Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadi hamda ushbu Kodeksdan, shuningdek unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlaridan tashkil topadi.
mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxona, muassasa, tashkilotlarning, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirokini belgilaydi.
2-modda. Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining vazifasi
Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining vazifasi jazo ijrosini taʼminlash, mahkumlarni axloqan tuzatish, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
4-modda. Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari va xalqaro-huquqiy hujjatlar
Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari xalqaro huquqning jazoni ijro etish va mahkumlar bilan muomalada boʻlishga taalluqli prinsiplari va normalarini inobatga oladi.
Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining normalari mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa gʻayriinsoniy yoki kamsituvchi muomala turlaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro hujjatlarga zid boʻlishi mumkin emas.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi.
Jazoni ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya yoki avf akti asos boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 528, 531 — 546 va 5361-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 76-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-son “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
6-modda. Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining prinsiplari
Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari qonuniylik, adolat, insonparvarlik, demokratizm, jazoni ijro etishda differensiatsiya va individuallashtirishga rioya etish, majburlov vositalarini oqilona qoʻllash va mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini ragʻbatlantirish prinsiplariga asoslanadi.
7-modda. Mahkumni axloqan tuzatish. Axloqan tuzatishning asosiy vositalari
Mahkumni axloqan tuzatish — unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari va anʼanalariga hurmat munosabatini shakllantirishdan iborat.
Mahkumni axloqan tuzatishning asosiy vositalariga jazoni ijro etish va oʻtashning belgilangan tartibi (rejimi), ijtimoiy-foydali mehnat, tarbiyaviy ish, umumiy va hunar taʼlimi, kasb tayyorgarligi va jamoat taʼsiri kiradi.
Axloqan tuzatish vositalari jazo turini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, shuningdek mahkumning shaxsi va xulq-atvorini inobatga olgan holda qoʻllaniladi
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.02.00 Sudlanganlar va qamoqdagi shaxslarning huquqiy holati]
2-BOB. MAHKUMLARNING HUQUQIY HOLATI
8-modda. Mahkumlar huquqiy holatining asoslari
Mahkumlar, ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega boʻladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega boʻlishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga oʻz ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 14-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonunining 15 va 16-moddalari.
oʻz taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda javob berishning iloji boʻlmagan taqdirda javob Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. Javobni qamoq jazosiga, intizomiy qismga joʻnatish va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs murojaat etgan tilga tarjima qilib berish jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ tomonidan taʼminlanadi;
sogʻligʻini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga koʻra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitda tibbiy yordam olish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 57-moddasining uchinchi qismi, 87-moddasi, 122-moddasining uchinchi qismi, 150-moddasining uchinchi qismi, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalar” (roʻyxat raqami 3159, 20.05.2019-y.).
Mahkum ajnabiy fuqarolar shuningdek oʻz davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, Oʻzbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari boʻlmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni oʻz zimmasiga olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega.
Yuridik yordam olish uchun advokatlar bilan xoli uchrashuvlar mahkumlarga ularning arizasiga yoki advokatning iltimosnomasiga koʻra beriladi.
Advokat bilan uchrashuvni mahkumning oʻzi rad etganligi sababli advokatning mahkum yuridik yordam olishi uchun u bilan uchrashuv berilishi toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi advokat mahkum bilan xoli suhbatlashganidan keyin tasdiqlanishi kerak, bu haqda bayonnoma tuzilib, u mahkum, advokat va jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining vakili tomonidan imzolanadi.
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlar soni hisobiga kirmaydi, bunday uchrashuvlar soni va muddati cheklanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 76-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi.
Yuridik yordam koʻrsatilayotganda advokat quyidagi huquqlarga ega:
jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining, prokurorning, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat berish;
jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatidan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrab olish.
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
12-modda. Mahkumlarning vijdon erkinligini taʼminlash
Mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Ular har qanday dinga eʼtiqod qilishga yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaslikka haqli.
Qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxslar huzuriga, ularning iltimosiga koʻra, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan diniy birlashmalarning ruhoniylari taklif etiladi. Mahkumlarga diniy rasm-rusumlarni ado etishga, ibodat uchun kerakli narsalardan va diniy adabiyotlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Diniy rasm-rusumlarni ado etish ixtiyoriy boʻlib, bu narsa jazoni ijro etuvchi muassasaning ichki tartib qoidalarini buzmasligi, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitmasligi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 75 — 77-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
13-modda. Mahkumlarning asosiy majburiyatlari
Mahkumlar:
jazoni oʻtash tartibi va shartlariga rioya etishga;
jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyatining qonunga asoslangan talablarini bajarishga majburdirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 71 — 74-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlarning oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.03.00 Jazoni ijro etish muassasa va organlari hamda ular faoliyatini nazorat qilish]
3-BOB. JAZOLARNI VA BOSHQA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIR CHORALARINI IJRO ETUVCHI MUASSASALAR VA ORGANLAR
14-modda. Jazolarni ijro etuvchi muassasalar va organlar
Jarima tariqasidagi jazo Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti tomonidan ijro etiladi.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining 2-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ–3016-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi toʻgʻrisidagi nizom”ning 9-bandi ikkinchi xatboshisi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hukm talabi mahkumning ish joyidagi maʼmuriyat tomonidan, shuningdek tegishli faoliyat turlari bilan shugʻullanishga berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan ijro etiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo — harbiy xizmatchi xizmatni oʻtayotgan joydagi harbiy qismlarning (muassasalarning) qoʻmondonligi tomonidan;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 47-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida nizom”ning 293 va 294-bandlari.
intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazo — maxsus tashkil etilgan harbiy qismlar tomonidan ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizom.
Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo mazkur unvonni bergan organ tomonidan ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasi.
(14-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 29-sonli “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
15-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar
Shartli hukm qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilarga nisbatan esa — ular xizmatni oʻtayotgan joydagi harbiy qismlar (muassasalar) qoʻmondonligi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi toʻgʻrisida”gi nizom 7-bandning “g” kichik bandi.
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari:
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan ruhiy kasallarga nisbatan — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan;
alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan mahkumlarga nisbatan — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan, ular ozodlikdan mahrum etish yoki qamoqqa hukm qilingan taqdirda esa — ichki ishlar organlarining tibbiy muassasalari tomonidan ijro etiladi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari:
jabrlanuvchidan uzr soʻrash, yetkazilgan zararni toʻlash yoki bartaraf etish majburiyatini yuklash — sud tomonidan;
maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish — xalq taʼlimi organlari tomonidan ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 88-moddasi, mazkur Kodeksning 174-moddasining toʻrtinchi xatboshisi, 195 — 197-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori bilan tasdiqlangan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi toʻgʻrisidagi”gi nizom.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.03.00 Jazoni ijro etish muassasa va organlari hamda ular faoliyatini nazorat qilish]
4-BOB. JAZOLARNI VA BOSHQA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIR CHORALARINI IJRO ETUVCHI MUASSASALAR VA ORGANLAR FAOLIYATINI TEKSHIRISH HAMDA NAZORAT QILISH
16-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan tekshirish
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda tekshiradilar.
Jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 30 — 32-moddalari.
18-modda. Jazoni oʻtash joylariga kirish
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa shaxslar jazoni ijro etuvchi muassasalar va organlarga kirish huquqiga ega.
Shikoyatlarni koʻrib chiqishda, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini oʻz tashabbusi bilan tekshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 10-apreldagi OʻRQ-209-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 179-modda)
Mahkumlarning kino-, foto-, videotasvirga tushirish va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, mahkumlar xavfsizligini va qoʻriqlanishini taʼminlovchi obyektlarni tasvirga olishga esa, jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ruxsati boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 90-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
MAXSUS QISM
II BOʻLIM. JARIMA, MUAYYAN HUQUQDAN MAHRUM QILISH VA AXLOQ TUZATISH ISHLARI TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISH
Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida ixtiyoriy ravishda toʻlashi shart. Mahkum belgilangan muddatda jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlamagan taqdirda, jarima sud ijrochisi tomonidan majburiy tartibda undirib olinadi. Jarimani majburiy undirish ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan mahkumga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab olti oylik muddat ichida jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 82-moddasining birinchi qismi.
Agar belgilangan muddatda jarimani toʻliq miqdorda toʻlashga mahkumning imkoni boʻlmasa, sud uning iltimosnomasiga koʻra hukmning ijrosini Jinoyat-protsessual kodeksining 533-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etishi mumkin.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 10-apreldagi OʻRQ-151-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 94-modda)
Mahkumning jarimani toʻlashdan boʻyin tovlashi bu jazoni Jinoyat kodeksining 44 va 82-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va doirada boshqa jazo bilan almashtirishga sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 321-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 18-bandining ikkinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.05.00 Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish]
6-BOB. MUAYYAN HUQUQDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 19-iyuldagi 403-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bobi (roʻyxat raqami 3670, 20.08.2025-y.).
21-modda. Jazoni ijro etish tartibi
Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 45-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, mazkur Kodeks 14-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi toʻgʻrisida”gi nizom 7-bandning “g” kichik bandi, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 19-iyuldagi 403-sonli “Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3670, 20.08.2025-y.).
Qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga qoʻshimcha ravishda tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi asosiy jazoni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni roʻyxatga oladi;
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatiga va (yoki) muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga hukm talablarini ijro etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi;
mahkumning hukmda koʻrsatilgan taqiqlarga rioya etishini tekshiradi;
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligini tekshiradi.
Mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan taqdirda inspeksiya hukmning nusxasini mudofaa ishlari boʻlimiga yoki mahkum xizmatni oʻtayotgan joyga yuboradi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 19-iyuldagi 403-sonli “Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3670, 20.08.2025-y.).
23-modda. Korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari
Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga majbur:
mahkum boshqa ishga oʻtkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar qilish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 19-iyuldagi 403-sonli “Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3670, 20.08.2025-y.).
24-modda. Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organning majburiyatlari
Muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organ jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida mahkum shugʻullanishi taqiqlangan faoliyat turi uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilib, tegishli hujjatni olib qoʻyishga va bu haqda inspeksiyaga xabar yoʻllashga majbur.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 19-iyuldagi 403-sonli “Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3670, 20.08.2025-y.).
25-modda. Mahkumning majburiyatlari
Muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm talablarini bajarishga, jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mazkur jazoni oʻtash bilan bogʻliq hujjatlarni taqdim etishga, yashash va ish joyidagi oʻzgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida inspeksiyani xabardor qilishga, chaqiruvga binoan inspeksiyada hozir boʻlishga majbur. Mahkum hozir boʻlmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.06.00 Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish]
7-BOB. AXLOQ TUZATISH ISHLARI TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 19-iyuldagi 403-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 5-bobi (roʻyxat raqami 3670, 20.08.2025-y.).
26-modda. Jazoni ijro etish tartibi
Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ijrosi mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 46-moddasining birinchi — uchinchi qismlari, 83-moddaning birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 18-bandining birinchi xatboshisi, 19-bandi.
Mahkum doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan taqdirda hukmning ijrosi hukm chiqarilgan joydagi jazolarni ijro etish inspeksiyasi zimmasiga yuklanadi.
Axloq tuzatish ishlari korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda oʻtaladi.
Jazoni oʻz ish joyida oʻtash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar sudlangunga qadar oʻzlari ishlagan korxona, muassasa yoki tashkilotda mehnat faoliyatini davom ettiraveradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
Jazoni boshqa joylarda oʻtash sharti bilan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar jazolarni ijro etish inspeksiyasi belgilab beradigan korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi. Voyaga yetmagan mahkumlar yashash joyidagi korxona, muassasa va tashkilotlarga yuboriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 19-iyuldagi 403-sonli “Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3670, 20.08.2025-y.), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-son “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi.
27-modda. Jazolarni ijro etish inspeksiyasining majburiyatlari
axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni roʻyxatga oladi;
mahkumga jazoni oʻtashning tartibi va shartlarini tushuntiradi;
boshqa joylarda oʻtaladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ishga joʻnatadi;
mahkumlar tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini tekshiradi;
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot maʼmuriyati tomonidan hukm talablari ijro etilishini tekshiradi;
mahkumni qidirib topish yuzasidan dastlabki tadbirlarni oʻtkazadi, zarur materiallarni tayyorlaydi va tegishli xizmatga oshiradi;
axloq tuzatish ishlarini boshqa joylarda oʻtayotgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ruxsatnoma berish masalasini koʻrib chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 19-iyuldagi 403-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 48 — 50-bandlari (roʻyxat raqami 3670, 20.08.2025-y.) .
28-modda. Korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari
Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati quyidagilarga majbur:
mahkumning ish haqidan toʻgʻri va oʻz vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan summa davlat foydasiga oʻtkazilishini taʼminlash;
mahkumga nisbatan qoʻllanilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari haqida, uning jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgani, boshqa ishga oʻtkazilganligi yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida jazolarni ijro etish inspeksiyasini xabardor etish.
Axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm talablarini bajarishga, jazolarni ijro etish inspeksiyasiga mazkur jazoni oʻtash bilan bogʻliq hujjatlarni taqdim etishga, yashash va ish joyidagi oʻzgarishlar yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida inspeksiyani xabardor qilishga, chaqiruvga binoan inspeksiyada hozir boʻlishga majbur. Mahkum hozir boʻlmagan taqdirda u belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin.
Jazolarni ijro etish inspeksiyasi belgilaydigan joylarda jazoni oʻtash muddati mobaynida inspeksiyaning yozma ruxsatisiz mehnat shartnomasini mahkumning tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. Inspeksiya ruxsatnoma berishni rad etgan taqdirda yuqori mansabdor shaxsga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Axloq tuzatish ishlari muddati mahkum ishlagan va uning ish haqidan ushlab qolingan davr mobaynidagi yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Mahkum ishlab bergan kunlar miqdori sud tomonidan belgilangan jazo muddatining har oyiga toʻgʻri keladigan ish kunlari miqdoridan kam boʻlmasligi kerak. Agar mahkum ana shu miqdordagi ish kunlarini ishlab bermagan boʻlsa va ishlanmagan kunlarni jazo muddatiga qoʻshib hisoblash uchun ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan asoslar boʻlmasa, axloq tuzatish ishlarini oʻtash mahkum belgilangan ish kunlari miqdorini toʻliq ishlab berguniga qadar davom etadi.
Ish vaqti jamlab hisobga olinadigan korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlayotgan mahkumlarning jazoni oʻtash muddati ish soatlarining normal miqdoriga amal qilingan holda, hisobga olinadigan davrdagi ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 123-moddasi.
Jazoni oʻtash muddati korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati jazolarni ijro etish inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan, boshqa joylarda oʻtaladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar uchun esa — ular jazoni oʻtash uchun yuborilgan korxona, muassasa, tashkilotda ish boshlagan kundan boshlanadi.
Mahkum ishlamagan, ammo qonunga muvofiq uning ish haqi saqlanib turgan vaqt, shuningdek mahkum ishsiz deb topilgan vaqt axloq tuzatish ishlarini oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
qamoq tariqasidagi maʼmuriy jazoni oʻtash vaqti, boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan qamoqda saqlangan vaqt.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 29-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 245-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 19-iyuldagi 403-sonli “Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3670, 20.08.2025-y.).
