01.05.1998 yildagi 614-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GAROV TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 17-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda, № 9, 193-modda; 1997-yil, № 4-5, 128-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
614-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbekiston respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GAROV TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Garov tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga boʻlgan huquqni majburiyatlarni taʼminlash uchun berishi garov hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga koʻra qarzdor (garovga qoʻyuvchi) garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditor (garovga oluvchi) bu majburiyat boʻyicha garovga qoʻyuvchi tomonidan garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan boshqa kreditorlarga qaraganda imtiyozli suratda qanoatlantirilishiga qonunda nazarda tutilgan tartibda haqli boʻladi.
(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun boʻyicha haqiqiy boʻlgan har qanday majburiyatning: zayom, bank krediti, ijara, oldi-sotdi, yuklarni tashish va huquqning har qanday subyektlari (jismoniy va yuridik shaxslar, davlat) oʻrtasidagi boshqa majburiyatlarning bajarilishi garov bilan taʼminlanishi mumkin. Majburiyat pul birliklarida (milliy valyutada yoki chet el valyutasida) ifodalangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Garov toʻgʻrisidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida garov bilan bogʻliq munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning qoidalari, agar “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ipoteka bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi OʻRQ-83-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining garov toʻgʻrisidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Garovning vujudga kelish asoslari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov shartnoma yoki qonun hujjatlariga koʻra vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovning vujudga kelishini nazarda tutuvchi qonun hujjatida qanday majburiyatga koʻra va aynan qaysi mol-mulk garovda turgan deb eʼtirof etilishi lozimligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
(3-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Garov turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov zakalat, ipoteka, shuningdek huquq garovi tarzida amal qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Garov narsasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi boʻlishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan talablar, xususan hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar toʻgʻrisidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov toʻgʻrisidagi shartnomada, qonun asosida vujudga keladigan garovga nisbatan esa qonunda garovga qoʻyuvchi kelgusida qoʻlga kiritadigan ashyolar va mulkiy huquqlar garovi nazarda tutilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mol-mulkka nisbatan garov huquqi mol-mulkning narsalarini va tarkibiy samarasini ham oʻz ichiga oladi. Garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan samara, mahsulot va daromadlarga nisbatan garov huquqi shartnomada nazarda tutilgan hollarda tatbiq etiladi.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlganligi tufayli yoxud davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(5-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan fuqarolarning ayrim turdagi mol-mulkini garovga qoʻyish qonunchilikda belgilangan tartibda man etilishi yoki cheklanishi mumkin.
(5-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Garov bilan taʼminlanadigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garov talabning amalda qondirish paytidagi hajmini taʼminlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar toʻlanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qoʻyilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari toʻlanishini taʼminlaydi.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov kelgusida paydo boʻluvchi talablarga nisbatan ham, basharti tomonlar bunday talablarning garov bilan taʼminlanish miqdori toʻgʻrisida kelishib olsalar, belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Bir nechta shaxsga birgalikda qarashli boʻlgan mol-mulk yoki huquqlar garovi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikdagi umumiy mulk boʻlgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan garovga berilishi mumkin.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta shaxsga birgalikda qarashli boʻlgan huquq uning barcha egalari roziligi bilangina garovga qoʻyilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdorning umumiy ulushli mulkdagi oʻz ulushini garovga qoʻyishi qolgan mulkdorlarning rozilik berishini talab qilmaydi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik yoki jismoniy shaxslar garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorning oʻzi ham, uchinchi shaxs ham garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoning mulkdori ashyoni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin, garovga qoʻyiladigan huquqning egasi boʻlgan shaxs huquqni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkdorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tasarrufdan chiqarilganda boshqa shaxs yoki organning roziligi yoki ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi boʻlsa, bunday mol-mulk ipotekasi uchun ham shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkida boʻlgan mulk garovi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Bunda xususiylashtirilmaydigan davlat mulkini, shuningdek davlat tashkilotini xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran va ushbu jarayon yakunlanguniga qadar mazkur davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan davlat mulkini garovga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(8-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuniga asosan 2025-yil 8-maydan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga birkitib qoʻyilgan mol-mulkni bevosita idora qilish huquqiga ega boʻlgan muassasa (tashkilot) oʻziga ruxsat etilgan xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga orttirilgan ashyolar yoki huquqlarni garovga berishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulk huquqining keyinchalik boshqa mulkdorga oʻtishi bevosita boshqaruv ostidagi mol-mulk garoviga daxl qilmaydi.
(8-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijarachi ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina ijaraga beruvchining roziligisiz oʻzining ijaraga oid huquqlarini garovga oʻtkazishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oid munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan ayni bir xil huquqlardan foydalanadilar hamda ayni bir xil majburiyatlarga ega boʻladilar.
