1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tartibga solish ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda norma ijodkorligi faoliyatining sifatini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishga jamoatchilikni keng jalb qilgan holda chuqur o‘ylangan hamda hisob-kitob qilingan qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi yangi innovatsion “aqlli tartibga solish” usullarini joriy etish maqsadida:
1. Tartibga solish ta’sirini baholash tizimi joriy etilishi doirasida muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, qoida tariqasida, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazishda kelib tushgan taklif va fikr-mulohazalar umumlashtirilib, tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobotga kiritilishi hamda majburiy tartibda normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga taqdim etilishi va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilinishi;
jamoatchilik muhokamasidan o‘tmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qabul qiluvchi organlar tomonidan majburiy tartibda ishlab chiquvchilarga qaytarilishi shartligi.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Adliya vazirligi:
muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha ularni jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazishdan oldin manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan har tomonlama ko‘rib chiqilishini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
jamoatchilik muhokamasi jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning asosli e’tirozlarini keltirib chiqargan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha ekspertlar va keng jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda ommaviy axborot vositalari ishtirokida anjumanlarning o‘tkazilishini talab qiladi hamda ushbu loyihalarni ishlab chiquvchilarga qayta ishlash uchun qaytaradi.
2. Belgilab qo‘yilsinki, tartibga solish ta’sirini baholash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
a) 2023-yil 1-yanvarga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkaziladi:
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yangi cheklovlar va yangi turdagi ruxsat berish tartib-taomillari, litsenziyalar joriy qilish yoki mavjud cheklov, ruxsat berish tartib-taomillari va litsenziyalanadigan faoliyat turlarini bozor ishtirokchilarining yanada kengroq doirasiga tatbiq qilishni;
ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni olish uchun qo‘shimcha talablar va shartlarni joriy etishni;
yuridik shaxslar ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talablarni oshirishni;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning belgilangan huquqlarini qisqartirish (kamaytirish) yoki ularga qo‘shimcha majburiyatlar yoxud qo‘shimcha xarajatlar joriy qilishni;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga har qanday turdagi davlat yordamini, shu jumladan, imtiyoz, kafolat, preferensiyalarni belgilash, shuningdek, yangi huquqlar, shu jumladan eksklyuziv huquqlarni berishni;
(2-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab, tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkaziladi.
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
normativ-huquqiy hujjat loyihasini rejalashtirish va ishlab chiqish jarayonida hamda qabul qilingandan keyin tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazishning uch bosqichli tartibi joriy etilishi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish rejasi har yili ishlab chiqilishi va jamoatchilik muhokamasidan o‘tganidan keyin 20-martga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi (huquqiy monitoring) normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish bilan birga amalga oshirilishi va uning natijalari tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazishda inobatga olinishi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
fuqaro va yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazilgan tartibga solish ta’sirini muqobil baholash natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosalar tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqilishi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
Oliy sud, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga sudlarda ko‘rilgan ishlar materiallari, sud, tergov va huquqni qo‘llash amaliyoti va statistik hisobini umumlashtirish natijalarini inobatga olgan holda, normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish bo‘yicha takliflarni Adliya vazirligiga kiritish tavsiya etilsin.
4. Belgilansinki, Adliya vazirligi:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish ta’sirini baholash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish bo‘yicha faoliyati monitoringini olib boradi;
jamoatchilik muhokamasi jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha kelib tushgan, asosli deb topilgan takliflarga javob qaytarilmagan (ko‘rmasdan qoldirilgan) taqdirda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari va tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash uchun mas’ul xodimlari ro‘yxatini shakllantiradi, ularning malaka va ko‘nikmalarini oshirib borish, shu jumladan ular uchun o‘quv tadbirlarini xorijda tashkil etish yuzasidan takliflar kiritib boradi;
O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlarini tizimli tahlil qilib boradi hamda ularni yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
5. Adliya vazirligi:
a) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali hamda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini jamoatchilikka normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish jarayonini kuzatib borish imkoniyatini yaratish hamda loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilganligi haqida xabar ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinishini nazarda tutgan holda takomillashtirishni ta’minlasin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish jarayoniga foyda va xarajatlarni avtomatlashtirilgan tahlil qiluvchi elektron dasturni joriy etish bo‘yicha takliflarni kiritsin;
b) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yil 15-aprelga qadar:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
alohida tasdiqlangan rejalar asosida davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari hamda mas’ul xodimlari uchun ushbu qarorga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazishning mohiyati va tartibini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etib borish amaliyotini joriy etsin;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazishning uslubiyoti, muhokama ishtirokchilari uchun so‘rovnomalar va tegishli hisobot shakllarini tasdiqlasin.
