1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.04.00 Vazirlar Mahkamasining Reglamenti]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING REGLAMENTIGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi majlislarini oʻtkazish hamda unda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ishtirok etishi tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining 64-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasi majlisiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yarim yillik va butun kalendar yil yakunlari boʻyicha respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning natijalarini koʻrib chiqishda, shuningdek majlisda respublikaning muayyan hududini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishni taʼminlash bilan bevosita bogʻliq masalalar koʻrilayotganda taklif etiladilar.
Vazirlar Mahkamasining kalendar yilning birinchi chorak va toʻqqiz oylik yakunlari boʻyicha majlislariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari taklif etiladilar”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-aprel,
103-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 116-modda)