(8-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Garov huquqining vujudga kelishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov huquqi garov toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud, basharti shartnoma notarial tasdiqlanishi shart boʻlsa notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilishi shart boʻlganida esa u roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomaga yoki qonunchilikka muvofiq garov narsasi garovga oluvchida turishi lozim boʻlsa, garov huquqi unga garov narsasi berilgan paytda, agar garov narsasi shartnoma imzolangunga qadar berilgan boʻlsa, shartnoma imzolangan paytda vujudga keladi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasi boʻlgan mol-mulk qonunda belgilangan asosda va tartibda majburiy olib qoʻyilgan hollarda, agar buning evaziga garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk berilgan boʻlsa, garov huquqi shu mol-mulkka nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk qisqa muddatli (olti oyga qadar) kreditga sotilgan taqdirda, garov huquqi sotib oluvchi va mol-mulk savdosining ana shu turini amalga oshirish oʻz faoliyati doirasiga kiradigan sotuvchi oʻrtasida shartnoma tuzilgan paytdan vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning mazmuni
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov toʻgʻrisidagi shartnomada taraflarning nomi, joylashgan yeri (yashash joyi), garovning turi, garov narsasi va uning bahosi, garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning mohiyati, miqdori va bajarilish muddati, garovga qoʻyilgan mol-mulkning tavsifi, shuningdek taraflarning kelishuviga erishilgan boshqa maʼlumotlar yoxud garov narsasini va garov bilan taʼminlanadigan majburiyatni identifikatsiya qilish uchun yetarli boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatiladi. Unda garovga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali, shu jumladan mazkur mol-mulkni alohida tur yoki tasnif sifatida tavsiflash vositasida identifikatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov bilan taʼminlanadigan majburiyat garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan qoplanishi mumkin boʻlgan majburiyatning eng koʻp summasini koʻrsatish yoʻli bilan identifikatsiya qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasini baholash garovga qoʻyuvchi bilan garovga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoki baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(10-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning shakli va uni roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kerak boʻlgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash yuzasidan koʻchar mol-mulkni yoki mol-mulkka boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk va transport vositalarini olish chogʻidagi ipoteka va garov toʻgʻrisidagi shartnomalar mustasno.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririida — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma tegishli mol-mulk haqida tuziladigan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning qoidalariga rioya qilmaslik garov toʻgʻrisidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Garov narsasini sugʻurta qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi qoʻyilgan mol-mulk kimdaligiga qarab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfidan uning toʻla qiymati boʻyicha, bordi-yu mol-mulkning toʻla qiymati garov bilan taʼminlangan talabning miqdoridan oshib ketsa, talab miqdoridan kam boʻlmagan summaga garovga qoʻyuvchi hisobidan sugʻurtalashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) garovga qoʻyilgan mol-mulkning asralishini taʼminlash uchun, shu jumladan uni uchinchi shaxslarning tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun zarur choralarni koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolishi yoki uning shikastlanishi xavfi paydo boʻlganligi toʻgʻrisida ikkinchi tomonni darhol ogohlantirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma yoki qonunchilik bilan garovga qoʻyuvchi zimmasiga davlat boshqaruv organlari tomonidan uning xoʻjalik faoliyatini toʻxtatib qoʻyuvchi yoxud unga xalaqit beruvchi yoki unga salbiy taʼsir etuvchi xatti-harakatlar sodir etilishi va hujjatlar qabul qilinishi (mol-mulkni musodara, rekvizitsiya qilish), shuningdek tugatilishi yoki xoʻjalik subyekti toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan deb eʼtirof etilishi hollarida sugʻurta qilish majburiyati yuklanishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyilgan mol-mulk sugʻurta qilinganda garov bilan taʼminlangan majburiyat summasidan ortiq boʻlmagan summada sugʻurta tovonini oluvchi — garovga oluvchi hisoblanadi. Garovga qoʻyuvchi sugʻurta tovonining qolgan summasini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta hollari sodir boʻlganda garovga oluvchi oʻz talablari sugʻurta tovoni summasidan imtiyozli qondirilishi huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Garov narsasini almashtirish va tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasini almashtirishga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garov narsasi nobud boʻlgan yoki shikastlangan yoxud unga boʻlgan mulk huquqi qonunda belgilangan asoslarga koʻra bekor qilingan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oqilona muddatda (nizo chiqqan taqdirda esa sud belgilagan muddatda) garov narsasini tiklashga yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, uni teng qiymatli boshqa mol-mulk bilan almashtirishga haqli.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Garov narsasining tasodifan nobud boʻlish xavfi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfini oʻz zimmasiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga oluvchi oʻziga topshirilgan garov narsasi toʻliq yoki qisman nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi uchun, agar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga oluvchi nobud boʻlgan garov narsasi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasi shikastlanganligi uchun esa garov narsasi garovga oluvchiga topshirilayotganda baholangan summaga qarab qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida belgilangan maqsad boʻyicha foydalanib boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga hamda uning nobud boʻlganligi uchun tovon toʻlanishini talab qilishga haqli, u bilan garovga oluvchi oʻrtasida nobud boʻlgan yoki shikastlangan mol-mulkni tiklash yoki almashtirish toʻgʻrisida yozma ravishda bitim tuzilgan hamda garovga oluvchi bu bitimning shartlarini lozim darajada bajarayotgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida garovga qoʻyuvchiga yetkazilgan boshqa zararni ham toʻlash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor garovga qoʻyuvchi garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisida garovga oluvchiga qoʻygan talabni garov bilan taʼminlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuniga muvofiq qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Navbatdagi garov
