23.03.2018 yildagi 212-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilarini tanlab olishning samarali mexanizmini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-iyundan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Akademik litseylarga o‘quvchilarni tanlab olish ilovadagi 1-sxemaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda belgilagan tartib asosida quyidagi bosqichlarda:
31. O‘quvchilar 30-bandning “a”, “b”, “v”, “g” va “e” kichik bandlari bo‘yicha o‘quv yili davomida, “d” kichik bandiga asosan esa akademik litsey pedagogik kengashining qaroriga muvofiq o‘quv semestri tamom bo‘lganidan so‘ng 3-ilovadagi sxemaga muvofiq o‘qishdan chetlatilishi mumkin.
34. 33-bandning 2-kichik bandida belgilangan intizomiy jarimalar 2018/2019 o‘quv yili yakunidan boshlab akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi darajasiga muvofiq tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari, akademik litseylar bilan ishlash bo‘yicha tegishli prorektorlar hamda akademik litseylarning direktorlari, o‘quvchilari o‘qishga kirmagan yo‘nalishda dars mashg‘ulotlarini tashkil etgan barcha professor-o‘qituvchilariga (xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar bundan mustasno) nisbatan qo‘llaniladi.