Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2024 30.09.2017 yildagi PF-5198-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq, o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamaygan bo‘lib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha ta’lim tizimida variativ dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga yo‘naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda ularning tuman(shahar)lardagi bo‘limlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, respublikada davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta’minlash, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, budjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek, bolalarning maktabgacha ta’limi va tarbiyasining muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq etish;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta’lim-tarbiya jarayoniga, shu jumladan nodavlat sektorida joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ratsional va belgilangan me’yorlar asosida sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini ta’minlash uchun munosib sharoitlar yaratish, ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy taqdimnomalar bilan belgilanuvchi serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qqizinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish.
(2-bandning oltinchi — o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, barcha davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimiga belgilangan tartibda o‘tkazilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim sohasidagi barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish respublika o‘quv-metodika markazi negizida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tarkibiga kiritilsin hamda unga ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktor va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha sohaga oid bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish vazifalari yuklatilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish bo‘yicha komissiya zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish hamda ularga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarining rahbarlik bo‘g‘inlarini vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir, chuqur bilim hamda yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha ta’lim tizimining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini hududlar bo‘yicha o‘rganish va tahlil natijalariga ko‘ra pedagogika yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga maqsadli qabul kvotalari bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarida 50, 70, 100, 120 va 150 o‘ringa mo‘ljallangan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘shimcha barpo etish orqali bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olish, bolalarga maktabgacha ta’lim-tarbiya berishning muqobil turlarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan kompleks dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va Xalq ta’limi vaziri U.I. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5198-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y., 06/17/5198/0043-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)