6. Xo‘jalik boshqaruvi organlari va davlat ishtirokidagi korxonalarga 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
aholi va tadbirkorlarning huquq va manfaatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi hujjatlarini (ularning loyihalarini) tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish tartibini joriy etish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda aholi va tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar tahlili asosida har yili o‘zlarining hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazib borish hamda uning natijalarini keng yoritish tavsiya etilsin.
7. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-mart,
PQ-5025-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qaroriga
ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ishlab chiquvchi — normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiquvchi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholashni o‘tkazuvchi davlat organi va tashkiloti;
tartibga solish ta’sirini baholash (keyingi o‘rinlarda — TSTB) — loyihaning qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy oqibatlarni aniqlash va baholash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, samaradorligini hamda tartibga solish usulini qo‘llashda yuzaga kelgan oqibatlarni aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
tartibga solish vositasi — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi (rioya etilishi) majburiy bo‘lgan talablar yoki boshqa cheklovlar yoxud ularga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa choralar;
manfaatdor tomonlar — o‘rganilayotgan muammo yoki taklif etilayotgan tartibga solish doirasiga tushadigan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari;
foyda — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlar olishi mumkin bo‘lgan (kelgan) har qanday shakldagi foyda yoki daromad;
xarajatlar — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (yuzaga kelgan) bevosita va bilvosita xarajatlar;
ta’sir — normativ-huquqiy hujjatlar loyihasida hamda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlar, talablar, taqiq va boshqa cheklovlarga rioya qilishda manfaatdor tomonlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bevosita yoki bilvosita foyda va xarajatlar;
TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat yuzasidan o‘tkazilgan TSTB yakunlari bo‘yicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
soddalashtirilgan TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishidan oldin o‘tkazilgan TSTB yakunlari bo‘yicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
kengaytirilgan TSTB hisoboti — normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda kengaytirilgan tartibda o‘tkazilgan TSTB yakunlari bo‘yicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;
TSTB natijalari bo‘yicha xulosa — TSTB hisobotini ko‘rib chiqish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning tegishli sohaga ta’sirini baholash yakunlari bo‘yicha xulosa beruvchi organlar tomonidan tayyorlanadigan hujjat.
3. TSTB muayyan sohada vujudga kelgan muammo, kelib chiqqan ijobiy va salbiy oqibatlar hamda muammoni hal qilishga qaratilgan yechimlar va ularning afzallik va kamchiliklarini, sohaga davlat aralashuvining zaruratini aniqlash, shuningdek, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha ularning tartibga solish maqsadlariga erishilganligi va samaradorligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
4. Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat majburiy tarzda TSTBdan o‘tkaziladi.
5. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini TSTBdan o‘tkazish ikki bosqichda loyiha ishlab chiqilishidan oldin soddalashtirilgan tartibda hamda loyihani ishlab chiqish bilan bir vaqtda kengaytirilgan tartibda amalga oshiriladi.
6. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi bilan quyidagi tartibga solish vositalari joriy etilishi nazarda tutilgan hollarda soddalashtirilgan tartibda TSTB o‘tkaziladi:
jismoniy va yuridik shaxslarga majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlarni belgilash yoki ularni o‘zgartirish;
jismoniy va yuridik shaxslarga majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlarga rioya qilish yoki ularni bajarishni ta’minlash bilan bog‘liq ta’sir choralarini qo‘llash;
tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz, preferensiya va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini joriy qilish, ularning ta’sir doirasini kengaytirish yoki qisqartirish yoxud ularni bekor qilish.
7. Soddalashtirilgan TSTB natijasida iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga ta’sir darajasi yuqori deb topilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi kengaytirilgan tartibda TSTBdan o‘tkaziladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek TSTB sohasidagi vakolatli organlar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor tomonlarning takliflariga ko‘ra ham kengaytirilgan TSTBdan o‘tkazilishi mumkin.
