Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 15.07.1998 yildagi 300-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“FERMER XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA”, “DEHQON XOʻJALIGI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARINI AMALGA OShIRISh MUDDATLARI VA ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida” va “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda dehqon va fermer xoʻjaliklarining ahamiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-oktabrgacha barcha tumanlarda faoliyat koʻrsatayotgan dehqon (fermer) xoʻjaliklarini ularning Yer kodeksiga, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalari va normalariga muvofiqligini xatlab chiqsinlar hamda ularni qayta roʻyxatdan oʻtkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan birgalikda har bir tumanda faoliyat koʻrsatayotgan dehqon (fermer) xoʻjaliklari boshliqlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ushbu xoʻjaliklarni fermer xoʻjaliklari sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazish hamda faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish bilan shugʻullanuvchi komissiyalar tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya oʻtkazuvchi komissiyalar fermer xoʻjaliklari boshliqlarining yuqori hosil olish uchun ilgʻor agrotexnika usullarini qoʻllash, urugʻlik, oʻgʻitlar va suv resurslaridan samarali foydalanish, chorva mollari va parrandalar mahsuldorligini oshirish boʻyicha yuksak bilim va malakaga ega ekanliklariga eʼtiborni qaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish Tartibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi dehqon (fermer) xoʻjaliklarini fermer xoʻjaliklari sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida 1998-yil 1-oktabrgacha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi fermer xoʻjaliklarini xatlovdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish natijalariga koʻra statistika hisobotiga tegishli aniqliklar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 15-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 207-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 15-iyuldagi 300-sonli qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Tartib faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish mexanizmini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar xoʻjalik boshligʻining qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruviga yoxud boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ish beruvchisi (maʼmuriyati)ga hamda tuman hokimiga yozma murojaatiga asosan yuridik shaxs tashkil etgan yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda ushbu xoʻjaliklar aʼzolarining qarori bilan ixtiyoriylik asosida dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartiriladi. Arizada soʻralayotgan yer uchastkasining joylashgan manzili, maydoni, dehqon xoʻjaligining tarkibi hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanishning yoʻnalishlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani umumiy majlis muhokamasiga kiritadi, umumiy majlis bu xususda tegishli qaror qabul qiladi. Boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yuqori boshqaruv organi, ish beruvchisi (maʼmuriyati) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) umumiy majlisining yoki boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi, muassasasi va tashkiloti yuqori boshqaruv organining, ish beruvchisi (maʼmuriyati)ning qarori asosida tuman hokimi faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish boʻyicha tuman komissiyasining xulosasini inobatga olgan holda faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish uchun tuman hokimining qarori bilan hokimligi huzurida faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish boʻyicha komissiya tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga tuman hokimligi, yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish Komissiyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tuman vakilligi, tuman iqtisodiyot va statistika boʻlimi, soliq xizmati, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) hamda posyolka, qishloq va ovul fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari kiradilar.
(5-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish boʻyicha komissiya besh kun muddatda shaxsiy yordamchi xoʻjalik egasining murojaatini koʻrib chiqadi. Bunda Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan unumli foydalanilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mulk soligʻi toʻlanishi holatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga rioya etilishiga eʼtibor beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjalikni dehqon xoʻjaligiga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi tegishli taklifni hokimga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman hokimining faoliyat koʻrsatib turgan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni dehqon xoʻjaliklariga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarori tuman moliya, bank, soliq va boshqa tuzilmalari uchun majburiy hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Faoliyat koʻrsatayotgan shaxsiy yordamchi xoʻjalik aʼzolari qonunda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda dehqon xoʻjaligining manfaatlarini ifoda etuvchi xoʻjalik boshligʻini saylaydilar. Xoʻjalik boshligʻi yoki xoʻjalikning muomalaga layoqatli aʼzolaridan birining nomiga yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi rasmiylashtiriladi.