31-modda. Mahkumning ish haqidan chegirib qolish tartibi
Hukmda nazarda tutilgan chegirma mahkumning asosiy ish joyidagi ish haqining barcha turidan, har bir ishlangan oy uchun maosh toʻlash chogʻida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
32-modda. Axloq tuzatish ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlash oqibatlari
Mahkum axloq tuzatish ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda jazolarni ijro etish inspeksiyasi oʻtalmagan muddatni ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqida Jinoyat kodeksining 46 va 83-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga taqdimnoma kiritadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 21 va 22-bandlari.
8-BOB. QAMOQ TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH TARTIBI VA SHARTLARI
33-modda. Jazoni ijro etish muassasalari
Qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar jazoni hukm chiqarilgan joydagi maxsus qamoq uylarida oʻtaydilar.
Mahkumlar jazoning butun muddatini, odatda, bitta qamoq uyida oʻtaydilar.
Mahkumni bir qamoq uyidan ikkinchisiga oʻtkazishga ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
34-modda. Mahkumlarni jazoni oʻtash uchun joʻnatish
Mahkumlar jazoni oʻtash uchun qamoq uylariga tergov hibsxonasi maʼmuriyati hukm qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisida sud xabarnomasini olgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida joʻnatiladi.
Mahkumlarni qamoq uylariga joʻnatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
35-modda. Mahkumlarni saqlash sharoitlari
Qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar ushbu Kodeks 58-moddasining hamda 124-moddasi birinchi qismining talablariga rioya etilgan holda ikki kishilik, toʻrt kishilik yoki umumiy kameralarda saqlanadilar. Birinchi marta qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar ilgari qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtagan shaxslardan alohida saqlanadi.
Mahkumlar fuqarolik namunasidagi kiyimda yuradilar.
Mahkumlarning buyumlarini va xonalarini tintuv qilish, koʻzdan kechirish ushbu Kodeksning 67-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Mahkumlarga har kuni muddati bir soatlik, voyaga yetmaganlar, homilador ayollar va bolasi bor ayollarga esa — bir yarim soatlik sayr qilish imkoniyati beriladi.
Mahkumlarga uchrashuvlar, telefon orqali soʻzlashuvlar, posilkalar olish, oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish ruxsat etilmaydi, ushbu bobda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
36-modda. Oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish
Qamoq jazosiga hukm qilingan, davolanishga va kuchli ovqatga muhtoj mahkumlarga tibbiy xulosa asosida ularning shaxsiy hisobvaragʻidagi mablagʻlardan oziq-ovqat mahsulotlari sotib olishga ruxsat etiladi.
Mahkumlar eng zarur narsalarni pul oʻtkazish yoʻli bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdorining oʻttiz foizidan oshmaydigan summaga sotib olishlari mumkin.
37-modda. Mahkumlarning uchrashuvlari
Voyaga yetmagan mahkumlarga yaqin qarindoshlari bilan har oyda bir marta muddati uch soatgacha boʻlgan qisqa muddatli uchrashuv imkoniyati beriladi.
38-modda. Mahkumlarning telefon orqali soʻzlashuvlari
Qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslarga, alohida hollarda, yaqin qarindoshlari bilan ushbu Kodeksning 77-moddasida belgilangan tartibda telefon orqali soʻzlashuv imkoniyati beriladi.
39-modda. Posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar va pul joʻnatmalarini olish hamda yuborish
Qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar eng zarur narsalardan iborat bitta banderol yoki yoʻqlov olish huquqiga ega. Olishga ruxsat etilgan eng zarur narsalar roʻyxati ichki tartib qoidalari bilan belgilanadi.
Mahkuma homilador ayollar va yonida bolasi bor ayollarga, shuningdek shifokorning xulosasiga koʻra davolanishga va kuchli ovqat bilan taʼminlanishga muhtoj deb topilgan bemorlarga, tibbiy xulosada belgilab berilgan miqdorda va turda posilkalar hamda yoʻqlovlar olishga ruxsat etiladi.
Mahkumlarga pul joʻnatmalari olish va yuborishga, shuningdek posilkalar va banderollar joʻnatishga ruxsat etiladi. Joʻnatma tarzida kelib tushgan pul mablagʻlari mahkumning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazib qoʻyiladi.
Qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar cheklanmagan miqdorda xat olishlari va joʻnatishlari mumkin. Mahkumlarning yozishmalari senzuradan oʻtkaziladi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) bilan yozishmalari bundan mustasno.
(40-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 10-apreldagi OʻRQ-209-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 179-modda)
41-modda. Mahkumlarning moddiy-maishiy taʼminoti va ularga tibbiy xizmat koʻrsatish
Qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslarning maishiy-yashash sharoitlari belgilangan gigiyena va sanitariya qoidalariga mos boʻlishi shart.
Bir mahkumga toʻgʻri keladigan yashash maydoni normasi ikki yarim kvadrat metrdan kam boʻlishi mumkin emas.
Mahkumga yotish uchun alohida joy, koʻrpa-toʻshak va choyshab, shuningdek tergov hibsxonalarida qamoqda turgan shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan norma boʻyicha ovqat beriladi.
Qamoq uyining kameralari radioeshittirish tarmogʻi bilan jihozlanadi, mahkumlarga stol ustida oʻynaladigan oʻyinlar, gazetalar, jurnallar beriladi, ular kutubxonadan foydalanish huquqiga ega.
Mahkumlarga tibbiy xizmat koʻrsatish ushbu Kodeksning 87-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun mahkumlar jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi davolash muassasalariga, alohida hollarda esa — sogʻliqni saqlash organlarining davolash muassasalariga yuborilishi mumkin.
42-modda. Mahkumlarni mehnatga jalb etish
Qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar qamoq uyining xoʻjalik xizmatiga oid ishlarga haftasiga toʻrt soatgacha boʻlgan muddatga haq toʻlamagan holda jalb etilishi mumkin.
43-modda. Mahkumlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ish
Mahkumlar bilan tarbiyaviy ish qamoq uylarining maʼmuriyati tomonidan ushbu Kodeksda bayon etilgan prinsiplar asosida olib boriladi.
44-modda. Mahkumlarga nisbatan qoʻllaniladigan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari
Mahkumlarga yaxshi xulq-atvori uchun qamoq uylarida quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin:
tashakkur eʼlon qilish;
ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash;
har kungi sayr vaqtini bir soatga koʻpaytirish.
Jazoni oʻtash tartibini buzganligi uchun mahkumlarga quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:
ogohlantirish;
hayfsan;
oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga, ayollar va voyaga yetmaganlarni esa — yetti sutkagacha boʻlgan muddatga karserga kiritib qoʻyish;
har kungi sayrning ragʻbatlantirish tariqasida koʻpaytirilgan muddatini bekor qilish.
Mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari ushbu Kodeksning 103, 106 va 110-moddalarida belgilangan tartibda qoʻllaniladi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.08.00 Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish]
IV BOʻLIM. OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH
I KICHIK BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
9-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARI
45-modda. Jazoni ijro etish muassasalarining turlari
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini jazoni ijro etish muassasalari amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 50 va 85-moddalari.
Jazoni ijro etish muassasalariga quyidagilar kiradi:
Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasalari vazifasini bajaradi.
Jazoni ijro etish koloniyalari manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarga boʻlinadi hamda voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.
(45-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 1 — 7-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar uchun shuningdek qasddan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlanadigan manzil-koloniyalar;
(46-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan, shuningdek tarbiya koloniyalaridan oʻtkazilgan mahkumlar saqlanadigan manzil-koloniyalar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 8 — 18-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(46-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Umumiy tartibli koloniyalar quyidagilarga boʻlinadi:
ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, ushbu Kodeksning 48-moddasida koʻrsatilgan ayollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 19 — 26-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(47-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
(48-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan va oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek oʻta xavfli retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 27 — 33-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, oʻta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan.
Maxsus tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 34 — 42-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(49-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan mahkumlarni saqlashga moʻljallangan.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 43 — 57-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(50-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Turmalar turma qamogʻiga hukm qilingan shaxslarni, shuningdek umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni oʻtash tartibini ashaddiy buzganligi uchun oʻtkazilgan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan.
Qasddan sodir etilgan ogʻir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, muassasa boshligʻining qaroriga binoan xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin.
(53-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirilgan mahkumlar jazoni qulflab qoʻyilmaydigan umumiy kameralarda, boshqa shaxslardan batamom ajratilgan holda, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan sharoitlarda oʻtaydilar. Mahkumlarga uzoq muddatli uchrashuvga ruxsat berish imkoniyati boʻlmasa, ularga bitta uzoq muddatli uchrashuv oʻrniga ikkita qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi.
Voyaga yetmagan shaxslar, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek sudlar va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlariga mansub mahkumlar xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilmaydilar.
10-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZO IJROSINI TASHKIL ETISH
54-modda. Mahkumlarni jazoni oʻtash uchun joʻnatish
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov hibsxonasining maʼmuriyati hukm qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisida sud xabarnomasini olgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat ichida jazoni oʻtash uchun joʻnatiladi.
Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
55-modda. Mahkumlar jazoni oʻtash uchun joʻnatilganligi va yetib kelganligi toʻgʻrisida xabar
Tergov hibsxonasining maʼmuriyati mahkum jazoni oʻtash uchun joʻnab ketganligi toʻgʻrisida uning oilasiga uch kunlik muddat ichida xabar yuborishi shart.
Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum yetib kelgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida bu haqda hukm chiqargan sudni xabardor qilishi, shuningdek mahkumning oilasiga muassasa manzilini koʻrsatib hamda mahkumning yozishma olib borish, uchrashuv, posilka, yoʻqlov va banderollar olish, telefon orqali soʻzlashuv huquqlarini tushuntirib, xabarnoma yuborishi shart.
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 143-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
56-modda. Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilish tartibi
Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilish muassasa maʼmuriyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Muassasaga yetib kelgan mahkumlar ularning shaxsini oʻrganish va sharoitga moslashib olishlari uchun oʻn besh sutkagacha muddatga, odatda, qabul boʻlimiga joylashtiriladi, manzil-koloniyaga kelgan hamda xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonalari va turmalarda qoldirilgan shaxslar bundan mustasno.
Muassasaga yetib kelganlaridan soʻng mahkumlarga jazoni oʻtash tartibi va shartlari toʻgʻrisida kerakli axborot beriladi, shuningdek ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 134 — 149-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
57-modda. Jazoni bitta muassasada oʻtash
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs butun jazo muddatini, odatda, bitta muassasada oʻtaydi.
Mahkumni bir koloniyadan ayni shu turdagi boshqa koloniyaga jazoni oʻtashni davom ettirish uchun oʻtkazishga uning xavfsizligini taʼminlash maqsadida uning roziligini olgan holda, shuningdek mahkumning mazkur muassasada qolishiga toʻsqinlik qiluvchi boshqa hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Mahkum kasal boʻlib qolgan taqdirda uni koloniyadan yoki turmadan ixtisoslashgan davolash muassasiga oʻtkazishga tibbiy xulosa asosida yoʻl qoʻyiladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 60-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” VIII bobining 2-paragrafi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.), Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 27-iyuldagi 103-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 3-bobi.
58-modda. Mahkumlarni ajratilgan holda saqlash
Jazoni ijro etish muassasalarida erkaklar va ayollar, voyaga yetmaganlar va katta yoshlilar, ozodlikdan mahrum etishga birinchi marta hukm qilingan shaxslar va ilgari bu jazo turini oʻtagan mahkumlar alohida-alohida saqlanadi.
Quyidagilar boshqa mahkumlardan batamom ajratilib, shuningdek alohida-alohida saqlanadi:
oʻta xavfli retsidivistlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 34-moddasining uchinchi qismi.
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan mahkumlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 51 va 76-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
(58-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
sud va huquq-tartibotni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq xodimlariga mansub mahkumlar;
turli yuqumli kasalliklarga chalingan mahkumlar.
59-modda. Turli toifadagi mahkumlarni birga saqlash hollari
Ixtisoslashgan davolash muassasalarida har xil turdagi jazoni ijro etish muassasalaridan kelgan mahkumlarni birga saqlashga ruxsat etiladi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda muayyan bir turdagi koloniyalarda ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni boshqa turdagi koloniyada oʻtashi lozim boʻlgan mahkumlarni saqlash uchun batamom ajratib qoʻyilgan uchastka tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda mahkumlar jazoni sud belgilagan tartib turi sharoitida oʻtaydilar.
60-modda. Mahkumlarni koʻchirish
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga koʻchirish ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar qamoq jazosiga hukm qilingan va tergov qilinayotgan shaxslardan alohida koʻchiriladi.
Homilasi yigirma toʻrt haftalikdan oshgan yoki uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar boshqa mahkumlardan alohida koʻchiriladi.
Mahkum bemorlar, homilador ayollar va bolasi bor ayollar, zarurat boʻlganda, tibbiy xodimlar kuzatuvida koʻchiriladi.
Mahkumlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida ularni boshqa hollarda ham ajratilgan tarzda koʻchirishga yoʻl qoʻyiladi.
Koʻchirish chogʻida mahkumlar zarur moddiy-maishiy va sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan taʼminlanadi, ularga mavsumiy kiyim va poyabzal, belgilangan norma boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni taʼminlash meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Mahkumlarni koʻchirish davlat hisobidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda soqchi kuzatuvida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 150 — 162-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
61-modda. Mahkumlarni saqlash sharoitining oʻzgartirilishi
Jazoni oʻtash davrida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning saqlash sharoiti bir muassasa doirasida yoki boshqa turdagi muassasaga oʻtkazish yoʻli bilan yengillashtirilishi yoxud ogʻirlashtirilishi mumkin.
Mahkumlarni saqlash sharoiti ragʻbatlantirish tarzida quyidagicha yengillashtirilishi mumkin:
muassasa boshligʻining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 102, 104-moddalariga muvofiq;
sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasiga muvofiq.
Mahkumlarni saqlash sharoiti intizomiy jazo tarzida quyidagicha ogʻirlashtirilishi mumkin:
muassasa boshligʻining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 105, 106-moddalariga muvofiq;
(61-moddaning uchinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-124-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 503-modda)
11-BOB. JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAGI REJIM
62-modda. Rejimning asosiy talablari
Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan koʻzlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi.
Rejim quyidagilarni taʼminlaydi:
mahkumlarni batamom ajratib qoʻyish, ularni qoʻriqlash va nazorat qilib turishni;
mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, shuningdek ularning oʻz majburiyatlarini ado etishini;
muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni;
muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni;
mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini.
Jazoni ijro etish muassasalarida rejim Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ichki tartib qoidalari va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
63-modda. Mahkumlar kiyimi
Jazoni ijro etish muassasalarida, manzil-koloniyalarni istisno etganda, mahkumlar belgilangan namunada kiyim kiyadilar. Kiyimning koʻrinishi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ichki tartib qoidalarida nazarda tutilgan hollarda mahkumlarga fuqarolik namunasidagi kiyimdan foydalanishga ruxsat etiladi.
64-modda. Mahkumlarni batamom ajratib qoʻyish va qoʻriqlash
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni batamom ajratib qoʻyish va qoʻriqlash, shuningdek ular saqlanadigan va mehnat qiladigan obyektlarni qoʻriqlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
65-modda. Nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochish va boshqa jinoyatlarning, jazoni oʻtashning belgilangan tartibini buzishlarning oldini olish, mahkumlar xulq-atvori toʻgʻrisida zarur axborot olish uchun jazoni ijro etish muassasalarida nazorat va tekshirishning audiovizual, elektron va boshqa texnikaviy vositalaridan foydalaniladi.
Muassasa maʼmuriyati mahkumlarni nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari qoʻllanilayotganligidan xabardor etishi shart.
Nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari roʻyxati, ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
66-modda. Mahkumning narsalari va buyumlari
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga oʻz yonida saqlashga ruxsat etilgan narsalar va buyumlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 17-ilovasi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruxsat etilmagan narsalar va buyumlar muassasa boshligʻining qaroriga binoan olib qoʻyiladi hamda mahkum ozod boʻlgunga qadar saqlash uchun topshiriladi yoki yoʻq qilib tashlanadi yoxud davlat foydasiga oʻtkaziladi va bu haqda tegishli hujjat tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 137 — 140-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Narsalar va buyumlarni davlat foydasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror prokuror tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 13-ilovasi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
67-modda. Tintuv va koʻzdan kechirish
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, ularning buyumlari va kiyimlari, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarining obyektlari va xonalari tintuv qilinishi hamda koʻzdan kechirilishi mumkin. Shaxsiy tintuv mahkum bilan bir jinsda boʻlgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Turar joy binolarini ularda mahkumlar boʻlgan chogʻda tintuv qilishga kechiktirib boʻlmaydigan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati ushbu muassasaga hamda mahkumlar ishlayotgan obyektlarga kirayotgan va chiqayotgan shaxslarning transport vositalarini, buyumlari va kiyimini koʻzdan kechirishga haqli, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tintuv qilish va koʻzdan kechirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 92, 94 — 98, 100 — 107-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
68-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati
Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati:
mahkumlar, muassasa xodimlari va boshqa shaxslar xavfsizligini taʼminlash;
mahkumlar mazkur muassasaga yetib kelgunga qadar sodir etgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish;
jinoyatlarni hamda belgilangan saqlash rejimini buzish hollarini aniqlash va ularning oldini olish;
jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni qidirish;
boshqa jinoyatlarni fosh etishda yordam berish maqsadida amalga oshiriladi.
Tezkor-qidiruv faoliyatini jazoni ijro etish muassasalarining tezkor xizmatlar xodimlari, shuningdek boshqa vakolatli organlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
69-modda. Mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni toʻxtatib qolish maqsadida, shuningdek ularni ushlash chogʻida, agar boshqa usullar bilan muassasa maʼmuriyatining qonuniy talablarini taʼminlashning iloji boʻlmasa, mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin.
Jismoniy kuch ishlatish natijasida mahkumlar hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida prokurorga xabar qilinadi.
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 117 — 133-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlarning gʻayrihuquqiy xatti-harakatlarini toʻxtatish, shuningdek oʻziga oʻzi zarar yetkazishining oldini olish maqsadida ularga nisbatan maxsus vositalar ishlatilishi mumkin.
Maxsus vositalar jumlasiga rezina tayoqlar, qoʻlkishanlar yoki boshqacha bogʻlash vositalari, xizmat itlari, koʻzdan yosh chiqaruvchi moddalar, chalgʻitma taʼsir koʻrsatuvchi nur-tovush moslamalari, toʻsiq-gʻovlarni bartaraf etuvchi vositalar, suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar, inshootlarni ochish, transportni majburiy toʻxtatish moslamalari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalar kiradi.
Maxsus vositalar quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
mahkumlarning muassasa maʼmuriyati vakillariga, boshqa mahkumlarga va oʻzga shaxslarga hujumini daf etish chogʻida;
mahkumlar tomonidan sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni, jamoat tartibini guruh boʻlib buzishlarni toʻxtatish, muassasa maʼmuriyatiga ashaddiy boʻysunmayotgan yoki qarshilik koʻrsatayotgan huquqbuzarlarni ushlash chogʻida;
garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chogʻida;
mahkumlarni qoʻriqlab borish va qoʻriqlab turish chogʻida — qochishning oldini olish uchun;
jazoni ijro etish muassasasidan qochgan mahkumlarni ushlash chogʻida.
Maxsus vositalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qoʻllanilishi mumkin.
Maxsus vositalar turlari, ularni ishlatish intensivligi yuzaga kelgan vaziyat, huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzarning shaxsini inobatga olgan holda belgilanadi. Maxsus vositalarni qoʻllash mahkumlarga va boshqa shaxslarga mumkin qadar kam zarar keltirishi lozim.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan maxsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik koʻrsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilingan hollar bundan mustasno.
Maxsus vositalarni qoʻllash natijasida mahkumlar va boshqa shaxslar hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida prokurorga xabar qilinadi.
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 119 — 124-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
72-modda. Oʻqotar qurol qoʻllash asoslari
Alohida hollarda, agar jinoyatni boshqa vositalar bilan toʻxtatishning iloji boʻlmasa, eng soʻnggi chora sifatida oʻqotar qurol qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻqotar qurol quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:
muassasa maʼmuriyati vakillarini, boshqa mahkumlarni va oʻzga shaxslarni ularning hayoti va sogʻligʻiga aniq tahdid etuvchi hujumdan himoya qilish, shuningdek qurolni qoʻlga kiritish maqsadida qilingan hujumni daf etish chogʻida;
garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chogʻida;
jazoni ijro etish muassasasining qoʻriqlanadigan obyektlariga, transport vositalariga guruh boʻlib qilingan yoki qurolli hujumni daf etish yoxud mahkumlarni zoʻrlik bilan ozod qilishga urinishlarni toʻxtatish chogʻida;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochayotgan yoki qurolli qarshilik koʻrsatayotgan mahkumni ushlash chogʻida;
mahkumlar qochishda foydalanayotgan transport vositasini toʻxtatish chogʻida.
Oʻqotar qurol qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qoʻllanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 129-130-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
73-modda. Oʻqotar qurol qoʻllash tartibi
Oʻqotar qurolni qoʻllashdan oldin qurol qoʻllanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish va yuqoriga qarab ogohlantiruvchi oʻq otish kerak. Quyidagi hollarda oʻqotar qurol ogohlantirishsiz qoʻllanilishi mumkin:
qoʻqqisdan hujum qilinganda, qurolli hujumni yoki jangovar texnika, transport vositalari, uchish apparatlari, dengiz va daryo kemalaridan foydalangan holda qilingan hujumni daf etishda, garovga olinganlarni ozod qilishda, ozodlikdan mahrum etish joylaridan qurol bilan, transport vositalari yordamida yoki yurib ketayotgan transport vositalarida, tunda yoki koʻrish cheklangan sharoitda qochilganda.
Oʻqotar qurol qoʻllanilganda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun iloji boricha barcha choralar koʻrilishi zarur.
Oʻqotar qurol qoʻllanilgan har bir hodisa haqida raport tuziladi va darhol prokurorga xabar qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 131 — 133-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
74-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida alohida holat joriy etish
Tabiiy ofat roʻy bergan, jazoni ijro etish muassasasi joylashgan yerda favqulodda yoki harbiy holat joriy etilgan taqdirda, urush davri mobaynida, mahkumlar tomonidan guruh boʻlib boʻysunmaslik, shuningdek ommaviy tartibsizlik sodir etilganda muassasalarda alohida holat joriy etilishi mumkin.
Alohida holat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda oʻttiz sutkagacha boʻlgan muddatga joriy etiladi. Alohida holatning amal qilish vaqti alohida hollarda qoʻshimcha ravishda yana oʻttiz sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Alohida holat amal qilib turgan davrda muassasalarda qoʻriqlash va nazoratning kuchaytirilgan turi, obyektlarga kirishning alohida tartibi joriy etiladi, kun tartibi oʻzgartirilishi, ayrim xizmatlarning faoliyati cheklanishi mumkin. Ayni vaqtda mahkumlarning ayrim huquqlari cheklanishiga yoʻl qoʻyiladi.
75-modda. Mahkumlarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishi
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar oʻz shaxsiy hisobvaragʻidagi pul hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib olishlari mumkin.
Sarflashga ruxsat etiladigan pul miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi.
Mahkumlar yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazilganda, mehnat normasi va mehnat vazifalarini bajarganda, shuningdek bayram kunlari ragʻbatlantirish tarzida, mahkumlarga eng kam ish haqi belgilangan miqdorining oʻn foizigacha boʻlgan miqdorda qoʻshimcha pul sarflashga ruxsat etiladi.
Bir oy davomida sarflashga ruxsat etilgan pulning umumiy summasi quyidagi miqdorlardan oshmasligi lozim:
umumiy tartibli koloniyalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining uch baravaridan;
qattiq tartibli koloniyalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yarim baravaridan;
maxsus tartibli koloniyalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki baravaridan;
turmalarda — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining bir yarim baravaridan;
tarbiya koloniyalarida, ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida, shuningdek mahkum birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, homilador ayollar va jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida bolalari boʻlgan ayollar uchun — belgilangan eng kam ish haqi miqdorining uch yarim baravaridan.
(75-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan miqdordan ortiqcha pulga mahkumlar tibbiy xulosa asosida qoʻshimcha ravishda oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kiyim va poyabzal sotib olish huquqiga ega.
Muassasa boshligʻi yangi kelgan mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik foizigacha, manzil-koloniyalarda esa — toʻliq miqdorigacha boʻlgan summada avans berishga haqli.
Mahkumlarga yaqin qarindoshlari (er, xotin, ota-onalar, bolalar, oʻgʻil (qiz) qilib olgan shaxslar, oʻgʻil (qiz) qilib olingan shaxslar, aka-ukalar, opa-singillar, buvalar, buvilar, nevaralar) bilan uzoq muddatli uchrashuv muassasa hududida yoki, ushbu Kodeksning 114 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, muassasa hududidan tashqarida ular bilan birga yashash huquqi bilan beriladi.
(76-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Uzoq muddatli uchrashuv muddati quyidagicha belgilanadi: muassasa hududida — bir sutkadan uch sutkagacha, muassasa hududidan tashqarida esa — uch sutkadan besh sutkagacha.
Qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi.
Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarga uchrashuvlar shifokor ruxsati asosida beriladi.
Uchrashuv uchun berilgan vaqt mobaynida mahkumlar ishdan ozod etib qoʻyiladi, ana shu kunlar uchun ularga ish haqi yozilmaydi.
Uzoq muddatli uchrashuv mahkumning iltimosiga koʻra qisqa muddatli uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv bilan, qisqa muddatli uchrashuv esa telefon orqali soʻzlashuv bilan almashtirilishi mumkin.
Uchrashuvlarni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 242 — 271-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.), Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining 2017-yil 29-dekabrdagi 72, 190-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida uzoq muddatli uchrashuvlarga xonalar taqdim etganlik uchun tariflar” (roʻyxat raqami 2964).
77-modda. Mahkumlarning telefon orqali soʻzlashuvlari
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga telefon orqali soʻzlashuvlar huquqi beriladi, bunday soʻzlashuvlar muassasa maʼmuriyati nazorati ostida oʻtkaziladi va ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvaragʻidan toʻlanadi.
(77-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Telefon orqali soʻzlashuvlar miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Mahkumning iltimosiga koʻra, mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgandan keyin, shuningdek alohida hollarda unga qoʻshimcha ravishda telefon orqali soʻzlashuvga ruxsat etilishi mumkin.
(77-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Intizomiy boʻlinmalarda saqlanayotgan mahkumlarga faqat alohida hollarda telefon orqali soʻzlashuvga ruxsat etilishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning telefon orqali oʻzaro soʻzlashuvlari taqiqlanadi.
Mahkumlarga telefon orqali soʻzlashuvga ruxsat etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 272 — 287-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
78-modda. Mahkumlarning posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar va pul joʻnatmalari olishi va yuborishi
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgan kundan boshlab posilka, yoʻqlov va banderol olishlari hamda joʻnatishlari mumkin. Posilka, yoʻqlov va banderollar koʻzdan kechiriladi.
Bitta posilka yoki banderolning ogʻirligi pochta qoidalarida belgilab qoʻyilgan normadan, yoʻqlovning ogʻirligi esa posilkaning belgilangan vaznidan oshib ketishi mumkin emas.
Olinadigan posilka, yoʻqlov va banderollarning miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi.
Hukm qilingan homilador ayollarning va jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida bolalari boʻlgan ayollarning, shuningdek vrach xulosasiga koʻra davolanish va kuchli taomga muhtoj deb eʼtirof etilgan bemorlarning, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironlarining tibbiy xulosada belgilanadigan miqdorda va xillarda qoʻshimcha posilkalar, yoʻqlovlar va banderollar olishiga ruxsat etiladi.
(78-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Mahkumlar cheklanmagan miqdorda pul joʻnatmalari olishlari va yuborishlari mumkin. Pul joʻnatmalari mahkumning shaxsiy hisobvaragʻiga kelib tushadi. Mahkumlar oʻzlariga yaqin qarindosh boʻlmagan shaxslarga, shuningdek korxona, muassasa va tashkilotlarga faqat jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining ruxsati bilan pul joʻnatmalari yuborishlari mumkin.
Mahkumlarning posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar va pul joʻnatmalarini olishi hamda yuborishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 204 – 227-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar cheklanmagan miqdorda xat va telegrammalar olishlari hamda joʻnatishlari mumkin.
Mahkumlarning xatlari va boshqa joʻnatmalari senzuradan oʻtkaziladi, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaxslarning xatlari va boshqa joʻnatmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) nomiga joʻnatiladigan xatlar va boshqa joʻnatmalar bundan mustasno.
Mahkumlarga xatlarni topshirish va ularning xatlarini koʻrsatilgan manzilga joʻnatish muassasa maʼmuriyati tomonidan xat kelib tushgan yoki joʻnatish uchun topshirilgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. Telegrammalar egalariga darhol topshiriladi va joʻnatiladi.
Xatlar va boshqa joʻnatmalar olish hamda yuborish, shuningdek ularni senzuradan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 228 – 234-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar oʻrtasida xat yozishmalari faqat oʻzaro qarindoshlar oʻrtasida va muassasa maʼmuriyatining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Prokuror nomiga yoʻllangan taklif, ariza va shikoyatlar koʻzdan kechirilmaydi hamda bir sutkalik muddat ichida tegishliligi boʻyicha joʻnatiladi.
(79-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 10-apreldagi OʻRQ-209-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 179-modda)
791-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning sayr qilishi
Jazoni umumiy, qattiq tartibli koloniyalar, tarbiya koloniyalari qabul boʻlinmalarining kameralarida, shuningdek maxsus tartibli koloniyalarning kameralarida oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar, agar ular ochiq havoda ishlayotgan boʻlmasa, har kuni muddati ikki soatlik sayr qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 53, 65, 66, 449, 454 -bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Sayr qilishning muddati jazoni ijro etish koloniyalarining, tergov hibsxonalari va turmalarning intizomiy boʻlinmalarida saqlanayotgan mahkumlar uchun ushbu Kodeksning 109 va 127-moddalari bilan, jazoni turmalarda oʻtayotgan mahkumlar uchun esa 123-moddasi bilan belgilanadi.
Mahkumlarning sayr qilishi maxsus jihozlangan sayr qilish hovlilarida kunduzgi vaqtda oʻtkaziladi. Sayr qilish, mahkum jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarini buzgan taqdirda, muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(791-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
80-modda. Mahkumlarning adabiyot va yozuv ashyolarini sotib olishi hamda saqlashi
Mahkumlar posilka, yoʻqlov va banderollarda yozuv ashyolari, adabiyotlar olishlari, shuningdek ularni savdo shoxobchalari orqali sotib olishlari, cheklanmagan miqdorda gazeta va jurnallarga obuna boʻlishlari mumkin.
Mahkumlarga urushni, milliy va diniy adovatni, zoʻrlik va shafqatsizlikni targʻib qiluvchi nashrlarni, shuningdek behayo nashrlarni olish, sotib olish, saqlash va tarqatish taqiqlanadi.
Mahkum savdo shoxobchalari orqali sotib olgan adabiyot u olishga haqli boʻlgan posilka va banderollar soniga kirmaydi.
Mahkum oʻz yonida koʻpi bilan oʻn nusxa kitob va jurnal saqlashi mumkin. Mazkur miqdordan ortiqcha adabiyot mahkumning roziligi bilan saqlash uchun topshiriladi, foydalanish uchun kutubxonaga beriladi yoki uning qarindoshlari va boshqa shaxslarga joʻnatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 219 — 221, 414 — 416-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
81-modda. Mahkumlarning kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar koʻrishi, radioeshittirishlar eshitishi
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga haftada kamida bir marta kinofilm namoyish etiladi, ular ishdan boʻsh soatlarida, tungi dam olish vaqtidan tashqari, telekoʻrsatuvlar koʻrish, radioeshittirishlar eshitish huquqiga ega.
82-modda. Mahkumlarning alohida hollarda muassasa doirasidan chetga chiqishi
Mahkumlarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayoti uchun xavfli boʻlgan ogʻir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar yetkazgan voqea) munosabati bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni (toʻrt sutkagacha) hisobga olmagan holda, yetti sutkagacha boʻlgan muddatga jazoni ijro etish muassasasi doirasidan chetga chiqishga ruxsat etilishi mumkin. Mahkumlarga Oʻzbekiston Respublikasi doirasida chetga chiqishga ruxsat etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” 296-bandining toʻrtinchi xatboshisi, 309, 310, 328-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumning chetga chiqishga ruxsat soʻrab yozgan arizasini muassasa maʼmuriyati bir sutka ichida koʻrib chiqadi. Bu haqda mahkumning shaxsi, xulq-atvori, tasdiqlovchi hujjatlar bor-yoʻqligidan kelib chiqib qaror qabul qilinadi. Chetga chiqishga beriladigan ruxsatnoma prokuror tomonidan tasdiqlanadi.
Quyidagilarga:
oʻta xavfli retsidivistlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 34-moddasining uchinchi qismi.
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 51 va 76-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
(82-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
oʻta ogʻir jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 15-moddasining beshinchi qismi.
majburiy davolanishdan oʻtayotgan va yuqumli kasallikka chalingan mahkumlarga chetga chiqishga ruxsat berilmaydi.
Chetga chiqish vaqti jazoni oʻtash muddati hisobiga qoʻshiladi.
Chetga chiqish bilan bogʻliq xarajatlar mahkum mablagʻlari hisobidan yoki boshqa shaxslar tomonidan toʻlanadi.
Mahkumning belgilangan muddatda joyiga qaytib kelishini qiyinlashtiruvchi kutilmagan hollar yuz bergan taqdirda u borgan joydagi ichki ishlar organi boshligʻining qaroriga binoan qaytish muddati, jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatini albatta ogohlantirgan holda, besh sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Mahkum belgilangan muddatda joyiga qaytishdan boʻyin tovlagan taqdirda u ichki ishlar organi tomonidan ushlanadi va jazoni oʻtash joyiga joʻnatiladi.
Mahkumlarning muassasa doirasidan chetga chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
(83-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
12-BOB. MAHKUMLARNING MODDIY-MAISHIY TAʼMINOTI VA ULARGA TIBBIY XIZMAT KOʻRSATISH
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning XV bobi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
84-modda. Mahkumlarning yashash joyi
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlash sharoitiga qarab umumiy turar joylarda, xonalarda yoki kameralarda yashaydilar.
bemor mahkumlar saqlanadigan palatalarda — toʻrt kvadrat metr;
intizomiy boʻlinmalarning kameralarida hamda soqchisiz yoki kuzatuvchisiz yurish huquqidan foydalanayotgan mahkumlar yashashi uchun, shuningdek jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaxslar uchun moʻljallangan xona tipidagi turar joylarda — toʻrt yarim kvadrat metr.
Mahkumlarga yotish uchun alohida joy, koʻrpa-toʻshak, choyshab va kerakli inventar beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 24, 31, 39, 46, 63, 361 — 363-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Ovqat normasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahkumlarning sogʻligʻi holatiga, ularning yoshi, bajarayotgan ishining xususiyati va ogʻirligiga qarab belgilanadi. Mahkumlarga ularni ishga jalb etgan korxona, muassasa va tashkilotlar mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ovqat berilishi mumkin.
Mahkum homilador ayollar, emizikli onalar, voyaga yetmaganlarga, shuningdek I va II guruh nogironlariga beriladigan ovqat oshirilgan normalarda belgilanadi. Tibbiy xulosa asosida ularga qoʻshimcha oziq-ovqat mahsulotlari olishga ruxsat etilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni taʼminlash meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 49, 158, 180 – 185, 364 — 367, 369, 370 -bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(85-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan shaxslar respublika budjeti hisobidan belgilangan namunada kiyim, mavsumga qarab, mahkumning jinsi va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ichki kiyim va poyabzal bilan taʼminlanadilar.
Ozodlikdan mahrum etish joylarida davolash-profilaktika yordami va sanitariya ishi hamda epidemiyaga qarshi ishlar qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Mahkumlarga tibbiy-sanitariya xizmati koʻrsatish uchun statsionarlari bor tibbiy boʻlimlar, sil kasalligiga chalingan bemorlarni davolash va saqlab turish uchun davolash muassasasi huquqiga ega boʻlgan koloniyalar, malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan kasalxonalar tashkil etiladi.
Mahkumlarga tibbiy yordam koʻrsatish, ularga dori-darmon vositalari berish, sanitariya nazoratini tashkil etish va olib borish, davolash-profilaktika muassasalaridan foydalanish, sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy xodimlarini jalb etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Mahkumlar shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga, sanitariya talablariga rioya etishlari shart.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalar” (roʻyxat raqami 3159, 20.05.2019-y.), “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 372 – 373-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
13-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETISHGA HUKM QILINGAN SHAXSLAR MEHNATI
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning XIV bobi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
88-modda. Mahkumlarni mehnatga jalb etish
Mahkumlarni mehnatga jalb etishdan asosiy maqsad ularda ijtimoiy-foydali faoliyat bilan shugʻullanish ehtiyojini shakllantirishdan iborat.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jinsi, yoshi, sogʻligʻining holati, mehnat qobiliyati va iloji boricha, ixtisosini inobatga olgan holda mehnatga jalb etiladi. Mahkumlarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda, tartibga solinadi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, odatda, shu muassasalarning korxonalarida, ayrim hollarda esa, kerakli tarzda qoʻriqlash va batamom ajratib qoʻyish taʼminlangan taqdirda, boshqa korxonalarda mehnatga jalb etiladi. Mahkumlarning xususiy shaxslar foydasiga mehnat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mahkumlar topshirilgan ishni halol, vijdonan bajarishga, mehnat va texnologiya intizomiga, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha talablarga rioya etishlari shart. Ularning mehnatga oid va boshqa nizolarni hal etish maqsadida ishni toʻxtatib qoʻyishi taqiqlanadi.
89-modda. Mahkumlarni ish bilan taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqariladigan muayyan mahsulot turlari uchun buyurtmalarni taqsimlaydi;
ishlab chiqarish korxonalarini moddiy-texnika bilan taʼminlash choralarini koʻradi;
ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishni, ishlab turgan korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishni moliyaviy taʼminlaydi;
korxona, muassasa va tashkilotlarni mahkumlar mehnatidan foydalanishga jalb etishga imkon yaratib beradi;
korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan mahkumlarga yoziladigan ish haqi miqdorini belgilab beradi.
Mahkumlarni ish bilan taʼminlash jazoni ijro etish muassasalarida yoki ulardan tashqarida ish oʻrinlarini tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
90-modda. Mahkumlarning ish vaqti
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan ish vaqtining eng koʻp normasiga rioya etgan holda, odatda, olti kunlik ish haftasi belgilanadi.
Mahkumlar ish vaqti rejimini jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati ishlab chiqarish xususiyatiga qarab belgilaydi.
Mahkumlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishga jalb etishga ishlab chiqarish zarurati boʻlgan taqdirda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan ish vaqtidan tashqari ishlarning eng koʻp muddatiga rioya etgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilganda, mahkumlar ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida yoki tungi ishlarga jalb etilgan taqdirda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida voyaga yetmagan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironlariga nisbatan belgilangan cheklashlarga rioya etish shart.
Mahkuma homilador ayollar, shuningdek jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi bolalar uylarida bolasi bor ayollar ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishga yoki ish vaqti jamlab hisobga olinadigan rejimda ishlashga oʻzlarining roziligi bilan jalb etilishi mumkin. Mazkur shaxslar tungi ishlarga, ularning roziligini olgan holda va tegishli tibbiy xulosa boʻlgan taqdirda, jalb qilinishi mumkin.
Mahkumlarning ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlaridagi ishlari uchun ikki hissa haq toʻlanadi.
91-modda. Mahkumlarning dam olish vaqti
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, mehnatga jalb etilgan mahkumlarga har haftada kamida bir dam olish kuni beriladi. Ular bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishdan ozod qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga har yilgi mehnat taʼtili berilmaydi, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotganlar bundan mustasno.
Manzil-koloniyalardagi mahkumlar muddati oʻn besh ish kunidan iborat haq toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega. Taʼtil ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan tartibda manzil-koloniya doirasidan chetga chiqish huquqi bilan beriladi. Mahkum jazoni ijro etish koloniyasining intizomiy boʻlinmasi turar joylarida saqlangan vaqt haq toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtili berish uchun zarur muddatga qoʻshib hisoblanmaydi.
(91-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga muvofiq ikkinchi va uchinchi qismlari bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
92-modda. Mahkumlar mehnatiga haq toʻlash
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq haq toʻlanadi.
Mehnat normalarini va mehnat vazifalarini bajargan mahkumlar mehnatiga toʻlanadigan oylik haq qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan kam boʻlishi mumkin emas.
(92-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-329-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 421-modda)
Barcha chegirmalardan qatʼi nazar, mahkumlar shaxsiy hisobvaragʻiga ularga yozilgan ish haqining kamida yigirma besh foizi, oltmish yoshdan oshgan erkaklarning, ellik besh yoshdan oshgan ayollarning, I va II guruh nogironlarining, homilador ayollarning hamda jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi bolalar uyida bolasi bor ayollarning, shuningdek manzil-koloniyalar va tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning hisobvaragʻiga esa, kamida ellik foizi oʻtkazib qoʻyiladi.
93-modda. Mahkumlarni mehnat haqi toʻlamay ishga jalb etish
Mahkumlar jazoni ijro etish muassasalarini va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, shuningdek madaniy-maishiy sharoitni yaxshilash ishlarigagina mehnat haqi toʻlamay jalb etilishi mumkin.
Mahkumlar mehnat haqi toʻlanmaydigan ishga, odatda, navbatma-navbat, ishdan tashqari vaqtda, haftasiga koʻpi bilan ikki soatga jalb etiladi.
94-modda. Mahkumlarning ish haqidan chegirib qolish
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan chegirmalar mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan istisno va cheklashlar bilan amalga oshiriladi.
boshqa xatti-harakatlar oqibatida yetkazilgan zarar uchun — fuqarolik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda moddiy javobgar boʻladilar.
Notoʻgʻri chegirilgan summa mahkumga qaytarilib, uning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
96-modda. Mahkumlar ijtimoiy sugʻurtasi va pensiya taʼminoti
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan davlat ijtimoiy sugʻurtasiga ajratmalar ajratilmaydi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazodan ozod boʻlganlaridan soʻng qonun hujjatlariga muvofiq davlat pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻladi.
14-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETISHGA HUKM QILINGAN SHAXSLARGA TARBIYAVIY TAʼSIR KOʻRSATISH
97-modda. Mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borish
Tarbiyaviy ish ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni axloqan tuzatishning asosiy vositalaridan biri boʻlib, mahkumlarda qonun talablariga va jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor qoidalariga rioya etishga, shuningdek bilim va madaniy saviyasini oshirishga intilishni shakllantirishga qaratilgan.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 394-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Jazoni ijro etish muassasalarida maʼnaviy, huquqiy, jismoniy va boshqa tarbiya olib boriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 395-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Tarbiyaviy ish yakka tartibda, guruh bilan va ommaviy shaklda olib boriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 396-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Tarbiyaviy ish differensiatsiya asosida, muassasa turini, jazo muddatini va saqlash sharoitini, shuningdek mahkum shaxsining xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 397, 398-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borishda matbuot, radio, televideniye, kinofilmlardan, kutubxona va boshqa vositalardan foydalaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 399-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
98-modda. Mahkumlarning tarbiya jarayonidagi ishtiroki
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning foydali tashabbusini kuchaytirish, ularning mehnati, maishiy hayoti va boʻsh vaqtini tashkil etish masalalarini hal etishda qatnashish, intizomni va ichki tartibni saqlab turishda muassasa maʼmuriyatiga koʻmaklashish maqsadida mahkumlarning turli tashkilotlari tuzilishi mumkin.
Mahkumlar tashkilotlarini tuzish va ularning ishlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 400 va 401-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
99-modda. Jamoatchilik va fuqarolarning mahkumlarni tarbiyalashdagi ishtiroki
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni tarbiyalashda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishtirok etadilar.
Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimi tashkil etiladi. Muassasa maʼmuriyati mahkumlarga ular taʼlim olishi va mustaqil taʼlim olishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sharoitlar yaratadi hamda zarur koʻmak koʻrsatadi.
Mahkumlarning oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olishiga yoʻl qoʻyilmaydi, manzil-koloniyalardagi mahkumlar bundan mustasno boʻlib, ular oʻquv yurtlarining sirtqi boʻlimlarida taʼlim olishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 419-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan mahkumlar imtihonlarni topshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq ishdan ozod qilinadi.
16-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETISHGA HUKM QILINGAN SHAXSLARGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN RAGʻBATLANTIRISH VA INTIZOMIY JAZO CHORALARI
102-modda. Ragʻbatlantirish choralari
Yaxshi xulq-atvori, mehnatga va taʼlimga vijdonan munosabati, tarbiyaviy tadbirlarni oʻtkazishda faol ishtiroki uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumlarga quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin:
tashakkur eʼlon qilish;
ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash;
yorliq, qimmatli sovgʻa yoki pul mukofoti bilan taqdirlash;
qoʻshimcha posilka, yoʻqlov yoki banderol olishga ruxsat etish;
qoʻshimcha uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv huquqi berish;
oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun pul summasini koʻpaytirish;
yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish, manzil-koloniyalarda saqlanayotgan shaxslar bundan mustasno.
Yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish tariqasidagi ragʻbatlantirish mahkumlarga ushbu Kodeks 75-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qoʻshimcha pul sarflash huquqini, shuningdek:
umumiy, qattiq tartibli koloniyalarda va tarbiya koloniyalarida — yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta uchrashuv, bir marta telefon orqali soʻzlashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov olish.
(102-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
maxsus tartibli koloniyalarda — kameralardan umumiy turar joylarga oʻtkazish hamda yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta telefon orqali soʻzlashuv, bitta banderol olish;
turmalarda — yil mobaynida qoʻshimcha ravishda bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov olish huquqini beradi.
103-modda. Mahkumlarning saqlash sharoitini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlmagan ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi
Mahkumga nisbatan tashakkur tariqasidagi ragʻbatlantirish ogʻzaki yoki yozma, boshqa ragʻbatlantirish choralari esa, yozma ravishda qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 426-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Ragʻbatlantirish choralari ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 427-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumga nisbatan qoʻllanilgan ragʻbatlantirish choralari haqida uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tegishli yozuv kiritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 428-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumga ragʻbatlantirish tarzida yil mobaynida koʻpi bilan ikkita posilka, yoʻqlov yoki banderol olishga, ikki marta uchrashuvga ruxsat berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 429-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Ragʻbatlantirish tarzida mahkumdan ilgari qoʻllanilgan bitta intizomiy jazo muddatidan oldin olib tashlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 430, 470-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
104-modda. Mahkumlarning saqlash sharoitini oʻzgartirish bilan bogʻliq ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi
Yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga intizomiy jazosi yoʻq mahkumlar:
qasddan sodir etilgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida olti oyini oʻtaganidan keyin;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 15-moddasining uchinchi qismi.
sodir etilgan ogʻir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida chorak qismini oʻtaganidan keyin;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi qismi.
sodir etilgan oʻta ogʻir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtaganidan keyin oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 15-moddasining beshinchi qismi, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 431-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(104-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
(104-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Mahkumlar turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga va maxsus tartibli koloniyadan qattiq tartibli koloniyaga sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini oʻtaganlaridan keyin, Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 432-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlar qattiq va umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga ushbu Kodeks 113-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 433, 434, 467 — 469-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
105-modda. Intizomiy jazo choralari
Jazoni oʻtash tartibini buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumlarga quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:
ogohlantirish;
hayfsan;
yengillashtirilgan saqlash sharoitini bekor qilish;
saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkazish;
saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan turmaga qaytarish.
(105-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga muvofiq oltinchi va yettinchi xatboshlari bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Mahkumlar mehnat normalarini bajarmaganligi uchun, agar bu ishni rad etish yoki ishdan boʻyin tovlashning oqibati boʻlmasa, intizomiy javobgarlikka tortilmaydi.
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 437-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
106-modda. Intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi
Intizomiy jazo huquqbuzarlikning ogʻirligi va xususiyatiga mos boʻlishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 438-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Bir vaqtning oʻzida sodir etilgan bir nechta huquqbuzarlik uchun bitta intizomiy jazo qoʻllaniladi. Bitta huquqbuzarlik uchun bir nechta intizomiy jazo qoʻllash taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 439-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Intizomiy jazo yozma ravishda, huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oy ichida beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 440-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Intizomiy jazoni qoʻllash chogʻida huquqbuzarlik sodir etilgan holat, mahkumning xulq-atvori va shaxsiy xislatlari, olib tashlanmagan va bekor boʻlmagan intizomiy jazolari bor-yoʻqligi inobatga olinadi.
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 441-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Intizomiy jazo darhol ijro etiladi. Agar intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir oy ichida ijro etilmagan boʻlsa, u ijroga qaratilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 442, 467 — 469 -bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
107-modda. Intizomiy jazo ustidan shikoyat berish
Mahkum oʻziga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo ustidan xohishiga koʻra yuqori turuvchi mansabdor shaxsga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilishga haqli. Shikoyat berilishi intizomiy jazo ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. Yuqori mansabdor shaxs, prokuror yoki sud intizomiy jazoni yumshatish yoki bekor qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 443-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
108-modda. Intizomiy jazoning amal qilish muddati
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yildan oshmasligi kerak.
Agar intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil mobaynida mahkum yangi intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 444-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
109-modda. Mahkumlarni intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish tariqasidagi jazoni qoʻllash xususiyatlari
Jazoni ijro etish muassasalarining intizomiy boʻlinmalariga quyidagilar kiradi:
manzil-koloniyalar va tarbiya koloniyalarining hibsxonalari;
umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning hibsxonalari va karserlari;
tergov hibsxonalarining va turmalarning karserlari.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 445-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlar hibsxonalar va karserlarga oʻn besh sutkagacha, tarbiya koloniyalarining hibsxonalariga esa, oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga kiritib qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 446-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Jazoni oʻtash tartibini ashaddiy buzuvchi mahkumlar umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning karserlariga olti oygacha, ayollar saqlanadigan koloniyalarda esa — uch oygacha boʻlgan muddatga oʻtkazib qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 447-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Hibsxonalarga kiritib qoʻyilgan mahkumlarga uchrashuv, telefon orqali soʻzlashuv, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, posilka, yoʻqlov va banderollar olish hamda joʻnatish, xatlar va boshqa joʻnatmalar yuborish taqiqlanadi. Ularga chekish, stolda oʻynaladigan oʻyinlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Mahkumlar har kuni muddati bir yarim soatlik sayrdan foydalanish huquqiga ega.
(109-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Karserlarda mahkumlarga uchrashuv, telefon orqali soʻzlashuv, posilka, yoʻqlov va banderollar olish hamda joʻnatish, stolda oʻynaladigan oʻyinlardan foydalanish taqiqlanadi.
har kuni muddati ikki soatlik sayrdan foydalanish.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 454-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(109-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Maxsus tartibli koloniyalarning, tergov hibsxonalari va turmalarning karserlarida mahkumlarni yakka saqlash belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 455-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlarni intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish va oʻtkazish muassasa boshligʻining jazo muddati koʻrsatilgan qarori asosida hamda tibbiy ruxsatnoma boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 457 — 461-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlar intizomiy boʻlinmalardan davolash-profilaktika muassasalariga oʻtkazilgan taqdirda ular davolash-profilaktika muassasalarida boʻlgan vaqt jazoni oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 462-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
homiladorlik va tugʻish boʻyicha ishdan ozod etilgan, shuningdek yonida emizikli bolasi bor ayollar kiritilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 463-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Intizomiy boʻlinmalarda saqlanayotgan mahkumlar mehnatga jalb etilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 450 – 453, 456, 464 — 466 -bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
110-modda. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllovchi mansabdor shaxslar
Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash huquqiga jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ega.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 457-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
111-modda. Jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir etish, shuningdek ichki tartib qoidalarida taqiqlangan buyumlar va narsalarni saqlash, tarqatish, isteʼmol qilish va ulardan foydalanish jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 4-ilovasi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumning jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketishi ham manzil-koloniyada jazoni oʻtash tartibini qoʻpol tarzda buzish deb hisoblanadi.
(111-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Jazoni oʻtash tartibini kamida ikki marta qoʻpol tarzda buzgan va buning uchun intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish tariqasidagi jazoga tortilgan mahkum, agar har bir intizomiy jazo belgilangan tartibda olib tashlanmagan yoki bekor boʻlmagan boʻlsa, saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb hisoblanadi.
Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan yigirma toʻrt soatdan koʻproq muhlat mobaynida tashlab ketgan mahkum ham manzil-koloniyada saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topiladi.
(112-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Rejimni ashaddiy buzuvchi yengillashtirilgan saqlash sharoitiga, manzil-koloniyaga oʻtkazilmaydi, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish hamda jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etilmaydi.
(112-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 436-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
II KICHIK BOʻLIM. KOLONIYALAR VA TURMALARDA JAZONI OʻTASH
17-BOB. MANZIL-KOLONIYALARDA JAZONI OʻTASH
113-modda. Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi
Manzil-koloniyalarda mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan, shuningdek umumiy, qattiq tartibli hamda tarbiya koloniyalaridan sudning ajrimi asosida oʻtkazilgan voyaga yetgan mahkumlar jazo oʻtaydilar.
(113-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
ogʻir jinoyat, shuningdek qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini oʻtagan mahkumlar, agar shaxs muqaddam qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa;
muqaddam jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan yoki jazo sud tomonidan yengilrogʻi bilan almashtirilgan shaxs oʻta ogʻir jinoyat, shuningdek jazo muddatining oʻtalmagan qismi davomida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtagan mahkumlar oʻtkaziladi.
(113-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 50-moddasining uchinchi qismi, 51 va 76-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
(113-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 10-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Bitta manzil-koloniyada mahkum erkaklar va ayollar saqlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 11-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
114-modda. Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari
Manzil-koloniyalarda mahkumlar:
soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadilar;
ertalab oʻrindan turishdan kechki yotishgacha boʻlgan vaqt mobaynida koloniya hududi doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar;
agar ular bajarayotgan ish yoki olayotgan taʼlim taqozo etsa, maʼmuriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz yurishlari mumkin;
fuqarolar kiyadigan kiyimda yuradilar;
yonlarida pul va qimmatli buyumlar saqlashlari, puldan cheklanmagan holda foydalanishlari mumkin;
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 12-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlar cheklanmagan miqdorda uchrashuv olish huquqiga ega. Uchrashuvlar, odatda, ishdan boʻsh vaqtda beriladi. Uchrashuv mahkumning iltimosiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida oʻtkazilishi mumkin.
(114-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Mahkumlar xonalarga boʻlingan yotoqxonalarda yashaydilar. Saqlash rejimini buzmagan, oilasi bor mahkumlarga muassasa boshligʻi qaroriga binoan manzil-koloniya hududida yoki undan tashqarida oilasi bilan alohida yashashga ruxsat berilishi mumkin. Bunday shaxslar ichki tartib qoidalarida belgilab qoʻyilgan tartibda roʻyxatdan oʻtish uchun hozir boʻlishlari shart. Manzil-koloniya maʼmuriyatining vakili mahkumlar yashayotgan joyga sutkaning istalgan vaqtida kirishi mumkin.
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 14-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
115-modda. Manzil-koloniyalarda mahkumlar mehnati va taʼlimi
Manzil-koloniyalarda mahkumlar mehnati ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Mahkumlarni boshqa ishga oʻtkazishni korxona, muassasa yoki tashkilot manzil-koloniya maʼmuriyati bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Mahkumlarga muassasa joylashgan yerdagi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida sirtdan oʻqishga ruxsat etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 16 — 18-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
18-BOB. UMUMIY TARTIBLI KOLONIYALARDA JAZONI OʻTASH
116-modda. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi
Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni:
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 50-moddasi yettinchi qismining “b” bandi.
ushbu Kodeksning 129-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarbiya koloniyalaridan oʻtkazilgan mahkumlar;
sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida oʻtkazilgan mahkumlar;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 105-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisi.
ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan mahkumlar oʻtaydilar.
Umumiy tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 22-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Tarbiya koloniyasidan oʻtkazilgan mahkumlar jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida oʻtaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 22-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
117-modda. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari
Umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 23-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki baravarigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
(117-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
toʻrt marta qisqa muddatli va toʻrt marta uzoq muddatli uchrashuv;
olti marta telefon orqali soʻzlashuv;
oltita posilka yoki yoʻqlov;
oltita banderol olish huquqiga ega.
(117-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
19-BOB. QATTIQ TARTIBLI KOLONIYALARDA JAZONI OʻTASH
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” II bobining 3-paragrafi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
118-modda. Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi
Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni:
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 50-moddasi yettinchi qismining “v” bandi.
turmalar va maxsus tartibli koloniyalardan ragʻbatlantirish tarzida oʻtkazilgan mahkumlar;
Qattiq tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 30-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
119-modda. Qattiq tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari
Qattiq tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 31-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining bir yarim baravarigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
(119-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
uch marta qisqa muddatli va uch marta uzoq muddatli uchrashuv;
toʻrt marta telefon orqali soʻzlashuv;
toʻrtta posilka yoki yoʻqlov;
toʻrtta banderol olish huquqiga ega.
(119-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 51 va 76-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
(120-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
sud tomonidan qattiq tartibli koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar oʻtaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 105-moddasi birinchi qismining yettinchi xatboshisi, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 34 — 36-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Ijobiy tavsifga ega mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi.
Maxsus tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 38-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
121-modda. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari
Maxsus tartibli koloniyalarda mahkumlar kameralarda yoki umumiy yashash binolarida yashaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 39-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(121-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdori summasigacha oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
(121-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
ikki marta qisqa muddatli va ikki marta uzoq muddatli uchrashuv;
uch marta telefon orqali soʻzlashuv;
uchta posilka yoki yoʻqlov;
uchta banderol olish huquqiga ega.
(121-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Kameralarda saqlanadigan mahkumlarning kinofilmlar va telekoʻrsatuvlar koʻrishi taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 41-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
21-BOB. TURMALARDA JAZONI OʻTASH
122-modda. Turmalarda jazoni oʻtash tartibi
Turmalarda jazoni:
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 50-moddasining toʻqqizinchi qismi.
sud tomonidan jazoni ijro etish koloniyalaridan oʻtkazilgan jazo oʻtash tartibini ashaddiy buzuvchilar oʻtaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 105-moddasi birinchi qismining yettinchi xatboshisi, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 58, 59-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 60-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Turmalarda mahkumlarni yengillashtirilgan saqlash sharoitiga muddatidan oldin oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, mahkumni sogʻligʻiga koʻra tegishli tibbiy xulosa asosida oʻtkazish hollari bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 61-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Homilador ayollar va yonida emizikli bolasi bor ayollar, shuningdek I va II guruh nogironlari turmalarda jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida oʻtaydilar.
Turmalarda mahkumlar umumiy kameralarda saqlanadilar. Alohida hollarda mahkumning batamom ajratib qoʻyilishini taʼminlash maqsadida muassasa boshligʻining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori asosida uni bir kishilik kamerada saqlashga yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 63-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Turmada mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yetmish besh foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
(123-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish va yil mobaynida:
ikki marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv;
ikki marta telefon orqali soʻzlashuv;
ikkita posilka yoki yoʻqlov;
ikkita banderol olish huquqiga ega.
(123-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazilgan mahkumlarga ragʻbatlantirish tarzida har kunlik sayr muddati bir soatga uzaytirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 66-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
22-BOB. TARBIYA KOLONIYALARIDA JAZONI OʻTASH
124-modda. Tarbiya koloniyalarida jazoni oʻtash tartibi
oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq yoshdagi mahkumlardan;
birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni oʻtagan mahkumlardan alohida saqlanadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 43, 44-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(124-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Ijobiy tavsifga ega mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi.
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 45-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(124-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
125-modda. Tarbiya koloniyalarida jazoni oʻtash shartlari
Tarbiya koloniyalarida mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 46-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yarim baravarigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
(125-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv;
oʻn ikki marta telefon orqali soʻzlashuv;
oltita posilka yoki yoʻqlov;
oltita banderol olish huquqiga ega.
(125-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
(125-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tarbiya koloniyalarida qoldirilgan mahkumlarga voyaga yetmagan mahkumlar uchun belgilangan normalarda ovqat, ust-bosh, moddiy-maishiy taʼminot va boshqa jazo oʻtash sharoitlari tatbiq etiladi. Bu shaxslarning mehnat sharoitlari mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-iyuldagi 184-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vaqtincha saqlash hibsxonalarida va tergov hibsxonalarida saqlab turilgan shaxslarning, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahbuslarning taʼminoti meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni taʼminlash meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 88 — 96-moddalari, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 49-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
126-modda. Tarbiya koloniyalarida qoʻllaniladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari
Tarbiya koloniyalarida mahkumlar ushbu Kodeksning 102-moddasida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralaridan tashqari:
muassasa hududidan tashqarida oʻtkaziladigan madaniy-tomosha va sport tadbirlarini koʻrishga yuborish;
qisqa muddatli uchrashuv oʻrniga ota-onasi, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki yaqin qarindoshlari kuzatuvida sakkiz soatgacha boʻlgan muddatga erkinlikka chiqarish;
hibsxonada boʻlish muddatini qisqartirish va undan muddatidan ilgari ozod qilish tariqasida ragʻbatlantirilishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 50-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Jazoni oʻtash tartibini buzganligi uchun tarbiya koloniyalarida mahkumlarga ushbu Kodeksning 105-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari tomoshaga borishdan bir marta mahrum etish tariqasidagi jazo qoʻllanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 51-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
127-modda. Hibsxonaga kiritib qoʻyish tariqasidagi intizomiy jazo chorasini qoʻllash xususiyatlari
Tarbiya koloniyasida hibsxonaga kiritib qoʻyish tariqasidagi intizomiy jazo oʻn uch yoshdan oʻn oltigacha boʻlgan mahkumlarga yetti sutkagacha, oʻn olti va undan katta yoshdagi mahkumlarga esa oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga qoʻllaniladi.
Tarbiya koloniyasining hibsxonasiga kiritib qoʻyilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 53-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(127-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
128-modda. Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan mahkumlar, odatda, yigirma bir yoshga toʻlgunga qadar, tarbiya koloniyalarida qoldiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 54-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlarni tarbiya koloniyalarida qoldirish muassasa boshligʻining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori bilan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 55-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
129-modda. Mahkumlarni tarbiya koloniyalaridan jazoni ijro etish koloniyalariga oʻtkazish
Mahkumlar yigirma bir yoshga toʻlganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan keyin jazo oʻtashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 56-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(129-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
(129-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Jazo oʻtashni davom ettirish uchun mahkumlarni jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish masalalari sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 57-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
23-BOB. AYRIM TOIFADAGI MAHKUMLAR TOMONIDAN JAZONI OʻTASH XUSUSIYATLARI
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning XIII bobi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
130-modda. Mahkuma homilador ayollar va bolasi bor ayollar uchun qoʻshimcha huquqlar
Mahkuma homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar ushbu Kodeksda mahkumlar uchun nazarda tutilgan huquqlardan tashqari:
muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash;
bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish;
bolalarini joylashtirib kelish va ular bilan uchrashish uchun muassasa doirasidan chetga chiqish huquqiga ham ega.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 296, 297-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan muddati besh sutkagacha boʻlgan, shu jumladan muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash imkoniyati bilan, uzoq muddatli uchrashuv berilishi mumkin.
131-modda. Mahkuma ayollarning muassasa doirasidan tashqarida yashashi
Ijobiy tavsifga ega mahkuma ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha ishdan ozod etilgan vaqt mobaynida, shuningdek bolasi uch yoshga toʻlgunga qadar muassasa boshligʻining prokuror tasdiqlagan qarori bilan koloniya hududidan tashqarida yashashga ruxsat etilishi mumkin.
Muassasa hududidan tashqarida yashash huquqi Jinoyat kodeksi 73-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan mahkumlarga berilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 302-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Koloniya hududi doirasidan tashqarida yashaydigan mahkumalar:
xona tipidagi turar joylarda joylashadilar va muassasa maʼmuriyatining nazorati ostida boʻladilar;
ertalab oʻrindan turishdan kechki yotishgacha boʻlgan vaqt mobaynida belgilangan yoʻnalishlar doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar;
fuqarolar kiyadigan kiyimda yurishlari, yonlarida pul va qimmatli buyumlar saqlashlari, puldan cheklanmagan holda foydalanishlari mumkin;
cheklanmagan miqdorda banderol, posilka va yoʻqlovlar olish hamda joʻnatish, qisqa muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega. Qisqa muddatli uchrashuvlar, odatda, ishdan boʻsh vaqtda beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 303-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
jazoni oʻtash tartibi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;
homiladorlik va tugʻish boʻyicha ishdan ozod qilish davri tugaganda;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 404, 405-moddalari.
bola uch yoshga toʻlganda.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 304, 305-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
132-modda. Bolalarni jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish
Mahkuma ayollarni saqlashga moʻljallangan koloniyalar qoshida bolalar uyi tashkil etiladi, unda bolalar normal yashashi va kamol topishi uchun zarur sharoitlar taʼminlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 306-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkuma ayollar uch yoshga toʻlmagan bolalarini bolalar uyiga joylashtirishga va ishdan boʻsh vaqtda ular bilan birga boʻlishga haqli.
Bolalar uyidagi bola uch yoshga toʻlganidan keyin onasining roziligi bilan uning qarindoshlariga yoki, homiylik va vasiylik organining qaroriga binoan, boshqa shaxslarga berilishi yoxud tegishli bolalar muassasalariga yuborilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 308-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Agar mahkumaning jazoni oʻtash muddati tugashiga koʻpi bilan bir yil qolgan va u onalik burchlarini lozim darajada bajarib kelgan boʻlsa, muassasa maʼmuriyati bolaning bolalar uyida boʻlish vaqtini uzaytirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 308-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
133-modda. Mahkuma ayollarning muassasa doirasidan chetga qisqa muddatli chiqishi
Maktabgacha yoshdagi bolalari bor mahkuma ayollarga bolalarini qarindoshlarinikiga, vasiylarinikiga yoki bolalar muassasalariga joylashtirib kelish uchun borish-kelish vaqtini (toʻrt sutkagacha) hisobga olmagan holda oʻn besh sutkagacha muddatga chetga chiqishga ruxsat etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 309-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Voyaga yetmagan nogiron bolalari bor ayollarga bir yilda bir marta ular bilan uchrashish uchun yoʻlga ketadigan vaqtni hisobga olmaganda yetti sutkagacha boʻlgan muddatga chetga chiqishga ruxsat etiladi.
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 309-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(134 va 135-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
V BOʻLIM. UMRBOD OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
24-bob. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi va shartlari
136-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash tartibi
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar maxsus saqlash sharoitlariga ega boʻlgan maxsus tartibli koloniyalarda saqlanadilar. Ularga nisbatan ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda maxsus tartibli koloniyalar tartibi tatbiq etiladi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar kameralarga koʻpi bilan ikki kishidan joylashtiriladilar. Mahkumlarning iltimosiga koʻra yoki zarurat taqozo etganda ular bir kishilik kameralarda saqlanishlari mumkin.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoni qattiq, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtaydilar.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoning dastlabki oʻn yilini qattiq saqlash sharoitlarida oʻtaydilar.
Jazoning kamida oʻn yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar qattiq saqlash sharoitlaridan odatdagi saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.
Jazoning kamida oʻn besh yilini oʻtagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar odatdagi saqlash sharoitlaridan yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.
137-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash shartlari
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan bitta mahkumga toʻgʻri keladigan yashash maydoni normasi toʻrt kvadrat metrdan kam boʻlishi mumkin emas.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni qattiq saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan belgilangan eng kam ish haqi miqdorining yetmish besh foizigacha boʻlgan summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta telefon orqali soʻzlashuv, bitta posilka yoki yoʻqlov, bitta banderol olish huquqiga ega.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni odatdagi saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining bir baravarigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va bir marta qisqa muddatli uchrashuv, ikki marta telefon orqali soʻzlashuv, ikkita posilka yoki yoʻqlov, ikkita banderol olish huquqiga ega.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida oʻtayotgan mahkumlar oʻz shaxsiy hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻlardan belgilangan eng kam ish haqining bir yarim baravarigacha miqdordagi summaga har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, yil mobaynida bir marta uzoq muddatli va ikki marta qisqa muddatli uchrashuv, uch marta telefon orqali soʻzlashuv, uchta posilka yoki yoʻqlov, uchta banderol olish huquqiga ega.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar, saqlash sharoitlaridan qatʼi nazar, har kuni bir yarim soatgacha sayr qilish huquqiga ega.
138-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnatini tashkil etish
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnati odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida saqlanayotgan shaxslar uchun ish kameralarida tashkil etiladi.
139-modda. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 102-moddasi birinchi qismining ikkinchi—beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi. Jazoni oʻtashning yengillashtirilgan sharoitlariga belgilangan tartibda oʻtkazilgan mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish tartibida qoʻshimcha uchrashish yoki telefon orqali soʻzlashish imkoniyati ham berilishi mumkin.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan ushbu Kodeks 105-moddasi birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi. Umrbod ozodlikdan mahrum qilinib, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida belgilangan tartibni ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlar quyidagi tartibda:
yengillashtirilgan saqlash sharoitlaridan odatdagi yoki qattiq saqlash sharoitlariga;
odatdagi saqlash sharoitlaridan qattiq saqlash sharoitlariga oʻtkazilishlari mumkin.
140-modda. Afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish
Afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish va uni koʻrib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin.
Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin.
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.09.00 Harbiy xizmatchilarga nisbatan jazolarni ijro etish]
VI BOʻLIM. HARBIY XIZMATCHILARGA NISBATAN XIZMAT BOʻYICHA CHEKLASH, QAMOQ VA INTIZOMIY QISMGA JOʻNATISH TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISH
141-modda. Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo ijrosini mahkum harbiy xizmat oʻtayotgan joydagi, ushbu Kodeks 14-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan komandir (boshliq) amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 47-moddasi.
Komandir (boshliq) hukm nusxasini va sud farmoyishini olganidan keyin uch kun ichida quyidagilarni koʻrsatgan holda buyruq chiqaradi:
mahkum harbiy xizmatchini lavozim va harbiy unvonda koʻtarishga taqdim etmaslik asosi va muddati;
harbiy xizmatchiga navbatdagi harbiy unvon berish hamda pensiya tayinlash uchun uning xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanmaydigan vaqt;
mahkumning pul taʼminotidan davlat foydasiga oʻtkaziladigan chegirma miqdori.
Komandir (boshliq) buyrugʻi mahkum harbiy xizmatchi eʼtiboriga yetkaziladi va uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga hukm nusxasi bilan birgalikda qoʻshib qoʻyiladi.
Komandir (boshliq) hukm ijro etilganligi haqida hukm chiqargan sudga uch kunlik muddat ichida xabar beradi.
142-modda. Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash muddatini hisoblash
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtash muddati hukmni ijro etish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Boshqa jinoyat sodir etganligi munosabati bilan mahkum harbiy xizmatchi hibsda ushlab turilgan vaqt jazoni oʻtash muddatiga qoʻshilmaydi.
143-modda. Xizmat boʻyicha cheklash vaqtida pul taʼminotidan chegirib qolish
Sud hukmi bilan xizmat boʻyicha cheklangan harbiy xizmatchining pul taʼminotidan chegirma lavozim va harbiy unvonga doir maoshdan hisoblab chiqariladi.
144-modda. Tarbiyaviy ish
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar bilan ular sodir etgan jinoyatning xususiyatini, ijtimoiy xavflilik darajasini va mahkumning shaxsi, shuningdek xulq-atvori hamda harbiy xizmatga munosabatini inobatga olgan holda tarbiyaviy ish olib boriladi.
145-modda. Mahkumning xizmat vazifasini oʻzgartirish
Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo muddati mobaynida mahkum harbiy xizmatchining lavozimi va harbiy unvoni oshirilishi mumkin emas.
Komandir (boshliq) qaroriga binoan mahkum harbiy qism doirasida yoki boshqa qismga koʻchirilgan holda boshqa teng lavozimga oʻtkazilishi mumkin.
146-modda. Xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo ijrosini tugatish
Xizmat boʻyicha cheklash muddati tugashidan kamida uch kun oldin komandir (boshliq) jazo ijrosi tugatiladigan sanani koʻrsatib buyruq chiqaradi.
Buyruq nusxasi hukm chiqargan sudga yuboriladi.
147-modda. Harbiy xizmatdan boʻshatilganda jazoni almashtirish
Xizmat boʻyicha cheklashga hukm qilingan shaxs hukmda belgilangan jazo muddati tugaguniga qadar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarda harbiy xizmatdan boʻshatilishi mumkin. Bunday holda komandir (boshliq) jazo muddatining oʻtalmay qolgan qismini boshqa jazo bilan almashtirish yoki jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun materiallarni sudga taqdim etadi.
Ofitserlar, kontrakt asosida xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari bir-biridan alohida saqlanadi.
(148-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-238-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Qamoq jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchilarga ushbu Kodeksning 8-bobida, shuningdek harbiy ustavlarda belgilangan jazoni ijro etish tartibi va shartlari tatbiq etiladi.
26-BOB. INTIZOMIY QISMGA JOʻNATISH TARIQASIDAGI JAZONI IJRO ETISH
149-modda. Jazoni ijro etish tartibi
Intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazo Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining shunga maxsus moʻljallangan harbiy qismlari (intizomiy qism) tomonidan ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrda PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizom.
Mahkumlarni intizomiy qismga joʻnatish va bu qismlarda qabul qilib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jazoni intizomiy qismda oʻtash davrida barcha mahkumlar, harbiy unvonlari, lavozimlari va avvalgi xizmatlari xususiyatidan qatʼi nazar, soldatlar (matroslar) holatida boʻladilar hamda belgilangan koʻrinishdagi kiyimda yuradilar va tafovut belgilarini taqadilar.
Intizomiy qismda jazoni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar mahkumlar uchun ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan rejim talablariga rioya etishlari shart.
150-modda. Moddiy-maishiy taʼminot va tibbiy xizmat koʻrsatish
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizomning VI bobi.
Mahkumlarga intizomiy qismda harbiy ustavlar talablariga muvofiq maishiy-yashash sharoiti yaratib beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 1996-yil 9-oktabrda PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizomning 59-bandi.
Mahkumlarni oziq-ovqat, ust-bosh va boshqa narsalar bilan taʼminlash, shuningdek ularga tibbiy xizmat koʻrsatish harbiy ustavlar talablariga muvofiq muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun belgilangan norma asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrda PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizomning 61-bandi.
(150-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-238-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Kasalxona sharoitida tibbiy yordam olishga muhtoj mahkumlar, davolanish uchun soqchi nazorati ostida gospitalga joʻnatiladi va maxsus jihozlangan palatalarda saqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizomning 65-bandi.
Mahkumlarning shaxsiy hisobvaragʻiga har oyda muddatli harbiy xizmat soldatlari va matroslari uchun belgilangan taʼminot puli oʻtkazib boriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizomning 62-bandi.
(150-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-238-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Mahkumlar oʻz yonida saqlashi, pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib olishi yoki posilka, yoʻqlov va banderollar ichida olishi mumkin boʻlgan eng zarur narsalar va oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Intizomiy qismda mahkumlar qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega.
Mahkumlarning qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan qisqa muddatli uchrashuvi oyda bir marta toʻrt soatgacha boʻlgan muddatda beriladi. Bunday uchrashuvlar ishdan va mashgʻulotlardan boʻsh vaqtda, maxsus jihozlangan xonada, intizomiy qism vakili kuzatuvi ostida oʻtkaziladi.
Mahkumlarning yaqin qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuvlari yiliga uch marta uch sutkagacha boʻlgan muddatda beriladi. Bunday uchrashuvlar intizomiy qismning maxsus jihozlangan binosida yoki qism komandirining ruxsati bilan intizomiy qism hududidan tashqarida oʻtkaziladi. Uzoq muddatli uchrashuv vaqtida mahkumlar ishdan va mashgʻulotlardan ozod qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizomning 34-bandi.
Mahkumning iltimosiga koʻra uchrashuv telefon orqali soʻzlashuv bilan almashtirilishi mumkin.
Uchrashuvlar va telefon orqali soʻzlashuvlar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
152-modda. Mahkumlarning posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar va pul joʻnatmalari olishi hamda yuborishi
Intizomiy qismda mahkumlar har oyda bitta posilka yoki yoʻqlov va cheklanmagan miqdorda banderollar olish huquqiga ega.
Oʻz nomiga kelgan posilka, yoʻqlov va banderollarni mahkumlarning oʻzi intizomiy qism vakili nazorati ostida ochadi. Foydalanish taqiqlangan narsalar va buyumlar belgilangan tartibda olib qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizomning 30 va 31-bandlari, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning IX bobi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlar nomiga kelgan pullar ularning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazilib, bu haqda ularga xabar qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizomning 32-bandi.
Mahkumlar posilka, yoʻqlov, banderollar va pul joʻnatmalarini cheklanmagan miqdorda yuborishlari mumkin.
Posilka, yoʻqlov, banderollar va pul joʻnatmalarini olish hamda yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
153-modda. Mahkumlarning yozishmalari
Intizomiy qismda mahkumlar cheklanmagan miqdorda xat va telegrammalar olishi hamda joʻnatishi mumkin.
Oʻz nomiga kelgan xatlarni mahkumlarning oʻzi intizomiy qism vakili nazorati ostida ochadi. Xat ichidagi taqiqlangan narsalar olib qoʻyiladi va ular yuzasidan belgilangan tartibda chora koʻriladi. Xatlar va telegrammalarning mazmuni tekshirilmaydi.
Mahkumlar joʻnatadigan xatlarni ochish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizomning 33-bandi.
Harbiy xizmatchilarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayotiga tahdid soluvchi ogʻir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar yetkazgan voqealar) munosabati bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni hisobga olmaganda, intizomiy qism doirasidan chetga chiqish huquqini beradigan qisqa muddatli — yetti sutkagacha taʼtil berilishi mumkin. Mahkumning qisqa muddatli taʼtilda boʻlish vaqti jazoni oʻtash muddatiga qoʻshiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizomning 35-bandi.
155-modda. Mahkumlarning mehnati
Intizomiy qismda mahkumlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnatga jalb etiladilar.
Intizomiy qismda mahkumlar tarbiyasi va taʼlimi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizomning 40 — 43-bandlari.
157-modda. Ragʻbatlantirish choralari
Intizomiy qismda mahkumlarga quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi:
tashakkur eʼlon qilish;
ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasini olib tashlash;
qoʻshimcha ravishda bir marta uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv huquqini berish.
Yaxshi xulq-atvori hamda mehnatga va harbiy xizmatga vijdonan munosabati uchun mahkumlar, sud tomonidan tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtaganlaridan soʻng, intizomiy qism komandirining buyrugʻi bilan axloqan tuzalayotganlar qatoriga qoʻshiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizomning 44 — 46-bandlari.
Axloqan tuzalayotganlar qatoriga qoʻshilgan mahkumlar jazo muddatining kamida yarmini oʻtaganlaridan keyin qonunda belgilangan tartibda jazodan muddatidan oldin shartli ozod qilishga taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi.
158-modda. Intizomiy jazo choralari
Intizomiy qismda mahkumlarga quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi:
hayfsan;
qattiq hayfsan;
navbatdan tashqari beshtagacha naryadga tayinlash;
oʻn besh sutkaga qadar gauptvaxtaga joylashtirish;
axloqan tuzalayotganlar qatoridan chiqarish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari intizomiy qismi toʻgʻrisida”gi nizomning 50-bandi.
159-modda. Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi
Intizomiy qismda mahkumlarga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
160-modda. Jazoni oʻtash vaqtini harbiy xizmat muddatiga qoʻshib hisoblash
Intizomiy qismda mahkumlarning jazoni oʻtash vaqti harbiy xizmat muddatiga qoʻshilmaydi.
Intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddatiga qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 546-moddasiga muvofiq koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.10.00 Oʻlim / umrbod ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni ijro etish]
VII BOʻLIM. QOʻSHIMCHA JAZOLARNI IJRO ETISH
27-BOB. QOʻSHIMCHA JAZOLARNI IJRO ETISH TARTIBI VA SHARTLARI
161-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi
Mahkumni harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish toʻgʻrisida hukm chiqargan sud hukmning nusxasini shu unvonni bergan organga yuboradi. Zaxiradagi harbiy xizmatchiga taalluqli hukm nusxasi uning yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimiga yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 52-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonunining 21-moddasi.
Unvon bergan organning mansabdor shaxsi mahkumni unvondan mahrum qilish toʻgʻrisidagi yozuvni belgilangan tartibda tegishli hujjatlarga kiritadi, bu unvon bilan bogʻliq huquq va imtiyozlarni tugatish choralarini koʻradi hamda hukm chiqargan sudga hukmning nusxasi olingan kundan boshlab bir oylik muddat ichida uning ijro etilganligi haqida xabar qiladi.
(162-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 24-sentabrdagi OʻRQ-115-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 39-son, 401-modda)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.12.00 Jazoni oʻtashdan ozod qilish. Jazoni oʻtashdan ozod qilingan shaxslarga yordam koʻrsatish va ularni nazorat qilib borish]
VIII BOʻLIM. JAZONI OʻTASHDAN OZOD QILISH
28-BOB. JAZONI OʻTASHDAN MUDDATIDAN ILGARI OZOD QILISH
163-modda. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish hollari
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 471-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Sud tomonidan tayinlangan jazo muddati tugagunga qadar mahkum quyidagi hollarda jazoni oʻtashdan ozod qilinishi mumkin:
muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73 va 89-moddalari.
jazo yengilrogʻi bilan almashtirilganda;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 74 va 90-moddalari.
kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi tufayli;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 75-moddasi.
amnistiya yoki avf etilganligi tufayli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 76-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 471-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori, Oliy Sud Plenumining “Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
164-modda. Mahkumlarni muddatidan ilgari shartli ozod qilishga, shuningdek jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etish tartibi
Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, shuningdek jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 536-moddasida belgilangan tartibda qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 472-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkum jazo muddatining Jinoyat kodeksi 73, 74, 89 va 90-moddalarida belgilangan qismini oʻtab boʻlganidan soʻng bir oylik muddat ichida jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyati uni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishga taqdim etish masalasini agar mahkum yoki uning advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan boʻlsa koʻrib chiqishi hamda taqdim qilish yoki rad etish haqida qaror chiqarishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 473-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(164-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Maʼmuriyat mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishga yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etishni rad etgan taqdirda mahkum yoki uning advokati sudga tegishli iltimosnoma bilan murojaat etishga haqli.
Muayyan huquqdan mahrum etish tariqasidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa, mahkumning oʻzi yoki uning himoyachisi iltimosnomasiga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi.
Sud jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishni rad etgan taqdirda, bu haqda ajrim chiqqan kundan boshlab kamida olti oy oʻtganidan keyin taqdimnoma takroran kiritilishi yoki iltimosnoma takroran berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 474 — 480-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.), Oliy Sud Plenumining “Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
165-modda. Kasallik tufayli yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik oqibatida jazodan ozod qilishga taqdim etish tartibi
Jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyati Jinoyat kodeksining 75-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumni jazoni oʻtashni davom ettirishdan ozod qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi. Ayni bir vaqtda sudga tibbiy komissiya xulosasi va mahkumning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi yuboriladi.
Mahkumni ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq tariqasidagi jazodan kasalligi tufayli ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus tibbiy komissiyasi xulosasi asosida kiritiladi. Bunday kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Mahkumni axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazodan mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi oqibatida ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi xulosasi asosida kiritiladi.
(165-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Jazoni oʻtash davrida homiladorlik va tugʻish taʼtili berilgan ayollarni jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bunday taʼtil huquqini beruvchi tibbiy hujjat asosida kiritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 481 — 485-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Harbiy xizmatchilarni intizomiy qismga joʻnatish yoki xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma tegishli harbiy-tibbiy komissiyaning ularni harbiy xizmatga yaroqsiz deb topish haqidagi xulosasi asosida kiritiladi. Ayol harbiy xizmatchilar xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazoni oʻtashdan homiladorlik va tugʻish taʼtili berilishi munosabati bilan ham ozod qilinadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: “Ogʻir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish qoidalari” (roʻyxat raqami 1854, 09.09.2008-y.).
166-modda. Jazodan amnistiya yoki avf akti asosida ozod qilish tartibi
Jazodan amnistiya yoki avf akti asosida ozod qilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Jazoni ijro etish muassasasining yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organning maʼmuriyati tegishli asos boʻlgan taqdirda, mahkumga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga kiritish haqida prokurorga taqdimnoma yuborishi shart. Mahkumlarga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 5361-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 486-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
(166-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-193-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
29-BOB. JAZO IJROSINI TUGATISH
167-modda. Jazo ijrosini tugatish asoslari
Quyidagilar jazo ijrosini tugatish uchun asos boʻladi:
mahkumning sud tayinlagan jazo muddatini oʻtab boʻlishi;
ushbu Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumning jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilinishi;
sud hukmining bekor boʻlishi va ish yuritishning tugatilishi;
hukmning nazorat tartibida oʻzgartirilishi va jazoning shartli hukm bilan almashtirilishi;
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 487-bandi (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
168-modda. Jazo ijrosini tugatish vaqti
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi mazkur jazo muddatiga qonun hujjatlariga muvofiq kiritilishi mumkin boʻlgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda bu muddatning oxirgi kuni tugatiladi.
Agar jazo muddati dam olish yoki bayram kuni tugaydigan boʻlsa, mahkum ushbu dam olish yoki bayram kunidan bir kun oldin ozod qilinadi. Muddat oylar bilan hisoblangan taqdirda bu muddat keyingi oyning tegishli kuni, agar mazkur oyda shunday kun boʻlmasa — shu oyning oxirgi kuni tugaydi.
Jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyati mahkumni muddatidan ilgari ozod qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni ish kuni tugaguniga qadar olgan boʻlsa, shu zahoti, ish kuni tugaganidan keyin olgan boʻlsa, ertasi kuni ertalab ijro etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 488 — 490-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
169-modda. Hisob-kitob tartibi, hujjatlarni va shaxsiy buyumlarni berish
Axloq tuzatish ishlari muddati tugayotgan kuni jazolarni ijro etish inspeksiyasi jazoni oʻtagan shaxsni va u ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot maʼmuriyatini ish haqidan chegirib qolishni tugatish va boshqa cheklashlarni olib tashlash toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Jazoni ijro etish muassasasi qamoqqa va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ozod etilayotganda ular bilan toʻla hisob-kitob qiladi, ularning shaxsiy hujjatlari, buyumlari va boshqa qimmatli narsalarini, shuningdek shaxsiy hisobvaraqlarida turgan pullarini qaytarib beradi hamda jazoni oʻtab boʻlganlik yoki jazodan ozod qilinganlik toʻgʻrisida belgilangan namunada maʼlumotnoma beradi.
Sil kasalligiga duchor boʻlgan shaxslarning ozod qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarga belgilangan namunadagi shtamp qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 491-492-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(169-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
170-modda. Mahkum vafot etganligi munosabati bilan jazo ijrosini tugatish tartibi
Mahkum vafot etgan taqdirda jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati bu haqda zudlik bilan marhumning yaqin qarindoshlaridan biriga telegraf orqali xabar qiladi.
Marhumning jasadi qarindoshlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda beriladi.
Mahkumning qarindoshlaridan jasadni berish toʻgʻrisida ariza tushmagan taqdirda, muassasa maʼmuriyati marhumni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilab qoʻyilgan tartibda dafn etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 493 — 496-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
30-BOB. JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILISH TARTIBI
171-modda. Mahkumlarni ozod qilishga tayyorlash
Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning jazoni oʻtash muddati tugashiga uzogʻi bilan uch oy qolganda uni ozodlikka chiqarishga tayyorlash, mehnat va turmushda oʻrnashishga boʻlgan ehtiyojini aniqlash, uning muassasadan ozod boʻlgandan keyingi huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish maqsadida mahkum bilan tarbiyaviy ish olib boradi.
Ishda va turmushda oʻrnashishga muhtoj shaxslar aniqlangan taqdirda muassasa maʼmuriyati oldindan mahkum yashashni moʻljallayotgan joydagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod boʻlgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi markazini uning ozod qilinishi, turar joyi bor-yoʻqligi, mehnat qobiliyati va ixtisosi toʻgʻrisida xabardor etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Muassasa maʼmuriyati ayni bir vaqtda ustidan ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazorati oʻrnatilishi zarur boʻlgan shaxslarni aniqlaydi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga tegishli taqdimnoma kiritadi.