8. Quyidagi hollarda normativ-huquqiy hujjat loyihasini TSTBdan, shu jumladan, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish majburiy hisoblanmaydi:
normativ-huquqiy hujjat loyihasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha cheklovchi tadbirlar (karantin)ni belgilashga qaratilgan bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishni nazarda tutsa;
normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar nazarda tutilsa;
normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga javob bermasa.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan hollarda ishlab chiquvchi loyihaning tushuntirish xatida TSTBdan o‘tkazish rad etilganligini asoslashi lozim.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olsa, ular jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilmasdan TSTBdan o‘tkazilishi mumkin.
9. Quyidagilar TSTBdan o‘tkazish uchun axborot manbalari hisoblanadi:
rasmiy statistik ma’lumotlar;
davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlari;
ilmiy-tahliliy materiallar va nashrlar, ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar hamda yig‘ilishlar materiallari;
vakolatli tashkilotlar va ishlab chiquvchi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarning natijalari;
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarda e’lon qilingan nashrlar;
TSTBdan o‘tkazish doirasida davlat organi va tashkiloti tomonidan, shu jumladan, bevosita joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida olingan (aniqlangan) ma’lumotlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
10. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni TSTBdan o‘tkazish ushbu Nizomga muvofiq tasdiqlanadigan uslubiyot asosida amalga oshiriladi.
TSTB natijalari yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTB hisoboti tayyorlanadi hamda ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
11. Davlat organlari va tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish uchun soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil qilinadi.
Davlat organlari va tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjat yoki uning loyihasini TSTBdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish hamda TSTB bo‘yicha ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtirish davlat organi va tashkilotlarining strategik rejalashtirish va metodologiya bo‘linmasi zimmasiga, bunday bo‘linma mavjud bo‘lmagan hollarda qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish yoki metodik ta’minlash vazifasi yuklatilgan tarkibiy bo‘linmalar zimmasiga yuklatiladi.
2-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va TSTBdan o‘tkazish tartibi
1-§. Loyihani soddalashtirilgan tartibda TSTBdan o‘tkazish
12. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan tartibga solish vositalarini joriy etishni nazarda tutuvchi loyihalar ishlab chiqilishidan oldin loyihaning konsepsiyasi asosida soddalashtirilgan tartibda TSTBdan o‘tkaziladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-160-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/160/0812-son)
121. Loyihaning konsepsiyasida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
loyihani ishlab chiqish asosi va zarurati (maqsad va vazifalari);
loyihaning mazmuni (asosiy qoidalari);
tartibga solish vositalari (talab, cheklov va javobgarlik, imtiyoz va preferensiyalar).
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-160-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/160/0812-son)
13. Ishlab chiquvchi soddalashtirilgan TSTB natijalari yuzasidan hisobot tayyorlaydi.
14. Soddalashtirilgan TSTB hisobotida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
muammo tavsifi, shu jumladan muammo ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar va subyektlar tahlili;
davlat aralashuvining zarurati, maqsadi va muammoni hal qilish yoki uning salbiy ta’sirini kamaytirish bilan bog‘liq xatarlar;
muammoni hal qilishning muqobil usullari;
muqobil usullarning ijobiy va salbiy ta’sirlari hamda muammoni hal etishdagi ehtimoliy ulushi;
maqbul usulning boshqa usullarga nisbatan afzalligi;
maqbul usul orqali joriy etilishi kutilayotgan tartibga solish vositalari.
2-§. Loyihani kengaytirilgan tartibda TSTBdan o‘tkazish
15. Ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hollarda loyiha yuzasidan kengaytirilgan tartibda TSTB o‘tkaziladi.
16. Kengaytirilgan TSTB hisobotida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
tartibga solinishi kerak bo‘lgan muammo tahlili va davlat aralashuvining zarurati (sabablari);
tartibga solish orqali erishilishi lozim bo‘lgan maqsadlar;
muammoni hal qilishda muqobil usullar, ularning afzalliklari hamda kamchiliklari;
tartibga solish ta’sir ko‘rsatadigan subyektlar to‘g‘risida ma’lumotlar;
har bir muqobil usulning miqdoriy va sifat tahlili, shu jumladan foyda va xarajat tahlili, tegishli sohalarga (raqobat, ijtimoiy soha, atrof-muhit) ta’sirlari va qo‘llashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari xavfi va qiyosiy tahlil yordamida tanlangan maqbul usulni joriy etishning maqsadga muvofiqligi;
tartibga solish maqsadlariga erishish uchun zarur chora-tadbirlar va kutilayotgan natijalar;
loyihaning yoki unda belgilangan tartibga solish vositalarining amal qilishi taklif qilingan davrni asoslash (amal qilish muddati mavjud bo‘lganda).
