Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARIDA OʻQIYOTGAN HAMDA TOʻLIQ DAVLAT TAʼMINOTIDA BOʻLGAN YETIM VA OTA-ONASINING QAROVISIZ QOLGAN BOLALARNI MODDIY TAʼMINLASh NORMALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni moddiy taʼminlash normalarini takomillashtirish va tartibga solish maqsadida, shuningdek “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2007-yil 23-yanvardagi PQ-573-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni ovqat bilan taʼminlash normalari 1-ilovaga muvofiq;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash normalari 2-ilovaga muvofiq;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni shaxsiy gigiyena buyumlari bilan taʼminlash normalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablagʻlari toʻlovi belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
3. 1, 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan taʼminot normalari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarga ham tatbiq etiladi.
4. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish davlat taʼlim muassasalari faoliyatini taʼminlash uchun tegishli yilga nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni oromgohlarga, shu jumladan sanatoriy tipidagi oromgohlarga, pansionatlar va profilaktoriylarga, dam olish uylariga, sport-sogʻlomlashtirish oromgohlariga, tibbiy koʻrsatmalar mavjud boʻlganda esa — tegishli yoʻnalishdagi sanatoriylarga bepul yoʻllanmalar bilan taʼminlashni nazarda tutsinlar.
Oʻquvchilar va talabalarning, zarurat boʻlganda esa ularni kuzatib boruvchi shaxslarning ham koʻrsatib oʻtilgan muassasalardagi dam olish joylarigacha borishi va u yerdan qaytishi bilan bogʻliq yoʻlkira xarajatlari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda oliy taʼlim muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida amalga oshirilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-noyabr,
247-son
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni ovqat bilan taʼminlash normalari (bir kishi hisobiga kuniga gramm (brutto)
| T/r | Ovqat mahsulotlarining nomi | 15—18 yosh |
| 1. | 1-sort bugʻdoy non | 600 |
| 2. | Bugʻdoy uni* | 35 |
| 3. | Kartoshka kraxmali* | 3 |
| 4. | Dukkaklilar yormasi, makaron mahsulotlari* | 75 |
| 5. | Qand-shakar | 90 |
| 6. | Qandolatchilik mahsulotlari | 25 |
| 7. | Sariyogʻ* | 30 |
| 8. | Oʻsimlik yogʻi* | 20 |
| 9. | Sut, qatiq-sut mahsulotlari | 400 |
| 10. | Qaymoq | 10 |
| 11. | Suzma* | 70 |
| 12. | Pishloq* | 12 |
| 13. | Goʻsht, parranda goʻshti | 200 |
| 14. | Pishirilgan kolbasa, sosiskalar* | 25 |
| 15. | Baliq | 35 |
| 16. | Tuxum (dona) | 1 |
| 17. | Kartoshka* | 400 |
| 18. | Sabzavotlar, oshkoʻklar, tuzlamalar, shu jumladan tomat (3 g.) | 455 |
| 19. | Hoʻl mevalar | 250 |
| 20. | Meva, sabzavot sharbatlari | 200 |
| 21. | Quruq mevalar, shu jumladan naʼmatak (5 g.) | 15 |
| 22. | Choy | 0,5 |
| 23. | Yodlangan tuz | 8 |
| 24. | Achitqilar* | 1 |
| 25. | Ziravorlar* | 2 |
* Bir hafta uchun oʻrtacha sutkalik normalar.
Izohlar:
1. Ayrim ovqat mahsulotlarini oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni asosiy oziq-ovqat moddalari boʻyicha almashtirish jadvaliga muvofiq almashtirishga ruxsat etiladi.
2. Oʻquvchilarning dam olish, bayram va taʼtil kunlarida qarindoshlari yoki boshqa fuqarolarning oilalarida boʻlish vaqti uchun ovqat mahsulotlari yoki pul kompensatsiyasi berilishiga ruxsat etiladi.
