1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“SOGʻLOM AVLOD UCHUN” ORDENINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining birinchi va ikkinchi darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni taʼsis etilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi.
2. “Sogʻlom avlod uchun” ordeni toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
3. Birinchi va ikkinchi darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenining tasviri tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
873-XII-son
Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-may Qonuni
bilan tasdiqlangan
“Sogʻlom avlod uchun” ordeni toʻgʻrisida
Nizom
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
1. “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sogʻlom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni taʼminlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadilar.
“Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan kishilar ham mukofotlanishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
2. “Sogʻlom avlod uchun” ordeni ikki darajadan iborat boʻladi:
I darajali orden yuqori darajali hisoblanadi. Mukofotlash, qoida tariqasida, quyidagi tartibda: avval II darajali, oradan kamida uch yil oʻtganidan keyin I darajali orden bilan taqdirlash tarzida amalga oshiriladi.
(2-bandning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
3. I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishda, inson ekologiyasini yaxshilashda, jismonan va axloqan sogʻlom avlodni, vatanparvarlik hamda oʻz Vatani - mustaqil Oʻzbekistonga har tomonlama sodiqlik va undan faxrlanish oliy tuygʻularini tarbiyalashda, onalik va bolalikni taʼminlash uchun munosib moddiy va maʼnaviy zamin yaratishda Oʻzbekiston davlati va xalqi oldidagi juda katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar.
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan sogʻlom avlodlarni kamol toptirish ishiga katta hissa qoʻshgan, onalik va bolalik toʻgʻrisida alohida gʻamxoʻrlik qiluvchi kishilar, nogironligi boʻlgan bolalarning va yetim bolalarning vasiylari, bolalar va onalikka nisbatan muntazam oliy xayr-ehson koʻrsatuvchi jamoat tashkilotlari, xoʻjalik tuzilmalarining vakillari mukofotlanadilar.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
4. I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining qirq karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-martdagi 120-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlashga mablagʻlar ajratish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
5. II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-martdagi 120-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlashga mablagʻlar ajratish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.07.00 Nafaqalar, kompensatsiya toʻlovlarini va moddiy yordamni, imtiyozlar va ijtimoiy xizmat koʻrsatishni moliyalashtirish]
II darajali yoki II va I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.01.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim]
6. I va II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida vazirliklar va idoralar, fan va madaniyat muassasalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.09.00.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarni tartibga solish]
7. “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan boshqa davlatlarning fuqarolari ham mukofotlanishlari mumkin.
8. I va II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni koʻkrakning chap tomonida taqiladi.
9. Har bir mukofotlangan kishiga tegishli darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenini topshirish bilan bir vaqtda mukofotlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar beriladi.
10. “Sogʻlom avlod uchun” ordenining darajalaridan qatʼi nazar bu orden bilan takroran mukofotlanilmaydi.
Birinchi va ikkinchi darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordenining
Tasviri
1. I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni oltin suvi yugurtirilgan metalldan tayyorlanib, 34 mm. diametrdagi toʻgʻri doira shakliga ega. Ordenning oʻng qismida quyoshning iliq nurlari aksida ona va bolaning qavariqli tasviri tushirilgan. Ordenning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi gerbining qavariqli tasviri va doira boʻylab “SOFLOM AVLOD UCHUN” soʻzlari yozilgan. Doiraning yuqori qismida 12 ta yulduz tasvirlangan. Orden orqa tomonining chetlari boʻrtma hoshiyalangan.
Orden ilmoq va halqa yordamida yonlari kumush suvi yugurtirilgan dasta bilan biriktiriladi. Dastaning ichki qismi yashil rangli tovlanadigan lenta bilan oʻralgan. Lentaning oʻrtasida oltinrang oʻrik daraxtining gullab turgan shoxi oʻyib ishlangan.
2. II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni kumush suv yugurtirilgan metalldan tayyorlanadi. Orden ilmoq va halqa yordamida yonlari oʻyma oltinrang dasta bilan biriktiriladi. Dastaning ichki qismi kumush rangli tovlanadigan lenta bilan oʻralgan. Lentaning oʻrtasida kumushrang oʻrik daraxtining gullab turgan shoxi oʻyib ishlangan.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 1993-y.,6-son, 257-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1996-y., 9-son, 141-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)