Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.09.2025 20.06.2017 yildagi 393-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.09.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar hamda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi va qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori (“Oʻzbekiston Respublikasi QHT”, 2010-yil, 24-25-son, 195-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga va Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-oktabrdagi 655-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 09/21/655/0989-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim muassasalari qabulni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) taʼlim shakllariga talabalarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga koʻra toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalari doirasida hamda qabul kvotalaridan tashqari abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham toʻlov-kontrakt boʻyicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi taʼminlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan toʻlov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov har bir oliy taʼlim muassasasi boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari, oʻqitish tillari va shakllariga koʻra alohida oʻtkaziladi. Ayrim yoʻnalishlar boʻyicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud boʻyicha alohida oʻtkaziladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalarining uchtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar alohida ajratilgan kvotalar doirasida, tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomalariga ega boʻlgan abituriyentlar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining hamda Milliy gvardiya va bojxona organlarining xizmatdagi xodimlarining farzandlari ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, yetarli ball toʻplagan taqdirda tanlangan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga tavsiya etiladi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomalariga ega boʻlganlar va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining hamda Milliy gvardiya va bojxona organlarining xizmatdagi xodimlarining farzandlari, maqsadli qabul boʻyicha tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, oʻqishga tavsiya etilmagan taqdirda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida umumiy tartibda toʻplagan ballari bilan tanlovda ishtirok etadi.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlarini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda Davlat test markazi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) joylarda kirish imtihonlarini (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni taʼminlaydilar.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Test sinovlari uch tilda — oʻzbek, rus, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi oliy taʼlim muassasalarida qoraqalpoq tillarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tili, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent test sinovlarini va kasbiy (ijodiy) imtihonni oliy taʼlim muassasasida oʻqiydigan tilda topshiradi. Bunda oʻzbek guruhlariga hujjat topshirgan abituriyent oʻz arizasiga asosan test sinovlarini oʻzbek tilida lotin yoki kirill alifbosida topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va test boʻyicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri boʻyicha test sinovi topshiradi. Abituriyent oʻqigan chet tilidan qatʼi nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasida ingliz, nemis yoki fransuz tillari oʻtilmasdan boshqa chet tillari oʻqitilgan holda, shu chet tilidan test sinovi oʻrniga koʻp balli tizim boʻyicha imtihon topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlimning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari bilan bir qatorda qoʻshimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar takliflari asosida Davlat test markazi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlariga qabul test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha imtihon dasturlari va har bir fan xususiyati hisobga olingan holda baholash mezonlari, shuningdek, tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadval boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan abituriyentlar uchun qayta kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilmaydi, ular navbatdagi imtihonlarga qoʻyilmaydi hamda oʻqishga qabul qilinmaydi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ayrim taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qirgʻiz tillarida olib boriladigan taʼlim yoʻnalishlariga qabul koʻp balli tizim boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Davlat test markazi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu taʼlim yoʻnalishlariga arizalar koʻrsatilgan tillarda oʻrta taʼlim muassasasini tugatgan abituriyentlar yoki koʻrsatilgan tillarda umumiy oʻrta taʼlim muassasasini tugatib, akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega boʻlgan abituriyentlardan qabul qilinadi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, koʻp balli imtihon baholari va Davlat komissiyasi tasdiqlagan test sinovlari natijalarining umumiy yigʻindisi shaxsan oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tilini (ingliz, nemis va fransuz tillari oʻqitilmagan holda) chet tili sifatida oʻqigan abituriyentlar mazkur tildan koʻp balli baho tizimi boʻyicha imtihon topshiradilar, qolgan fanlar boʻyicha esa test sinovlaridan oʻtadilar.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tili bilan birgalikda ingliz, nemis va fransuz tillari ham oʻqitilgan holda (ushbu fanlar abituriyent diplomi ilovasida (attestatida) mavjud boʻlganda) abituriyent arizasiga asosan u chet tilini test shaklida yoki ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tilidan koʻp balli baho tizimi boʻyicha imtihon topshiradi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qoida roman-german filologiyasi (ingliz, nemis va fransuz filologiyasi) yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kiradigan abituriyentlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tili boʻyicha fan dasturi va baholash mezonlari ushbu tillar oʻqitiladigan tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va joriy etiladi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy taʼlim muassasalarida kasbiy (ijodiy) va koʻp balli imtihonlarni oʻtkazish 1 va 2-ilovalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy taʼlim muassasalariga koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish 3-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Respublika tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan 3 yillik “Oliy hamshiralik ishi” taʼlim yoʻnalishiga qabul faqat oʻrta maxsus, kasb-hunar tibbiy maʼlumot (hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik) negizida amalga oshiriladi. Mazkur yoʻnalish boʻyicha test sinovlari bilan bir qatorda qoʻshimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sirtqi, maxsus sirtqi taʼlimga talabalarni qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sirtqi taʼlim shaklida — umumiy oʻrta (10-11-sinflar negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti toʻgʻrisidagi tegishli hujjatga ega boʻlgan va sirtqi taʼlimga kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)dan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus sirtqi taʼlim shaklida — faqat mos yoki turdosh taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga va taʼlim yoʻnalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogik yoʻnalishlar uchun pedagogik stajga) hamda ishlab turgan soha tashkilotlaridan berilgan tavsiyanomaga ega boʻlgan, kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)dan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan kirish test sinovlari yoki oliy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) orqali tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining sirtqi taʼlim shakliga test sinovlari orqali oʻqishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining sirtqi taʼlim shakliga oliy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) orqali tanlov asosida oʻqishga qabul qilish mazkur Nizomga 5-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan qabul kvotalari tarkibida hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul muayyan hududda doimiy yashaydigan (pasportdagi maʼlumoti boʻyicha), umumiy oʻrta (10-11-sinflar negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumoti toʻgʻrisidagi tegishli hujjatga ega boʻlgan va kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)dan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim yoʻnalishlariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha davlat granti kvotalari asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt boʻyicha serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda halok boʻlgan, shuningdek, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chogʻida yarador boʻlishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimdan tashqari) oʻqishga tanlovsiz qabul qilinadilar.
(104-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga (ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) tanlovsiz qabul qilinadilar.
(104-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklidagi taʼlim yoʻnalishlariga davlat granti asosida belgilangan umumiy qabul kvotalarining besh foizi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining farzandlari uchun ikki foizi miqdorida davlat granti asosidagi qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga oʻqishga kirish uchun oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi taʼlim shakliga alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi.
(105-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan davlat granti asosidagi qoʻshimcha (besh va ikki foizli) kvota oʻrinlariga talabalikka qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, shu jumladan, Bojxona qoʻmitasining belgilangan shakldagi tavsiyanomalariga ega boʻlgan abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(105-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan davlat granti asosidagi qoʻshimcha (besh va ikki foizli) kvota oʻrinlariga qabul qilinmagan abituriyentlar toʻplagan ballari bilan oʻzlari tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
(105-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Terrorizm, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) oʻqishga kirish uchun davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga umumiy belgilangan qabul kvotalarining uch foizi miqdorida davlat granti asosidagi qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlarini ajratilgan uch foizli kvotalar doirasida oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasiga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi hamda oʻrinlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori balidan kamida oʻttiz foizini toʻplagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan uch foizli davlat granti asosidagi qoʻshimcha qabul kvotalariga qabul qilinmagan abituriyentlar toʻplagan ballari bilan tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
(106 va 107-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari boʻlgan chin yetimlar uchun qoʻshimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha boʻlgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar uchun ham tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu qoʻshimcha kvotalarning oliy taʼlim muassasalari boʻyicha taqsimoti Xalq taʼlimi vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi.
