02.12.2004 yildagi 708-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI MAHALLIY KENGASHI DEPUTATINI, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATINI VA SENATI AʼZOSINI CHAQIRIB OLISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosini (bundan buyon matnda senator deb yuritiladi) chaqirib olish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatini chaqirib olish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(muqaddimaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Chaqirib olish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni, senatorni chaqirib olish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatning, senatorning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini jinoiy, fuqaroviy, maʼmuriy hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa turdagi javobgarlikka olib kelishi mumkin boʻlgan tarzda buzganligi;
(1-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatning, senatorning axloq, deputatlik odobining umum eʼtirof etilgan normalarini qoʻpol ravishda buzuvchi va deputat, senator nomiga dogʻ tushiruvchi hamda davlat hokimiyati vakillik organlarining obroʻsiga putur yetkazuvchi harakatlar, nojoʻya ishlar sodir etganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatning, senatorning qonunchilikda nazarda tutilgan oʻz vazifalarini muntazam ravishda, uzrli sabablarsiz bajarmaganligi, shu jumladan tegishli xalq deputatlari Kengashlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi), ular organlarining topshiriqlarini bajarmaganligi;
(1-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 2-iyuldagi OʻRQ-934-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatning uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi.
(1-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Deputatni, senatorni chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisidagi qaror
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikni, axloq va deputatlik odobi normalarini buzgan, oʻz vazifalarini muntazam ravishda bajarmayotgan deputatni, senatorni chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisidagi qaror tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki Senat (Senat Kengashi) tomonidan qabul qilinadi.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni, senatorni chaqirib olish masalasini koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonunchilikda belgilangan tartibda kiritilgan soʻrovi, shuningdek uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiyaning taklifi asos boʻlishi mumkin.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning, senatorning qonunchilikni buzganligi dalillariga oid materiallar xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki Senat (Senat Kengashi) tomonidan tegishincha viloyat, tuman, shahar prokuroriga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga dastlabki tarzda koʻrib chiqish va ushbu masala yuzasidan xalq deputatlari Kengashining, Qonunchilik palatasining yoki Senatning deputatlik odobi qoʻmitasiga (komissiyasiga) xulosa taqdim etish uchun topshiriladi.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki Senat (Senat Kengashi) deputatlik odobi qoʻmitasining (komissiyasining) va prokurorning xulosalarini eshitish yakunlari boʻyicha deputatni, senatorni chaqirib olish haqidagi masalaning qoʻyilishi asosliligi yoxud asossizligi toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqirib olish toʻgʻrisidagi masalasi qoʻyilgan deputatning, senatorning hamda mazkur masalaga doir materiallarni oʻrgangan va tayyorlagan prokurorning fikri xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining, Qonunchilik palatasining yoki Senatning (Senat Kengashining) majlisida eshitilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif asosli deb eʼtirof etilgan taqdirda davlat hokimiyati vakillik organining tegishli qarori deputatni, senatorni chaqirib olish boʻyicha ovoz berishni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Tegishli davlat hokimiyati vakillik organlarining qoʻshma majlisida saylangan senatorni chaqirib olish tartibini tashkil etish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli davlat hokimiyati vakillik organlarining qoʻshma majlisida saylangan senator eng avvalo tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati boʻlib, u tegishli davlat hokimiyati vakillik organining deputati sifatida chaqirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi Senatning senatorni chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq senator tegishli davlat hokimiyati vakillik organi deputati etib saylangan saylov okrugida ovoz berishni tashkil etadi. Bunda ovoz berish deputatni chaqirib olish boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli davlat hokimiyati vakillik organlarining qoʻshma majlisida saylangan senator deputatlik maqomini yoʻqotganidan keyin, tegishincha deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish natijalari roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran senatorlik maqomini ham yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikka muvofiq deputatni chaqirib olish u saylangan okrug saylovchilarining yashirin ovoz berishi yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berishni Markaziy saylov komissiyasi deputatni saylash uchun belgilangan tartibda tashkil etadi.