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovda turgan mol-mulkni garovga qoʻyuvchi tomonidan oʻzga shaxsga (garovga oluvchiga) boshqa talablarni taʼminlash uchun berish navbatdagi garov hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi garovga, agar u garov toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalarda taqiqlanmagan boʻlsa hamda basharti oldingi va navbatdagi garovga oluvchilar tomonidan garov reyestriga tegishli yozuv kiritilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oldingi garov shartnomasida navbatdagi garov shartnomasini tuzish mumkin boʻlgan shartlar nazarda tutilgan boʻlsa, bunday gapov shartnomasi oldingi shartnomada koʻrsatilgan shartlarga amal qilgan holda tuzilishi kerak. Koʻrsatilgan shartlar buzilgan taqdirda oldingi garovga oluvchi shu tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni garovga qoʻyuvchidan talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi garovga oluvchining talabi oldingi garovga oluvchilarning talablaridan keyin, qonunda belgilangan tartibda ushbu mol-mulkning qiymatidan qanoatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga beruvchi garovga oluvchilarning har biriga mazkur mol-mulkning barcha mavjud garovlari toʻgʻrisida, shuningdek ushbu garovlar bilan taʼminlangan majburiyatlarning miqdori haqida xabar berishi shart hamda bu majburiyatlar bajarilmaganligi tufayli garovga oluvchilarga yetkazilgan zararlar uchun javobgar boʻladi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlar boshqa shaxsga oʻtganida garovning saqlanishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyilgan mol-mulkka mulk huquqi garovga qoʻyuvchidan ushbu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda garov huquqi oʻz kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga oʻtishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchining huquqiy vorisi garovga qoʻyuvchining oʻrniga oʻtadi va uning hamma majburiyatlarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi boʻlgan mol-mulki huquqiy vorislik tartibida bir necha shaxsga oʻtgan boʻlsa, huquqiy vorislarning (mol-mulkni oluvchilarning) har biri garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmaslikning garovdan kelib chiqadigan oqibatlariga mazkur mol-mulkning oʻziga oʻtgan qismiga mutanosib ravishda javob beradi. Agar garov narsasi boʻlinmasa yoki boshqa asoslarga koʻra huquqiy vorislarning umumiy mulki boʻlib qolsa, ular solidar garovga qoʻyuvchilarga aylanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga oluvchi talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoʻli bilan kreditorning huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi qoidalarga rioya qilgan holda garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini qonunchilikka muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazishga haqli.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga oluvchining garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechishi, agar garov bilan taʼminlangan asosiy majburiyat boʻyicha qarzdordan talab qilish huquqidan ham oʻsha shaxs foydasiga voz kechilgan boʻlsa, haqiqiy boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar boshqacha hol isbotlangan boʻlmasa, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni ham anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilishi bilan, agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun qonunchilikka muvofiq javob berishga rozilik bergan boʻlmasa, garov bekor boʻladi.
(18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Garovga oluvchining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchi quyidagilarga haqli:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxslarni garov narsasiga boʻlgan oʻz huquqlari toʻgʻrisida garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish orqali xabardor qilish;
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda undiruvni garov narsasiga qaratish;
(19-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolganligi va shikastlanganligi uchun u kimning foydasiga sugʻurta qilinganidan qatʼi nazar, agar yoʻqolish yoki shikastlanish garovga oluvchi javob beradigan sabablarga koʻra sodir boʻlmagan boʻlsa, oʻsha asoslarga sugʻurta tovonidan qanoatlanish olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruv organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining garovga oluvchining huquqlari buzilgan hujjatlarini haqiqiy emas deb eʼtirof etish xususida sudda daʼvo qoʻzgʻatish va hujjatlar chiqarish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini tegishli organlardan talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyuvchining garov narsasiga mulk huquqi ushbu Qonunga muvofiq tugatilgan taqdirda, oʻz talabini garovga qoʻyuvchiga berilishi lozim boʻlgan summadan imtiyozli qanoatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovdagi barcha mol-mulk uchun huquqini saqlab qolish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish yoki undiruvni garov narsasiga qaratish;
(19-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunning 15-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zakalat qoʻyilganda, garovga oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga berilgan garov narsasidan shartnomada nazarda tutilgan hollardagina, garovga qoʻyuvchiga foydalanishga doir muntazam hisobot taqdim etgan holda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ashyoni majburiyat toʻliq bajarilgunga qadar ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovdagi mol-mulkni oʻzganing noqonuniy egaligidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egaligidan talab qilib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldirgan holdagi garovda, ipotekada, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga oluvchi quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov narsasining hujjatlar boʻyicha amalda mavjudligini, miqdori, holati va saqlanish sharoitini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 12-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilishini garovga qoʻyuvchidan talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan qilinayotgan, uning yoʻqotilishi yoki shikastlanishi xavfini tugʻdirayotgan tajovuzlar toʻxtatilishini, ular kim tomonidan sodir etilayotganidan qatʼi nazar, talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyuvchi garov narsasini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini buzgan taqdirda, garov narsasini oʻz hisobidan, ammo garovga qoʻyuvchining manfaatlarini koʻzlab, sugʻurta xarajatlarini undan undirib olgan holda sugʻurta qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomaladagi tovarlar garovida, ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi garov shartlarini buzgan taqdirda, garovga oluvchi bu shart buzilish tuzatilgunga qadar garovdagi tovarlarga oʻz belgilari va muhrlarini (muhrlar mavjud boʻlgan taqdirda) bosish orqali muomaladagi tovarlar bilan operatsiyalarni toʻxtatib turishga haqli.