(108-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Respublika oliy taʼlim muassasalariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlariga nisbatan xotin-qizlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosida qabul koʻrsatkichlari ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat granti asosidagi qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari boʻyicha talabalikka Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining belgilangan shakldagi tavsiyanomalariga ega boʻlgan abituriyentlar test sinovlari natijalariga muvofiq qabul qilinadi.
(109-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oliy taʼlim muassasalariga xorijiy fuqarolarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika fuqarolarini xorijiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga joʻnatish davlatlararo shartnomalar va Davlat komissiyasining tegishli qaroriga, oliy taʼlim muassasalararo shartnomalarga hamda fuqarolarning tashabbusiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida qabul komissiyalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda qabul komissiyasi raisi, uning oʻrinbosari va qabul komissiyasi kotiblari tayinlanadi. Bunda oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) lavozimi boʻyicha qabul komissiyasiga raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyalari aʼzolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun abituriyentlar doimiy (vaqtincha) roʻyxatda turgan joyidan qatʼi nazar, istalgan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik pasporti yoki ichki ishlar boʻlimlari tomonidan berilgan 09-shakl boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami koʻrsatilgan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoshiga yetmaganlar uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida “Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)” taʼlim yoʻnalishiga kamida ikkinchi sport razryadiga ega boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat;
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlovni amalga oshirganligi toʻgʻrisida toʻlov varaqasi (kvitansiya).
(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentdan qoʻshimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxslar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar toifasiga “Mehribonlik uylari”da yashab taʼlim olgan, 18 yoshga toʻlmagan, otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki sud qaroriga binoan vafot etgan deb eʼlon qilingan bolalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi abituriyent haqidagi zarur maʼlumotlarni Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritib abituriyentga asl hujjatlarni qaytaradi va QR-kod (matritsali shtrix kod) qoʻyilgan abituriyentning qayd varaqasini ikki nusxada chop etib, abituriyentga beradi. Abituriyent maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, qayd varaqasini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi, bir nusxasini oʻzida olib qoladi va ikkinchi nusxasini oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyalari tomonidan har yili 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham) boʻlgan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar onlayn tarzda ham qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qismlar qoʻmondonligi tavsiyanomalari ular berilgan kundan hamda muddatli harbiy xizmatni tugatgan davridan boshlab uch yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi (oliy taʼlim muassasasiga talabalikka qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi rasmiy buyruq boʻlsa, imtiyozdan takroran foydalanish mumkin emas).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlganda oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan imtiyozlarga ega boʻlmagan abituriyentlar mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida qayd etilgan hujjatlar asosida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ham roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan muddatlar tugagandan soʻng hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish qatʼiyan man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent kirish imtihonlaridan (talabalikka qabul qilingan boʻlsa oliy taʼlim muassasasi talabalari safidan) chetlashtiriladi hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari 20-iyulgacha boʻlgan muddatda Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga taʼlim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili koʻrsatilgan holda, abituriyentlarning soni haqida belgilangan shakldagi maʼlumotni imtiyozga ega boʻlganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan qoʻshib taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga mazkur bandning toʻrtinchi xatboshidagi hujjatlarni taqdim etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar abituriyentlar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlagan birinchi oliy taʼlim muassasasi tomonidan test sinovlari oʻtkazilishiga qadar 11-iyuldan 20-iyulgacha, test majmualarida fanning oʻrniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizigacha boʻlgan oraliqda yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari boʻyicha tushgan norozilik (apellyatsiya) arizalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 21-iyulga qadar boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markaziga oliy taʼlim muassasalari tomonidan 22-iyulgacha taqdim etiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Test sinovlari kunduzgi va kechki (smenali) taʼlim shakllari uchun har yili iyul — avgust oylarida, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada oʻtkaziladi. Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlarini oʻtkazishning aniq muddatlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentning test sinovidan toʻplagan ballari haqidagi maʼlumot test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini oʻtkazish jarayoni toʻliq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oliy taʼlim muassasasida tanlangan taʼlim yoʻnalishiga qarab abituriyentlar belgilangan tartibda tasdiqlangan fan majmualari boʻyicha test sinovlaridan oʻtadilar.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test topshiriqlari umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jurnalistika”, “Xalqaro jurnalistika” va “Nutq madaniyati va notiqlik sanʼati” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari bilan bir qatorda (0 bilan 63 ballgacha boʻlgan oraliqda baholanuvchi) kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar majmuasi Ona tili va adabiyoti (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Tarix, Geografiya, Chet tili (ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) fanlari boʻyicha shakllanadi.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari fanlar majmuasiga chet tili fani kiritilgan yoʻnalishlarda mos chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili fanidan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat test markazi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda, sertifikatdagi oʻzlashtirish foiziga mos ravishda oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlarida ushbu umumtaʼlim fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi hamda ular ushbu fandan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2020-y., 09/20/646/1382-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish, oʻqish uchun toʻlov tartibi va miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)ning ballar reytingi boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi tomonidan abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin oliy taʼlim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontraktlar rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan abituriyentlarning oliy taʼlim muassasalariga talabalikka tavsiya etilganligi eʼlon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi tomonidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun toʻlov har yili kontrakt shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularning amalga oshirilishi tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oliy taʼlim muassasalarining takliflariga muvofiq, ularning imkoniyatlari, tanlov va toʻplangan ballar miqdoridan kelib chiqib, Davlat komissiyasi qarori asosida abituriyentlar toʻlov-kontrakt boʻyicha belgilangan kvotadan tashqari qoʻshimcha ravishda oʻqishga qabul qilinishi (keyingi oʻrinlarda qoʻshimcha qabul deb ataladi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy taʼlim muassasalari tomonidan boʻysunuvi boʻyicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15-oktabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi oliy taʼlim muassasalarining imkoniyati, tanlov va toʻplangan ballar miqdoridan kelib chiqib, oshirilgan toʻlov-kontrakt sharti bilan abituriyentlarni qoʻshimcha qabul qilish koʻrsatkichlari yuzasidan 20-oktabrga qadar qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ballar ketma ketligi boʻyicha roʻyxatdagi oldingi abituriyent qoʻshimcha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishni arizasi bilan rad etgan holda yoki kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalari eʼlon qilingan kunidan boshlab bir oy muddatda ariza bermaganda roʻyxatdagi keyingi abituriyent qoʻshimcha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etiladi;
(18-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish oliy taʼlim muassasasining boʻysunuvi boʻyicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holdagi takliflariga (qabul koʻrsatkichlari boʻyicha) binoan Davlat komissiyasi qarori asosida oliy taʼlim muassasalarining imkoniyati inobatga olinib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oliy taʼlim muassasalari qoʻshimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan koʻrsatkichlarga muvofiq toʻplagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam boʻlmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshiradilar.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdori amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt boʻyicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar boʻyicha toʻlov-kontrakt shartlari birinchi oʻquv yili uchun toʻliq bajarilgandan soʻng abituriyent oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)da toʻplagan natijalari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam boʻlmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qoʻshimcha oʻrinlarga qabul qilinmay qolgan va oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi oʻquv yiliga amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobar va undan ortiq oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdorida toʻlovni amalga oshirish sharti bilan oʻqishga kirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga koʻra Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam ball toʻplagan abituriyentlarga birinchi oʻquv yiliga amaldagi oshirilgan toʻlov-kontraktning taʼlim yoʻnalishi boʻyicha belgilangan eng yuqori miqdorining 2 barobariga teng toʻlovni amalga oshirish sharti bilan oʻqishga kirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlari natijasi boʻyicha yetarli ball toʻplamagan va oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan barcha abituriyentlar uchun oshirilgan toʻlov-kontraktning miqdori (barobari) kam boʻlgan taʼlim yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi. Bunda, abituriyent test topshirgan fanlar majmuasining (fanlarning blokdagi oʻrni) mosligi bilan birgalikda uning doimiy yashash joyi yoki hujjat topshirgan oliy taʼlim muassasasi joylashgan hudud mezon etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyent Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlov-kontrakt shartlarini birinchi oʻquv yili uchun toʻliq bajargandan soʻng oliy taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oliy taʼlim muassasalari qoʻshimcha oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan abituriyentlar haqida maʼlumotni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat test markaziga 1-noyabrga qadar taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Respublika oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha qabul qilingan talabalar birinchi oʻquv yilini tugatgandan soʻng keyingi oʻquv yilidan boshlab amalda oʻrnatilgan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori asosida oʻqishini davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari hamda “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilarini qabul qilish
(7-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-dekabrdagi 973-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga 5-ilova bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomlar asosida xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari hamda Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun masʼul vakolatli organlar taʼsis etadigan maxsus guvohnomani olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy taʼlim muassasalarining mos taʼlim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard oʻgʻlon” Davlat mukofotini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qaroriga muvofiq “Mard oʻgʻlon” Davlat mukofoti sohiblari boʻlgan umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va Davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi;
(23-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-oktabrdagi 655-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 09/21/655/0989-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga, tarkibida “Temurbeklar maktabi” boʻlgan vazirlik va idoralarning tegishliligi boʻyicha oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarisiz, tanlash tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtish natijalari boʻyicha kirish huquqi beriladi.
