Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.01.2002 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMLARINI ANIQ YO‘NALTIRILGAN TARZDA QO‘LLAB-QUVVATLAShNING 2002-2003 YILLARGA MO‘LJALLANGAN DASTURINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning 2001-yil 6-dekabrdagi 306-II-son qarorida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘risida” 2002-yil 25-yanvardagi PF-3017-son Farmonida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2002-yil 1-sentabrdan boshlab kam ta’minlangan oilalarga mansub boshlang‘ich sinflarning o‘quvchilari bilan bir qatorda, shuningdek yuqori sinflarning kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilari ham bepul qishki kiyim-bosh to‘plami bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumta’lim maktablarining kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarini kutubxona fondidan darsliklar to‘plami bilan har yili bepul ta’minlash joriy etilsin, bunda 2002-yil 1-sentabrdan boshlab kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarning kamida 75 foizini, 2003-yil 1-sentabrdan boshlab esa — kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarning 100 foizini darsliklar bilan ta’minlash nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan to‘liq davlat ta’minotidagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular barcha turdagi umumta’lim maktablarini bitirib chiqayotganda va ishga joylashayotganda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun to‘lanadigan nafaqalar miqdorini 2002-yilda — eng kam oylik ish haqi miqdorining 80 baravarigacha, 2003-yilda — 100 baravarigacha, shuningdek pul nafaqasini 2002-yilda eng kam oylik ish haqi miqdorining 3 baravarigacha va 2003-yilda 5 baravarigacha miqdorda oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv muassasasi yashash joyidan uzoq masofada joylashgan hollarda budjet mablag‘lari hisobiga imtiyozli transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlash yo‘li bilan kuchaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, bolani o‘z tarbiyasiga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga olingan har bir bola uchun eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida har oylik nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan bir yo‘la ta’minlashning bolalarning yoshiga qarab kiyim-bosh va poyabzal berish normasi va ro‘yxatini belgilaydigan tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa to‘lash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan bir yo‘la ta’minlash xarajatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan, mahalliy hokimiyat organlarining tegishli qarorlari asosida, mahalliy budjetlarning zaxira jamg‘armalaridan mablag‘ bilan ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘ bilan ta’minlanadigan xarajatlar miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblar asosida, tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xalq ta’limi boshqarmalari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq joylarda ishlaydigan o‘qituvchilarning axborot bilan ta’minlanganligini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi 2002-yil 1-yanvardan boshlab (qishloq joylardagi) umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining kutubxona fondi o‘ntagacha turdagi gazeta va jurnallarga, asosan respublika ommaviy axborot vositalariga mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga majburiy obuna qilinishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Mahalla” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishlamayotgan onalarga oilaning mazkur nafaqaga muhtojligidan kelib chiqqan holda bolani ikki yoshga to‘lgunga qadar parvarish qilish bo‘yicha oylik nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. Mazkur nafaqani tayinlashda ijtimoiy adolat, ochiq-oydinlik va oshkoralik prinsiplariga rioya qilinishi ta’minlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, Xalq banki bilan birgalikda onalarga oilalarning mazkur nafaqaga muhtojligini hisobga olgan holda bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish staji bo‘yicha cheklashning olib tashlanishi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan pensiyalar miqdorini ikki hafta muddatda qayta hisob-kitob qilib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank, O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikni mablag‘ bilan ta’minlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda ularga tijorat banklari orqali, shu jumladan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa moliyaviy barqaror nodavlat notijorat tashkilotlari kafilligi ostida garovsiz asosda mikrokreditlar berilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari hamda “Mahalla” jamg‘armasining mintaqaviy bo‘limlari bilan birgalikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlash, oilalarga nafaqalar belgilashda ijtimoiy adolatni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirishida har tomonlama amaliy va metodik yordam ko‘rsatishni tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 25-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 25-yanvardagi 33-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(I, II va III bo‘limlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 8-son, 101-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Vazirlar Mahkamasining “O‘qituvchilar va o‘quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son 29-modda) 4-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) birinchi xatboshidan “har bir kishiga eng kam ish haqining 16 baravari miqdori hisobidan” so‘zlari chiqarib tashlansin, “eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdorida” so‘zlari “Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ikkinchi xatboshidagi “eng kam ish haqining 16 baravari miqdorida” so‘zlari “Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan Birinchi sinf o‘quvchilarini o‘quv qurollari to‘plami bilan tekin ta’minlash tartibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-bandda “tanlov asosida” so‘zlari “bir kontrakt bo‘yicha mahsulot yetkazib berishning so‘mdagi ekvivalenti 100 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan hollarda belgilangan tartibda tender asosida hamda boshqa barcha hollarda tanlov asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 12-band “moliya organlari” so‘zlaridan keyin “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bo‘linmalari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan Kam ta’minlangan oilalarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qishki kiyim-bosh to‘plami bilan ta’minlash tartibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 1-banddagi “I—IV sinflar” so‘zlari “I—IX sinflar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 3-banddagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 5-bandda “tanlov asosida” so‘zlari “bir kontrakt bo‘yicha mahsulot yetkazib berishning so‘mdagi ekvivalenti 100 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan xollarda belgilangan tartibda tender asosida hamda boshqa barcha hollarda tanlov asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 2-son, 22-modda; 2013-y., 8-son, 101-modda)