(19-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy huquqlar garovida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari garovga oluvchi quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qatʼi nazar, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan boʻlsa, garovdagi huquqning oʻziga oʻtkazilishini sud tartibida talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan huquq toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladigan sud ishiga uchinchi shaxs sifatida qoʻshilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni garovga qoʻyuvchi buzgan taqdirda, garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaxslar buzishidan himoya qilish uchun mustaqil choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyuvchi navbatdagi garov toʻgʻrisidagi qoidalarni buzgan va u ushbu Qonunda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish, agar uning talabi qondirilmasa, undiruvni garov narsasiga qaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasi tomonlardan qaysi birida (garovga oluvchida yoki garovga qoʻyuvchida)turgan boʻlishidan qatʼi nazar, garovga oluvchi ushbu Qonun, 26-moddasining beshinchi qismi, 28-moddasining beshinchi qismi va 29-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi.
(19-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Garovga oluvchining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilishi tufayli garov bekor boʻlganda yoxud majburiyatlar oʻzi tomonidan garovdagi mol-mulkning yoʻqolishi yoki shikastlanishi xavfini tugʻdiradigan tarzda qoʻpol buzilganda garovga qoʻyuvchining talabiga binoan garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchiga zudlik bilan qaytarib berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz aybi boʻlgan taqdirda, garov narsasi toʻliq yoki qisman yoʻqolgani yoki shikastlangani tufayli yetkazilgan zararni garovga qoʻyuvchiga ushbu Qonunning 34-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan miqdorda qoplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy majburiyatni bajarish maqsadida yoki garovga qoʻyuvchi manfaatlarini koʻzlab garov narsasidan samara va daromadlar chiqarib olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyuvchi hisobidan garovga egalik qilish bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlar toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajargan taqdirda, garovga oluvchi garov toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga reyestrga tegishli oʻzgartishlarni kiritish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etishi shart. Garovga oluvchi koʻrsatilgan talabni buzgani taqdirda, garovga qoʻyuvchi undan bu majburiyatni bajarmaslik tufayli oʻziga yetkazilgan zararni toʻliq hajmda qoplashni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Garovga qoʻyuvchining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov bilan taʼminlangan majburiyatni ushbu Qonunda belgilangan tartibda muddatidan oldin bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda garov narsasini oqilona muddatda tiklash va uni boshqa teng qimmatli mol-mulkka almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan garov narsasi sotilgunga yoki garovga qoʻyilgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilingunga qadar istalgan vaqtda garov bilan taʼminlangan majburiyatni yoki uning bajarilishi kechiktirilgan qismini bajarib, ularga undiruvni qaratishni toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni garovga oluvchining roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlar garovga oluvchi tomonidan qoʻpol buzilgan taqdirda, garovning muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zakalat qoʻyilganda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov narsasi yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini garovga oluvchidan talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov narsasi yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi tufayli yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi garovga oluvchiga nisbatan talablarni garov bilan taʼminlangan majburiyatni uzish hisobiga oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovdagi mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldirgan holdagi garovda, ipotekada, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov narsasidan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, shu jumladan undan samara va daromadlar chiqarib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini boshqa shaxsga berish, uni ijaraga yoki bepul foydalanish uchun boshqa shaxsga topshirish yoxud uni boshqacha tarzda tasarruf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish huquqini cheklaydigan kelishuv haqiqiy emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomaladagi tovarlar garovida ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi tovarning umumiy qiymati garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilganidan kamaymasligi sharti bilan garovga qoʻyilgan tovarning tarkibi va asl shaklini oʻzgartirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy huquqlar garovida garovga qoʻyuvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Garovga qoʻyuvchining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir navbatdagi garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan mol-mulkning barcha mavjud garovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga oluvchida garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish va undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratish huquqi vujudga kelganida garovga oluvchining talablarini qanoatlantirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldirilgan holdagi garovda, ipotekada ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi ushbu Qonunning 12-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomaladagi tovarlar garovida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi garovdagi tovar boʻyicha operatsiyalarning alohida hisob-kitobini yuritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy huquqlar garovida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlardan tashqari, garovga qoʻyuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan huquqning haqiqiyligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan harakatlarni qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlishiga yoki uning qiymati kamayishiga sabab boʻluvchi xatti-harakatlar qilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan huquqni uchinchi shaxslar tomonidan boʻladigan tajovuzlar va talablardan himoya qilish uchun zarur boʻlgan choralarni koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga oluvchiga garovga qoʻyilgan huquqda sodir boʻlgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi, uning uchinchi shaxslar tomonidan buzilganligi haqidagi maʼlumotlarni xabar qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz qarzdorini huquqlar garovi sodir etilgani toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi OʻRQ-83-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar garovga qoʻyuvchining huquqiy vorislariga nisbatan garovga qoʻyilgan huquqlar borasida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Kreditor talablarining uchinchi shaxs tomonidan qondirilishi oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditor talablarini toʻliq hajmda qondirgan uchinchi shaxsga talab qilish huquqini taʼminlagan garov ham oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Depozitga oʻtkazish yoʻli bilan garov toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan pul majburiyati ijrosini qabul qilishdan voz kechganida tegishli pul notarial idora yoki bankning depozitiga oʻtkaziladi. Agar depozitga oʻtkazilgan summa qarzni toʻliq qoplasa, garov toʻgʻrisidagi shartnoma oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Uchinchi shaxs (mulkiy kafil)ning garovi bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilmasligi oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor tomonidan kreditor oldidagi majburiyat bajarilmagan taqdirda, qarzdorning majburiyatini taʼminlash uchun garovni taqdim etgan uchinchi shaxs (mulkiy kafil) undiruvni garov narsasiga qaratishdan saqlanish maqsadida bu majburiyatni garov narsasining qiymati doirasida bajarishga haqlidir.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undirish garov narsasiga uni realizatsiya qilish yoʻli bilan qaratilgan taqdirda, mulkiy kafil qarzdordan uning qiymatini va koʻrilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Undiruvning garov narsasiga qaratilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni oʻzi javobgar boʻlgan vaziyatlarda bajarmagan taqdirda yoki lozim darajada bajarmaganda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs — garovga qoʻyuvchi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda, garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish muddati boshlanishidan qatʼi nazar, undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garov bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas boʻlsa va shu tufayli garovga oluvchi talablarining miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatiga aniq mos kelmasa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov bilan taʼminlangan majburiyatning buzilishi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgan taqdirda, juda arzimas deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) agar garov bilan taʼminlangan, qarzdor tomonidan qoplanmagan majburiyatning summasi garov qiymatining oʻn besh foizidan kamroqni tashkil qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) agar garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilishining kechikishi ketma-ket uch oydan oshmagan boʻlsa.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovga oluvchi garovga qoʻyilgan barcha mol-mulkka boʻlgan huquqni saqlab qoladi.
(26-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir nechta ashyo yoki huquq garov narsasi boʻlsa, garovga oluvchi oʻz xohishiga koʻra ana shu barcha mol-mulk hisobiga yoki ashyolar (huquqlar)dan birortasi hisobiga talabini qondirishi mumkin, bunda u keyinchalik ham garov narsasini tashkil etuvchi boshqa ashyolar (huquqlar) hisobiga talabini qondirish imkonini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning daʼvosiga koʻra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi OʻRQ-83-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garovga qoʻyuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchining talablari garovga qoʻyilgan koʻchar mol-mulk hisobidan sud hujjatiga muvofiq qondiriladi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan tartibda qaratilishi mumkin.
(27-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undiruv garov narsasiga quyidagi hollarda faqat sudning qaroriga muvofiq qaratilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qonunda boshqa shaxsning yoki organning garov toʻgʻrisida shartnoma tuzish uchun roziligi yoxud ruxsati haqidagi talab belgilangan boʻlsa, bundan mazkur mol-mulkni garovga berish chogʻida zarur boʻlgan rozilik yoki ruxsat olingan hollar mustasno;
(27-modda toʻrtinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) garov narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega mol-mulk boʻlsa;
(27-moddaning toʻrtinchi qismi 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) garovga qoʻyuvchi yoʻqolgan boʻlsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan, garovga qoʻyilgan mol-mulkni majburiy ravishda realizatsiya qilish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida, elektron onlayn-auksion shaklidagi ochiq kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshiriladi.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mol-mulk bir nechta kreditor oldidagi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlasa, garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari mazkur majburiyatlarni qonunda belgilangan navbat boʻyicha bajarishga yoʻnaltiriladi.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyilgan, suddan tashqari tartibda undiruv qaratilgan mol-mulk kimoshdi savdosida sotish, bevosita sotish, kreditga, lizingga, ijaraga berish, boʻlib-boʻlib sotish yoʻli bilan yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilinishi mumkin.