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdorida, respublikaning boshqa davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi (shu jumladan, ijodiy imtihonlar boʻyicha) miqdorida qoʻshimcha ball shaklida imtiyoz beriladi;
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qaroriga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi faxriy unvoniga ega boʻlgan sportchilar, xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega boʻlgan sportchilar, Oʻzbekiston sport ustasi yoki Oʻzbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega boʻlgan sportchilar hamda Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib (1-oʻrin) boʻlgan sportchilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi;
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi va tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan har yili oʻtkaziladigan pedagogika oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari bitiruvchilari va taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining “Tarbiyachi” respublika tanlovi gʻolibi, tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi gʻolibi, “Nihol” mukofoti sovrindorlari mazkur vazirliklar, idoralar va jamgʻarmalar taqdimnomalariga muvofiq Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy taʼlim muassasalariga, mos taʼlim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
(23-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish maqsadida tavsiyanomalar berish boʻyicha respublika komissiyasi taqdimnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining qarori bilan doimiy yashash joyidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagogika taʼlim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun oʻqish davrini aʼlo baholarga oʻqigan bitiruvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tavsiyasiga asosan Davlat komissiyasi qarori bilan oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining xorijiy til va adabiyoti, filologiya va tillarni oʻqitish taʼlim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz qoʻshimcha davlat grantlari asosida oʻqishga qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiada fani, tanlovlar bilan oliy taʼlim yoʻnalishlari oʻrtasidagi kasbiy muvofiqlik Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblarining arizalari haqidagi maʼlumotlarni, taʼlim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili koʻrsatilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga 22-iyulgacha boʻlgan muddatda taqdim etadilar. Davlat komissiyasi 31-iyulgacha gʻolib boʻlganlar boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralarning taqdimnomasi asosida alohida qaror qabul qiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligining musiqa, raqs, teatr, folklor, shuningdek Badiiy akademiyaning tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlari boʻyicha respublika tanlovi hamda mazkur yoʻnalishlardagi xalqaro tanlovlarning gʻoliblariga Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy taʼlim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonlarida soha boʻyicha eng yuqori ball belgilangan fandan maksimal ball olish imtiyozi beriladi.
(23-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball bir nechta fanlardan belgilangan boʻlsa, abituriyentga imtiyozli maksimal ball olish uchun fanlardan birini tanlash huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ayrim taʼlim yoʻnalishlarida bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish belgilangan boʻlsa, abituriyentga mazkur fan boʻyicha maksimal ball beriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Muddatli harbiy xizmatni oʻtagan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tasdiqlangan nizom asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Harbiy xizmatchilar orasidan yuqori natijalarga erishgan, har bir harbiy qismdan bittadan yosh harbiy xizmatchi harbiy qism qoʻmondonligi (rahbariyati) va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tavsiyanomasiga muvofiq oliy taʼlim muassasalariga tasdiqlangan davlat granti kvotalariga qoʻshimcha ravishda, imtihonlarsiz qabul qilinadi.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Oʻqishga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tanlov kirish imtihonlarining (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) fanlar majmuasi va undagi fanlar ketma-ketligining mosligi abituriyent belgilagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligi asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlari natijalari boʻyicha tanlovlarni oʻtkazishning umumiy tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentning toʻplagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu oliy taʼlim muassasasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilinadi va unga tanlagan ikkinchi va uchinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentning toʻplagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmay, u tanlagan ikkinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu ikkinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilinadi. Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentning toʻplagan ballari u tanlagan birinchi va ikkinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmay, u tanlagan uchinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlgan taqdirda, uning test sinovi natijalari faqat uchinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentning toʻplagan ballari u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmagan taqdirda, uning test sinovi natijalari birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta yoki ikkita bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlagan abituriyent, oʻzi tanlagan taʼlim yoʻnalishida tanlovda ishtirok etadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan birinchi — yettinchi xatboshlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining abituriyentlarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori asosida oliy taʼlim muassasalari 25-avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari boʻyicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi buyruqlari rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar (hujjat topshirgan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosidagi qabul kvotalari doirasida belgilangan oʻtish ballini toʻplagan boʻlsa) va koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchilar qabuli alohida davlat granti ajratilib Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov-kontrakt asosida abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan oʻqish uchun kontraktda belgilangan mablagʻ miqdori 15-sentabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda oʻtkazilgandan soʻng, oliy taʼlim muassasasining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni 2-sentabrdan boshlab darslarga qatnashishga ruxsat etish toʻgʻrisida oliy taʼlim muassasasining buyrugʻi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagida boʻlgan abituriyentlar Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar boʻyicha toʻlov-kontrakt shartlari birinchi oʻquv yili uchun toʻliq bajarilgandan soʻng abituriyent oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorlardan norozi boʻlganlar tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki sudga belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI

1. Oliy taʼlim muassasalarida yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar (keyingi oʻrinlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlar deb ataladi) test sinovlari oʻtkazilishiga qadar 11-iyuldan 20-iyulgacha oʻtkaziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Test sinovlariga qoʻshimcha tarzda nazarda tutilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar Davlat komissiyasi tasdiqlagan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bosh maqsadi abituriyentlarning tanlangan mutaxassislik boʻyicha oʻqish va keyinchalik ishlab ketish imkoniyatlarini aniqlash, ularning tanlangan fanlar boʻyicha bilimlari va malakalari darajalarini, kasbiy koʻnikmalarini, ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini baholashdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha dastur, imtihonlar savollari va topshiriqlarining mazmuni umumiy oʻrta (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari dasturlariga qatʼiy muvofiqlashtirilgan boʻlishi lozim. Sport fanlari boʻyicha imtihonlar topshiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uchun (jinsi va yoshi boʻyicha) belgilangan meʼyoriy talablarga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul qilish uchun oliy taʼlim muassasasida fan boʻyicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin rektorning buyrugʻi bilan oliy taʼlim muassasasida tegishli fanlar boʻyicha imtihonlarni tashkil etish va qabul qilish masalalari boʻyicha tajribali, malakali va masʼuliyatli oʻqituvchilar tarkibidan fan boʻyicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim hollarda oliy taʼlim muassasasi fan boʻyicha imtihon komissiyasi tarkibiga boshqa taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining asosiy ish joyi maʼmuriyatining tavsiyalariga binoan kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasi idoraviy boʻysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishgan holda fan boʻyicha imtihon komissiyasining raisligiga nomzodni oʻz vaqtida tasdiqlash uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oliy hamshiralik ishi” yoʻnalishi boʻyicha imtihon komissiyalarining raislari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qatʼiy rioya etilgan holda oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarning yozma shaklda bajargan imtihon ishlarini tekshirish va baholash kirish yozma imtihonlarini tekshirish va baholash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan oʻrniga qarab belgilangan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraligʻida, yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihonlarni baholash mezonlari