1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KOʻRSATGAN FUQARO AVIATSIYASI XODIMI” FAXRIY UNVONINI TAʼSIS ETISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida qarorlar;
2.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.05.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida qarorlar]
1. “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvoni taʼsis etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 64-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-modda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2) Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari toʻgʻrisidagi Nizom “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi” faxriy unvoni toʻgʻrisidagi matndan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvoni havo transportini rivojlantirishda, zamonaviy aviatsiya texnikasini oʻzlashtirishda, aholiga va respublika xalq xoʻjaligiga namunali xizmat koʻrsatishni tashkil etishda alohida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimlari va mutaxassislariga beriladi”;
3) Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining koʻkrak nishonlari tavsiflari “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi” faxriy unvonining koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi matndan keyin quyidagi mazmundagi tavsif bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi”
Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida markazida ufqdan bosh koʻtarayotgan quyosh fonida samoda bulutlar uzra parvoz qilayotgan havo kemasi, pastki oʻng chekkasida — dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KO'RSATGAN GʻUQARO AVIATSIASI XODIMI” degan yozuv joy olgan.
Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
365-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 64-modda)