(28-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyilgan mol-mulkning kimoshdi savdosidagi boshlangʻich sotish narxi garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi. Garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchi oʻrtasida mol-mulk narxi boʻyicha kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, mustaqil baholovchi tashkilot jalb etiladi va garovning dastlabki qiymati bozor qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda baholash bilan bogʻliq barcha xarajatlar mustaqil baholovchi tashkilotni jalb qilgan taraf tomonidan qoplanadi”;
(28-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chogʻida tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, u, qonunda yoki shartnomada boshqacha koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda, yetishmayotgan summani garovga asoslangan imtiyozdan foydalanmagan holda, qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chogʻida tushgan summa garovga oluvchilarning garov bilan taʼminlangan talablari miqdoridan oshib ketsa, farq garovga qoʻyuvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini bajarish chogʻida realizatsiya qilish boʻyicha kimoshdi savdolari elektron onlayn-auksion shaklida amalga oshiriladi.
(28-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyatni suddan tashqari tartibda qoplash uchun garovga qoʻyilgan mol-mulkni qabul qilish
(29-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganda garovga oluvchi garovga qoʻyuvchi bilan kelishuvga koʻra, garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotib olishga va xarid narxini garov bilan taʼminlangan oʻz talablari hisobiga oʻtkazishga haqli. Bunday kelishuvga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganda garovga oluvchi garov narsasini realizatsiya qilinmagan garov narsasini takroriy kimoshdi savdosidagi boshlangʻich sotish narxidan koʻpi bilan yigirma besh foiz kamroq summada baholab, oʻzida olib qolishga haqli. Bunda garovga oluvchi oʻzida olib qolinayotgan mol-mulkning qabul qilinayotgan qiymati bilan majburiyatning qoplangan miqdori oʻrtasidagi ijobiy farqni (mavjud boʻlgan taqdirda) toʻlashi shart.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garovga oluvchi garov narsasini oʻziga olib qolish huquqidan takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy davomida foydalanmasa, garov shartnomasi bekor qilinadi.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Garovga qoʻyilgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy huquqlar garovida garov narsasini realizatsiya qilish garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan huquqdan kelib chiquvchi talabdan garovga oluvchi foydasiga voz kechishi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga oluvchi undiruvni garov narsasiga qaratish huquqi vujudga kelgan paytda garovga qoʻyilgan huquq sud tartibida oʻziga oʻtkazilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyatni muddatidan oldin bajarish va undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyuvchi majburiyatni muddatidan oldin bajarishga haqli, garovga oluvchi esa, agar bu qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud majburiyat mohiyatidan yoki ish muomalasi odatlaridan yoxud boshqa odatda qoʻyiladigan talablardan kelib chiqsa, muddatidan oldingi ijroni qabul qilishi shart.
(31-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga oluvchi qonunda nazarda tutilgan hollarda, garov bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Garovning bekor boʻlishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov quyidagi hollarda bekor boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov bilan taʼminlangan majburiyat bekor boʻlganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga oluvchi ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarni qoʻpol ravishda buzgan taqdirda garovga qoʻyuvchining talabi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan ashyo nobud boʻlganida yoki garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlganida, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Qonun 13-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, shuningdek ushbu Qonunning 29-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha uni realizatsiya qilish mumkin boʻlmagan taqdirda;
(32-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov narsasi boʻlgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bermagan boʻlsa, garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvo muddati oʻtganligi sababli garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha oʻz talablarini qondirish kreditor uchun mumkin boʻlmay qolgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov narsasini tashkil etuvchi huquqning amal qilish muddati tugagan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(32-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. GAROVGA QOʻYILGAN MOL-MULKNI GAROVGA OLUVCHIGA BERIB QOʻYILADIGAN GAROV (ZAKALAT)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Zakalat tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan garovga oluvchi ixtiyoriga beriladigan garov — zakalat deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Garovga oluvchining garovga qoʻyilgan mol-mulk yoʻqolgani yoki shikastlangani uchun javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga oluvchi, agar qonunchilikka muvofiq javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligini isbotlay olmasa, oʻziga berib qoʻyilgan garov narsasining toʻliq yoki qisman yoʻqolgani yoki shikastlangani uchun javob beradi.