har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, abituriyentlarga qoʻyilgan talablarning xususiyatlari hisobga olingan holda, oliy taʼlim muassasasining fan imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha dastur va baholash mezonlari tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar imtihon taʼlim yoʻnalishi doirasidagi qator mustaqil fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan boʻlsa, unda uni baholash uchun belgilangan ballarning umumiy miqdori, har bir fanning xususiyatlari hisobga olingan holda, differensial tartibda, uning tarkibidagi fanlarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlar eʼtiboriga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturini, ularni baholash mezonlarini, maslahatlar va imtihonlar jadvalini maʼlum qiladi. “Oliy hamshiralik ishi” yoʻnalishi boʻyicha ushbu tadbirlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon roʻyxatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining masʼul kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon qaydnomalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan oʻz vaqtida Davlat test markaziga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jadval boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan abituriyentlar uchun qayta kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilmaydi, ular navbatdagi imtihonlarga qoʻyilmaydi hamda oʻqishga qabul qilinmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy taʼlim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyatsiya) arizalarini koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi ishi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qirgʻiz tillarida olib boriladigan ayrim taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarini qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ayrim taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qirgʻiz tillarida olib boriladigan oliy taʼlim muassasalarida, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) bilan kelishgan holda, qabul koʻp balli tizim boʻyicha kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu taʼlim yoʻnalishiga arizalar faqat umumiy oʻrta taʼlim muassasasini yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini koʻrsatilgan tillarda bitirgan abituriyentlardan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻp balli tizim boʻyicha kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida qabulni amalga oshiruvchi oliy taʼlim muassasalari koʻrsatilgan holda oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qirgʻiz tillarida olib boriladigan taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxatini, kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari fanlarini Davlat komissiyasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Imtihon dasturi, savollar mazmuni va imtihonlar topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi umumtaʼlim fanlari dasturlariga qatʼiy muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni qabul qilish uchun oliy taʼlim muassasasida belgilangan tartibda fanlar boʻyicha imtihon komissiyalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasi idoraviy boʻysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishilgan holda fanlar boʻyicha imtihon komissiyalarining raisligiga nomzodlarni oʻz vaqtida tasdiqlash uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qatʼiy rioya etilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan oʻrniga qarab (tegishli ravishda 93,0 ball, 63,0 ball yoki 33,0 ball) belgilangan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraligʻida, yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihonlarni baholash mezonlari, har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, oliy taʼlim muassasasining imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin, abituriyentlar eʼtiboriga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturi, ularni baholash mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon roʻyxatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining masʼul kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihonlar natijalariga koʻra, oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi belgilangan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻrinlar kvotasiga tanlov oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlari topshirilmaydigan taʼlim yoʻnalishlarining kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi majlisining bayonnomasi va oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan belgilangan kvota doirasida davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jadval boʻyicha imtihonga kelmagan abituriyentlar navbatdagi imtihonni topshirishga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy taʼlim muassasasida kasbiy imtihonlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyatsiya) komissiyasining ishi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar adolatli va xolisona oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat oliy taʼlim muassasasi rektori va qabul komissiyasi masʼul kotibi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalariga koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Koʻzi ojizlar toifasiga quyidagi abituriyentlar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus maktab-internatlar tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yetuklik attestatiga ega shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan diplomga ega shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 yillik koʻzi ojizlar maxsus maktab internatida oʻqigan va 3 yillik oʻrta maxsus, kasb hunar taʼlim muassasasi diplomiga ega boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) hujjati yoki akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega boʻlgan koʻzi boʻyicha 1-guruh nogironligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda berilgan shakldagi maʼlumotnomasiga ega boʻlgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻzi ojiz abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga kirish chogʻlarida kirish imtihonlarini taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan test sinovlari uchun belgilangan fanlar majmuasiga mos keluvchi koʻp balli yoki ularga keltirilgan besh balli baholash tizimi boʻyicha, anʼanaviy uslubda topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fanlar boʻyicha kirish imtihonlarini oʻtkazish shakli (yozma yoki ogʻzaki) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Koʻzi ojiz abituriyentlar bilan tushuntirish ishlarini olib borish uchun oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan maxsus masʼul xodim ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi kirish imtihonlarini oʻtkazish uchun fanlar boʻyicha komissiyalarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fan boʻyicha kirish imtihonlarining dasturlari umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi umumtaʼlim fanlari dasturlariga toʻla muvofiq holda tuziladi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kirish imtihonlarini oʻtkazuvchi komissiya tarkibiga koʻzi ojizlar yoki nogironlar jamiyatining vakili kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari koʻzi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlari fanlari boʻyicha maxsus tuzilgan jadvalga binoan maslahatlar tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Koʻrsatilgan abituriyentlar toifasi uchun kirish imtihonlari oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 26-iyulga qadar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur toifaga kiradigan abituriyentlar va kirish imtihonlari natijalari haqidagi maʼlumotlar 27-iyulga qadar Davlat komissiyasiga va Davlat test markaziga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan (koʻp balli tizimda baholanganda—maksimal ballning 55 foizidan yuqori ball olgan, besh balli baholash tizimida baholanganda — “3”, “4” yoki “5” baho olgan) abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovsiz, alohida ajratilgan oʻrinlarga davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻqitishning sirtqi shakliga talabalikka qabul faqat toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻqitishning sirtqi shakliga kirish uchun hujjatlar har yili 1-iyuldan 30-iyulgacha boʻlgan muddatda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim muassasasi taʼlim yoʻnalishi (fan) boʻyicha imtihon komissiyasining raisligiga nomzodni oʻz vaqtida tasdiqlash uchun boʻysunuviga qarab tegishli vazirlik yoki idora bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasi taʼlim yoʻnalishi (fan) boʻyicha imtihon komissiyasining raislari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kirish imtihonlari boshlanishidan oldin rektorning buyrugʻi bilan tegishli fanlar boʻyicha imtihonlarni tashkil etish va qabul qilish uchun tajribali, malakali va masʼuliyatli professor-oʻqituvchilar tarkibidan taʼlim yoʻnalish (fan)lari boʻyicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ayrim hollarda oliy taʼlim muassasasi taʼlim yoʻnalishi (fan) boʻyicha imtihon komissiyasi tarkibiga nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda boshqa taʼlim muassasalari oʻqituvchilari asosiy ish joyi maʼmuriyatining tavsiyalariga binoan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻqitishning sirtqi shakliga kirish imtihonlari dasturlari, baholash mezonlari hamda kirish imtihonlari boʻyicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi oliy taʼlim muassasasining rektori tomonidan boʻysunuvi boʻyicha vazirlik yoki idora bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va kirish imtihonlari boshlanishidan oldin abituriyentlar eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish imtihonlari topshiriqlari umumiy oʻrta (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport fanlari boʻyicha imtihonlar topshiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uchun (jinsi va yoshi boʻyicha) belgilangan meʼyoriy talablarga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kirish