3-§. Loyiha va TSTB hisobotini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish, ekspertlar va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish
17. TSTB jarayonida muammolarni tahlil qilish, ma’lumotlar va dalillarni yig‘ish, muqobil usullarni aniqlash va tartibga solish vositalari joriy etilishi maqsadga muvofiqligi va zaruratini baholash maqsadida manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilishi, shuningdek, muammoni hal qilishning muqobil usullari soha mutaxassislari (ekspertlari) bilan muhokama qilinishi (keyingi o‘rinlarda — ekspertlar muhokamasi) zarur.
Tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlar yuklatilishini nazarda tutuvchi loyihalar va TSTB hisoboti bevosita tadbirkorlik subyektlari hamda ularning birlashmalari ishtirokida muhokama qilinadi.
Loyihalarni ishlab chiqishda, shu jumladan, TSTBdan o‘tkazishda, ma’lumot yig‘ish (so‘rov, fokus guruh muhokamalari va boshqa) jarayonlariga ilmiy tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — ilmiy tashkilotlar), shuningdek, maslahat (konsalting) xizmatini ko‘rsatadigan tashkilotlar va soha mutaxassislari (ekspertlari) shartnoma asosida keng jalb qilinishi mumkin.
18. Ekspertlar muhokamasi natijalari asosida loyiha va TSTB hisoboti qayta ishlanadi, tegishli materiallar Adliya vazirligiga hamda qaror qabul qiluvchi organlarga loyiha va TSTB hisobotini kiritishda majburiy tartibda ilova qilinadi.
19. Loyiha va TSTB hisobotini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
20. Loyihalarni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
21. Ekspertlar muhokamasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish yakunlari asosida qayta ishlangan loyiha va TSTB hisoboti ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (keyingi o‘rinlarda — Portal) joylashtirilishi orqali o‘zi belgilagan, lekin 15 kundan kam bo‘lmagan muddatda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.
22. Loyiha va TSTB hisoboti bo‘yicha asoslangan takliflar jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan Portalning texnik imkoniyatlaridan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda taqdim etiladi.
23. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda boshqa tashkilotlar va fuqarolar tomonidan loyihaning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash amalga oshirilishi va baholash natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosalar loyihani ishlab chiquvchi davlat organiga taqdim etilishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan o‘tkazilgan loyihaning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosalar tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi.
24. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda manfaatdor tomonlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq asoslangan ma’lumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan loyiha va TSTB hisobotini loyiha muhokamasi muddati yakunlangandan so‘ng 5 kundan kam bo‘lmagan muddatga Portalga joylashtiradi.
Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ma’lumotnoma TSTB o‘tkazishning barcha jarayonlarida TSTB hisobotiga ilova qilinadi.
25. Jamoatchilik muhokamasi asosida loyihani qayta ishlashda loyiha matni jamoatchilik muhokamasiga kiritilganidan tubdan farq qilsa, xususan, uning konseptual qoidalari o‘zgartirilgan taqdirda, loyiha va TSTB hisoboti jamoatchilik muhokamasiga takroran joylashtiriladi.
26. Ishlab chiquvchi o‘z tashabbusi bilan yoki Adliya vazirligi talabiga muvofiq jamoatchilik muhokamasi davomida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan yoki aholining asosli e’tirozlarini keltirib chiqargan loyiha va TSTB hisoboti yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun ushbu loyihaning maqsadi, mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha matbuot anjumanlari va brifinglarni o‘tkazadi.
4-§. Loyiha va TSTB hisobotini xulosa beruvchi organlar bilan kelishish
27. Loyiha va kengaytirilgan TSTB hisoboti, shuningdek, TSTB yuzasidan xulosa berish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar loyihaning tegishli sohaga ta’sirini o‘rganish uchun xulosa beruvchi organlarga Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali idoralararo kelishuv bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
28. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va kengaytirilgan TSTB hisoboti:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri jihatidan;
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan raqobatga ta’siri jihatidan;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan atrof-muhitga ta’siri jihatidan o‘rganiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ta’sirini o‘rganish tegishli sohada davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kelishish jarayonida amalga oshiriladi.