(34-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasi garovga oluvchiga topshirish chogʻida qancha summaga baholangan boʻlishidan qatʼi nazar, garovga oluvchi garov narsasi yoʻqolganligi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, unga shikast yetkazilganligi uchun esa — bu qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida undan bevosita oʻz vazifasi boʻyicha foydalanish mumkin boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga va uning yoʻqolganligi uchun haq talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi yoʻqolgani yoki shikastlangani tufayli yetkazilgan boshqa zararlarni ham garovga qoʻyuvchiga qoplash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Ashyolarning lombardda garovga qoʻyilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni qisqa muddatli mikroqarzlarni taʼminlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiruvchi lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombard garovga qabul qilgan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga oʻxshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi toʻliq summasida oʻz hisobidan garovga qoʻyuvchi foydasiga sugʻurtalashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombard garovga qoʻyilgan ashyolardan foydalanish va ularni tasarruf etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombard ashyolarning yoʻqolishi yoki shikastlanishi yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qoʻyilgan ashyolarning yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan taʼminlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat oʻtganidan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli. Shundan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa talablarni toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa ham, lombardning garovga qoʻyuvchiga (qarzdorga) talablari bekor boʻladi. Agar qarz va boshqa xarajatlar toʻlanganidan keyin tushum summasining qoldigʻi boʻlsa, u garovga qoʻyuvchiga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombardlar tomonidan fuqarolarga ularning ashyolarini garovga olib kredit berish qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi.
(35-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomaning garovga qoʻyuvchining huquqlarini ushbu Qonun yoki boshqa qonunlar bilan unga berilgan huquqlarga qaraganda cheklab qoʻyadigan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. GAROVGA QOʻYILGAN MOL-MULK GAROVGA QOʻYUVCHIDA QOLDIRILADIGAN GAROV. MUOMALADAGI TOVARLARNING GAROV NARSASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulk garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov narsasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, binolar, inshootlar, kvartiralar, transport vositalari va ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan boshqa garov narsalari garovga qoʻyilgan mol-mulkni garovga qoʻyuvchida qoldiriladigan garov narsasi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlaklarga ajraladigan samara, agar u ajralish chogʻidan boshlab uchinchi shaxs huquqlari obyektiga aylanmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan garov narsasi boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasi garovga oluvchi qulflab qoʻygan va uning muhri bosilgan holda (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin.
(36-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasi garov toʻgʻrisida dalolat beruvchi belgilar qoʻyilgan holda garovga qoʻyuvchida qoldirilishi mumkin (qatʼiy garov).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyuvchi tomonidan uchinchi shaxsga vaqtincha egalik qilish yoki foydalanishga berib qoʻyilgan garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoldirilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga oluvchi tomonidan uchinchi shaxsga saqlash uchun berilgan garov narsasi garovga oluvchida qoldirilgan deb hisoblanadi.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(37—41-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 5-apreldagi OʻRQ-83-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 14-son, 132-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Muomaladagi tovarlarning garov narsasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, materiallar, tovar zaxiralari, butlovchi buyumlar, tayyor mahsulot muomaladagi tovarlarning garov narsasi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomaladagi tovarlar garovida garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar qiymati pasayishiga, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning garovi bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyuvchi tomonidan tasarrufdan chiqarilgan muomaladagi tovarlar qoʻlga kirituvchining mulkiga yoki bevosita boshqaruviga oʻtgan paytdan boshlab garov narsasi deb hisoblanmaydi, garovga qoʻyuvchi qoʻlga kiritgan, garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan tovarlar ularga nisbatan garovga qoʻyuvchining mulk huquqi paydo boʻlgan paytdan boshlab garov narsasiga aylanadi.
(42-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. HUQUQLAR, QIMMATLI QOGʻOZLAR GAROVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Huquqlar — garov narsasi sifatida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyuvchiga tegishli egalik qilish va foydalanish huquqlari, shu jumladan ijarachining huquqlari, majburiyatlaridan kelib chiquvchi boshqa huquqlar (talablar) va oʻzga mulkiy huquqlar garov narsasi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq talablar, xususan hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar haqidagi va boshqa shaxs foydasiga voz kechish qonun bilan man qilingan oʻzga talablar huquq garovi narsasi boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni, shuningdek oʻzga tabiiy resurslarga nisbatan boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyishga qonunchilikda belgilangan meʼyor va shartlarda yoʻl qoʻyiladi.
(43-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli huquq uning amal qilish muddati tugagunga qadargina garov narsasi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyuvchi oʻz qarzdorini amalga oshirilgan huquqlar garovidan xabardor qilishi shart. Agar shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga nisbatan qarzdor hisoblanuvchi shaxs garovga oluvchi majburiyatini bajarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Qarzdorning garovga qoʻyuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarishining oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garovga qoʻyuvchining qarzdori garov bilan taʼminlangan majburiyat garovga qoʻyuvchi tomonidan bajarilgunga qadar oʻz majburiyatini bajarsa, bunda garovga qoʻyuvchi olgan barcha narsalar garov narsasiga aylanadi, basharti garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi bu haqda garovga oluvchini darhol xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garov toʻgʻrisidagi shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi oʻz qarzdoridan majburiyatni bajarish hisobiga pul summalari olishda garovga oluvchining talabiga koʻra garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarish hisobiga tegishli summalarni oʻtkazishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Qimmatli qogʻozlar garovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovida bu qimmatli qogʻoz, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga oluvchiga yoxud saqlash uchun notarial idoraga depozitga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasi hisoblanuvchi qimmatli qogʻozlardan keladigan daromadlar, agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻladi.