imtihonlari oʻtkazilishidan bir hafta oldin abituriyentlarga oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi masʼul kotibi imzolagan va oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi muhri qoʻyilgan va ushbu tartibga 1-ilovada namuna sifatida keltirilgan ruxsatnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kirish imtihonlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli oʻtkazish masʼuliyati oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari raislari, fan boʻyicha imtihon komissiya raislari va ular tomonidan tayinlanadigan masʼul xodimlarga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kirish imtihonlari har yili 16-avgustdan 25-avgustgacha boʻlgan muddatda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish imtihonlari kamida 3 ta fandan muayyan taʼlim yoʻnalishida oʻqitish tilida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pedagogika taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirayotgan abituriyentlarga kasbiy layoqatiga muvofiq kasb tanlashga koʻmaklashish oliy taʼlim muassasalari tomonidan ochiq eshiklar kuni, karyera kuni, mehnat yarmarkasi tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek, abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayonida fakultetlarda tashkil etilgan kasbga yoʻnaltirish xonalarida maslahatlar berish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Imtihonlarga ajratiladigan vaqt imtihon dasturlariga muvofiq oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kirish imtihonlari oʻtkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan boʻlsa, imtihonlar davomida imtihon topshiriqlarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, imtihonlar uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin imtihon topshiriqlarini topshirishdan bosh tortsa, imtihon topshiriqlarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, abituriyent imtihon oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va taʼlim yoʻnalishi (fan) boʻyicha imtihon komissiyasi raisi (aʼzosi) tomonidan dalolatnoma tuzilib, u imtihondan chetlashtiriladi va oʻqishga qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Imtihon jarayoni har bir guruhda kamida 2 nafar guruh nazoratchisi kuzatuvida komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga qatʼiy rioya etilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Abituriyentlarning yozma (amaliy) shaklda bajargan imtihon ishlarini tekshirish va baholash shifrlash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish imtihoni tugaganidan soʻng guruh nazoratchisi abituriyentlarning yozma (amaliy) imtihon ishlarini qabul qilib olish, har bir yozma (amaliy) ish va uning ushbu tartibga 2-ilovada namuna sifatida keltirilgan titul varagʻiga identifikatsiya raqamlari (shifr)ni qoʻyish hamda imtihon komissiyasi raisiga ushbu imtihon ishlarini tekshirishga berish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma (amaliy) imtihon ishlariga qoʻyilgan shifrlarning maxfiyligini taʼminlashga guruh nazoratchisi shaxsan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma (amaliy) imtihon ishlarini shifrlash va qayta tiklash hamda ularni tekshirish va baholash maxsus ajratilgan xonalarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma (amaliy) imtihon ishlarini obyektiv tekshirish va baholash uchun masʼuliyat fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va aʼzolariga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma (amaliy) imtihon ishlari qabul komissiyalarining maxsus xonalarida bir yil saqlanadi va ushbu muddat oʻtganidan soʻng belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qabul komissiyalari faoliyati oliy taʼlim muassasasi boʻysunuviga koʻra vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari yoki tegishli vazirlik va idoralar tomonidan vakolat berilgan xodimlar tomonidan kuzatib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Imtihonlar, tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga muvofiq keluvchi 3 ta fan majmualarida toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning oʻrniga qarab uning uchun ajratilgan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraliqda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Imtihonlar natijalari ballar miqdori sifatida, titul varagʻiga va qaydnomaga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasining masʼul kotibi tomonidan imzolanadi hamda muhrlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻqitishning sirtqi taʼlim shakli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq fanlar majmuasidagi har bir fan boʻyicha imtihon natijalari imtihon xususiyatiga qarab, imtihon oʻtkazilganidan keyin 1 — 3 kun muddatda oliy taʼlim muassasasi rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oliy taʼlim muassasasida imtihonlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyatsiya) arizalarini koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi ishi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norozilik (apellyatsiya) arizalari imtihon natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jadval boʻyicha imtihonlarga (imtihon fani, bosqichi yoki turiga) kelmagan abituriyentlar uchun qayta imtihonlar oʻtkazilmaydi va ular oʻqishga qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kirish imtihonlari natijalariga koʻra abituriyentlarni talabalikka tavsiya etish toʻgʻrisida oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi qabul qilinib, kirish imtihonlari qaydnomalari har yili 29-avgustga qadar boʻysunuviga koʻra tegishli vazirlik (idora)ga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqitishning sirtqi shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni 2-sentabrdan boshlab darslarga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisida oliy taʼlim muassasasining buyrugʻi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqitishning sirtqi shakliga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan oʻqish uchun shartnomada belgilangan mablagʻ miqdori 15-sentabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda oʻtkazilgandan soʻng, oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sirtqi taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorlardan norozi boʻlganlar belgilangan tartibda, tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish tartibiga

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga (keyingi oʻrinlarda magistratura deb ataladi) talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasiga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Magistraturaga qabul oliy taʼlim muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Magistraturaga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kirish sinovlari natijalariga koʻra, toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistraturaga qabul tegishli taʼlim yoʻnalishi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul boʻyicha) oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega boʻlgan shaxslar oʻrtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega boʻlgan shaxslar turdosh taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatidagi ixtisosliklarning birida tanlovda qatnashish huquqiga egalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistraturaga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham toʻlov-kontrakt boʻyicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kirish sinovlarida eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi taʼminlanadi. Qolgan abituriyentlar ballar reytingi asosida belgilangan toʻlov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov har bir oliy taʼlim muassasasi boʻyicha magistrlik mutaxassisligi, oʻqitish tili va shakliga koʻra alohida oʻtkaziladi. Ayrim magistratura mutaxassisliklari boʻyicha hududlar kesimida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari (oliy taʼlim muassasasi) boʻyicha alohida oʻtkaziladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kirish sinovlari tegishli mutaxassislik oʻqitiladigan tilda oʻtkaziladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistraturada oʻqitish tili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul koʻrsatkichlari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Abituriyentlar magistraturaga kirish sinovlarini oliy taʼlim muassasasida oʻqiydigan tilda topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Magistraturaga qabul qilish ishlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq joriy oʻquv yili uchun tayinlangan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi va magistraturaga qabul qilish ishlari boʻyicha qabul komissiyasi masʼul kotibining oʻrinbosari tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, shuningdek “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari boʻlgan oliy taʼlim muassasalari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoshlar oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning taʼlim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Magistraturaga kirish imtihonlari boshlanishidan bir oy avval, oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi magistraturaga qabul qilish muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va ajratilgan oʻrinlar haqidagi axborotni belgilangan tartibda eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega boʻlganlar, diplomli mutaxassislar) oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura mutaxassisligi koʻrsatilgan holda, oliy taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan koʻchirma — Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport turining alohida yoʻnalishlari” magistratura mutaxassisligiga esa kamida Oʻzbekiston sport ustaligiga yoki Oʻzbekiston grossmeysterligiga nomzod sport razryadiga ega boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud boʻlgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
086-U-shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻqishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi.