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi davlat hokimiyati vakillik organlarining deputatni chaqirib olish masalasi boʻyicha ovoz berishni oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida qonunga muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputatini, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatini chaqirib olish boʻyicha okrug komissiyasi tuzilishini taʼminlaydi hamda ovoz berish vaqti va joyini tayinlaydi. Markaziy saylov komissiyasi bu haqda tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashini, Qonunchilik palatasini yoki Senatni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Chaqirib olish haqidagi masalasi koʻrib chiqilayotganda deputatning, senatorning huquqlari kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki Senat (Senat Kengashi) deputatni, senatorni chaqirib olish uchun ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻlgan materiallar tushgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay deputatga, senatorga tushgan hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda yozma xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqirib olish haqidagi masalasi qoʻyilgan deputat saylovchilar bilan uchrashishga, saylovchilarning yigʻilishlarida, davlat hokimiyati vakillik organlarining sessiyalari va majlislarida chaqirib olinishi haqidagi masala koʻrib chiqilayotganda ishtirok etishga hamda oʻzini himoya qilib soʻzga chiqishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni, senatorni chaqirib olish haqidagi masala qoʻyilishiga sabab boʻlgan yolgʻon axborotni bilaturib taqdim etgan shaxslar qonunga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berishni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish ishlarini tashkil etish tegishli okrug komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berishni oʻtkazish uchun ovoz berishga kechi bilan yigirma besh kun qolganida ovoz berish uchastkalari va kechi bilan yigirma kun qolganida uchastka komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli saylov okrugi saylovchilarining roʻyxatlari ovoz berish kuniga kechi bilan oʻn kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish uchastkalarini va komissiyalarni tuzish, komissiyalarning vakolatlari, saylovchilarning roʻyxatlarini tuzish, ovoz berishni oʻtkazish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish boʻyicha yashirin ovoz berish byulletenida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, lavozimi (mashgʻulotining turi) koʻrsatiladi. Byulletenga alohida-alohida gorizontal qator qilib quyidagi matn joylashtiriladi: “Deputatning chaqirib olinishini yoqlayman” va “Deputatning chaqirib olinishiga qarshiman”. Har bir qatorning roʻparasida, oʻng tomonga boʻsh kvadrat joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchi deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish chogʻida deputatning chaqirib olinishini yoqlashidan yoki uning chaqirib olinishiga qarshi ekanligidan kelib chiqib tegishli boʻsh kvadratga belgi-krestik qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug va uchastka komissiyalarining vakolatlari muddati deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish yakunlari chiqarilganidan keyin tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish natijalarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish natijalari deputatni chaqirib olish boʻyicha okrug komissiyasining majlisida, ovoz berish oʻtkazilgan kunning ertasiga aniqlanib, bayonnomaga kiritiladi, bayonnoma tegishincha Markaziy saylov komissiyasiga, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning yarmidan koʻpi deputatning chaqirib olinishini yoqlab ovoz bergan boʻlsa, u chaqirib olingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning yarmidan kami deputatning chaqirib olinishini yoqlab ovoz bergan boʻlsa, shuningdek ovoz berishda ovoz berish roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning oʻttiz uch foizidan kami ishtirok etgan boʻlsa, deputatni chaqirib olish rad qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning chaqirib olinishini yoqlab va chaqirib olinishiga qarshi berilgan ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, deputat oʻz vakolatlarini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi yoki tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi ovoz berish yakunlariga taʼsir qilgan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyilganligi tufayli ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topishi mumkin. Bunday holda takroriy ovoz berish tayinlanib, u ushbu Qonun talablariga rioya etilgan holda kechi bilan ikki haftalik muddat ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi okrug komissiyasidan olingan bayonnoma asosida deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish natijalarini besh kunlik muddat ichida roʻyxatga oladi hamda bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatini chaqirib olish boʻyicha ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida Markaziy saylov komissiyasi Qonunchilik palatasini xabardor qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatini chaqirib olish boʻyicha ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tegishli davlat hokimiyati vakillik organini va Markaziy saylov komissiyasini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning vakolatlari, agar ovoz berish natijasida deputat chaqirib olingan boʻlsa, uni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish natijalari roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran muddatidan ilgari tugatilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(71-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan senatorning chaqirib olinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan senatorni chaqirib olish ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan senatorni chaqirib olish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Deputatni, senatorni chaqirib olish bilan bogʻliq xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni, senatorni chaqirib olish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ushbu Qonun buzilganligi ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun buzilganligi ustidan Markaziy saylov komissiyasiga, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
708-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 64-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son)