Xulosa beruvchi organlar zaruratga ko‘ra, loyiha va kengaytirilgan TSTB hisobotini o‘zaro muhokama qilish orqali birgalikda kelishilgan xulosa tayyorlashlari mumkin.
29. Xulosa beruvchi organlar kengaytirilgan TSTB hisobotini o‘rganish jarayonida ishlab chiquvchidan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish huquqiga ega.
30. Kengaytirilgan TSTB natijalari bo‘yicha xulosa beruvchi organlar tomonidan 10 ish kuni mobaynida loyihaning maqsadga muvofiqligi, qayta ko‘rib chiqish lozimligi yoki maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa rasmiylashtiriladi va xulosa beruvchi organlarning birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) tomonidan imzolangan holda ishlab chiquvchiga taqdim etiladi.
5-§. Soddalashtirilgan TSTB hisobotini dastlabki xulosa olish uchun Adliya vazirligiga kiritish
31. Ishlab chiquvchi loyihaning konsepsiyasi va soddalashtirilgan TSTB hisobotini ushbu Nizomda belgilangan ma’lumotlar bilan birgalikda, o‘tkazilgan TSTBning sifati hamda loyiha bo‘yicha kengaytirilgan TSTB o‘tkazish zaruratini aniqlash yuzasidan dastlabki xulosa olish uchun Adliya vazirligiga kiritadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-160-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/160/0812-son)
32. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB o‘tkazish jarayonlarida ushbu Nizom talablariga rioya etilganligini, davlat aralashuvining zarurati, muammoni tanlangan tartibga solish usuli bilan hal etish asosliligini hamda loyihani kengaytirilgan TSTBdan o‘tkazish zarurati mavjudligini o‘rganadi.
33. Adliya vazirligi soddalashtirilgan TSTB hisobotini o‘rganish jarayonida ishlab chiquvchidan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish huquqiga ega.
34. Adliya vazirligi tomonidan 10 ish kuni mobaynida soddalashtirilgan TSTB hisoboti ko‘rib chiqiladi hamda baholash natijalari yuzasidan quyidagi xulosalardan biri taqdim etiladi:
loyiha soddalashtirilgan TSTB hisoboti asosida ishlab chiqilishi mumkinligi;
loyiha iqtisodiy, ijtimoiy sohaga yoki atrof-muhitga ta’siri darajasi yuqori deb topilganligi bois kengaytirilgan tartibda TSTBdan o‘tkazilgan holda ishlab chiqilishi zarurligi haqida.
Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda o‘tkazilganligini aniqlagan taqdirda, TSTBdan o‘tkazish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, qo‘shimcha o‘rganishlarni amalga oshirish uchun aniq muddatni belgilagan holda soddalashtirilgan TSTB hisobotini ishlab chiquvchiga qaytaradi.
6-§. Loyiha va TSTB hisobotini Adliya vazirligiga kiritish
35. Soddalashtirilgan TSTBdan, idoralararo kelishuvdan, ekspertlar va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgandan so‘ng qayta ishlangan loyiha va TSTB hisoboti, shuningdek, kengaytirilgan TSTBdan o‘tkazilgan loyihalar yuzasidan xulosa beruvchi organlarning TSTB natijalari bo‘yicha xulosasi va ushbu Nizomda ko‘rsatilgan boshqa zarur materiallar, ularni belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda amalga oshirilgan TSTB sifatini o‘rganish uchun ishlab chiquvchi tomonidan Adliya vazirligiga kiritiladi.
36. Loyiha va kengaytirilgan TSTB hisoboti xulosa beruvchi organlarning TSTB natijalari bo‘yicha xulosalari mavjud bo‘lgandagina Adliya vazirligiga kiritiladi.
37. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan loyihani TSTBdan o‘tkazish jarayonlarida ushbu Nizom talablariga rioya etilganligini, loyihada manfaatdor tomonlar uchun asossiz xarajatlar, ortiqcha majburiyatlar, taqiq, javobgarlik choralari va cheklovlar mavjud yoki mavjud emasligi, muammo taklif etilayotgan tartibga solish usuli bilan hal etilishining asosliligini o‘rganadi.
38. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda o‘tkazilganligini aniqlagan taqdirda, TSTBdan o‘tkazish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, qo‘shimcha o‘rganishlarni amalga oshirish uchun aniq muddatni belgilagan holda loyiha, TSTB hisoboti va TSTB natijalari bo‘yicha xulosalarni ishlab chiquvchiga qaytaradi.
39. Ishlab chiquvchi tomonidan TSTB o‘tkazish jarayonlari ushbu Nizom talablariga to‘liq rioya etilgan holda o‘tkazilgan taqdirda, Adliya vazirligi tomonidan loyihada manfaatdor tomonlar uchun asossiz xarajatlar, ortiqcha majburiyatlar, taqiq va cheklovlar mavjud yoki mavjud emasligi, muammo taklif etilayotgan tartibga solish usuli bilan hal etilishining asosli yoki asosli emasligini nazarda tutuvchi loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
40. Ishlab chiquvchi tomonidan loyihani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritishda unga TSTB hisoboti, ekspertlar va jamoatchilik muhokamasi natijasi bo‘yicha ma’lumot, xulosa beruvchi organlar va Adliya vazirligining xulosalari ilova qilinadi.
3-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish
41. TSTB doirasiga tushadigan normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan, kengaytirilgan tartibda TSTBdan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi majburiy ravishda ular kuchga kirgandan so‘ng har yili monitoringdan o‘tkaziladi.
Bunda:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishlab chiquvchi tomonidan belgilangan shakldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish rejasi (keyingi o‘rinlarda — monitoring rejasi) tayyorlanadi va loyiha qabul qilinguniga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarda unga ilova qilinadi;
monitoring rejasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini TSTBdan o‘tkazish jarayonida vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi;
normativ-huquqiy hujjatning monitoringi monitoring rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
42. Quyidagilar monitoringning asosiy vazifalari hisoblanadi:
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish, uning ijrosi va natijalarini muntazam hamda tizimli ravishda kuzatib borish;
TSTBdan o‘tkazish uchun statistik ma’lumotlarni to‘plash;
huquqni qo‘llash amaliyotining normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish maqsadlariga muvofiqligini o‘rganish;
normativ-huquqiy hujjatlar ijrosiga to‘sqinlik qiluvchi holatlarni aniqlash;
normativ-huquqiy hujjat ijrosi bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish.
43. Monitoring normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi o‘tkazilishiga bevosita mas’ul etib belgilangan davlat organi tomonidan, mas’ul organ belgilanmagan hollarda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Monitoring rejasining shakli va monitoring o‘tkazish uslubiyoti Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
44. Monitoring Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Davlat organlari har yili 1-fevralga qadar o‘tkazilgan monitoring natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy ravishda o‘zlarining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi hamda Adliya vazirligiga taqdim etadi.
4-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish tartibi
1-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash
45. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar TSTBdan o‘tkaziladi:
loyihasi ishlab chiqilishida TSTBdan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatlar;
ushbu Nizomning4-bandida ko‘rsatilgan holatlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar.
Normativ-huquqiy hujjatning samaradorligi, maqsadi va kutilgan natijalarga erishilganligini aniqlash maqsadida:
qonun kuchga kirgan kundan boshlab besh yil o‘tib, keyinchalik har besh yilda mas’ul davlat organi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari tomonidan;
qonunosti hujjatlari kuchga kirgan kundan boshlab uch yil o‘tib, keyinchalik har uch yilda mas’ul davlat organi tomonidan TSTBdan o‘tkaziladi.
46. Normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish ishlab chiquvchi yoki davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadigan normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish rejasiga (keyingi o‘rinlarda — TSTBdan o‘tkazish rejasi) muvofiq amalga oshiriladi.
47. Davlat organlari va tashkilotlari har yili 1-fevralga qadar Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTBdan o‘tkazish rejasi loyihasiga takliflarni shakllantiradi va birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) imzosi bilan Adliya vazirligiga taqdim etadi.
48. Adliya vazirligi har yili 10-fevralga qadar davlat organlari va tashkilotlari takliflari asosida TSTBdan o‘tkazish rejasi loyihasini ishlab chiqadi hamda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun 15 kundan kam bo‘lmagan muddatda Portalga joylashtiradi.
49. Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida asoslangan ma’lumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan TSTBdan o‘tkazish rejasini har yili 1-martga qadar tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
50. TSTBdan o‘tkazish rejasi har yili 20-martga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror shaklida tasdiqlanadi.
Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan TSTBdan o‘tkazish rejasini Portalga joylashtirish va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish orqali keng jamoatchilikka yetkazilishini ta’minlaydi.
51. Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi monitoringi doirasida aniqlangan ma’lumotlar normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazishda inobatga olinadi.
2-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish
52. Ishlab chiquvchi TSTBdan o‘tkazish rejasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazadi va natijasi bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTB hisobotlarini tayyorlaydi hamda ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) imzosi bilan rasmiylashtiradi.
53. TSTB jarayonida ma’lumotlar va dalillarni yig‘ish, tartibga solish vositasining samaradorligi, shu jumladan uning natijadorligi, maqsadlariga erishilganligi hamda uning qo‘llanilishi natijasida yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash maqsadida manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilishi, shuningdek, soha mutaxassislari (ekspertlari) bilan muhokamalar amalga oshirilishi zarur.
54. TSTB hisobotida quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi shart:
normativ-huquqiy hujjatning turi, nomi va rekvizitlari;
normativ-huquqiy hujjatning loyihasi ishlab chiqilganda tayyorlangan TSTB hisoboti va TSTB natijalari bo‘yicha xulosalar (mavjud bo‘lsa);
normativ-huquqiy hujjat manfaatlariga ta’sir ko‘rsatgan subyektlar to‘g‘risida ma’lumotlar;
tartibga solishning maqsadlariga erishilganligi va samaradorligi to‘g‘risida ma’lumotlar;
normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qo‘llashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlar tahlili;
manfaatdor tomonlar uchun normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi munosabati bilan keltirilgan foyda va (yoki) yuzaga kelgan xarajatlarning tahlili va taqqoslash natijalari;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning to‘liqligi, normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida qarama-qarshiliklar mavjudligi, ulardagi bir-birini takrorlovchi va kollizion normalar, normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llashning yagona amaliyoti mavjudligi (yo‘qligi)ga oid ma’lumotlar;
murojaatlar soni va mazmuni (takliflar, arizalar, shikoyatlar), normativ-huquqiy hujjatning amal qilish sohasidagi qayd etilgan huquqbuzarliklarning soni va xarakteri, shuningdek, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish holatlariga oid ma’lumotlar;
normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usullarining amal qilishi maqsadga muvofiqligi yoki ularni bekor qilish zarurligi to‘g‘risida xulosa;
boshqa ma’lumotlar.
55. TSTB hisobotida normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi munosabati bilan kelib chiqqan oqibatning ijobiy, salbiy ta’siri yoki ta’sir mavjud emasligining aniq tavsifi aks ettiriladi.
56. TSTB hisoboti ishlab chiquvchi tomonidan Portalga joylashtirilishi orqali 10 kun muddatda majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.
57. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash amalga oshirilishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosalar tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi.
58. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari va manfaatdor tomonlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida asoslangan ma’lumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan TSTB hisobotini jamoatchilik muhokamasi muddati yakunlangandan so‘ng 5 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda Portalga joylashtiradi.
Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilarining takliflarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ma’lumotnoma TSTB o‘tkazish barcha jarayonlarida TSTB hisobotiga ilova qilinadi.
3-§. TSTB hisobotini xulosa beruvchi organlar bilan kelishish
59. Jamoatchilik muhokamasi yakunlari bo‘yicha qayta ishlangan TSTB hisoboti tegishli sohaga ta’sirini o‘rganish uchun xulosa beruvchi organlarga taqdim etiladi.
60. TSTB hisoboti:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri jihatidan;
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan raqobat muhitiga ta’siri jihatidan;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan atrof-muhitga ta’siri jihatidan;
tegishli sohada davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ta’siri jihatidan o‘rganiladi.
Xulosa beruvchi organlar zaruratga ko‘ra, TSTB hisobotini o‘zaro muhokama qilish orqali birgalikda kelishilgan xulosa tayyorlashlari mumkin.
61. Xulosa beruvchi organlar TSTB hisobotini o‘rganish jarayonida ishlab chiquvchidan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olish huquqiga ega.
62. TSTB natijalari bo‘yicha xulosa beruvchi organlar tomonidan 10 ish kuni mobaynida TSTB natijalari to‘g‘risida xulosalar rasmiylashtiriladi va xulosa beruvchi organlarning birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) tomonidan imzolangan holda ishlab chiquvchiga taqdim etiladi.