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hujjatlar 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasportini shaxsan koʻrsatadilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlganda oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kirish sinovlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Magistraturaga kirish sinovi umumiy ballari quyidagilardan tashkil topadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistraturaga kirishda tanlagan mutaxassislik boʻyicha bilim darajasini belgilovchi maxsus fanlardan sinov oʻtkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil etadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili) fani boʻyicha sinov oʻtkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisining umumiy reytingi yoki oʻzlashtirish koʻrsatkichi (oʻzlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha boʻlgan diapazonda yuzdan bir aniqlikda, oʻzlashtirgan fanlarining oʻrtacha bali orqali ifodalanadi) aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL boʻyicha kamida 72 yoki IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR boʻyicha kamida B2) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan Chet tilini bilish darajasi haqidagi B2 yoki C1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qoʻyiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistraturaga oʻqishga kirishda eng koʻp (maksimal) toʻplanishi mumkin boʻlgan ball — 250 ni tashkil etadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Abituriyentlar quyidagi fanlardan yozma (yoki ijodiy) kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) topshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura mutaxassisligiga muvofiq keluvchi taʼlim yoʻnalishining maxsus fanlari (2 tagacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Informatika va axborot texnologiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti taʼlim yoʻnalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) oʻtkazish shakli va fanlar boʻyicha sinov dasturlari hamda abituriyentlarning bilimlarini baholash mezonlari oliy taʼlim muassasasining rektori tomonidan tegishli vazirliklar, idoralar va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va kirish sinovlari boshlanishidan bir oy avval abituriyentlar eʼtiboriga yetkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-banddan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 — 15-avgust kunlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) oʻtkazilishiga qadar, oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov fanlari boʻyicha maslahatlar tashkil etiladi. Maslahatlar jadvali oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va rektor tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kirish sinovlarini oʻtkazish uchun rektorning buyrugʻi bilan har bir sinov fanlari boʻyicha komissiyalar tashkil etiladi. Fanlar boʻyicha komissiya raislari, oliy taʼlim muassasasining idoraviy boʻysunishiga qarab, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sinov fanlari boʻyicha komissiya tarkibi oliy taʼlim muassasasining yetuk va tajribali professor-oʻqituvchilari tarkibidan tashkil etiladi. Zarur hollarda uning tarkibiga boshqa oliy taʼlim muassasasining oʻqituvchilari ham jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sinov fanlari boʻyicha komissiya raislari zimmasiga quyidagi masʼuliyat yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish sinovlari sifatli oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida komissiya tarkibiga malakali, talabchan va adolatli professor-oʻqituvchilarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzolarining vazifalarini belgilash (maslahatlar berishni tashkil etish, imtihon savollarini tuzish, javoblarni baholash mezonlarini ishlab chiqish va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov jarayoniga rahbarlik qilish va nazorat etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Fanlar boʻyicha sinovlarni oʻtkazish tartibi (oʻqituvchilarni auditoriyalarga taqsimlash, javoblarni shifrlash hamda tekshirish va hokazolar) oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kirish sinovlarining natijalari, baholash mezonlariga muvofiq ball bilan belgilanadi va qaydnomalarga kiritiladi. Qaydnomalar fan boʻyicha imtihon komissiyasining aʼzolari, qabul komissiyasining masʼul kotibi tomonidan imzolanadi va qabul komissiyasining raisiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan abituriyentlarning sinov ishlari ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlariga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqishga qabul qilinmaganlarning sinov ishlari 6 oy davomida saqlanadi, soʻng belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topshirish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistraturaga mutaxassislik boʻyicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball toʻplaganlar, shuningdek, belgilangan muddatlarda kirish sinovlariga kelmaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oliy taʼlim muassasasida belgilangan tartibda apellyatsiya (norozilik) komissiyasining ishi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent sinov natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, sinov natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellyatsiya qilish haqidagi ariza bilan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi raisi yoki apellyatsiya (norozilik) komissiyasi raisiga murojaat etishi mumkin. Apellyatsiya haqidagi arizani koʻrib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Magistraturaga koʻzi ojiz abituriyentlarni qabul qilish Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Abituriyentni toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish va oʻqish uchun toʻlov tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida kirish sinovlarining ballar reytingi boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida magistraturaga tavsiya etish toʻgʻrisida Davlat komissiyasining qarori qabul qilingandan keyin oliy taʼlim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontrakt rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi tomonidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun toʻlov har yili kontrakt shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Oʻqishga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat komissiyasining oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori 20-avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy taʼlim muassasalarida 25-avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari boʻyicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining buyruqlarini rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan oʻqish uchun belgilangan mablagʻ miqdori 15-sentabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda oʻtkazilgandan soʻng, oliy taʼlim muassasasining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311. Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha qarorlardan norozi boʻlganlar tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki sudga belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
(311-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va oliy taʼlim sohasidagi boshqa qonunchiligiga muvofiq oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga, oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xorijiy fuqarolarning oʻqishini xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish (tiklash) suhbat asosida amalga oshiriladi. Ularning toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi hamda bu boradagi komissiyalar faoliyatining shaffofligini taʼminlash maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda oliy taʼlim muassasalarning saytlarida alohida maʼlumotlar bazasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar bazasi mazkur Nizom, hududiy ishchi guruhlar tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati va ularga topshiriladigan hujjatlar namunalari, xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlar uchun sinovlarni oʻtkazish muddatlari, manzili aks ettirilgan jadvaldan tashkil topadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashning umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashda (keyingi oʻrinlarda talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash deb ataladi) taʼlim yoʻnalishlarining (mutaxassisliklarining) nomlanishi bir xil boʻlganda bunday taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) mos deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlimning turdosh taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Talabalar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) qarorlari asosida amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bir oliy taʼlim muassasasi doirasida oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari hamda mos mutaxassisliklari boʻyicha talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash shu oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagi hollarda talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy taʼlim muassasasi boʻysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari hamda mos mutaxassisliklari boʻyicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy taʼlim muassasasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari hamda mos mutaxassisliklari boʻyicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy taʼlim muassasasidan boshqa oliy taʼlim muassasasiga.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagi hollarda talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʻlgan oliy taʼlim muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oliy taʼlim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik yoki idora yoxud turli vazirliklar va idoralar tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga oliy taʼlimning turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga va istisno tariqasida mos boʻlmagan mutaxassisliklariga.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagi holatlar fuqaroning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega boʻlmagan oliy taʼlim muassasalarida yoki ularning filiallarida oʻqiganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud taʼlim shaklidan oʻzga (boshqa) taʼlim shaklida oʻqiganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining markazlari, boʻlimlari, oʻquv-maslahat punktlari va boshqalarda oʻqiganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi kursning birinchi semestriga birinchi semestr tugallanmagan holatda oʻqishni koʻchirishga (talabaga kasallik tufayli akademik taʼtil berilgan holatlar, oʻqigan taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlmaganda koʻchirib tiklash holatlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasida mos (turdosh) taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) yoki taʼlim shakli mavjud boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy oʻquv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari boʻyicha farqlar 4 tadan oshganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilganlar toʻlovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabaning shaxsiy yigʻma jildi (akademik maʼlumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasiga davlat granti asosida koʻchirish va qayta tiklash davlat granti asosida taʼlim oluvchilar soni (qabul kvotalari) doirasida boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli qabul qilinganlar boshqa taʼlim yoʻnalishi yoki taʼlim shakliga, boshqa oliy taʼlim muassasasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechki (smenali) taʼlimdan sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimga hamda kechki (smenali) taʼlimning bir taʼlim sohasidan ikkinchi taʼlim sohasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir taʼlim shaklidan maxsus sirtqi taʼlim shakliga hamda maxsus sirtqi taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shakliga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talaba Oʻzbekiston va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro kelishuvi asosida qabul qilinib qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan boʻlsa (mazkur qoʻshma dasturning oʻzi bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda.