3. Oʻquv yurtlari va yotoqxonalarda issiq ovqat mavjud boʻlmaganda, shuningdek faqat bir martalik issiq ovqat mavjud boʻlganda oʻquvchilarga bir martalik ovqat bilan kompensatsiya qilinmagan miqdorda (savdo ustamasini hisobga olgan holda) toʻliq yoki qisman naqd pul beriladi.
4. “Mehribonlik” uylarida, umumtaʼlim tipidagi maktab-internatlarda oʻqiyotgan va tarbiyalanayotgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun yuborilganda ularga yoʻlkira va yoʻlda borayotgan vaqtida ovqatlanish xarajatlari ularni yuborayotgan muassasa mablagʻlari hisobiga toʻlanadi.
5. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida boshqa shaharlardan kelgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarga ular oʻquv yurtiga yetib kelgan vaqtdan boshlab oʻqishga qabul qilingungacha bepul ovqat beriladi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash normalari
| T/r | Kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq buyumlar nomi | Oʻlchov birligi | Bir oʻquvchi hisobiga | |||
| oʻgʻil bolalar uchun | qizlar uchun | |||||
| soni | foydalanish muddati (yil) | soni | foydalanish muddati (yil) | |||
| | Kiyim-boshlar: | | | | | |
| 1. | qishki palto | ta | 1 | 3 | 1 | 3 |
| 2. | mavsumiy palto, kurtka | “ | 1 | 2 | 1 | 2 |
| 3. | oʻqish uchun kostyum: | | | | | |
| | — qishki | toʻplam | 1 | 1 | 1 | 1 |
| | — yozgi | “ | 1 | 1 | 1 | 1 |
| 4. | oʻqish uchun ip-gazlamadan tikilgan oq koʻylaklar | ta | 2 | 2 | 2 | 2 |
| 5. | sport formasi va kedlar | toʻplam | 2 | 2 | 2 | 2 |
| 6. | oʻgʻil bolalar uchun kostyumlar | “ | 3 | 2 | | |
| 7. | qizlar uchun koʻylaklar (yubkalar, bluzkalar) | ta | | | 3 | 2 |
| 8. | qizlar uchun uy xalatlari | “ | | | 2 | 2 |
| 9. | oʻgʻil bolalar uchun ip-gazlamadan tikilgan ustki koʻylaklar | ta | 3 | 1 | | |
| 10. | bayramlar uchun qishki kostyum yoki koʻylak | “ | 1 | 2 | 1 | 2 |
| 11. | bayramlar uchun yozgi kostyum yoki koʻylak | “ | 1 | 2 | 1 | 2 |
| 12. | jun sviter (jemper) | “ | 1 | 2 | 1 | 2 |
| 13. | qizlar uchun reytuzalar | “ | | | 2 | 1 |
| 14. | yozgi bosh kiyim | “ | 1 | 1 | 1 | 1 |
| 15. | qishki bosh kiyim | “ | 1 | 2 | 1 | 2 |
| 16. | dastroʻmol | “ | 4 | 1 | 4 | 1 |
| 17. | uy shimlari (jinsilar) | “ | 1 | 1 | 1 | 1 |
| 18. | oʻgʻil bolalar uchun shim kamarlari | “ | 1 | 1 | | |
| 19. | yarim jun sharflar | “ | 1 | 3 | 1 | 3 |
| 20. | qoʻlqoplar (panjasiz qoʻlqoplar) | juft | 1 | 3 | 1 | 3 |
| 21. | byustgalter | ta | | | 3 | 1 |
| 22. | qizlar uchun triko | “ | | | 5 | 1 |
| 23. | kalta sport ishtonlari | “ | 2 | 1 | | |
| 24. | shortilar | “ | 1 | 1 | 1 | 1 |
| 25. | mayka | “ | 3 | 1 | | |
| 26. | futbolka | | 2 | 1 | 2 | 1 |