4-§. TSTB hisobotini Adliya vazirligiga kiritish
63. Jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilgandan va TSTB natijalari bo‘yicha xulosalar olingandan so‘ng qayta ishlangan TSTB hisoboti TSTB sifatini o‘rganish uchun Adliya vazirligiga kiritiladi.
64. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya etilganligini, tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qo‘llashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlarni, manfaatdor tomonlar uchun asossiz xarajatlar, ortiqcha majburiyatlar, taqiq va cheklovlar yuzaga kelganligi (kelmaganligi)ni o‘rganadi.
65. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda o‘tkazilganligini aniqlagan taqdirda, TSTBdan o‘tkazish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, qo‘shimcha o‘rganishlarni amalga oshirish uchun aniq muddatni belgilagan holda TSTB hisoboti va xulosalarni ishlab chiquvchiga qaytaradi.
66. Ishlab chiquvchi tomonidan TSTB hisoboti ushbu Nizom talablariga to‘liq rioya etilgan holda tayyorlangan taqdirda, Adliya vazirligi 10 ish kuni mobaynida tartibga solish maqsadlariga erishilganligi, normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qo‘llashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlar, manfaatdor tomonlar uchun asossiz xarajatlar, ortiqcha majburiyatlar, taqiq va cheklovlar yuzaga kelganligi (kelmaganligi) to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi va ishlab chiquvchiga taqdim etadi.
5-§. TSTB natijalari bo‘yicha yakuniy ma’lumotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish
67. Adliya vazirligi TSTBdan o‘tkazish rejasiga muvofiq, qoida tariqasida, har chorakda normativ-huquqiy hujjatlarning TSTBdan o‘tkazilishi holatini tahlil qiladi va uning natijalari bo‘yicha TSTBdan o‘tkazish rejasining bajarilishi holati, TSTB hisobotlarining umumlashmasi hamda qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni (mavjud bo‘lsa) nazarda tutuvchi axborot-tahliliy ma’lumotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
68. Vazirlar Mahkamasi axborot-tahliliy ma’lumotni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan o‘tkazish natijalarini amalga oshirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlaydi yoki tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Hukumatga kiritish yuzasidan vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga topshiriq beradi.
5-bob. TSTB va monitoring o‘tkazilishini nazorat qilish
69. TSTB ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda o‘tkazilishi Adliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
70. Adliya vazirligi tartibga solish ta’sirini baholash, shu jumladan, monitoring sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ sifatida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish ta’sirini baholash va monitoring sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar monitoringini olib borish bo‘yicha faoliyatini tahlil qilib boradi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni TSTB o‘tkazish va monitoring olib borishda ishtirok etadi, shuningdek, davriyligidan qat’i nazar normativ-huquqiy hujjatlarni TSTB va monitoringdan o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi;
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish bo‘yicha faoliyati monitoringini olib boradi;
jamoatchilik muhokamasi jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha kelib tushgan, asosli deb topilgan takliflarga javob qaytarilmagan hollarda (ko‘rmasdan qoldirilgan) mazkur kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari va tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar monitoringini olib borish yakunlari bo‘yicha o‘z vaqtida taqdim etilmagan, noto‘g‘ri, ishonchsiz yoki to‘liq bo‘lmagan axborot taqdim etilgan taqdirda, ularga monitoringni o‘tkazishdagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;
davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash uchun mas’ul xodimlari ro‘yxatini shakllantiradi, ularning malaka va ko‘nikmalarini oshirib borish, shu jumladan ular uchun o‘quv tadbirlarini xorijda tashkil etish yuzasidan takliflar kiritib boradi.
71. Adliya vazirligi har yili mamlakatda TSTB tizimining holati to‘g‘risida axborot tayyorlab, uni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
72. TSTBdan o‘tkazish jarayonlariga ilmiy-ta’lim muassasalari mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, chet ellik mutaxassislar, shuningdek, amaliyotchi-mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
73. TSTBdan o‘tkazayotgan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va TSTBga mas’ul xodimlari amalga oshirilgan hisob-kitoblar hamda taqdim etilgan ma’lumot, hisobot va xulosalarning asoslanganligi va sifati uchun javobgar hisoblanadi.
74. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(ilova matni O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 07/21/5025/0208-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son; 09.09.2025-y., 06/25/160/0812-son)