari
(24-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Parlament nazorati subyektlari parlament nazoratini amalga oshirayotganda davlat organlarining mansabdor shaxslari:
(24-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
parlament nazorati amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
parlament nazorati subyektlarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek ularning faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi;
parlament nazorati subyektlariga parlament nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi, shuningdek ularning ishonchliligi va xolisligini taʼminlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari parlament nazorati subyektlarining parlament nazorati natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlarini koʻrib chiqishi va koʻrib chiqish natijalari hamda koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida ularni belgilangan muddatda xabardor qilishi shart.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari mansabdor shaxslarining zimmasida qonunga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(24-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
241-modda. Parlament nazorati subyektlariga Vazirlar Mahkamasining koʻmaklashishini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili parlament nazorati subyektlariga Vazirlar Mahkamasining koʻmaklashishini taʼminlaydi, xususan:
Davlat budjeti loyihasining Oliy Majlis palatalari koʻrib chiqishi uchun taqdim etilishini taʼminlaydi;
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotning Qonunchilik palatasiga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻgʻrisidagi har yilgi maʼruzasi Qonunchilik palatasiga taqdim etilishini taʼminlaydi;
zarur boʻlganda Bosh vazirning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini Qonunchilik palatasi tomonidan eshitishni tashkil etish choralarini koʻradi;
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitishni tashkil etish choralarini koʻradi;
Vazirlar Mahkamasining aʼzolariga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament soʻroviga, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatining yoki Senat aʼzosining soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashga koʻmaklashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oliy Majlis palatalari qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqning qoʻllanilish amaliyotini Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari tomonidan oʻrganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha choralar koʻradi, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mazkur yoʻnalishdagi boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlarining ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga rioya etilishi, Oliy Majlis palatalarining, ular kengashlarining qarorlari, qoʻmitalari va komissiyalarining qarorlari bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitishda ishtirok etadi.
(241-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
25-modda. Parlament nazorati natijalarini koʻrib chiqishning ochiqligi va oshkoraligi
Oldingi tahrirga qarang.
Parlament nazorati natijalarini koʻrib chiqish boʻyicha Qonunchilik palatasining, Senatning hamda ular organlarining majlislari ochiq va oshkora oʻtkaziladi. Majlislarga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif etilishi mumkin.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Zarurat boʻlganda, Qonunchilik palatasi, Senat va ularning organlari yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Parlament nazorati natijalari ommaviy axborot vositalarida va Qonunchilik palatasining, Senatning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 10 va 20-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining yettinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 10 va 20-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining yettinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 7 va 9-moddalari.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda. Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 193-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(27-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2016-yil 12-apreldagi 71 (6506)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 11-aprel,
OʻRQ-403-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 141-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)