| 27. | ip-gazlama paypoqlar, golflar | juft | 5 | 1 | 5 | 1 |
| 28. | tungi koʻylaklar, pijamalar | ta | 2 | 1 | 2 | 1 |
| 29. | kolgotkalar | juft | | | 5 | 1 |
| 30. | choʻmilish koʻylagi, plavkilar | ta | 1 | 1 | 1 | 1 |
| 31. | botinkalar, tuflilar, krossovkalar | juft | 3 | 1 | 3 | 1 |
| 32. | shippaklar | juft | 2 | 1 | 2 | 1 |
| 33. | etiklar, qishki botinkalar | juft | 1 | 1 | 1 | 1 |
| 34. | portfellar, sumkalar | ta | 2 | 3 | 2 | 3 |
| 35. | jomadon | | 1 | 5 | 1 | 5 |
| | Yumshoq buyumlar: | | | | | |
| 36. | choyshablar | ta | 3 | 2 | 3 | 2 |
| 37. | koʻrpa choyshablari | “ | 2 | 3 | 2 | 3 |
| 38. | kichik yostiq jildi | “ | 1 | 4 | 1 | 4 |
| 39. | katta yostiq jildi | “ | 3 | 3 | 3 | 3 |
| 40. | sochiq | “ | 3 | 2 | 3 | 2 |
| 41. | paxmoq sochiq | “ | 3 | 3 | 3 | 3 |
| 42. | jun yoki momiqli adyol | “ | 1 | 6 | 1 | 6 |
| 43. | paxmoq adyol | “ | 1 | 4 | 1 | 4 |
| 44. | toʻshak | “ | 1 | 4 | 1 | 4 |
| 45. | yostiq | + - “ | 1 | 6 | 1 | 6 |
| 46. | toʻshak qoplamasi | “ | 1 | 6 | 1 | 6 |
| 47. | karavot oldiga toʻshaladigan gilamcha | “ | 1 | 6 | 1 | 6 |
Izoh. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktorlariga koʻrsatib oʻtilgan taʼminot normalariga, yangi fasonlarni va tarbiyalanuvchilar xohishlarini hisobga olgan holda, ushbu maqsadlar uchun oʻquv muassasasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida ayrim oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni shaxsiy gigiyena buyumlari bilan taʼminlash normalari
| T/r | Shaxsiy gigiyena buyumlarining nomi | Oʻlchov birligi | Bir oʻquvchi hisobiga | |||
| oʻgʻil bolalar uchun | qizlar uchun | |||||
| soni | foydalanish muddati (yil) | soni | foydalanish muddati (yil) | |||
| 1. | Tish pastasi | ta | 12 | 1 | 12 | 1 |
| 2. | Tish choʻtkasi | ta | 3 | 1 | 3 | 1 |
| 3. | Kir sovun | ta | 12 | 1 | 12 | 1 |
| 4. | Atir sovun | ta | 24 | 1 | 24 | 1 |
| 5. | Kir yuvish poroshoklari | paket (400 g.) | 12 | 1 | 12 | 1 |
| 6. | Soqol olish buyumlari | ta | 12 | 1 | 5 | 1 |
| 7. | Taroq | ta | 2 | 1 | 2 | 1 |
| 8. | Hojatxona qogʻozi | oʻram | 24 | 1 | 24 | 1 |
| 9. | Shampun | ta (200 g.) | 12 | 1 | 12 | 1 |
| 10. | Dezodorant (aerozol) | ta | 6 | 1 | 6 | 1 |
| 11. | Gigiyena qistirmalari | upakovka (10 tadan) | | | 12 | 1 |
| 12. | Momiq | upakovka (200 g.) | | | 4 | 1 |
| 13. | Poyabzal moyi | tyubik | 6 | 1 | 6 | 1 |
| 14. | Soqol olingandan keyin ishlatiladigan loson | flakon (100—150 g.) | 6 | 1 | | |
| 15. | Badanni yuvish uchun gubka | ta | 2 | 1 | 2 | 1 |
| 16. | Togʻora | ta | 1 | 3 | 1 | 3 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 485-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)