(9-bandninng 17-xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning oʻqishini koʻchirish (qayta tiklash) boʻyicha arizasiga rad javobi berilgan taqdirda, arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan muddatda, arizada koʻrsatilgan manzilga, arizani koʻrib chiqqan komissiya yoki komissiya vakolat bergan tashkilot tomonidan javob xati yoʻllanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabalarning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashni rasmiylashtirishda oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) belgilangan tartibda oʻquv rejalari va dasturlardagi mavjud akademik qarzlarni yoki farqlarni (namunaviy oʻquv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari boʻyicha farqlar 4 tadan oshmasligi lozim) topshirish tartibi va muddatlarini (joriy semestr davomida), oʻqitish kursi (semestri) hamda oʻqishga qabul qilishning qonunchilikda belgilangan boshqa shartlarini belgilaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan talabalar ikkinchi kursdan boshlab oʻqishning bir oʻquv yiligacha boʻlgan muddatni xorijiy oliy taʼlim muassasasining yurisprudensiya yoʻnalishida oʻqish huquqiga ega. Talabaning xorijiy oliy taʼlim muassasasida oʻqigan davri va oʻzlashtirgan fanlari xorijiy oliy taʼlim muassasasi maʼlumotnomasi asosida universitet Kengashi tomonidan universitet oʻquv rejasi va dasturlarining tegishli qismlarini oʻzlashtirganligi sifatida qabul qilinishi va talabaga oʻqishini tegishli oʻquv semestridan davom ettirish huquqi berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Toʻlov-kontrakt asosida talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashda toʻlov-kontraktni tuzish tartibi va shartlari, jumladan, toʻlov mablagʻlari va muddatlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklashni amalga oshirish tartibi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oliy taʼlim muassasalari talabalarining oʻqishini koʻchirish (keyingi oʻrinlarda Talabalar oʻqishini koʻchirish deb ataladi) boʻyicha arizalarni topshirish va koʻrib chiqish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishini koʻchirish boʻyicha arizalarni taqdim etish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizalarni oliy taʼlim muassasasi, tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 5-avgustdan 30-avgustga qadar amalga oshiriladi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabalar oʻqishini koʻchirish uzrli sabablarga koʻra (respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan (pasport boʻyicha doimiy roʻyxatdan oʻtgan) hududga koʻchib oʻtganda, turmush oʻrtogʻi yoki ota-onasi harbiy xizmat oʻtash joyini oʻzgartirganda, yoxud ota-onasi (turmush oʻrtogʻi) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda:
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishini koʻchirish boʻyicha ariza topshirish — har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishini koʻchirish boʻyicha arizani koʻrib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Talabalarning oʻqishini koʻchirish haqidagi arizalari mos ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan — oliy taʼlim muassasasining qabul komissiyasiga topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan Hududiy ishchi guruhlarga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan hujjatlarni umumlashtirib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi talabalar oʻqishini koʻchirish haqidagi arizalarni mazkur Nizomda belgilangan vakolatlar doirasida shakllantirib Davlat komissiyasiga va vazirliklar (idoralar)ga qaror qabul qilish uchun yoʻllaydi.
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻqishini koʻchirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchirish (qayta tiklash)ni istagan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), oʻquv tili va shakli koʻrsatilgan holdagi ariza (arizada oʻqigan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), taʼlim shakli, maqsadli qabul boʻyicha oʻqishga kirmaganligi, koʻchirish (qayta tiklash) sabablari, koʻchirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi);
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasportning nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Talabalar oʻqishini koʻchirish haqidagi arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha ariza koʻrib chiqilib, oliy taʼlim muassasasi rektorining tegishli qarori qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga shaxsan maʼlum qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar tegishli vazirlik (idora) tomonidan koʻrib chiqilib, qaror qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga maʼlum qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar Davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar koʻrib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda, tegishli vazirlik (idora) oliy taʼlim muassasasiga belgilangan shaklda xat yoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar koʻrib chiqilib, ijobiy hal etilgan taqdirda, Davlat komissiyasi oliy taʼlim muassasasiga belgilangan shaklda xat yoʻllaydi.
(18-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasining xati asosida oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan oʻqishi koʻchirilayotgan talaba darslarga qoʻyiladi hamda ushbu oliy taʼlim muassasasi tomonidan talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasiga uning shaxsiy yigʻma jildini joʻnatish uchun soʻrovnoma yuboriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Soʻrovnoma olingandan soʻng, talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasi rektorining talabalar safidan chetlashtirish haqida buyrugʻi asosida uch kun muddatda talabaning shaxsiy yigʻma jildi (roʻyxati bilan) uni oʻqishga qabul qilgan oliy taʼlim muassasasiga joʻnatiladi yoki ariza bilan oʻqishi koʻchirilgan talabaga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yigʻma jild joʻnatilishi mumkin boʻlmagan hollarda (yopiq yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash) oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan akademik maʼlumotnoma talabani oʻqishga qabul qilgan oliy taʼlim muassasasiga joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqishi koʻchirilishiga ruxsat etilgan talabaning maqsadli qabul asosida oʻqiyotganligi oʻqib turgan oliy taʼlim muassasasi tomonidan tekshiriladi va haqiqatda maqsadli qabul asosida oʻqiyotganligi aniqlangan taqdirda soʻrovnoma yuborgan oliy taʼlim muassasasiga hamda talabaga mazkur talabaning oʻqishi koʻchirilishi mumkin emasligi toʻgʻrisida uch kun muddatda tegishli xat yoʻllanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasida uning akademik maʼlumotnomasi, reyting daftarchasi, oʻquv kartochkasi, shuningdek joʻnatilayotgan hujjatlar roʻyxatining nusxasi qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻqishning barcha shakllari boʻyicha oliy taʼlimning mos va turdosh yoʻnalishlari hamda mos mutaxassisliklari boʻyicha davlat grantlari oʻrinlariga koʻchirishga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga koʻra oliy taʼlim muassasalarida tegishli oʻquv yilidagi qabul qilish kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi sifatida hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga ajratilgan kvota doirasida davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini oliy taʼlimning mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari hamda mos mutaxassisliklariga davlat granti asosida koʻchirilishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa hollarda, shuningdek, xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishni koʻchirish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish va koʻchirib qayta tiklash istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarda tashkil qilingan komissiyalarda oʻqishi koʻchirilayotgan oliy taʼlim muassasalarining muayyan taʼlim yoʻnalishidagi oʻqishga kirish fanlari boʻyicha oʻqiydigan tilida maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turmush oʻrtogʻi yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini oʻtash joyi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda oliy taʼlim muassasalariga ega vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga oʻqishga yuborilganlarning oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish maxsus sinovlarsiz Davlat komissiyasi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) natijasi Davlat komissiyasiga taqdim etiladi. Maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma ish shaklida) natijasidan kelib chiqib, fuqaro Davlat komissiyasi qarori bilan koʻrsatilgan oʻquv shaklidagi guruhlarga toʻlov-kontrakt asosida koʻchiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchirilayotgan oliy taʼlim muassasasida tegishli oʻqitish tili mavjud boʻlmasa, oʻqitish tilini tanlash fuqaroning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatdan joy olgan Rossiya Federatsiyasi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalarning arizalariga muvofiq ularning oʻqishi Davlat komissiyasi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga sinovlar (test, yozma ish)siz toʻlov-kontrakt asosida koʻchiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatdan joy olgan Rossiya Federatsiyasi davlat oliy taʼlim muassasalari roʻyxati har yili Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Xorijiy oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga koʻchirilishiga ruxsat etilmaydi.
