Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2023 30.09.2017 yildagi PQ-3305-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash hamda maktabgacha taʼlim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha taʼlim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 07/12/3651/1007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 07/12/3651/1007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 07/12/3651/1007-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tuzilmasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari, tuman (shahar)lar maktabgacha taʼlim boʻlimlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorni amalga oshirish xarajatlari uchun 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Ijtimoiy soha” uchun nazarda tutilgan parametrlari doirasida mablagʻlar ajratsin, 2018-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarordan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yil uchun tasdiqlangan xarajatlari smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqishda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan taklif kiritsin;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining markaziy apparatiga 4 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmalariga 14 ta yengil xizmat avtotransport vositalarini saqlashga limit hamda ularning xaridi uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari moddiy-texnika bazasini shakllantirish uchun zarur boʻlgan jihozlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish hamda ularning maʼmuriy binolarini taʼmirlash uchun Maktabgacha taʼlim vazirligiga mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatida zarur boʻlgan aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalarini oʻrnatishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining markaziy apparati Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uyda joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar Maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarini binolar yoki zarur boʻlgan xonalar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi “Maktabgacha taʼlim metodikasi” jurnalini (keyingi oʻrinlarda — Jurnal deb ataladi) taʼsis etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim tizimiga joriy etilayotgan ilgʻor pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini atroflicha yoritib borish, sohaga doir qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarini sharhlash va tushuntirish jurnalning asosiy vazifalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnal tahririyati faoliyatini moliyalashtirish jurnalni sotishdan tushadigan mablagʻlar, homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻ va manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha taʼlim muassasalarida qoʻllanilayotgan ovqatlanish meʼyorlarini rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqsin hamda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab yangilangan ovqatlanish meʼyorlari va respublikaning barcha maktabgacha taʼlim muassasalarida ushbu qaror ijrosining tizimli monitoringi joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv va koʻrgazmali qurollar, ularning tarbiyalanuvchilari uchun oʻrgatuvchi va rivojlantiruvchi kitoblar tayyorlanishi, shuningdek, ularning nashr etilishi, doimiy ravishda moliyalashtirilishi va davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga yetkazib berilishini nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda taʼlim milliy tillarda olib boriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarining oʻquv-tarbiya jarayonida ingliz va rus tillarini, taʼlim rus tilida olib boriladigan maktabgacha taʼlim muassasalarining oʻquv-tarbiya jarayonida ingliz va oʻzbek tillarini oʻrganishni joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda maktabgacha taʼlim muassasalarida foydalanilayotgan, birinchi navbatda bolalarning intellektual va anglash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan oʻyin va oʻyinchoqlarning davlat standartlarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari asosida oʻyinlar, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan maktabgacha taʼlim muassasalarini jihozlash meʼyorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bolalar oʻyinlari va oʻyinchoqlari boʻyicha davlat buyurtmasini milliy ishlab chiqaruvchilar orasida taqsimlash boʻyicha 2018 — 2023-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining statistik axborotlari tarqatilishi majburiy boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini takomillashtirish maqsadida ikki oy muddatda maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri U.I. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3305-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rektor

Oʻquv-metodik kengash

Oʻquv va metodika ishlari boʻyicha prorektor

Maʼnaviyat va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor

Moliya-iqtisodiyot ishlari boʻyicha prorektor

Kadrlar boʻlimi

2

Oʻquv jarayonini tashkil etish boʻlimi

4

Ilmiy-pedagogik faoliyatni muvofiqlashtirish va ilgʻor menejment texnologiyalarini joriy etish boʻlimi

4

Yuriskonsult

1

Buxgalteriya

2

Taʼlim sifatini monitoring qilish boʻlimi

4

Umumiy boʻlim va arxiv

3

Xoʻjalik ishlari boʻlimi*

Axborot-resurs markazi

4

Taʼlim dasturlarini yaratish va normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqish boʻlimi

4

 

Kafedralar*

 

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi

4

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 37 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 15 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Professor-oʻqituvchilar va oʻqitish-tarbiyalash xodimlari, shuningdek, texnik va xizmat koʻrsatish xodimlari soni qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y., 07/17/3305/0038-son; 05.04.2018-y., 07/12/3651/1007-son, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)