1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-637-sonli “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun fuqarolarga taʼlim, tarbiya berish, kasb-hunar oʻrgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini taʼminlashga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida taʼlim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlimning uzluksizligi va izchilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining majburiyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoʻnalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida oʻqishni tanlashning ixtiyoriyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim standartlari doirasida taʼlim olishning hamma uchun ochiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bilimli boʻlishni va isteʼdodni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygʻunlashtirish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.05 Bilim olish huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Bilim olish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, eʼtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qatʼi nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bilim olish huquqi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda taʼlim olishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul oʻqitish, shuningdek taʼlim muassasalarida shartnoma asosida toʻlov evaziga kasb-hunar oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi taʼlim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi oʻquv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilada yoki oʻzi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan oʻtish huquqini berish orqali taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlatlarning fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli maʼlumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog xodimlarni oliy oʻquv yurtlariga ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning taʼlim muassasalarida bu faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Taʼlim muassasasining huquqiy maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-fevraldagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi toʻgʻrisidagi Nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasasi yuridik shaxs boʻlib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat koʻrsatadi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori bilan taʼlim muassasalari ustavini ishlab chiqish Tartibi tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalari oʻquv-tarbiya majmuilariga hamda oʻquv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli taʼlim xizmatlari koʻrsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shugʻullanishga haqli.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.60.00 (Кучини йукотган) Davlat taʼlim standartlari. Taʼlim dasturlari. Taʼlim jarayoni]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Davlat taʼlim standartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat taʼlim standartlari umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim mazmuniga hamda sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat taʼlim standartlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasining barcha taʼlim muassasalari uchun majburiydir.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat taʼlim standartlari toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi 390-sonli “Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2000-yil 16-oktabrdagi 400-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi va 2001-yil 16-avgustdagi 343-sonli “Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Taʼlim berish tili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalarida taʼlim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. TAʼLIM TIZIMI VA TURLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Taʼlim tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat standartlariga muvofiq taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tizimining faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim tizimi yagona va uzluksizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Taʼlim turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabdan tashqari taʼlim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Maktabgacha taʼlim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim bola shaxsini sogʻlom va yetuk, maktabda oʻqishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini koʻzlaydi. Bu taʼlim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida va mulk shaklidan qatʼi nazar, boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 3, 10-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017-yildagi “Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3305-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017-yildagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5198-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.04.2018-yildagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2018-yildagi “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3955-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.08.2018-yildagi “Davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 681-sonli Qarori.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Umumiy oʻrta taʼlim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim bosqichlari quyidagicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich taʼlim (I—IV sinflar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim (I—IX sinflar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshlangʻich taʼlim umumiy oʻrta taʼlim olish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim va koʻnikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba koʻnikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yoʻnaltirishga va taʼlimning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning qobiliyati, isteʼdodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-sonli “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.71.00 (Кучини йукотган) Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi (litseylar, kolledjlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim olish maqsadida har kim umumiy oʻrta taʼlim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida oʻqishning yoʻnalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar boʻyicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki taʼlimni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos boʻladigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litsey oʻquvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal oʻstirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yoʻnaltirilgan bilim olishlarini taʼminlaydigan uch yillik oʻrta maxsus oʻquv yurtidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar kolleji oʻquvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar boʻyicha bir yoki bir necha ixtisos olishni taʼminlaydigan uch yillik oʻrta kasb-hunar oʻquv yurtidir.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisida”gi nizom.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Oliy taʼlim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash oliy oʻquv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa taʼlim muassasalarida) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bakalavriat oliy taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha puxta bilim beradigan, oʻqish muddati kamida toʻrt yil boʻlgan tayanch oliy taʼlimdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistratura aniq mutaxassislik boʻyicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy taʼlimdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura toʻgʻrisida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1844, 21.08.2008-y.).
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.77.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (aspirantura, adʼyunktura, doktorantura, tadqiqotchilik)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlashga qaratilgandir. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, adyunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qaralsin: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-sonli “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, “Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2764, 17.02.2016-y.), “Ekspert kengashi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2443, 25.03.2013-y.), “Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2793, 03.06.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va koʻnikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qaralsin: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 4-oktabrdagi 400-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori. Ushbu qaror bilan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarining roʻyxati tasdiqlangan.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.78.00 (Кучини йукотган) Taʼlimning boshqa turlari. Qoʻshimcha (maktabdan tashqari) taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Maktabdan tashqari taʼlim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar va oʻsmirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yoʻnalishlarda maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini tashkil etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabdan tashqari taʼlim muassasalariga bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sanʼat maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sogʻlomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qaralsin: Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-fevraldagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabdan tashqari taʼlim muassasasi toʻgʻrisida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Oiladagi taʼlim va mustaqil ravishda taʼlim olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oilada taʼlim olishga va mustaqil ravishda taʼlim olishga koʻmaklashadi. Bolalarni oilada oʻqitish va mustaqil ravishda taʼlim olish tegishli taʼlim muassasalarining dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi. Taʼlim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yoʻsinda yordam koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2691, 30.06.2015-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat oilada taʼlim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim dasturlari boʻyicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat taʼlim muassasalarida oʻqitilishi shart boʻlgan va roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladigan mutaxassisliklar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-yanvardagi 16-sonli “Davlat oliy taʼlim muassasalarida eksternat asosida oʻqish amalga oshirilmaydigan bakalavriat taʼlimi yoʻnalishlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomga oʻzlashtirilgan fanlar roʻyxati, ularning hajmlari va fanlarga qoʻyilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat taʼlim standartlariga mos kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida har ikki tomonning maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlari belgilangan tartibda oʻzaro tan olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli bosqichdagi taʼlimni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tasdiqlagan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat navbatdagi bosqich taʼlim muassasalarida taʼlim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisoslik boʻyicha ishlash huquqini beradi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ilovasining (“Rasmiy davlat hujjatlari”) IV-boʻlimiga muvofiq, 1) toʻliqsiz oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma; 2) oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida attestat; 3) oʻrta maxsus va kasb-hunar maʼlumoti toʻgʻrisida diplom; 4) oliy maʼlumot toʻgʻrisida diplom; 5) fan nomzodi yoki doktori diplomi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-sonli “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. TAʼLIM JARAYoNI QATNAShChILARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISh
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.86.00 (Кучини йукотган) Oʻquvchilar, talabalar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari va ijtimoiy himoyasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Taʼlim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasasida taʼlim oluvchilar qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq imtiyozlar, stipendiya va yotoqxonada joy bilan taʼminlanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qaralsin: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi “Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 409-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-sonli “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.96.00 (Кучини йукотган) Taʼlim xodimlarini ijtimoiy himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Taʼlim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, haqi toʻlanadigan yillik uzaytirilgan taʼtillar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qaralsin: Oʻzbekicton Respublikasi Prezidentining 2002-yil 7-avgustdagi PF-3112-sonli “2002-yilning 1-sentabridan boshlab oʻqituvchilar va oʻquv yurtlari muallimlarining, ilmiy xodimlarning ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227-sonli “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi “Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 409-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-avgustdagi “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 327-sonli qarori va “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2175, 30.12.2010-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalari ish haqiga moʻljallangan mavjud mablagʻlar doirasida mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq toʻlash va uni ragʻbatlantirishning turli shakllarini qoʻllashga haqli.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.87.00 (Кучини йукотган) Davlat grantlari. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarning taʼlim olishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni oʻqitish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni oʻqitish va ularni boqish davlatning toʻla taʼminoti asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qaralsin: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-oktabrdagi 230-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehribonlik uyi toʻgʻrisida”gi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003-yillarda moʻljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, “Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1187, 11.11.2002-y.), “Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan taʼminlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1189, 18.11.2002-y.) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 29-noyabrdagi 247-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni moddiy taʼminlash normalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.87.00 (Кучини йукотган) Davlat grantlari. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarning taʼlim olishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar va oʻsmirlarni oʻqitish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalar va oʻsmirlarni oʻqitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tashkil etiladi. Bolalar va oʻsmirlarni ushbu taʼlim muassasalariga yuborish va ulardan chiqarish ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining oʻquvchilari qisman yoki toʻla davlat taʼminotida boʻladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 100-sonli “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati toʻgʻrisida”, 2011-yil 13-sentabrdagi 256-sonli “Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarorlari.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2691, 30.06.2015-y.).
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.87.00 (Кучини йукотган) Davlat grantlari. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarning taʼlim olishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj boʻlgan shaxslar uchun oʻquv-tarbiya muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida sharoitlarda tarbiyalanish va oʻqishga muhtoj bolalar va oʻspirinlar uchun ularning bilim olishi, kasb tayyorgarligi va ijtimoiy tiklanishini taʼminlaydigan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning taʼlim olishi va mustaqil bilim olishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sharoitlar yaratiladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksining 100-moddasida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtashga mahkum qilingan shaxslarning umumiy taʼlim olishi boʻyicha asosiy talablar belgilangan.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. TAʼLIM TIZIMINI BOShQARISh
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlimni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilash;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470 -sonli “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, 2009-yil 11-fevraldagi 40-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-sonli “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlatlarning taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasining hududida taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarini tan olish va hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida”gi nizom va “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat taʼlim standartlari toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi 390-sonli “Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2000-yil 16-oktabrdagi 400-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi va 2001-yil 16-avgustdagi 343-sonli “Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 607-sonli “Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-sonli “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat grantlari miqdori va taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oliy taʼlim muassasasining rektorlarini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibini belgilash;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini takomillashtirish haqida”gi qarori, “Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2684, 17.06.2015-y.), “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni bir ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasiga yoki inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2685, 17.06.2015-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat taʼlim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga boʻlgan talablar bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitishning ilgʻor shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, taʼlimning texnik va axborot vositalarini oʻquv jarayoniga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv va oʻquv-uslubiyat adabiyotlarini nashr etishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat taʼlim muassasalarida eksternat toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash;
LexUZ sharhi
Qarang: “Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1778, 20.03.2008-y.), “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2011, 06.10.2009-y.) va “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1963, 05.06.2009-y.), “Eksternat toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2670, 11.05.2015-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oliy taʼlim muassasasining rektorini tayinlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining taʼlim sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar (respublika tasarrufida boʻlgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini roʻyxatga oladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hududlaridagi taʼlim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga boʻlgan davlat talablariga rioya etilishini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Taʼlim muassasasini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasasini uning rahbari boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Taʼlim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat taʼlim muassasalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat taʼlim muassasalarida taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim muassasalari taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditatsiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatib qoʻyishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizom” va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470 -sonli “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim muassasalariga qabul davlat oʻquv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan “Akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida nizom”, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. YAKUNLOVChI XULOSALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishlari uchun javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Taʼlimni moliyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat taʼlim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy budjetlar mablagʻlari, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Taʼlimni rivojlantirish fondlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlimni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalari taʼlim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli oʻquv yurtlari bilan bevosita aloqalar oʻrnatish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qoʻshma oʻquv yurtlari tashkil etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
464-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)