(45-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-223-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. GAROVDA TOMONLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning oʻzgarmasligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma tuzilganidan keyin qonunchilikda garovga oluvchining va (yoki)garovga qoʻyuvchining ahvolini oʻzgartiruvchi normalar belgilangan holda, garov toʻgʻrisida ilgari tuzilgan shartnomaning talablari uning butun amal qilish muddatida oʻz kuchini saqlab qoladi.
(46-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Garovga oluvchining va garovga qoʻyuvchining garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlari qonunda nazarda tutilgan asoslarga binoan bekor boʻlganida garovga oluvchining manfaatlarini himoya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi hisoblanuvchi mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi mol-mulkning jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi (qayta sotib olinishi), realizatsiya qilinishi yoki davlat mulkiga aylantirilishi oqibatida qonunda belgilangan asoslarda va tartibda bekor boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk beriladi yoki tegishli tovon toʻlanadi. Bu holda garov huquqi evaziga berilgan mol-mulkka yoxud uning tovoniga nisbatan joriy qilinadi.
(47-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-noyabrdagi OʻRQ-801-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar davlat organining garovga qoʻyilgan mol-mulkni yoki huquqlarni bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori munosabati bilan, shu jumladan garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk turgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror munosabati bilan garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqi bekor boʻlgan yoki garovga qoʻyilgan huquqlar bekor boʻlgan taqdirda joriy qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasi hisoblangan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan amalda bu mol-mulkning mulkdori boshqa shaxs ekanligi asosida qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganda ana shu mol-mulkka nisbatan garov bekor boʻladi.
(47-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasi boʻlgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganda, garovga oluvchida oʻz talablarini ushbu mol-mulk hisobidan ustuvor tarzda qanoatlantirish huquqi saqlab qolinadi.
(47-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi OʻRQ-1060-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Garovga oluvchining garov narsasiga boʻlgan oʻz huquqlarini himoya qilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi qonunchilikka nomuvofiq hujjat chiqarishi natijasida garov narsasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish boʻyicha garovga oluvchining huquqlari buzilsa, bunday hujjat garovga oluvchining daʼvosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(48-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarni chiqarish natijasida garovga oluvchiga yetkazilgan zarar tegishli davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyilgan mol-mulk oʻzida turgan yoki turishi lozim boʻlgan garovga oluvchi uni oʻzganing gʻayriqonuniy egaligidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egaligidan talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga koʻra oʻziga oʻtkazilgan garov narsasidan foydalanish huquqi garovga oluvchiga berilgan holda, u boshqa shaxslardan, shu jumladan garovga qoʻyuvchidan oʻz huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini, bu buzilishlar egalikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan boʻlsa ham, talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. XALQARO MUOMALADAGI GAROV
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllaniladigan qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning shakli, tomonlarning huquq va majburiyatlari, shartnomaning ijro etilishi va bekor qilinishi, shartnomani bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslikning oqibatlari, talablardan oʻzganing foydasiga voz kechish va qarzni oʻtkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tomonlarning kelishuviga koʻra tanlangan mamlakatning qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunchilik toʻgʻrisida tomonlar oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, garovga qoʻyuvchi qaysi mamlakatda taʼsis etilgan boʻlsa, oʻz turar joyiga yoki asosiy faoliyat joyiga ega boʻlsa, ana shu mamlakat qonunchiligi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk garovi garov toʻgʻrisidagi shartnomaga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunchilik toʻgʻrisida tomonlar oʻrtasida kelishuv boʻlmagan taqdirda, shu mol-mulk turgan mamlakatning qonunchiligi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etish usullari va tartibi, shuningdek lozim darajada bajarilmagan taqdirda koʻrilishi kerak boʻlgan choralar borasida qoʻllaniladigan qonunchilikdan tashqari shartnoma ijro etilayotgan mamlakatning qonunchiligi ham eʼtiborga olinadi.
(49-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida kim oshdi savdosida sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov toʻgʻrisidagi tashqi savdo shartnomasida tomonlar garov toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda yoki keyin kelishib olish asosida garovga qoʻyilgan mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida kim oshdi savdosida sotishni belgilab qoʻyishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni kim oshdi savdosida sotish tartibi kim oshdi savdosi qaysi davlat hududida oʻtkaziladigan boʻlsa, ana shu davlatning qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan garovga qoʻyilgan mol-mulk mamlakatdan tashqarida kim oshdi savdosida sotilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining bojxonaga oid qonunchiligida nazarda tutilgan talablar bajarilmogʻi lozim.
(50-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 96-modda; 2002-y., 1-son, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 132-modda; 2009-y., 39-son, 423-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son; 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son; 22.04.2025-y., 03/25/1060/0373-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)