|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.07.2021
|
Hujjat 11.04.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
AMALGA OShIRILIShI UChUN LITSENZIYALAR TALAB QILINADIGAN FAOLIYAT TURLARINING ROʻYXATI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati tasdiqlansin (1-ilova).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxatiga muvofiq holga keltirsin, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar mazkur roʻyxatga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 12-may,
222-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining
ROʻYXATI
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori bilan tasdiqlangan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar roʻyxati”.
Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini (agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa), shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish.
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-martdagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan “Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Jangovar zaharlovchi moddalardan himoyalanish vositalarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish.
Boʻshayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash.
Ov va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek tigʻli qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish.
Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martdagi 136-son qarori bilan tasdiqlangan “Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada boʻlinadigan sohalardagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etish va ularga xizmat koʻrsatish, ular uchun texnologik asbob-uskunalar, radiatsiyadan himoyalanish vositalarini yasash va tayyorlash.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-martdagi 111-son qarori bilan tasdiqlangan “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish hamda zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-martdagi 111-son qarori bilan tasdiqlangan “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-noyabrdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan “Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
(toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-iyuldagi OʻRQ-102-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 29-30-son, 295-modda)
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, realizatsiya qilish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yoʻq qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida, shuningdek ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda va veterinariyada foydalanish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
(oʻn ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Tarkibida giyohvand moddalari boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Veterinariya faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-noyabrdagi 479-son qarori bilan tasdiqlangan “Veterinariya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Tibbiy faoliyat.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 92-son qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Farmatsevtika faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga xizmat koʻrsatish faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori bilan tasdiqlangan “Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Aviatsiya ishlarini bajarish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori bilan tasdiqlangan “Aeroportlarda Aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Telekommunikatsiyalarning mahalliy tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Telekommunikatsiyalarning shaharlararo tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Telekommunikatsiyalarning xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Koʻchma radiotelefon aloqasi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tarqatish (uzatish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan “Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 112-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, zavodda idishlarga qadoqlanganlari bundan mustasno.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-son qarori bilan tasdiqlangan “Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Etil spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan “Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 27-sentabrdagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Bank faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2014, 08.10.2009-y.)
Banklar tomonidan, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida operatsiyalar oʻtkazish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 28-martdagi 31-son bilan tasdiqlangan “Tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish qoidalari” (roʻyxat raqami 463, 03.08.1998-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-noyabrdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash toʻgʻrisidagi”gi nizom.
(qirq uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-216-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
(qirq toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-216-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
Baholash faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan “Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokyerlarining sugʻurta faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan “Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokyerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Auditorlik faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Lombardlar faoliyati.
(qirq sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi OʻRQ-321-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 22-sentabr 23/3-son qarori bilan tasdiqlangan “Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1291, 10.12.2003-y.).
Kredit uyushmalari faoliyati.
Qarang: “Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2084, 01.03.2010-y.).
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Lotereyalar.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
(elliginchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-109-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 377-modda)
Advokatlik faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
(ellik ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)
Bojxona ombori taʼsis etish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan “Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Bojxona rejimida omborxona taʼsis etish — “erkin omborxona”.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan “Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 539-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Geodeziya va kartografiya faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarori bilan tasdiqlangan “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Tarkibida qimmatbaho va rangli metallar, qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2003-yil 17-noyabrdagi 515-son bilan tasdiqlangan “Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Energetika tekshiruvlari va ekspertizalari oʻtkazish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-noyabrdagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan “Energetika tekshiruvlari va ekspertizalari oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Noshirlik faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Noshirlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Nodavlat taʼlim muassasalarining faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 100-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Diniy taʼlim muassasalarining faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan “Diniy taʼlim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish.
(1-ilovaning oltmish ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan “Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish.
(1-ilovaning oltmish uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan “Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, fonogrammalarni tayyorlash, shuningdek audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar uchun moddiy jismlarni ishlab chiqarish boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Fonogrammalarni tayyorlash.
(1-ilovaning oltmish toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan “Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, fonogrammalarni tayyorlash, shuningdek audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar uchun moddiy jismlarni ishlab chiqarish boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 11-noyabrdagi 498-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatishni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 11-noyabrdagi 498-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatishni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar uchun moddiy jismlarni ishlab chiqarish.
(1-ilovaning oltmish yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan “Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, fonogrammalarni tayyorlash, shuningdek audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar uchun moddiy jismlarni ishlab chiqarish boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Birja faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Birja faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Turizm faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 497-son qarori bilan tasdiqlangan “Turizm faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Ulgurji savdo.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-noyabrdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi OʻRQ-28-sonli Qonuniga asosan yetmish birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 14-son, 110-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan “Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Mikrokredit tashkilotlari faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/5-son qarori bilan tasdiqlangan “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-iyuldagi OʻRQ-102-sonli Qonuniga asosan yetmish ikkinchi va yetmish uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 29-30-son, 295-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-261-sonli Qonuniga asosan yetmish uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 38-son, 329-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Rieltorlik faoliyati.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-270-sonli Qonuniga asosan yetmish toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 481-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kredit byurolari faoliyati.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi OʻRQ-321-sonli Qonuniga asosan yetmish beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻz kuchini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 182-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1992-yil 26-noyabrda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992-yil 14-yanvarda qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi 516-XII-sonli qarorga qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 2, 110-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 16-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1993-yil 11-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992-yil 14-yanvarda qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi 516-XII-sonli qarorga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 2, 124-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining uchinchi va beshinchi xatboshilari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 263-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 330-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 51-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1994-yil 18-aprelda qabul qilingan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining Roʻyxatiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 4, 109-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining ayrim qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining toʻrtinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 143-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1994-yil 31-avgustda qabul qilingan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining Roʻyxatiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 8-9, 244-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining ayrim qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining toʻrtinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 258-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining X boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda).
13. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining XIX boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda).
14. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining III boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda).
15. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining III boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 110-modda; 2007-y., 29-30-son, 295-modda, 37-38-son, 377-modda; 2009-y., 37-son, 403-modda; 2010-y., 37-son, 313-modda, 38-son, 329-modda, 51-son, 481-modda; 2011-y., 52-son, 555-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda, 2013-y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi,05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son, 17.10.2018-y., 03/18/501/2056-son, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son; 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son; 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son; 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)