Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.05.2001
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShINING “KORXONALAR (TAShKILOTLAR) FAQAT MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) ASOSIDAGINA ShUG‘ULLANIShGA HAQLI BO‘LGAN FAOLIYAT TURLARINING RO‘YXATI HAQIDA”GI QARORIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori bilan tasdiqlangan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 182-modda) quyidagicha mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Balandliklarda sanoat alpinizmi uslubida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlari bajarish”.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
923-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 330-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 2-son, 14-modda)