toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “O‘ZBEKISTON IFTIXORI” FAXRIY UNVONINI TA’SIS ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta’sis etilsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 64-modda; 1997-yil, № 2, 64-modda; 1998-yil, № 5-6, 114-modda) 1-moddasi “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” degan so‘zlardan so‘ng quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston iftixori”.
3. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlari to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari to‘g‘risidagi Nizom “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni to‘g‘risidagi matndan so‘ng quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni jahon chempionatlarida, Olimpiya o‘yinlarida va shularga teng jahon sport anjumanlarida g‘oliblik — chempionlik unvoniga erishgan hamda o‘z yutuqlari bilan Vatan obro‘sini, shoni va shuhratini ulug‘lashga ko‘maklashgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
“O‘zbekiston iftixori” ko‘krak nishoni tavsifi matni O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq yangi tahrirda bayon etilgan (Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda).
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-avgust,
665-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 164-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda)