1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 330-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 1-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “fizkultura-sport” degan so‘zlar “jismoniy tarbiya-sport” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 3-moddaning birinchi qismidagi “fizkultura-sog‘lomlashtirish va sport ishlarini o‘tkazish; tabiatni, tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish” degan so‘zlar “jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport ishlarini amalga oshirish; tabiatni, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi 289-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 618-I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 99-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 16-moddasining ikkinchi qismidagi “Tarixiy va madaniy yodgorliklar obyektlari va buyumlarini” degan so‘zlar “Moddiy madaniy meros obyektlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 425-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 97-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 4-moddasi 2-bandining 2-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) moddiy madaniy meros obyektlari, shu jumladan davlat fondlarida, milliy fondlarda, axborot-kutubxona fondlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarining fondlarida saqlanayotgan moddiy madaniy meros obyektlari, shuningdek arxivlar, muzeylar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi 616-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 328-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 4-moddasi birinchi qismi 5-bandining o‘n beshinchi xatboshisidagi “notarial arxivlarning” degan so‘zlar “idoraviy notarial arxivlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Mudofaa to‘g‘risida”gi 641-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan 211-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 80-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 7-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabining” degan so‘zlar “Qurolli Kuchlar Bosh shtabining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi” degan so‘zlar “Qurolli Kuchlarning Bosh shtabi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov to‘g‘risida”gi 736-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 614-I-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 156-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lganligi tufayli yoxud davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
2) 45-moddaning birinchi qismidagi “rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda” degan so‘zlar “rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 837-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 35-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi va 351-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “o‘rmonlar, hayvonot dunyosi” degan so‘zlar “o‘simlik va hayvonot dunyosi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Baliqchilik xo‘jaligi tashkilotlariga biriktirilgan tabiiy suv havzalarida, baliqchilik pitomniklarida hamda hovuz xo‘jaliklarida, shuningdek ovchilik-baliq ovlash jamiyatlariga biriktirilgan joylarda sport va havaskorlik yo‘li bilan baliq ovlash ularning ruxsatiga ko‘ra amalga oshiriladi”;
Yovvoyi suv qushlari va qimmatli mo‘yna beradigan suv hayvonlari (qunduz, ondatra, suv kalamushi, nutriya va hokazolar) maskani bo‘lgan daryolarda, ko‘llarda va boshqa suv obyektlarida ovchilik xo‘jaligini yuritishni amalga oshirayotgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxsga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi organlari suvdan kompleks foydalanish talablarini hisobga olgan holda suvdan foydalanishga doir imtiyozli huquqlar berishi mumkin”.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 846-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 230-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 12-moddasi 3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi 990-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 518-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 132-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2012-yil, № 12, 331-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 11-moddasining 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16) saylovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivlarga yoki idoraviy arxivlarga topshirilishini ta’minlaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi 1050-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 125-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 206-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 9-10, 134-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2012-yil, № 12, 331-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2017-yil, № 8, 383-modda) 11-moddasining 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16) saylovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning arxivlarga yoki idoraviy arxivlarga topshirilishini ta’minlaydi”.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 59-modda sakkizinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “qo‘shiladi” degan so‘z “qo‘shib hisoblanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Sud jazo tayinlash chog‘ida ushlab turishning, qamoqqa olishning yoki uy qamog‘ining har bir kunini:
Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlangan shaxsga jarima tayinlashda ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlashning bir kunini eng kam oylik ish haqining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi”;
5) 132-moddadagi “Tarix yoki madaniyat yodgorliklarini” va “tarix yoki madaniyat yodgorliklarini” degan so‘zlar tegishincha “Moddiy madaniy meros obyektlarini” va “moddiy madaniy meros obyektlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) sakkizinchi bo‘limdagi “Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulot” atamasining huquqiy ma’nosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulot — tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lmagan, zo‘ravonlik yoki shafqatsizlik sodir etishga undaydigan materiallar va narsalar”.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 18-moddaning uchinchi qismi “qamoqda saqlangan” degan so‘zlardan keyin “yoxud uy qamog‘ida bo‘lgan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Barcha sudlarda jinoyat ishlari oshkora ko‘riladi, bundan davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlariga zid keladigan hollar, shuningdek jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rilayotgan hollar mustasno.
Sudlarda jinoyat ishlarini oshkora ko‘rish sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida hamda jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ular oila a’zolarining yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash taqozo etilgan hollarda boshqa ishlarni sud ajrimi bilan yopiq sud majlisida ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi.
Shaxsiy yozishma va shaxsiy telegraf xabarnomalari ochiq sud majlisida faqat bu xat va xabarlarni jo‘natgan hamda olgan shaxslarning roziligi bilan o‘qib eshittirilishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida o‘qib eshittiriladi va tekshiriladi.
Ishni yopiq sud majlisida ko‘rish barcha protsessual qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ishni yopiq majlisda ko‘rish to‘g‘risidagi sudning ajrimi butkul muhokamaga nisbatan yoki uning alohida qismlariga nisbatan chiqarilishi mumkin. Bu ajrim sud majlisiga yig‘ilganlarga taalluqli bo‘lib, jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yopiq sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday majlisni audio- va videoyozuvga olish esa amalga oshirilmaydi.
Sud sudlanuvchining va jabrlanuvchining yaqin qarindoshlarini, shuningdek boshqa shaxslarni yopiq majlislarda tekshiriladigan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirib, ularning bu majlislarda hozir bo‘lishiga ruxsat berishga haqli.
Sud majlisi zalida tartibni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan hollarda, sud ayrim shaxslarning sudning ochiq majlislarida hozir bo‘lishini taqiqlashga haqli.
Sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga va kinotasvirga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi, bu haqda tegishli ajrim chiqariladi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari jinoyat protsessi ishtirokchilarining roziligi bilan yoki shaxsini ko‘rsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi mumkin, bundan yopiq sud majlislarida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud qarorlari mustasno.
Sudlov faoliyatida oshkoralikni kengaytirish uchun sudlar zarur hollarda ommaviy axborot vositalari xodimlarini, tegishli jamoat birlashmalarini va jamoalarni bo‘lajak protsesslar to‘g‘risida xabardor qilishi, shuningdek protsesslarni bevosita korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida hamda ta’lim muassasalarida o‘tkazishi mumkin.
Sudlarda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi prinsipini cheklaydigan qo‘shimcha talablarni joriy etish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollar mustasno”;
birinchi qismidagi “qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga” degan so‘zlar “qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi “ehtiyot chorasini qo‘llash” degan so‘zlardan keyin “uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismidagi “qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga” degan so‘zlar “qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi “ehtiyot chorasini qo‘llash” degan so‘zlardan keyin “uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 48-moddaning ikkinchi qismi “qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi” degan so‘zlardan keyin “o‘ziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar uzrli sabablarga ko‘ra sudga kelmagan taqdirda, sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra videokonferensaloqa vositasida so‘roq qilinishi mumkin”;
“Alohida hollarda, ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamog‘i yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilishi mumkin. Bunda gumon qilinuvchiga u ushlangan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ayblov e’lon qilinishi kerak. Aks holda ehtiyot chorasi bekor qilinadi va shaxs qamoqdan yoki uy qamog‘idan ozod etiladi, garov esa garovga qo‘yuvchiga qaytariladi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan keyin va ushlab turishning butun muddati mobaynida ishni yuritish o‘ziga taalluqli bo‘lgan surishtiruvchi va tergovchi jinoyatni sodir etish holatlarini aniqlash, ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish uchun o‘z vakolatlari doirasida tergov harakatlari o‘tkazishi mumkin”;
“Alohida hollarda, ishni sudga qadar yuritish bosqichida ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamog‘i yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilishi mumkin”;
“Ishni sudga qadar yuritish bosqichida sud tomonidan qo‘llanilgan garov tarzidagi ehtiyot chorasi uni bundan buyon qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lmaganda, xuddi shuningdek ish yuritish tugatilgan taqdirda, mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqargan sud albatta xabardor etilgan holda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin”;
“Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida qamoqqa olish, uy qamog‘i, garov tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llash haqidagi yoki qamoqda saqlash, uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi yoxud uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi masala yuzasidan sudning ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida apellatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, ushbu sud ularni yigirma to‘rt soat ichida materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni ular shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqishi kerak”;
“Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi himoyachi, qonuniy vakil, belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi zimmasiga yuklatilgan organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bilan so‘zlashish uchun, shuningdek zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni, tez tibbiy yordamni, yong‘in xavfsizligi xizmatini, qutqaruv xizmatini va boshqa shoshilinch xizmatlarni chaqirish uchun telefon aloqasidan foydalanish huquqidan cheklanishi mumkin emas. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z yashash joyidagi uy qamog‘ini ijro etish zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga har bir shunday qo‘ng‘iroq haqida xabar beradi”;
o‘n uchinchi qismi “bekor qilish masalasi” degan so‘zlardan keyin “prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Uy qamog‘i bo‘yicha taqiqlar (cheklovlar) asoslar mavjud bo‘lganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qisman bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Ushbu Kodeks 2421-moddasining beshinchi qismi doirasidagi uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) prokurorning yoki prokurorning roziligi bilan surishtiruvchining yoxud tergovchining iltimosnomasiga ko‘ra sudyaning ajrimi asosida belgilanishi mumkin.
Uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash to‘g‘risidagi iltimosnoma ushbu Kodeks 243-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli sudning sudyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash zarurligini asoslab beradi. Shundan so‘ng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Sud gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Sudyaning uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi yoki qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa — gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi, protest bildirilishi mumkin.
2) sudyaning ajrimini bekor qilishga va gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilashga;
3) sudyaning gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilishga haqli”;
“Garov gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qarindoshlari, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan surishtiruv, dastlabki tergov organining yoxud sudning depozit hisobvarag‘iga topshiriladigan pul mablag‘idan yoki qimmatbaho buyumlardan iboratdir. Garov tariqasida ko‘chmas mulk ham qabul qilinishi mumkin.
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan sud tomonidan pul tarzidagi garov qo‘llanilgan taqdirda, garov surishtiruv yoki dastlabki tergov organining depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Garovni qabul qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisi bayonnomasiga tegishlicha belgi qo‘yadi. Bayonnomada gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va 48-moddalarida ko‘rsatilgan majburiyatlari tushuntirilganligi va u bu majburiyatlarni buzmaslikka so‘z berganligi, garovga qo‘yuvchiga esa gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda garov summasidan mahrum bo‘lishi ma’lum qilinganligi ko‘rsatilishi kerak. Bayonnoma garovni qabul qilgan mansabdor shaxs, garovga qo‘yuvchi va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan imzolanadi.
Garov summasi eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan kam bo‘lishi mumkin emas va uni ushbu ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ayblovning og‘irligini, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va garovga qo‘yuvchining shaxsini, garovga qo‘yuvchining mulkiy ahvolini hamda uning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan munosabatlarini inobatga olgan holda belgilaydi.
Garovga qo‘yuvchi garovni topshirish chog‘ida, shu ehtiyot chorasi tanlangan ayblovning mohiyati, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo va o‘zining javobgarligi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak. U o‘zi qabul qilgan majburiyatlaridan garovning davlat mulkiga o‘tib ketishi uchun sabab bo‘ladigan asoslar yuzaga kelguniga qadar voz kechishi mumkin.
Garovga qo‘yuvchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni bo‘lmaganligini bahona qilishga haqli emas, bundan u bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyatning ta’sirini isbotlab beradigan hollar mustasno.
Agar ehtiyot chorasini o‘zgartirish uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli ro‘y bermayotgan bo‘lsa, xuddi shuningdek ish bo‘yicha ish yuritish tugatilgan yoxud sud hukmi kuchga kirgan taqdirda garov garovga qo‘yuvchiga qaytariladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda garov sud ajrimi bilan davlat mulkiga o‘tkaziladi va gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qo‘llaniladi”;
sakkizinchi qismidagi “agar bu muassasa qamoqqa olinganlarni saqlash uchun moslashtirilgan bo‘lsa, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin” degan so‘zlar “agar mazkur muassasa qamoqqa olinganlarni yoki uy qamog‘idagi shaxslarni saqlash uchun moslashtirilgan bo‘lsa, qamoqqa olish yoxud uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismi “qamoqda” degan so‘zdan keyin “yoki uy qamog‘ida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“1) shaxsning qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlab turilganiga qaraganda kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etishga yoki ozodlikni cheklashga yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilinganligi;
2) hukmdan ayblovning qisman chiqarib tashlanganligi va buning natijasida qonunga ko‘ra qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlash yoxud ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash mumkin emasligi;
3) ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash muddatining yuqori sud tomonidan haqiqatda o‘talgan muddatga qaraganda kamaytirilganligi yoxud boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtirilganligi”;
16) 309-modda “qamalganligi” degan so‘zdan keyin “yoki uy qamog‘ida turganligi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
17) 314-moddaning birinchi qismi “qamoqda saqlash” degan so‘zlardan keyin “yoki uy qamog‘ida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismidagi “Ushbu moddaning 1, 2, 3 va 4-bandlarida” degan so‘zlar “Ushbu moddaning 1, 2, 3, 4 va 71-bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisi “o‘zgartirish yoki bekor qilish” degan so‘zlardan keyin “uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash haqida iltimosnoma qo‘zg‘atish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi xatboshisi “qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash” degan so‘zlardan keyin “yoxud uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘qqizinchi xatboshisi “qamoqqa olish” degan so‘zlardan keyin “yoki uy qamog‘i” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan birortasining kelmay qolganligi oqibatida yoki yangi dalillar talab qilib olish zarur bo‘lganligi munosabati bilan yoxud sud majlisini olib borishning texnik vositalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa tizimlaridan foydalanishda texnik nosozliklar yuzaga kelganligi tufayli jinoyat ishini muhokama qilish mumkin bo‘lmasa, sud ishni muhokama qilishni keyinga qoldiradi va sud majlisiga kelmagan shaxslarni chaqirish yoki yangi dalillarni talab qilib olish yoxud texnik nosozliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi”;
“Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi.
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: sud majlisi boshlangan va tamom bo‘lgan vaqt ko‘rsatilgan holda majlis bo‘lgan joy va sana; sudning nomi va tarkibi; sud majlisining kotibi, tarjimon, ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, shuningdek sud chaqirgan boshqa shaxslar; ko‘rilayotgan ish; sudlanuvchining shaxsiga doir ma’lumotlar; hozir bo‘lgan va hozir bo‘lmagan guvohlar hamda ularning kelmaganlik sabablari. Bayonnomada: raislik qiluvchining barcha farmoyishlari ko‘rsatiladi va sudning harakatlari qanday tartibda o‘tgan bo‘lsa, shu tartibda yoziladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimosnomalari; sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar ko‘rsatuvlarining batafsil mazmuni; berilgan savollarga ekspertning javoblari; sud muzokaralarining ketma-ketligi, sud muzokaralarida ishtirok etgan shaxslarning xulosalari hamda sudlanuvchi oxirgi so‘zining mazmuni; basharti jinoyat protsessi ishtirokchilari iltimos qilsa, ishni ko‘rish paytida yuz bergan holatlar to‘g‘risidagi arzlar aks ettiriladi.
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari:
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sud va xodimlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga ilova qilinadi, unda ushbu vositalar qo‘llanilganligi haqida belgi qo‘yiladi.
Sud zarur deb topgan hollarda, guvohlar va jabrlanuvchilar sud majlisining bayonnomasidagi o‘zi bergan ko‘rsatuvlarni imzolaydi.
Sud majlisi bayonnomasining mazmuni bo‘yicha raislik qiluvchi bilan sud majlisining kotibi o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda, kotib o‘z mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan ko‘riladi. Ushbu masala yuzasidan ajrim chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi.
Sud majlisining bayonnomasi to‘liq bo‘lishini ta’minlash uchun stenogramma yuritilib, uning materiallari jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yiladi.
Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning ertasidan, murakkab ishlar bo‘yicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzolanishi kerak”;
“2) shaxsning hukm chiqquniga qadar qamoqda yoki uy qamog‘ida bo‘lgan vaqti Jinoyat kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan ushlab turishni, qamoqqa olishni yoki uy qamog‘ini hisobga olish qoidalarini nazarda tutib, sud tomonidan tayinlangan jazo chorasiga teng yoxud bu choradan ortiq bo‘lsa”;
23) 468-modda birinchi qismining 6-bandi “yoki qamoqda” degan so‘zlardan keyin “yoxud uy qamog‘ida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
24) 470-moddaning 3-bandi “u qamoqda” degan so‘zlardan keyin “yoki uy qamog‘ida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Sudlanuvchi oqlanganda, shuningdek jazo tayinlanmasdan yoki jazodan ozod qilib yoxud shartli ravishda ozodlikdan mahrum etib yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlab ayblov hukmi chiqarilganda, xuddi shuningdek sudlanuvchi dastlabki qamoqda yoxud uy qamog‘ida bo‘lgan vaqtdan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganda, qamoqda yoxud uy qamog‘ida saqlanayotgan sudlanuvchi bevosita sud majlisi zalining o‘zida darhol ozod qilinishi lozim”;
“Qamoqdan yoki uy qamog‘idan darhol ozod etilishi lozim bo‘lgan mahkumni ozod etishga doir ajrim (qaror), agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, zalning o‘zidayoq ijro etiladi. Boshqa hollarda, ajrim (qaror) chiqarilgan vaqtdan e’tiboran yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay uning nusxasi sud tomonidan jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi zimmasiga uy qamog‘ini ijro etish yuklatilgan ichki ishlar organiga yuboriladi”;
Sud hukmni e’lon qilgach sud majlisi zalida quyidagilarni qamoqdan yoki uy qamog‘idan darhol ozod qiladi:
4) ushlab turish yoki ehtiyot chorasini qo‘llash oqibatida qamoqda yoki uy qamog‘ida bo‘lgan vaqtdan yoxud kassatsiya yoki nazorat tartibida bekor qilingan hukmga binoan shu ish bo‘yicha jazoni o‘tagan vaqtdan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki ozodligi cheklangan mahkumni;
“Birinchi instansiya sudining ajrimi shu ajrim ustidan apellatsiya tartibida xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish muddati o‘tishi bilan yoxud shikoyat yoki protest bildirilgan taqdirda ish yuqori sudda ko‘rib chiqilganidan keyin qonuniy kuchga kiradi va ijro etiladi.
Sudning shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin bo‘lmagan ajrimi shu ajrim chiqarilishi bilanoq darhol kuchga kiradi va ijro etiladi.
Jinoyat ishini tugatish haqidagi sud ajrimining ayblanuvchini, gumon qilinuvchini yoki sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamog‘idan ozod qilishga oid qismi darhol ijro etilishi lozim.
Kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining ajrimi (qarori) u e’lon qilingan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Yuqori instansiya sudining ajrimi, qarori ushbu Kodeksning 497-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra ijroga qaratiladi”;
beshinchi qismi “Qamoqqa olish” degan so‘zlardan keyin “yoki uy qamog‘i” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘qqizinchi qismi “qamoqdan” degan so‘zdan keyin “yoki uy qamog‘idan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
2) 64-moddasidagi “Tarix yoki madaniyat yodgorliklarini” degan so‘zlar “Moddiy madaniy meros obyektlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Daryolarning o‘zanlarini tozalashga va qirg‘oqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarni yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, po‘stlog‘i, barglari, g‘unchalari, gullari, urug‘lari, mevalari, sharbatini (yelimini) va boshqa mahsulotlarini o‘zboshimchalik bilan yig‘ish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
6) 99-moddaning uchinchi qismidagi “tarixiy imoratlar joylashgan tumanlarni” degan so‘zlar “madaniy meros obyektlari joylashgan tumanlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Aerodrom hududida aerodromlarni tanib olish uchun qabul qilingan markirovka belgilariga va qurilmalarga o‘xshash biror-bir belgi va qurilma o‘rnatish yoki aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni belgilangan tartibda kelishilmagan holda amalga oshirish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Binolar va inshootlarda tungi va kunduzgi markirovka belgilarini yoki qurilmalarini o‘rnatish qoidalarini bajarmaganlik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Aerodrom uskunalarini, aerodrom belgilarini, havo kemalarini va ularning uskunalarini shikastlantirish, —
Tegishli ruxsati bo‘lmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorug‘lik bilan ta’minlab turuvchi obyektlar hududida piyoda yoki transportda yurish, —
Alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxs tomonidan havo kemasini boshqarish, xuddi shuningdek bunday holatda bo‘lgan ekipaj a’zolarining havo kemasini boshqarishiga ijozat berish yoxud havo kemasini boshqaruvchi shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’siridagi yoki o‘zgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibga muvofiq tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi, —
Baxtsiz aviatsiya hodisasi deb topilgan hodisani, u haqidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa to‘g‘risidagi axborotni qasddan buzib ko‘rsatish, bortdagi va erdagi obyektiv nazorat vositalarining ma’lumotlariga hamda baxtsiz aviatsiya hodisasi bilan bog‘liq boshqa daliliy materiallarga qasddan shikast yetkazish yoki ularni qasddan yo‘q qilib yuborish, —
Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tmagan shaxslarni, qo‘l yukini yoki bagajni, yukni, pochtani, bort zaxiralarini yoxud havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalarni yoki predmetlarni havo kemasi bortiga yetkazib berish yoki yetkazib berishga ko‘maklashish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
9) 117-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “kema komandiri” degan so‘zlar “havo kemasi komandirining yoki havo kemasi komandiri nomidan ekipaj a’zosining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 245-moddaning birinchi qismidagi “76-moddasida” degan so‘zlar “701-moddasining ikkinchi qismida, 76-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasining Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu Kodeksning 116, 1163-moddalarida, 117-moddasining birinchi qismida va 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqli bo‘lgan havo transporti organidir, Milliy aviakompaniya esa ushbu Kodeksning 53-moddasida, 117-moddasining ikkinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 122-moddasining ikkinchi qismida, 124-moddasida, 144-moddasining uchinchi qismida, 145-moddasining birinchi qismida, 146-moddasida (havo transportidagi huquqbuzarliklar qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqli bo‘lgan havo transporti organidir.
Quyidagilar havo transporti organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazolarni qo‘llashga haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshqarmalarining va bo‘limlarining boshliqlari;
Milliy aviakompaniyaning bosh direktori va uning o‘rinbosarlari, aviakompaniya Uchish majmuasining direktori va uning o‘rinbosari, aeroport (aviakorxona) direktori, aviakompaniya bosh inspektori, aviakompaniyaning tibbiy-sanitariya xizmati boshlig‘i”;
birinchi qismi “70-moddasida” degan so‘zlardan keyin “701-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar “fuqarolarga eng kam ish haqining yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz ellik baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravarigacha” degan so‘zlar “fuqarolarga eng kam ish haqining yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravarigacha” degan so‘zlar “fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
1-bandidagi “611-moddasining birinchi qismida, 90, 91, 92, 94, 113, 114, 115, 116, 1161, 1162, 117-moddalarida” degan so‘zlar “611-moddasining birinchi qismida, 701, 90, 91, 92, 94, 113, 114, 115, 116, 1161, 1162, 1163, 117-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 291-modda birinchi qismining “v” kichik bandi “60” raqamidan keyin “701” raqami bilan to‘ldirilsin.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi 2018-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan 444-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda, № 12/2, 362-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 2-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “ilmiy, tarixiy, madaniy, estetik va o‘zga ahamiyatga molik boshqa yer osti bo‘shliqlari” degan so‘zlar “tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lgan boshqa yer osti bo‘shliqlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lgan noyob tabiiy yoki sun’iy geologik jinslar, mineralogik hosilalar, paleontologik obyektlar hamda yer qa’ri uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muhofaza etiladigan geologik obyektlar deb e’lon qilinishi mumkin.
Yer qa’ridan foydalanilayotganda ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan obyektlar topilib qolsa, yer qa’ridan foydalanuvchilar yer qa’rining tegishli uchastkasidagi ishlarni to‘xtatib turishi hamda bu haqda litsenziya bergan organni va mahalliy davlat hokimiyati organlarini xabardor qilishi shart”.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 78-moddasining ikkinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
“muqaddam sudlangan shaxslarni ishga qabul qilmaslik, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno, yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik”;
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddaning to‘rtinchi qismidagi “madaniy boyliklarni” degan so‘zlar “madaniy meros obyektlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Agar mulkdor o‘ziga qarashli moddiy madaniy meros obyektiga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lsa va uning but saqlanishini ta’minlamasa, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organlar mulkdorni moddiy madaniy meros obyektiga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lishni to‘xtatish haqida ogohlantiradi. Agar mulkdor ushbu talabni bajarmasa, tegishli organlarning da’vosiga ko‘ra sud moddiy madaniy meros obyektini olib qo‘yish haqida qaror chiqarishi mumkin va ushbu moddiy madaniy meros obyekti davlat mulkiga o‘tadi. Olib qo‘yilgan moddiy madaniy meros obyektining qiymati mulkdorga kelishuvda belgilangan miqdorda, nizo chiqqan taqdirda esa sud tomonidan belgilangan miqdorda to‘lanadi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda moddiy madaniy meros obyektini olib qo‘yish haqidagi da’vo oldindan ogohlantirmasdan ham qo‘zg‘atilishi mumkin”;
3) 196-moddaning uchinchi qismidagi “Tarix va madaniyat yodgorliklari” degan so‘zlar “Moddiy madaniy meros obyektlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 198-moddaning ikkinchi qismidagi “tarixiy yoki madaniy boylik bo‘lgan” degan so‘zlar “tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 214-moddaning birinchi qismidagi “madaniy va tarixiy boyliklar” degan so‘zlar “moddiy madaniy meros obyektlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi 172-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 262-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 30-moddasining uchinchi qismidagi “tegishli vazirliklar va idoralarning arxivlarida” degan so‘zlar “tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning idoraviy arxivlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 216-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 491-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 30-moddasining matnidagi “o‘z arxivlarida” degan so‘zlar “o‘z idoraviy arxivlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi 220-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 58-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 9, 338-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 24-moddasi ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “tarixiy-madaniy boyliklarning” degan so‘zlar “moddiy madaniy meros obyektlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan O‘RQ-370-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 66-moddaning uchinchi qismidagi “arxiviga” degan so‘z “idoraviy arxiviga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 72-moddaning ikkinchi qismidagi “arxiviga” degan so‘z “idoraviy arxiviga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi 337-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637, 640-moddalar; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi, xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari ularda tegishli siyosiy partiyadan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga yoki xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga saylangan kamida uch nafar deputat birlashgan taqdirda tuziladi”;
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi sessiyasi kun tartibini shakllantirishda ishtirok etish;
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi qo‘mitalari yoki komissiyalari raisligiga, rais o‘rinbosarligiga va a’zoligiga nomzodlar yuzasidan takliflar kiritish;
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi sessiyasi kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzokaralarda partiya guruhi vakiliga so‘z berilishini kafolatlash;
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining raislariga, vazirlariga hamda boshqa davlat organlari rahbarlariga, hokimlarga, hokim o‘rinbosarlariga, hokimliklar boshqarmalari, bo‘limlari va boshqa bo‘linmalarining rahbarlariga, shuningdek tegishli xalq deputatlari Kengashi hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga so‘rov bilan murojaat qilish;
hududlarni rivojlantirish dasturlarining loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
tegishli hududda joylashgan davlat organi rahbarining, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan hisobotini yoki axborotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari Kengashining sessiyalarida eshitish to‘g‘risida, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko‘rib chiqish haqida takliflar kiritish. Bunda qaror deputatlarning yarmidan ko‘pi qo‘llab-quvvatlagan taqdirda qabul qilinadi;
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yoki xalq deputatlari Kengashining sessiyasida muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha partiya guruhining fikrini deputatlar orasida tarqatish;
tuman (shahar) hokimining, shuningdek tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyat yoki Toshkent shahar hokimiga xulosa taqdim etish”;
Siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati bilan kelishilgan holda partiyaning tegishli saylov okrugidagi hududiy bo‘limi xodimlari orasidan jamoatchilik asosida ishlovchi vakil ajratib berilishi mumkin.
saylov okrugida jismoniy va yuridik shaxslarning deputat nomiga kelib tushgan murojaatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va bu haqda deputatni xabardor qiladi;
deputat tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishga, shuningdek deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga ko‘maklashadi;
deputatning topshirig‘iga ko‘ra saylov okrugi hududida deputatning vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi;
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi 343-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning beshinchi qismidagi “notarial arxivning” degan so‘zlar “notarial arxiv hujjatlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “o‘z notarial arxivini”, “notarial arxivlarga”, “notarial arxivlar tomonidan” va “notarial arxivlar” degan so‘zlar tegishincha “o‘z notarial arxiv ishini”, “idoraviy notarial arxivlarga”, “idoraviy notarial arxivlar tomonidan” va “idoraviy notarial arxivlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi 402-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 110-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ushbu Qonunning maqsadi jurnalistlik faoliyatini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Jurnalist mehnatga oid yoki boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va materiallarni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash hamda tarqatishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsdir.
Hech kim jurnalistdan e’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoxud ularning nashrdan butunlay olib tashlanishini (efirga berilmasligini) talab qilish huquqiga ega emas”;
to‘rtinchi xatboshisidagi “davlat siri” degan so‘zlar “davlat sirlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi — o‘n beshinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 7-moddaning birinchi qismi “tomonidan” degan so‘zdan keyin “o‘z nomini oshkor etmaslik sharti bilan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari jurnalistning shaxsiga va o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida uning xulq-atvoriga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi qoidalar majmuidan iboratdir.
Jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalari jurnalistlarning va ommaviy axborot vositalarining birlashmalari tomonidan belgilanadi”;
Chet el jurnalisti O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilinishi mumkin.
bo‘lib o‘tadigan ochiq hay’at majlislari va boshqa ommaviy tadbirlar to‘g‘risida oldindan axborot olish;
akkreditatsiya qiluvchi organning binolariga (xonalariga) va boshqa obyektlariga akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda kirish;
akkreditatsiya qiluvchi organning mas’ul shaxslaridan zarur hujjatlar va materiallarni so‘rash hamda olish, ommaviy tadbirlarning yozuvlari bilan tanishish hamda ulardan ko‘chirma nusxalar olish;
olingan yozuvlardan ommaviy axborot vositalari materiallarini tayyorlashda foydalanish huquqiga ega.
Akkreditatsiya qilingan jurnalist qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin”;
“Jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga mos kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uchun quyidagi hollarda javobgar bo‘lmaydi:
agar bu ma’lumotlar rasmiy xabarlardan, normativ-huquqiy hujjatlardan yoki rasmiy statistika hisobotlari ma’lumotlaridan yoxud axborot agentliklari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining matbuot xizmatlari orqali, shuningdek ularning rasmiy veb-saytlaridan olingan bo‘lsa;
agar bu ma’lumotlar oldindan yozib olinmasdan efirga beriladigan mualliflik chiqishlarida mavjud bo‘lsa yoki chiqishlarning so‘zma-so‘z takrorlanishi (stenografiya, audio-, videoyozuvi) bo‘lsa”;
Keyingi tahrirga qarang.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Geodeziya va kartografiya to‘g‘risida”gi 417-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 122-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 274-modda) 11-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Davlat kartografiya-geodeziya fondining belgilangan tartibda Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan materiallari (ma’lumotlari) qonun hujjatlariga muvofiq saqlanadi.
Davlat kartografiya-geodeziya fondining materiallarini (ma’lumotlarini) uchinchi shaxslarga berishga va ulardan nusxalar olishga ixtiyorida ana shu materiallar (ma’lumotlar) bo‘lgan organlarning ruxsatisiz yo‘l qo‘yilmaydi”;
“Davlat kartografiya-geodeziya fondining materiallaridan (ma’lumotlaridan) foydalanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq to‘lanadi”.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi 464-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 225-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 263-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 17-moddasining ikkinchi qismidagi “kutubxonalar” degan so‘z “axborot-kutubxona muassasalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi 541-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-78-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 1, 4-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 1-moddaning matnidagi “tashkil etilishi, faoliyat ko‘rsatishi va faoliyatining tugatilishi” degan so‘zlar “faoliyati” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“Ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan (bundan buyon matnda chiqariladigan deb yuritiladi), qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari ommaviy axborot vositasidir”;
Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir.
Davlat ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini, mulk huquqini, davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilinishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish taqiqlanadi.
Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq axborotni izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish, undan foydalanish, uni saqlash huquqiga ega hamda tarqatilayotgan axborotning xolisligi va ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi”;
soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar va tariflar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar berish;
davlat subsidiyalari, davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari tizimi orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tahririyatlar xodimlarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish.
Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdan ommaviy axborot vositalarining mustaqil kasbiy faoliyatini cheklab qo‘yish uchun foydalanilishi mumkin emas”;
6) 19-moddaning uchinchi qismidagi “bir oy” degan so‘zlar “o‘n besh kunlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-sayt ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda veb-saytning domen nomi ko‘rsatiladi, bunda ushbu modda birinchi qismining oltinchi va o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotlarni taqdim etish talab qilinmaydi”;
“Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, qaror chiqarilgandan keyin bir kun ichida arizachiga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bildirish yuboriladi (topshiriladi), unda rad etish sabablari, shuningdek arizachi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi”;
9) 24-moddaning uchinchi qismidagi “uch kun ichida yozma shaklda” degan so‘zlar “uch kun ichida yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Axborot tashuvchi jismlarga yozilgan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirilgan, elektron texnik qurilmalar yordamida foydalanishga mo‘ljallangan gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqa davriy bosma nashrlar davriy bosma nashrning elektron shaklidir”;
Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-sayt tarzidagi ommaviy axborot vositasi Internet tarmog‘idagi tahririy-noshirlik jihatidan ishlov berilgan, o‘zgartirilmagan tarzda tarqatish uchun mo‘ljallangan, elektron shakldagi hujjatlar va ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot resursidir.
Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-sayt tarzidagi ommaviy axborot vositasining mazkur veb-sayti bosh sahifasida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
12) 31-moddaning ikkinchi qismidagi “ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Ommaviy axborot vositasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rov bilan ularga og‘zaki yoki yozma shaklda (shu jumladan elektron hujjat shaklida) murojaat etish huquqiga ega.
Ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi ko‘pi bilan yetti kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Agar ommaviy axborot vositasining so‘rovini ko‘rib chiqish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlari jumlasiga kirmasa, so‘rov so‘ralayotgan axborotni taqdim etish o‘zining vakolatiga kiritilgan organga ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida yuboriladi, ommaviy axborot vositasi esa bu haqda xabardor qilinadi.
15) 40-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi “matbuot xizmatlari” degan so‘zlardan keyin “shuningdek ularning rasmiy veb-saytlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 545-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 9-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-408-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 36-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “rekreatsiya maqsadiga va tarixiy-madaniy maqsadga mo‘ljallangan yerlar” degan so‘zlar “rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
29-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 53-moddasi ikkinchi qismining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
30-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektidir.
Fermer xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligidir.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestri O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan yuritiladi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi. Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda tegishincha, kamida 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,6 gektarni), sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun kamida 30 gektarni, g‘allachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni tashkil etadi. Ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni hamda ko‘pi bilan 5 gektarni tashkil etadi.
Yer uchastkalari berilganda fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) qonun hujjatlarida belgilangan normativ hosildorlikdan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi”;
nomining o‘zbekcha matnidagi “ro‘yxatiga olish” degan so‘zlar “ro‘yxatidan o‘tkazish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi hamda uning muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish to‘g‘risida shartnoma tuzadi. Fermer xo‘jaligi bank muassasasida hisob-kitob varag‘i va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘lishga haqli”;
“Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.
Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar ustun huquqdan foydalanadi.
Zaxira yerlardan yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan yer uchastkalari o‘tkazilgan tanlov yakunlariga ko‘ra yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasi hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga binoan xalq deputatlari tuman Kengashining qarori asosida qabul qilingan tuman hokimining qarori bo‘yicha beriladi.
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo‘jaligining boshlig‘i va tuman hokimi tomonidan imzolanadi.
Tuman hokimining fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilinishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turar joyi bo‘lgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi.
Fermer xo‘jaligining yer uchastkasi chegaralarini naturada (joyning o‘zida) belgilash hamda yer tuzish loyihalariga muvofiq fermer xo‘jaligiga yer uchastkasini ijaraga berish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish yer tuzish xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi”;
“Fermer xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy ta’lim muassasalariga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini o‘zining tuman hokimi nomiga berilgan arizasiga ko‘ra ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismi talablariga javob beradigan o‘z oila a’zolaridan biriga qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishi mumkin”;
“mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini, o‘z xodimlari, shu jumladan fermer xo‘jaligida mehnat qiladigan oila a’zolari, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashi”;
“ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan taqdirda yer uchastkasining dastlab berilgan paytdagi o‘lchamlarini kamaytirmagan va boshqa shaklda zarar yetkazmagan holda yer uchastkasini ijaraga beruvchiga qaytarishi”;
o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilari tegishincha o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining yer uchastkalari zaxira yerlarga olib qo‘yilganda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin”.
31-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 204-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarining idoraviy arxivlarida yetmish besh yil saqlanadi. Ushbu muddat o‘tgach, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarining idoraviy arxivlari faoliyatini tashkil etish, shuningdek ulardagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlarini saqlash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”.
32-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi 613-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 95-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 206-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 5-moddasining o‘ttiz birinchi xatboshisidagi “arxivga” degan so‘z “idoraviy arxivlarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
33-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi 678-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 178-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“muzeylarda, axborot-kutubxona muassasalarida, arxivlarda, idoraviy arxivlarda, kino-, foto-, fonotekalarda, suratlar galereyalarida va boshqa saqlash joylarida to‘plangan madaniy boyliklar”;
“muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, idoraviy arxivlar va boshqa saqlash joylarida doimiy saqlanayotgan madaniy boyliklar”;
“Muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, idoraviy arxivlar va boshqa saqlash joylari tomonidan madaniy boyliklarni vaqtincha olib chiqish to‘g‘risida sertifikat olish uchun ariza berilib, unga quyidagilar ilova qilinadi”;
“Boshqa mamlakatlardan qonunga xilof ravishda olib chiqilgan, o‘g‘irlangan yoki qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan madaniy boyliklarni qo‘lga kiritishning oldini olish maqsadida muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, idoraviy arxivlar va boshqa saqlash joylari ularning kelib chiqishi to‘g‘risida zarur axborotga ega bo‘lishi shart”;
“Madaniy boyliklarni kimoshdi savdosiga (auksionga) qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra amalga oshiriladi. Madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ruxsatnomasini olishi shart”.
34-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi 723-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 14-modda; 2002-yil, № 9, 164-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 186-modda; 2010-yil, № 9, 339-modda, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 20-moddasining oltinchi qismidagi “madaniy meros obyektlarida” degan so‘zlar “moddiy madaniy meros obyektlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
35-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi 820-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 217-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 13-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “hayvonot va o‘simlik olamidan tayyorlangan” degan so‘zlar “kelib chiqishi hayvonotga va o‘simlikka mansub bo‘lgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 14-moddadagi “va hayvonot olamidan” degan so‘zlar “o‘simlik va hayvonot dunyosidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 22-moddaning birinchi qismidagi “o‘rmon” degan so‘z “o‘simlik va hayvonot dunyosi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
36-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida”gi 830-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 227-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning beshinchi xatboshisidagi “tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar” degan so‘zlar “madaniy meros obyektlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 17-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “tarixiy-arxitektura yodgorliklari” degan so‘zlar “madaniy meros obyektlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
37-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 160-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-342-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 333-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
2) 6-moddaning uchinchi qismidagi “farmonlari, qarorlari va farmoyishlari” degan so‘zlar “farmonlari va qarorlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar va qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi”;
4) 26-moddaning beshinchi xatboshisidagi “farmoni, qarori va farmoyishi” degan so‘zlar “farmoni va qarori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 29-moddaning birinchi qismidagi “farmonlari, qarorlari va farmoyishlari” degan so‘zlar “farmonlari va qarorlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 38-moddaning birinchi qismidagi “farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining” degan so‘zlar “farmonlari va qarorlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
38-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi 171-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 19-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
yettinchi xatboshisidagi “hayvonot dunyosi” degan so‘zlar “hayvonot dunyosi obyektlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 12-moddaning beshinchi qismidagi “davlat budjeti” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
39-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi 269-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2009-yil, № 10, 381-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda ) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
“moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda hamda ularga tutash hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo‘jalik ishlari va boshqa ishlarni, moddiy madaniy meros obyektlarini asrash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar o‘tkazish uchun ruxsatnomalar berish”;
“moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda hamda ularga tutash hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo‘jalik ishlari va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ruxsatnomasini olish”;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
40-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 72-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 22-moddasining to‘rtinchi qismidagi “rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda” degan so‘zlar “rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda va moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
41-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi 436-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2008-yil, № 9, 481-modda, № 12, 630-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan fuqarolar harbiy qismning jangovar bayrog‘i oldida quyidagi mazmunda Harbiy qasamyod qabul qiladilar:
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga, xalqimga, Prezidentimga sodiq bo‘lishga tantanali ravishda qasamyod qilaman.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini va qonunlarini muqaddas bilib, ularga rioya etishga, harbiy nizomlarni, komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini so‘zsiz bajarishga, harbiy intizomga qat’iy rioya qilishga, halol, jasur va sergak jangchi bo‘lishga qasamyod qilaman.
So‘nggi nafasim qolguncha o‘z Vatanimning sadoqatli farzandi bo‘lib qolishga, harbiy xizmatning butun mashaqqati va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga, davlat sirini va harbiy sirni saqlashga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.
Jonajon O‘zbekistonimning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining munosib himoyachisi bo‘lishga qasamyod qilaman.
Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam, qonunlarda belgilangan eng og‘ir jazoga va xalqimning nafratiga mubtalo bo‘lay”;
“Harbiy qasamyod qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi bilan belgilanadi”;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar (matroslar), serjantlar (starshinalar) va kichik ofitserlar uchun — qirq besh yosh;
katta ofitserlar uchun — ellik yosh, polkovniklar (I darajadagi kapitanlar) uchun — ellik besh yosh;
general-mayor, general-leytenant va general-polkovnik harbiy unvonidagi ofitserlar uchun — oltmish yosh etib belgilanadi”;
Chegara yoshi | |||
1-daraja | 2-daraja | ||
Oddiy askarlar va serjantlar | 35 yoshgacha | 45 yoshgacha | |
Kichik ofitserlar | 40 yoshgacha | 50 yoshgacha | |
Katta ofitserlar | 50 yoshgacha | 55 yoshgacha | |
Generallar | 55 yoshgacha | 60 yoshgacha | ”. |
42-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi 439-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 2-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 452-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning beshinchi xatboshisidagi “kutubxonalardagi, arxivlardagi” degan so‘zlar “axborot-kutubxona muassasalaridagi, arxivlardagi, idoraviy arxivlardagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 6-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “kutubxonalarning, arxivlarning” degan so‘zlar “axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarning, idoraviy arxivlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
43-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi 478-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 65-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Birinchi toifali rezerv safi harbiy xizmatni chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, serjantlar lavozimlarida o‘tagan — o‘ttiz besh yoshgacha bo‘lgan, kichik ofitserlar lavozimlarida o‘tagan — qirq yoshgacha bo‘lgan, katta ofitserlar lavozimlarida o‘tagan — ellik yoshgacha bo‘lgan, generallar tarkibi lavozimlarida o‘tagan — ellik besh yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar orasidan to‘ldiriladi”;
“Ikkinchi toifali rezerv safi harbiy xizmatni chaqiruv, kontrakt bo‘yicha yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida oddiy askarlar, serjantlar lavozimlarida o‘tagan — qirq besh yoshgacha bo‘lgan, kichik ofitserlar lavozimlarida o‘tagan — ellik yoshgacha bo‘lgan, katta ofitserlar lavozimlarida o‘tagan — ellik besh yoshgacha bo‘lgan, generallar tarkibi lavozimlarida o‘tagan — oltmish yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar orasidan to‘ldiriladi”;
3) 12-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 14-moddaning to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
44-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 331-moddaning uchinchi qismidagi “Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida” degan so‘zlar “Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Qonunchilik palatasi boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzishi, boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi, rasmiy parlament delegatsiyalari almashishi, shuningdek xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazishi mumkin”;
Boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tashkil etiladi, uning tarkibi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Qonunchilik palatasi va Senat birgalikda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi mumkin, ularning tarkibi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar faoliyatining tartibi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining qo‘shma qarori bilan belgilanadi.
Boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash hamda rivojlantirish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari rasmiy parlament delegatsiyalari tarkibida xorijiy mamlakatlarga yuborilishi mumkin.
Rasmiy parlament delegatsiyalarini xorijiy mamlakatlarga yuborish masalasi belgilangan tartibga muvofiq Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy parlament delegatsiyalari xorijiy safar yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi Kengashiga axborot taqdim etadi”.
45-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Senat boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzishi, boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi, rasmiy parlament delegatsiyalari almashishi, shuningdek xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazishi mumkin”;
Boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar Senat a’zolari orasidan tashkil etiladi, uning tarkibi Senat Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Senat va Qonunchilik palatasi birgalikda Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi mumkin, ularning tarkibi Senat Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar faoliyatining tartibi Senat Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma qarori bilan belgilanadi.
Boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash hamda rivojlantirish uchun Senat a’zolari rasmiy parlament delegatsiyalari tarkibida xorijiy mamlakatlarga yuborilishi mumkin.
Rasmiy parlament delegatsiyalarini xorijiy mamlakatlarga yuborish masalasi belgilangan tartibga muvofiq Senat Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy parlament delegatsiyalari xorijiy safar yakunlari bo‘yicha Senat Kengashiga axborot taqdim etadi”.
46-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi 562-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 12-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 312-modda) 17-moddasi uchinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “arxivda saqlash rejimiga” degan so‘zlar “saqlashning arxiv rejimiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
47-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi 609-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan O‘RQ-351-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 97-modda) 13-moddasi birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisidagi “arxivga” degan so‘z “arxivga yoki idoraviy arxivga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
48-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi 706-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 10-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“tegishli hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga”;
o‘n birinchi — o‘n beshinchi xatboshilari tegishincha o‘n ikkinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi qismidagi “fuqarolarni” degan so‘z “jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Saylovchilarning ishonchini oqlay olmagan, shuningdek uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan organ (siyosiy partiya) oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin”.
49-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to‘g‘risida”gi 708-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 12-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
“deputatning uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan organ (siyosiy partiya) oldidagi majburiyatlarini bajarmaganligi”;
“Deputatni, senatorni chaqirib olish masalasini ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilgan so‘rovi, shuningdek uni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan organning (siyosiy partiyaning) taklifi asos bo‘lishi mumkin”.
50-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-42-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 372-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan asarlarning nusxalarini axborot-kutubxona muassasalari tomonidan vaqtinchalik foydalanishga muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to‘lamagan holda berishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda mualliflik huquqi obyektlari bo‘lgan, raqamli shaklda ifodalangan asarlarning nusxalari, shu jumladan axborot-kutubxona muassasalarining resurslaridan o‘zaro foydalanish tartibida beriladigan asarlarning nusxalari bu asarlarning raqamli shakldagi ko‘chirma nusxalarini yaratish imkoniyatini istisno etish sharti bilan faqat axborot-kutubxona muassasalarining binolarida vaqtinchalik foydalanishga berilishi mumkin”;
“Daromad olishni ko‘zlamagan holda, muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to‘lamagan holda, lekin asaridan foydalanilayotgan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini albatta ko‘rsatgan tarzda:
axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan — asarning yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan nusxalarini tiklash, almashtirish uchun, shuningdek o‘z fondlaridan bu asarlarni biron sabab bilan yo‘qotgan boshqa axborot-kutubxona muassasalariga, arxivlarga va idoraviy arxivlarga asarlarning nusxalarini berish uchun chop etilgan asarni;
axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan fuqarolarning o‘quv va tadqiqot maqsadlaridagi so‘rovlari bo‘yicha, shuningdek ta’lim muassasalari tomonidan auditoriya mashg‘ulotlari uchun to‘plamlarda, gazetalar va boshqa davriy nashrlarda chop etilgan ayrim maqolalar va kichik hajmli asarlarni, chop etilgan yozma asarlardan (suratli yoki suratsiz) qisqa parchalarni bir nusxada reprografik takrorlashga yo‘l qo‘yiladi”;
3) 31-moddaning matnidagi “davlat arxivlarida” degan so‘zlar “arxivlarda va idoraviy arxivlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 53-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “davlat arxivlarida” degan so‘zlar “arxivlarda va idoraviy arxivlarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
51-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘RQ-58-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
2) 17-moddaning to‘rtinchi qismidagi “arxivida” degan so‘z “idoraviy arxivida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 37-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi “tarixiy” degan so‘zdan keyin “ilmiy” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
52-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova; 2008-yil, № 12, 639-modda; 2009-yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013-yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“3) moddiy madaniy meros obyektlarini ta’mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi”;
“8) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — muqobil energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga. Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos bo‘ladi”;
“5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) — tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlari, xotira bog‘lari egallagan yerlar”;
“8) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — muqobil energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga. Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos bo‘ladi”;
“paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslar tomonidan bu ishlarni bajarganlik uchun olinadigan daromadlarga”;
“16) davlat organlari — o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan, tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lgan mol-mulkni jismoniy shaxslar bu mol-mulkka xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lgan hollarda jismoniy shaxslardan davlat mulkiga olib qo‘yish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan”;
Notarial harakatlar davlat notarial idoralari tomonidan bajarilganligi uchun davlat boji notarial harakatlar amalga oshirilganda undiriladi, notarial idoralardagi ishlarda mavjud bo‘lgan hujjatlarning dublikatini, hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun esa ular berilayotganda undiriladi.
Davlat boji to‘lashdan bir taraf ozod etiladigan bitimlar bo‘yicha davlat bojini boshqa taraf to‘liq to‘laydi.
Davlat notarial idorasi depozitiga qabul qilish uchun pul summalari pochta orqali yoki bankdan kelib tushgan hollarda davlat bojining tegishli summalari kelib tushgan puldan ushlab qolinadi, ularning qoldig‘i esa depozitga qabul qilinadi. Ushlab qolingan davlat boji summalari davlat notarial idorasi depozit summalarini bankka navbatdagi topshirish chog‘ida budjetga o‘tkazilib, bank kvitansiyasi notarial idora ishlarida saqlanadi.
Davlat notarial idorasi binosidan tashqarida amalga oshiriladigan notarial harakatlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, bundan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarida notariuslarning sayyor qabullari chog‘ida amalga oshiriladigan notarial harakatlar, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning ishonchnomalarini notarial tartibda tasdiqlash mustasno.
Bir nechta merosxo‘r (shu jumladan qonun bo‘yicha, vasiyatnoma bo‘yicha va merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega merosxo‘rlar) bo‘lgan hollarda davlat boji har bir merosxo‘rga tegishli meros ulushidan hisoblab chiqariladi.
Voyaga yetmagan merosxo‘rlar (shu jumladan, meros qoldiruvchilarning bolalari bo‘lmagan merosxo‘rlar) mavjud bo‘lgan taqdirda davlat boji faqat voyaga yetgan merosxo‘rlardan ularning merosdagi ulushiga mutanosib ravishda undiriladi.
Agar merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosxo‘rlarning arizasi bo‘yicha meros mol-mulkning bir qismiga berilayotgan bo‘lsa, davlat boji mol-mulkning berilayotgan guvohnomada ko‘rsatilgan qismi uchun belgilangan stavka bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Keyinchalik mol-mulkning qolgan qismiga guvohnoma berilganida davlat boji mol-mulkning umumiy qiymatidan hisoblab chiqariladi, to‘lashga esa hisoblab chiqarilgan summa bilan birinchi guvohnoma berilganligi uchun to‘langan summa o‘rtasidagi farq taqdim etiladi.
Qonun bo‘yicha bir vaqtning o‘zida boshqa merosxo‘rlar mavjud bo‘lgan taqdirda, meros mol-mulkning bir qismi merosxo‘rlarga vasiyatnoma bo‘yicha o‘tgan hollarda davlat boji vasiyatnoma bo‘yicha mol-mulkning qismidan alohida hisoblab chiqariladi, qolgan mol-mulkning qismidan esa umumiy tartibda hisoblab chiqariladi.
Qonun bo‘yicha va vasiyatnoma bo‘yicha meros qilib olinayotgan mol-mulkdan merosning majburiy ulushi ajratilgan hollarda davlat boji qonunga binoan vorislik huquqi bo‘yicha o‘tayotgan butun mol-mulkning qismidan, shu jumladan majburiy ulush bilan birga hisoblab chiqariladi.
Sudlarning ilgari berilgan guvohnomalar haqiqiy emasligi to‘g‘risidagi hal qiluv qarorlari asosida beriladigan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi takroriy guvohnomalar uchun davlat boji umumiy asoslarda undiriladi. Bunda birlamchi guvohnoma uchun to‘langan davlat boji summasi qaytarilishi yoki soliq to‘lovchining arizasiga ko‘ra yangi guvohnoma berganlik uchun beriladigan summa hisobiga, agar summalar budjetga o‘tkazilgan kundan e’tiboran fuqarolik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan da’vo muddati tugamagan bo‘lsa, o‘tkazilishi lozim. Sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan har qanday shartnoma takroran tasdiqlangan taqdirda ham masala xuddi shunday tartibda hal qilinadi.
Davlat notarial idorasi reyestrida takroriy guvohnomalar va shartnomalarni qayd qilishda tegishli katakchada davlat boji qachon va qancha summada undirilganligi hamda undirish to‘g‘risidagi yozuv qayerda borligi ko‘rsatiladi. Bunda notarial idora ishlarida qoladigan asosiy hujjatlarga sudning tegishli guvohnomalar va shartnomalarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorlari ilova qilinishi kerak.
Kredit tashkilotlari tomonidan beriladigan sertifikatlar va akkreditivlarga doir merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.
Er-xotinning birgalikda yashaganda olingan va er-xotindan birining vafotidan keyin qolgan mol-mulkka doir merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun davlat boji meros bo‘yicha haqiqatda o‘tayotgan mol-mulkning qismidan undiriladi.
Davlat boji mutanosib ravishda undiriladigan notarial harakatlar bajarilganda uni hisoblab chiqarish taraflar ko‘rsatgan summadan ushbu moddada belgilangan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli uylar, kvartiralar, dala hovlilari, garajlar, boshqa imoratlar, binolar va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji summasi ularning umumiy maydonidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ko‘chmas mulkning alohida toifalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat bojini hisoblab chiqarishning boshqacha tartibini belgilashi mumkin.
Eng kam va eng ko‘p summa ko‘rsatilgan shartnomalarni tasdiqlashda davlat boji eng ko‘p summadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va undiriladi.
Shartlariga ko‘ra to‘lovlar summasida ijaraga oluvchi tomonidan quriladigan imoratlar va boshqa inshootlar, xonalarni jihozlash qiymati, shuningdek ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladigan kapital ta’mirlash va boshqa shu kabilarning qiymati hisobga olinadigan mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda hisoblab chiqariladigan va undiriladigan davlat bojining summasi amalga oshiriladigan xarajatlarning qiymati hisobga olingan holda belgilanadi.
Ijro yozuvlari bo‘yicha yozuvni amalga oshirganlik uchun tegishli davlat boji summasi undiruvchi uni to‘lashdan ozod qilingan taqdirda yozuv bo‘yicha qarz undirilayotganda qarzdordan undiriladi”;
“5) turistik faoliyat subyektlari uchun — turistik xizmatlarni onlayn-bronlashtirish va sotish bo‘yicha dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga”;
“Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari — yagona yer solig‘i to‘lovchilar, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari reyestriga kiritilgan kundan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa daromad turlari bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lashdan besh yil muddatga ozod etiladi”.
53-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-155-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda) 8-moddasi birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“moddiy madaniy meros obyektlariga, nodir va boshqa noyob buyumlarga, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa mahsullariga, qimmatli qog‘ozlarga, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast yetkazilganligi yoki ularning yo‘q qilinganligi”.
54-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘RQ-177-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 483-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tasarrufdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan qabul qilinadi”;
3) 26-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “madaniy meros obyektlarini” degan so‘zlar “moddiy madaniy meros obyektlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
55-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 13-oktabrda qabul qilingan “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘RQ-229-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 10, 382-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
56-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15-iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘RQ-252-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 6, 233-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning yettinchi xatboshisidagi “kutubxona” degan so‘z “axborot-kutubxona muassasasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 4-moddaning ikkinchi qismidagi “kutubxonalariga” degan so‘z “axborot-kutubxona muassasalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “kutubxonalarida” degan so‘z “axborot-kutubxona muassasalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “kutubxonalarga” degan so‘z “axborot-kutubxona muassasalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
57-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-aprelda qabul qilingan “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-280-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 96-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“milliy madaniyatni tiklashga va yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, madaniy meros obyektlarini saqlash”;
“o‘zidagi va o‘zidan uzoqdagi axborot resurslaridan foydalanish asosida ma’naviy boy va barkamol shaxsni ijodiy rivojlantirish uchun imkoniyat yaratgan holda, foydalanuvchilarni madaniy meros obyektlaridan bahramand etadi”.
58-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda) 24-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini, inson hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, milliy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar xalqlarining madaniy boyliklarini, mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqni, olib kirilayotgan tovarlar iste’molchilarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq ayrim tovarlarni va (yoki) transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda ushbu hududdan olib chiqish taqiqlanishi mumkin”.
59-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ-403-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 123-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda) 10-moddasining uchinchi qismidagi “Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida” degan so‘zlar “Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
60-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrda qabul qilingan “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-443-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 507-modda) 14-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “farmonlari, qarorlari va farmoyishlari” degan so‘zlar “farmonlari va qarorlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ushbu Qonunning 5-moddasi, 13-moddasining 2, 6, 18, 20, 21-bandlari, 41, 43-moddalari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Ushbu Qonunning 29, 30-moddalari, 52-moddasining 6 va 10-bandlari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.