172-modda. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslarga moddiy yordam koʻrsatish
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslar yashashni moʻljallayotgan joyga yetib olishi uchun yoʻl hujjatlari, belgilangan norma boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari yoki pul kompensatsiyasi bilan taʼminlanadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni taʼminlash meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Ozod qilinayotgan shaxslarda mavsumiy kiyim va poyabzal, shuningdek ularni sotib olishga pul boʻlmasa, ular kiyim va poyabzal bilan bepul taʼminlanadilar. Shu maqsadlar uchun ozod qilinayotgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul nafaqasi berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 502, 503-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
173-modda. Mahkumlarning ozod qilinishi toʻgʻrisida xabar berish va ozod boʻlgan shaxslarni kuzatib borish
Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkumlarning ozod etilganligi toʻgʻrisida:
birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, homilador ayollar va yosh bolasi (bolalari) bor ayollarga, shuningdek voyaga yetmaganlarga nisbatan — ularning qarindoshlari yoki qarindoshlarining oʻrnini bosuvchi boshqa shaxslarni;
ishga kirish va turmushini yoʻlga qoʻyishga muhtoj boʻlgan shaxslarga nisbatan — viloyatlar (tumanlar, shaharlar) hokimliklari huzuridagi ijtimoiy moslashuv markazlarini;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
sil yoki tanosil kasalliklariga duchor boʻlgan, shuningdek alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaxslarga nisbatan — viloyat, shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari (boʻlimlari) yoki sogʻliqni saqlash organlarining davolash muassasalarini;
maʼmuriy nazorat ostiga olinishi lozim boʻlgan shaxslarga nisbatan — ichki ishlar hududiy organlarini oldindan xabardor etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mahkumlar kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi oqibatida, amnistiya akti yoki afv asosida ozod etilgan hollarda, shuningdek mahkumlar jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan taqdirda, bildirish qogʻozi ular ozod etilgan kuni joʻnatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73, 75 va 76-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod etilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida biror bir davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik toʻgʻrisidagi bildirish qogʻozi joʻnatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi boʻyicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum qamoqqa olinguniga qadar roʻyxatga olingan joydagi ichki ishlar hududiy organining mamlakatga kirish, undan chiqish va roʻyxatga olish bilan shugʻullanuvchi tegishli xizmatini xabardor qiladi.
Sogʻligʻi holatiga koʻra doimiy parvarishga muhtoj shaxslar, shuningdek oʻn olti yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxslar qarindoshlari yoki boshqa shaxslar yoxud muassasa maʼmuriyati vakilining kuzatuvida yashash joyiga joʻnatiladi.
Nogironlar va qariyalar, oʻz iltimosiga koʻra, nogironlar va qariyalar uyiga joʻnatiladi.
Voyaga yetmagan mahkumlar ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga joʻnatiladi. Ota-onasi yoʻq voyaga yetmagan shaxslar, zarur hollarda, internatlarga joʻnatiladi yoki homiylar qaramogʻiga beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 504 — 515-bandlari (roʻyxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(173-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
IX BOʻLIM. BOSHQA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIR CHORALARINI IJRO ETISH
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.13.00 Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari]
31-BOB. BOSHQA JINOYAT-HUQUQIY TAʼSIR CHORALARINING TURLARI VA ULARNI IJRO ETISH ASOSI
174-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarining turlari
Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari jumlasiga:
shartli hukm qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi, mazkur Kodeksning 176 — 180-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 19-iyuldagi 403-sonli Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 7-bobi (roʻyxat raqami 3670, 20.08.2025-y.).
175-modda. Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish asosi
Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki ajrimi asos boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 528, 530-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi qarori.
Boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralari Jinoyat kodeksining 72, 87, 94-96-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud tomonidan tayinlanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.14.00 Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazorat. Maʼmuriy nazorat]
32-BOB. SHARTLI HUKM QILINGAN SHAXSLAR USTIDAN NAZORAT
176-modda. Shartli hukm qilingan shaxslar xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi
Jazolarni ijro etish inspeksiyasi shartli hukm qilingan shaxslarni roʻyxatga oladi va sud belgilagan sinov muddati mobaynida ularning zimmasiga yuklangan majburiyatlar bajarilishini tekshirib boradi.
Shartli hukm qilingan shaxs harbiy xizmatga chaqirilgan taqdirda jazolarni ijro etish inspeksiyasi sud hukmi (ajrimi) nusxasini hamda harbiy xizmat oʻtash joyida uning xulq-atvori ustidan nazorat qilish uchun kerakli boshqa hujjatlarni mudofaa ishlari boʻyicha tegishli boʻlimga yuboradi. Harbiy qism (muassasa) qoʻmondonligi oʻn kunlik muddat ichida mahkum roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida, xizmatni tugatganidan keyin esa, joʻnab ketganligi toʻgʻrisida jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar qilishi shart.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72-moddasi, mazkur Kodeksning 176 — 180-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 19-iyuldagi 403-sonli “Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3670, 20.08.2025-y.).
177-modda. Shartli hukm qilingan shaxslarning majburiyatlari
Shartli hukm qilingan shaxslar sud tomonidan zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishi, shuningdek chaqiruvga binoan jazolarni ijro etish inspeksiyasida hozir boʻlishi shart. Uzrli sababsiz hozir boʻlmagan mahkum belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 72-moddasining uchinchi qismi.
178-modda. Sudga taqdimnoma kiritish
Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ sinov muddati mobaynida belgilangan cheklashlarni toʻliq yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 72-moddasining beshinchi qismi.
Mahkum zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlagan yoki maʼmuriy yoxud intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda mahkum xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ jinoyat-huquqiy taʼsir chorasini bekor qilish hamda hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 72-moddasining oltinchi qismi.
Sinov muddati hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
(179-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 24-sentabrdagi OʻRQ-115-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 39-son, 401-modda)
180-modda. Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazoratni tugatish
Shartli hukm qilingan shaxs xulq-atvori ustidan nazorat sinov muddati tamom boʻlishi bilan tugatiladi va mahkum jazolarni ijro etish inspeksiyasi yoki harbiy qism (muassasa) qoʻmondonligi roʻyxatidan chiqariladi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.15.00 Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etish]
33-BOB. TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV CHORALARINI IJRO ETISH
LexUZ sharhi
Qarang: “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi”gi nizom (roʻyxat raqami 2591, 03.06.2014-y.).
181-modda. Ruhiy kasallarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi
Ruhiy kasallarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari sogʻliqni saqlash organlari tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasiga muvofiq quyidagi tartibda qoʻllaniladi:
majburiy ambulatoriya kuzatuvi va psixiatrda davolash — bemorning yashash joyidagi psixonevrologiya muassasalari tomonidan amalga oshiriladi;
bemorni jamiyatdan batamom ajratib majburiy davolash — uning ruhiy holatiga qarab, umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonalarida yoki umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonalarining sogʻliqni tiklash boʻlinmalarida yoxud kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonalari yoki boʻlinmalarida oʻtkaziladi.
Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan mahkumlarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari quyidagi tartibda qoʻllaniladi:
jamiyatdan batamom ajratib qoʻyish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan shaxslarga — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda;
qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga — jazoni oʻtash joyida, ozod etilganlaridan soʻng davolashni davom ettirish zarurati boʻlganda esa — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan umumiy asoslarda.
Hibsda ushlab turilgan shaxslarning sud-psixiatriya ekspertizasi surishtiruv, tergov, prokuratura organining qarori yoki sudning ajrimi, qamoq jazosiga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan esa — qamoq uyi yoki jazoni ijro etish muassasasi boshligʻining qarori asosida tayinlanadi.
Kasallarni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga koʻchirish, shuningdek ularni bir kasalxonadan ikkinchisiga oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda davlat hisobidan amalga oshiriladi.
185-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarning huquq va majburiyatlari
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida majburiy davolanayotgan bemorlar:
har kuni sayr qilish;
xatlar, posilka, yoʻqlov va banderollar, shuningdek pul joʻnatmalari olish va yuborish;
qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashish;
diniy rasm-rusumlarni ado etish;
oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish hamda ularni oʻz yonida saqlash;
kasalxona kutubxonasidan foydalanish huquqiga ega.
Bemorlar advokat xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Davolash samaradorligini va kasallar yoki boshqa shaxslar xavfsizligini taʼminlash maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda bemorlarning huquqlari cheklanishi mumkin.
Bemorlar tayinlangan muolajani qabul qilishi va ichki tartib qoidalariga rioya etishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuni 9-moddasining uchinchi qismi.
186-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarni saqlash sharoitlari
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlar kasallik turi, xulq-atvorining xususiyati, ruhiy va jismoniy holatini inobatga olib, ularni batamom ajratib qoʻyishni taʼminlovchi hamda ular tomonidan yangi ijtimoiy-xavfli qilmish sodir etish, qochish, saqlash rejimini buzish ehtimolining oldini olishni taʼminlaydigan sharoiti bor palatalarga joylashtiriladi.
Erkaklar va ayollar, kattalar va voyaga yetmagan shaxslar alohida-alohida saqlanadi.
Bir bemorga toʻgʻri keladigan foydali maydon normasi besh kvadrat metrdan kam boʻlishi mumkin emas.
Bemorlarga ovqat va kasalxona kiyimi bepul beriladi.
Bemorlarni ovqat va ust-bosh bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Posilka, yoʻqlov, banderol va pul joʻnatmalari olish hamda yuborish, uchrashuvlar oʻtkazish, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olish, saqlash, shuningdek bemorlarga har kuni beriladigan sayr tartibi ichki tartib qoidalari bilan belgilanadi.
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarga uzoq muddatli uchrashuv berilmaydi.
Bemor nomiga kelib tushgan pullar uning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni bemorlar pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib oladilar.
187-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlarni davolashni tashkil etish
Ruhiy kasallarni majburiy davolash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tashhis qoʻyish, davolash va sogʻliqni tiklash usullari qoʻllangan holda oʻtkaziladi.
188-modda. Bemor qochib ketgan yoki vafot etgan taqdirda shifoxona maʼmuriyatining harakati
Majburiy davolanishda boʻlgan bemor qochib ketgan taqdirda ruhiy kasalliklar shifoxonasi maʼmuriyati zudlik bilan uni qidirib topish choralarini koʻrishi hamda bu haqda shifoxona joylashgan yerdagi va bemor, uning qarindoshlari yoki vasiylari yashaydigan joydagi prokurorni, ichki ishlar organlarini, psixonevrologiya dispanserini, shuningdek majburiy davolash chorasini tayinlagan sudni xabardor qilishi shart.
Majburiy davolanishda boʻlgan bemor vafot etganligi toʻgʻrisida ruhiy kasalliklar shifoxonasi maʼmuriyati uning qarindoshlari yoki vasiylarini, prokuror va sudni, shuningdek bemor yashagan joydagi psixonevrologiya dispanserini xabardor qiladi.
Vafot etgan bemor jasadini berish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
189-modda. Bemorni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish toʻgʻrisida xabar
Bemorni shifoxonadan chiqarishdan oʻn kun oldin ruhiy kasalliklar shifoxonasi maʼmuriyati bu haqda uning yashash joyidagi ichki ishlar organlariga, shuningdek uning qarindoshlari yoki vasiylariga xabar qiladi.
Majburiy davolanish sud tomonidan bekor qilinganidan keyin oʻn sutka ichida davolash muassasasi maʼmuriyati bemorning yashash joyidagi psixonevrologiya dispanseriga ambulatoriya kartasidan koʻchirma yuboradi hamda uning qarindoshlari yoki vasiylarini, shuningdek bemorning yashash joyidagi ichki ishlar organlarini voqeadan xabardor qiladi.
190-modda. Bemorlarni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish tartibi
Bemorlarni ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarilgan shaxslarga davolanishda boʻlgan vaqti toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
191-modda. Bemorlarni yashash joyiga yuborish
Bemorlar yashash joyiga qarindoshlari yoki vasiylari yoxud tibbiy xodimlar kuzatuvida yuboriladi.
Bemorning yashash joyigacha yetib borish, kuzatuvchi shaxsning esa, borish-kelish xarajatlari davlat hisobidan toʻlanadi.
192-modda. Bemorlar va ruhiy kasalliklar shifoxonasi xodimlari xavfsizligini taʼminlash
Bemorlar va xodimlar xavfsizligini taʼminlash, bemorlarning ruhiy kasalliklar shifoxonasi (boʻlinmasi) doirasidan tashqariga oʻzboshimchalik bilan chiqib ketishining oldini olish maqsadida nazorat-ruxsatnoma tizimi joriy etiladi.
Umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonalarini qoʻriqlash tibbiy xodimlar tomonidan, sud-psixiatriya ekspertizasi boʻlinmalari va kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida — ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bemor jazavaga tushgan, shuningdek tibbiy xodimlarga itoat etmagan va ularga jismoniy qarshilik koʻrsatgan taqdirda unga nisbatan qoʻlkishan, bogʻlash vositalari va boshqa maxsus vositalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qoʻllanilishi mumkin
193-modda. Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida majburiy davolash oʻtkazilishi ustidan nazorat
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida (boʻlinmalarida) majburiy davolash oʻtkazilishi ustidan nazorat sogʻliqni saqlash organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
194-modda. Qamoq jazosiga va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi
Qamoq jazosiga va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.16.00 Voyaga etmagan shaxslar ustidan majburlov choralarini qoʻllash]
34-BOB. VOYAGA YETMAGAN SHAXSLARGA NISBATAN MAJBURLOV CHORALARINI QOʻLLASH
195-modda. Jabrlanuvchidan uzr soʻrash
Voyaga yetmagan shaxs jabrlanuvchidan ogʻzaki yoki yozma ravishda, koʻpchilikning oldida yoki yakka tartibda uzr soʻraydi.
Uzr soʻrash joyi, vaqti va tartibini sud belgilaydi.
Uzr soʻrash majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi toʻgʻrisida tegishli hujjat tuziladi.
196-modda. Yetkazilgan zararni toʻlash yoki bartaraf etish
Voyaga yetmagan shaxsning yetkazilgan zararni oʻz mablagʻlari hisobidan yoki oʻz mehnati bilan toʻlashi yoxud bartaraf etishi sud tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Yetkazilgan zararni oʻz mablagʻlari hisobidan yoki oʻz mehnati bilan toʻlash yoxud bartaraf etish majburiyatini yuklash tariqasidagi majburlov chorasi ijro etilganligi toʻgʻrisida tegishli hujjat tuziladi.
197-modda. Maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish
Voyaga yetmagan shaxslar xalq taʼlimi organlarining maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtiriladi.
Voyaga yetmagan shaxslarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida boʻlishi tartibi va sharoiti, oʻquv jarayoni va tarbiyaviy taʼsirga oid ishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 6-son, 175-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 401-modda, 50-51-son, 503-modda; 2008-y., 14-15-son, 94-modda, 52-son, 509-modda, 514-modda; 2009-y., 15-son, 179-modda, 52-son, 553-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda; 2012-y., 37-son, 421-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 32-son, 425-modda; 2017-y., 13-son, 194-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 03/19/530/2769-son; 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 01.07.2020-y., 03/20/625/1007-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son; 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son; 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son; 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son; 14.08.2024-y., 03/24/943/0616-son; 28.08.2024-y., 03/24/948/0667-son; 18.11.2024-y., 03/24/1002/0936-son; 15.01.2026-y., 03/26/1112/0045-son; 16.01.2026-y., 03/26/1114/0047-son)