(231 va 232-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning talabani belgilangan tartib va muddatda darslarga qatnashishiga ruxsat etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasidan uning shaxsiy yigʻma jildi (shaxsiy yigʻma jild joʻnatilishi mumkin boʻlmagan hollarda — akademik maʼlumotnomasi) olingandan keyin rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi koʻchirilganlarni talabalar safiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi ular tomonidan belgilangan muddatda shartnoma toʻlovlari bajarilgandan soʻng 10 kun muddatda qabul qilinadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻquv rejalardagi fanlari boʻyicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy semestr davomida akademik qarzdorlik (farqlar) bartaraf etilgan muddatdan boshlab, oliy taʼlim muassasasi rektorining talabaga oʻrnatilgan tartibda stipendiya berish haqidagi buyrugʻi chiqariladi. Stipendiya miqdorini belgilashda fanlar boʻyicha farqlarni topshirish koʻrsatkichlari ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oliy taʼlim muassasasida yuridik shaxs bilan tuzilgan toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar oʻqishini koʻchirish ushbu yuridik shaxsning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini qayta tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oliy taʼlim muassasalari talabalarining oʻqishini qayta tiklash (keyingi oʻrinlarda Talabalar oʻqishini qayta tiklash deb ataladi) boʻyicha arizalarni topshirish va koʻrib chiqish bir yilda ikki marta amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishini kuzgi semestrga qayta tiklash boʻyicha ariza topshirish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishini bahorgi semestrga qayta tiklash boʻyicha ariza topshirish — har yili 15-yanvardan 25-yanvarga qadar davom etadi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklash boʻyicha arizalarni oliy taʼlim muassasasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik (idora) tomonidan koʻrib chiqib qaror qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzgi semestrga qayta tiklash uchun — har yili 5-avgustdan 30-avgustga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bahorgi semestrga qayta tiklash uchun — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Talabalar safidan chetlashtirilgan fuqarolar oʻqishini boshqa oliy taʼlim muassasasiga mos (turdosh) taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi)ga koʻchirib tiklash toʻgʻrisida ariza berish huquqiga ega. Bunda arizaga oʻqishni koʻchirish tartibidagi hujjatlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Talabalar oʻqishini qayta tiklash haqidagi arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha ariza koʻrib chiqilib, oliy taʼlim muassasasi rektorining tegishli qarori qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga shaxsan maʼlum qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar tegishli vazirlik yoki idora tomonidan koʻrib chiqilib, qaror qabul qilinadi va bu haqda ariza bergan shaxsga maʼlum qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha arizalar Davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.
(29-bandning uchinchi-toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Barcha oʻquv shakllari boʻyicha talabalar safiga qayta tiklash toʻlov-kontrakt asosida mazkur Nizom talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan yetimlar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan (zaxiraga boʻshagan kunlaridan boshlab uch yil mobaynida), akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan shaxslar, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga oʻqishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytgan talabalar istisno tariqasida oʻqishga (muayyan kursga) davlat grantlari oʻrinlariga qayta tiklanishi mumkin.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Respublika oliy taʼlim muassasalarining talabasi boʻlgan hamda hukumatlararo yoki idoralararo yoki oliy taʼlim muassasalariaro kelishuv doirasida xorijiy oliy taʼlim muassasasida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasasida tahsil olgan taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan yoʻnalish boʻyicha, bir yoki bir necha semestr oʻqib (Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasasi bilan kelishuv asosida) belgilangan muddatda qaytgan talabalarning xorijiy oliy taʼlim muassasasida taʼlim olgan muddatlarini (semestr) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasasida inobatga olgan holda (muayyan taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklida, jumladan, davlat granti asosida tahsil olgan talabalar — davlat granti asosida) oʻqishini davom ettirishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda muayyan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha namunaviy oʻquv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari boʻyicha farqlarni tegishli oʻquv semestri davomida qayta oʻzlashtirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatdan kech qaytgan talabalar oʻqishining tiklanishi umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning talabani talabalar safiga qayta tiklashga, belgilangan tartib va muddatlarda darslarga qatnashishiga ruxsat etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi (koʻchirib tiklashda talaba ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasidan uning shaxsiy yigʻma jildi (shaxsiy yigʻma jild joʻnatilishi mumkin boʻlmagan hollarda — akademik maʼlumotnomasi) olingandan keyin) rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi tiklanganlarni talabalar safiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi ular tomonidan belgilangan muddatda shartnoma toʻlovlari bajarilgandan soʻng 10 kun muddatda qabul qilinadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻquv rejalardagi fanlari boʻyicha farqlar aniqlanganda talaba akademik qarzdor sifatida oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy semestr davomida akademik qarzdorlik (farqlar) bartaraf etilgan muddatdan boshlab, oliy taʼlim muassasasi rektorining talabaga oʻrnatilgan tartibda stipendiya berish haqidagi buyrugʻi chiqariladi. Stipendiya miqdorini belgilashda fanlar boʻyicha farqlarni topshirish koʻrsatkichlari ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻqishdan chetlashtirilgan (kursdan qoldirilgan) oʻquv yilida kursiga talabani oʻqishga qayta tiklashga (koʻchirib tiklashga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Talabani boshqa oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirib qayta tiklashda uning ilgari taʼlim olgan oliy taʼlim muassasasi roziligi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oʻqishdan chetlatilganligiga 5 yildan 10 yilgacha muddat (harbiy xizmatda boʻlganlik, uch yoshgacha boʻlgan bolalarni parvarish qilish bilan bogʻliq mehnat taʼtili hamda sogʻliqni qayta tiklash vaqtlari ushbu muddatga kirmaydi) boʻlgan hollarda talabalar oʻqishini qayta tiklash oliy taʼlim muassasasi boʻysunuvidagi vazirlik va idoralar ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oliy taʼlim muassasalari talabalarini oʻqishdan chetlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Talaba oliy taʼlim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻz xohishiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻqishning boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/344/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻquv intizomini va oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) vafot etganligi sababli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatni oʻtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish taʼtillari davrida hamda oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda akademik taʼtil berilishi mumkin.
(36-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/344/0521-son)
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Belgilangan muddatlarda fanlarni oʻzlashtira olmagan (akademik qarzdor boʻlgan) talaba oliy taʼlim muassasasi rektori buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba toʻlov-kontrakt asosida oʻqishini quyi kursning tegishli oʻquv semestri boshidan boshlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabalar oʻquv yuklamasi hajmini aniqlashning shartli birliklari (kreditlar)ni oʻtkazish va jamlash tizimi joriy etilgan oliy taʼlim muassasalarida akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talabalar quyi kursdagi tegishli oʻquv semestridan boshlab faqat oʻzlashtira olmagan fanlarini (modullarni) takroran oʻqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kursdan qoldirilgan talaba ushbu Nizomning 36-bandidagi holatlar boʻyicha talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oliy taʼlim muassasasi maʼmuriyati tashabbusi bilan ushbu Nizomning 36-bandi “e)” kichik bandiga koʻra talabalarni oʻqishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi aʼzosi boʻlgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Nizomning 36-bandi “g)” kichik bandiga koʻra chetlashtirilayotgan holda, taʼlim muassasasining Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Talaba oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirilganda, unga (ota-onasi yoki huquqiy vasiysiga ularning arizasi bilan) shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yigʻma jildga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Talabalar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash jarayonida shaxsiy yigʻma jilddagi hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilganligi yoxud hujjatlar oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanmaganligi aniqlangan hollarda oliy taʼlim muassasasi rektori mazkur hujjatlarni tekshirish va buyruq chiqarmaslik huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirgan yoki qayta tiklagan talabalarning shaxsiy yigʻma jildiga tegishli buyruqdan koʻchirma, ariza va akademik maʼlumotnoma tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Oliy taʼlim muassasalari har yili Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga zarur miqdordagi akademik maʼlumotnoma blankalariga buyurtmalar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik maʼlumotnoma blanklarining qatʼiy hisobi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik maʼlumotnoma blankalarining oliy taʼlim muassasalarida saqlanishi, roʻyxatga olinishi va berilishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi va ularning qonuniyligi uchun javobgarlik oliy taʼlim muassasalariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda rektor hujjatlarni yuborgan oliy taʼlim muassasalaridan rasmiy xat bilan maʼlumotlar toʻgʻriligini tasdiqlashni soʻrashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish va tiklashiga asos boʻlgan barcha hujjatlar vakolat doirasi boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, shuningdek oliy taʼlim muassasalarida 3 yil davomida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qarorlardan norozi boʻlganlar belgilangan tartibda, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashni amalga oshirish muddatlariga Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 545-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/914/0255-son, 12.01.2018-y., 09/18/18/0550-son, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son; 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son; 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son; 21.12.2019-y., 09/19/1022/4181-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 23.06.2020-y., 09/20/402/0800-son, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son, 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son, 13.10.2020-y., 09/20/646/1382-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/344/0521-son, 22.10.2021-y., 09/21/655/0989-son, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son; 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son; 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)