Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan hamda litsenziyalar berish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qarori bilan Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, faoliyatning mazkur Ro‘yxatga kiritilmagan boshqa turlari litsenziyalanmaydi.
2. Belgilansinki, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxatiga muvofiq 1-ilovadagi davlat tuzilmalariga litsenziyalar berish huquqi beriladi.
3. Vazirlar Mahkamasining komplekslari, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi vazirliklar va idoralar Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi amaldagi nizomlarni ikki oy muddatda tanqidiy tahlil qilib chiqsinlar hamda yangilangan nizomlarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Nizomlarni ishlab chiqishda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qat’iy rioya qilinishi ta’minlansin, bunda arizalarni qabul qilish va litsenziyalar berish tartibotlarini imkoni boricha soddalashtirish nazarda tutilsin.
4. Belgilansinki, Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi yangilangan tegishli nizomlar qabul qilingunga qadar yangi litsenziyalar berish, ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddatini uzaytirish, ularni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organlar tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, mazkur Qonunga zid bo‘lmaganda, amalga oshiriladi.
5. Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin, ayrimlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-iyun,
236-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga
1-ILOVA
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar
RO‘YXATI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 237-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 09/18/237/1038-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 237-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 09/18/237/1038-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Ko‘priklar va tonellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.
Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
(to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-apreldagi 278-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/278/1049-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning sakizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyati.
Diniy ta’lim muassasalarining faoliyati.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qaroriga asosan 2021-yil 29-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, sotish (berish), taqsimlash, tashish, yaratish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv, ishlab chiqarish maqsadlarida, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish, shuningdek tarkibida giyohvand modda bo‘lgan o‘simliklarni o‘stirish.
(bo‘limning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Tibbiy faoliyat.
Oldingi tahrirga qarang.
(uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 678-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
(birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Auditorlik faoliyati.
Oldingi tahrirga qarang.
Lotereyalar tashkil etish.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi
(bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Baholash faoliyati.
Birja faoliyati.
 LexUZ sharhi
Bo‘limning ikkinchi xatboshiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 134-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan.Hujjatning rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
Bojxona ombori ta’sis etish.
Bojsiz savdo do‘konini ta’sis etish.
“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona ta’sis etish.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, Turizmni rivojlantirish departamentlari
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Turizm (turoperator) faoliyati
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi
Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini (agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa), shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.
Bo‘shayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 237-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 09/18/237/1038-son)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Bank faoliyati.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Qimmatbaho qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish.
Garovxonalar faoliyati.
Oldingi tahrirga qarang.
(beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-maydagi 152-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotlari faoliyati.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-fevraldagi 37-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 7-8-son, 68-modda)
To‘lov tizimlari operatorining faoliyati.
To‘lov tashkilotlarining faoliyati.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan beshinchi-oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Ushbu bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 134-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan. Hujjatning rus tili matniga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-noyabrdagi 242-sonli qarori bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 46-47-son, 471-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
(bo‘limning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi
Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni ko‘paytirish.
(bo‘limning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Fonogrammalarni tayyorlash.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish.
Affinaj faoliyati.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2020-y., 09/20/86/0171-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish markazi
(bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Veterinariya faoliyati.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Advokatlik faoliyati.
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘limning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
“O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan iste’mol tovarlari ulgurji savdosi.
(bo‘limning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish.
(bo‘limning birinchi, ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan xatboshiga almashtirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish.
Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish.
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish.
Yo‘lovchi va yuklarni ichki hamda xalqaro temir yo‘l transporti qatnovlarida tashish.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari
Ulgurji savdo, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi hududiy bazalar tomonidan amalga oshiriladigan ulgurji savdo bundan mustasno.
(bo‘limning xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
O‘zdavneftgazinspeksiya
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish.
Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek, texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, zavodda idishlarga qadoqlanganlari bundan mustasno (neft mahsulotlarini AYQSh va moy almashtirish punktlarida sotishdan tashqari).
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi
Geodeziya va kartografiya faoliyati.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Noshirlik faoliyati.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo‘lish sohasidagi faoliyat.
Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish.
(bo‘limlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-oktabrdagi 663-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 09/20/663/1425-son)
O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son)
Etil spirti va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish (tabiiy vino bundan mustasno), shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi.
Farmatsevtika faoliyati.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari
Rieltorlik faoliyati.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi
Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyati.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyat.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1021-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1021/4179-son)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati.
(bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga
2-ILOVA
I. Hukumatning o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 23-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
 LexUZ sharhi
2-bandga kiritilgan o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan e’tiboran kuchga kiradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qarori 16-bandining uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 7-son, 20-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish va ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1997-yil 7-fevraldagi 68-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 4-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida” 1997-yil 21-fevraldagi 99-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 7-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish masalalarini tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 11-avgustdagi 393-son qarorining 2-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarishga oid chora-tadbirlar haqida” 1997-yil 14-avgustdagi 398-son qarorining 6-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 28-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 482-son qarori 1-bandining “g” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 34-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 33-modda).
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarori 10-bandining ikkinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 35-modda).
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 5-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 2-modda).
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritish haqida” 2001-yil 24-yanvardagi 52-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 5-modda).
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida” 2001-yil 29-yanvardagi 56-son qarorining 6-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 7-modda) va ushbu qarorga 2-ilova.
II. Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-avgustdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirini tayyorlash va uni ko‘plab ishlab chiqarish tartibining 1-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 8-son, 26-modda):
birinchi xatboshidagi “tegishli ruxsat (litsenziya) berilgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi” so‘zlari “ushbu tasvirning badiiy qiymatini ta’minlash va uning tasdiqlangan etalonga to‘liq muvofiq bo‘lishi sharti bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatish qoidalarida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 40-modda):
I bo‘limning 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
II bo‘limning 9-bandidagi “ruxsat etuvchi guvohnomalar olingan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-noyabrdagi 453-f-son farmoyishida:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar (non pishirish bo‘yicha yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan tashqari) keyinchalik sotish uchun non va non-bulka mahsulotlarini faqat o‘zlari respublika tashqarisidan xarid qilishadigan un yoki g‘alladan pishirishlari mumkin.
2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 11-12-son, 97-modda; 2003-y., 14-son, 114-modda; 2004-y., 9-son, 105-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 22-son, 195-modda, 36-son, 362-modda; 2007-y., 7-8-son, 68-modda, 33-34-son, 344-modda, 44-son, 446-modda, 46-47-son, 471-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 52-son, 568-modda; 2010-y., 42-43-son, 363-modda; 2011-y., 7-8-son, 65-modda, 19-son, 189-modda, 20-21-son, 202-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 23-son, 302-modda, 25-son, 324-modda, 34-son, 458-modda, 37-son, 485-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 18-son, 195-modda, 27-son, 326-modda; 2017-y., 14-son, 228-modda, 15-son, 257-modda, 19-son, 345-modda, 20-son, 364-modda, 33-son, 857-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.10.2017-y., 09/17/777/0067, 02.04.2018-y., 09/18/237/1038-son, 09.04.2018-y., 09/18/278/1049-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son, 20.12.2019-y., 09/19/1021/4179-son; 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021; 17.02.2020-y., 09/20/86/0171-son, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 29.10.2020-y., 09/20/663/1425-son; 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son)